1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI, VILOYATLAR VA TOShKENT ShAHAR ADLIYA BOShQARMALARI HUZURIDAGI MALAKA KOMISSIYALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 29-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2151]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 26-iyundagi 147-mh-sonli “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3250, 26.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 228-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-1, 03.10.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 438-modda)
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼatining 2006-yil 8-noyabrdagi 27-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari qoshidagi notariat boʻyicha malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori Adliya vazirligi Hayʼatining 2010-yil 28-oktabrdagi 26/10-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 29-oktabr,
232-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 29-oktabrdagi 232-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) 31-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan keyingi oʻrinlarda malaka komissiyasi deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Malaka komissiyalari stajirovkadan oʻtgan shaxslardan (talabgorlardan) malaka imtihonlarini qabul qilish maqsadida tashkil etiladi.
2. Malaka komissiyalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Malaka komissiyalari oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi. Davlat organlari va boshqa manfaatdor shaxslarning malaka komissiyalari faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4. Malaka komissiyalarining moddiy-texnika va moliyaviy taʼminoti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
II. Malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish
5. Malaka komissiyasi tarkibi uch yil muddatga tasdiqlanadi.
Malaka komissiyalari adliya boshqarmalari rahbarlarining buyruqlari bilan tajribali notariuslar va adliya organlarining boshqa xodimlari orasidan teng miqdorda, 7 yoki 9 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
6. Adliya boshqarmasi rahbarining oʻrinbosarlaridan biri malaka komissiyasi raisi hisoblanadi. Malaka komissiyasi raisi boʻlmaganda adliya boshqarmasining rahbari yoki uning boshqa oʻrinbosari rais etib tayinlanadi. Malaka komissiyasi raisi oʻrinbosari komissiya tarkibidan tayinlanadi.
7. Bir shaxs bir vaqtning oʻzida malaka komissiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining (bundan keyingi oʻrinlarda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
8. Malaka komissiyasi aʼzosi boʻlgan adliya boshqarmasining notariat boʻyicha mutaxassis xodimlaridan biri malaka komissiyasining masʼul kotibi etib tayinlanadi.
9. Malaka komissiyasining majlislari zaruratga qarab oʻtkaziladi.
Malaka komissiyasining raisi majlis oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin majlisning sanasi, vaqti va joyini belgilaydi.
Malaka komissiyasining majlisi, agar unda malaka komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
10. Malaka komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan majlisda qatnashgan komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
11. Malaka komissiyasining majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Malaka komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan malaka komissiyasining aʼzosi komissiya majlisining bayonnomasiga oʻzining fikr-mulohazalarini yozma shaklda bayon etishga haqli.
12. Bayonnomada:
majlis oʻtkaziladigan sana va joy, uning boshlanish va yakunlanish vaqti;
majlisda qatnashgan komissiya aʼzolarining roʻyxati;
13. Malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan koʻchirmalar qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay manfaatdor shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olingan holda topshiriladi. Malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan koʻchirmalar adliya boshqarmasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Malaka komissiyasi majlisi bayonnomasidan koʻchirmalarda majlis oʻtkazilgan sana va joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qabul qilingan qaror va ushbu qaror ustidan shikoyat qilish tartibi bayon etiladi.
III. Malaka komissiyasining huquq va majburiyatlari
14. Malaka komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
talabgorlarning murojaatlarini koʻrib chiqishda zaruratga qarab, manfaatdor shaxslar va tegishli tashkilotlardan adliya boshqarmasi orqali qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish;
mazkur Nizomning 33-bandi talablari buzilganda, talabgorni malaka imtihoni oʻtkazilayotgan xonadan chiqarib yuborish.
15. Malaka komissiyasi:
malaka imtihonlarini xolisona oʻtkazishga;
Oliy malaka komissiyasining qarorlarini bajarishga majburdir.
16. Qonun hujjatlariga muvofiq malaka komissiyasi boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
17. Talabgor malaka imtihonini topshirgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-oktabrdagi 223-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149, 2010-yil 20-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 369-modda) bilan tasdiqlangan Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq stajirovka natijalari boʻyicha malaka komissiyasiga hisobot beradi.
18. Hisobot eshitilgandan keyin malaka komissiyasi stajirovka oʻtagan talabgorning hisobotini maʼlumot uchun qabul qiladi va talabgorni malaka imtihoniga qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
19. Malaka komissiyasi talabgorning hisobotini eshitayotganda “Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom talablari buzilganligi aniqlansa, bu holat komissiya majlisining bayonnomasida aks ettiriladi. Ushbu holat yuzasidan tegishli choralar koʻrish, shu jumladan, aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish toʻgʻrisida malaka komissiyasi raisi adliya boshqarmasi rahbariga xabar beradi.
