1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2009 - 2014 YILLARDA IShLAB ChIQARIShNI MODERNIZATSIYA QILISh, TEXNIKAVIY VA TEXNOLOGIK QAYTA JIHOZLASh BO‘YIChA ENG MUHIM LOYIHALARNI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI DASTURI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘bekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-dekabrdagi PQ-1442-sonli “2011—2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilishini jadallashtirish, shu asosda xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish va raqobatbardosh, ichki hamda tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, iqtisodiyot tizimini yanada diversifikatsiya qilish, uning barqaror va jadal rivojlanishini ta’minlash, eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2009 — 2014-yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi ma’qullansin. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
moliyalash manbalari belgilangan va kelishilgan, amalga oshiriladigan va amalga oshirishga tayyorlangan investitsiya loyihalari ro‘yxati, shuningdek strategik muhim obyektlar qurilishi hamda ishga tushirilishini jadallashtirish bo‘yicha tarmoqli jadval 1 va 1a-ilovalarga* muvofiq;
* 1 va 1a-ilovalar berilmaydi.
ishlab chiqish bosqichidagi (xorijiy hamkorni tanlash, moliyalash shartlari va manbalari) yangi investitsiya loyihalari ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq;
* 2-ilova berilmaydi.
dastlabki tarzda ishlab chiqilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq.
* 3-ilova berilmaydi.
2. 1 va 1a-ilovalarda ko‘rsatilgan strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar rahbarlari zimmasiga, obyektlar o‘z vaqtida ishga tushirilishining barbod etilishida aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralari qo‘llanishini nazarda tutgan holda, tasdiqlangan dasturiy tadbirlar amalga oshirilishi va obyektlar belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. 2009 — 2014-yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi ijrosini ta’minlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va masalalarni tezkor hal etish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ishchi guruh tarkibi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 4-ilova berilmaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda 2 va 3-ilovalarga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investorlar va hamkorlarni doimiy asosda jalb etishni ta’minlasin.
5. Xo‘jalik birlashmalari va yirik korxonalar rahbarlari:
O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va loyiha tashkilotlari bilan birgalikda tasdiqlangan tadbirlar Dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining zarur loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishi, kelishib olinishi va tasdiqlanishini o‘z vaqtida ta’minlasin;
bir oy muddatda ijro etuvchi apparatlarning tuzilmasida, belgilangan xodimlar soni doirasida, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun javob beruvchi ixtisoslashtirilgan bo‘linmalarni tashkil etsin.
6. Tadbirlar Dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini jadallashtirish uchun, tashabbuskor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga loyihalarning tasdiqlangan DTIAsi asosida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo kengash bilan kelishilgan holda quyidagilarni amalga oshirishga ruxsat etilsin:
(6-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 12-oktabrdagi PQ-1204-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 42-son, 449-modda)
loyiha bo‘yicha TIAni va ish hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda, sanoat obyektlariga tutash muhandislik va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining ekspert xulosalari asosida — belgilangan tartibda tuzilgan va ro‘yxatga qo‘yilgan kontraktlar bo‘yicha uzoq muddat tayyorlanadigan uskunalar sotib olishga avans berish.
7. Belgilansinki, tender tartib-qoidalari yoki to‘g‘ridan to‘g‘rimuzokaralar natijasida injiniring, “tayyor holda topshirish” shartlari asosida yetkazib berish va qurish to‘g‘risida tuzilgan kontraktga ega bo‘lgan investitsiya loyihalari bo‘yicha loyiha hujjatlari TIA tasdiqlangani holda bir bosqichli tartibda ishlab chiqilishi mumkin.
8. Ishchi guruh (R.S. Azimov) 1 va 1a-ilovalariga kiritilgan loyihalar hamda dasturiy tadbirlar amalga oshirilishining borishi yuzasidan doimiy monitoring o‘rnatsin va har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
9. Vazirlar Mahkamasi mazkur qaror bilan tasdiqlangan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi amalga oshirilishini muntazam ravishda o‘z yig‘ilishlarida ko‘rib borsin va amaliy nazoratni ta’minlasin.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 12-mart,
PQ-1072-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 10-11-son, 109-modda, 42-son, 449-modda)