20. Stajirovka natijalari boʻyicha hisoboti eshitilgan talabgordan malaka komissiyasining aynan shu majlisida malaka imtihonini qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
22. Hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish, ularni tayyorlash va yigʻish masʼul kotib tomonidan amalga oshiriladi.
23. Malaka komissiyasiga taqdim etilgan hujjatlar masʼul kotib tomonidan hujjatlar roʻyxatini tuzgan holda qabul qilib olinadi.
24. Malaka imtihonini qabul qilish uchun materiallarni tayyorlab boʻlganidan keyin masʼul kotib ularni malaka komissiyasining raisiga masalani komissiya majlisining kun tartibiga kiritish uchun taqdim etadi.
25. Hujjatlar quyidagi hollarda talabgorga qaytarib beriladi:
talabgor malaka imtihonini topshira olmagan kundan eʼtiboran bir yil oʻtmasdan takroran malaka imtihonini topshirish uchun murojaat qilsa;
mazkur Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq topshirilmagan boʻlsa;
talabgor taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
talabgor belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan, shuningdek, oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati belgilangan tartibda tugatilgan shaxs boʻlsa;
agar talabgor oʻz hujjatlarini qaytarib berish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etsa.
26. Mazkur Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlsa, asoslantirilgan sabablari koʻrsatilgan holda taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytarib beriladi. Hujjatlarni qaytarib berishning sabablari bartaraf etilsa, hujjatlar takroran taqdim etilishi mumkin.
VI. Malaka imtihonini qabul qilish
27. Malaka imtihoni talabgorlardan zarur hujjatlar qabul qilib olingan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida oʻtkaziladi.
28. Talabgor malaka komissiyasining majlisiga uzrli sabablarga koʻra kela olmasa, malaka komissiyasi talabgor malaka imtihonini komissiyaning keyingi majlisida topshirishi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida qoʻshimcha ravishda maʼlum qilinadi.
Talabgor malaka komissiyasining majlisida uzrli sabablarsiz hozir boʻlmasa, u tomonidan taqdim etilgan hujjatlar adliya boshqarmasida koʻpi bilan bir oy muddat saqlanadi. Ushbu muddat oʻtgandan keyin masʼul kotib koʻrsatilgan hujjatlarni talabgorga qaytarib beradi.
29. Malaka imtihoni barcha talabgorlar uchun bitta xonada, ogʻzaki va yozma shakllarda oʻtkaziladi.
Malaka imtihoni oʻtkazilayotgan xonada begona shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
30. Talabgorlarga imtihon varaqlari beriladi, ularning har biri adliya boshqarmasi rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
31. Talabgorning imtihon biletidagi savollarga javoblar tayyorlashi uchun sakson daqiqa vaqt beriladi.
32. Malaka imtihoni adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatdagi savollardan tuzilgan imtihon biletlari asosida oʻtkaziladi.
axborot manbai sifatida xizmat qilishi mumkin boʻlgan qonun hujjatlaridan, adabiyotlardan, har qanday turdagi texnika vositalari yoki boshqa hujjatlar va vositalardan foydalanish;
34. Talabgor oʻzining imtihon biletidagi savollarga ogʻzaki javob beradi. Malaka komissiyasining aʼzolari ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida talabgorga savollar berishi mumkin.
35. Savollarga javob berib boʻlgan talabgorga oʻz imtihon varaqasini topshirgandan soʻng xonadan chiqishga ruxsat beriladi.
36. Imtihon varagʻi malaka komissiyasi majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
37. Malaka imtihonini topshirish natijalari boʻyicha malaka komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
talabgorni malaka imtihonini topshirgan deb topish toʻgʻrisida;
talabgorni malaka imtihonini topshira olmagan deb topish toʻgʻrisida.
38. Talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirish uchun taqdim etilgan hujjatlar malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilgan kundan boshlab uch yil davomida adliya boshqarmasi arxivida saqlanadi.
VII. Yakuniy qoidalar
39. Malaka komissiyasining qarori ustidan apellatsiya malaka komissiyasining qarori manfaatdor shaxsga topshirilgan kundan eʼtiboran bir oylik muddat ichida Oliy malaka komissiyasiga beriladi.
40. Apellatsiya Oliy malaka komissiyasiga bevosita yoki adliya boshqarmasi orqali yuboriladi.
Apellatsiya adliya boshqarmasi orqali berilganda, adliya boshqarmasi uch kunlik muddat ichida apellatsiyani u bilan bogʻliq barcha hujjatlarni ilova qilgan holda Oliy malaka komissiyasiga yuboradi.
41. Malaka komissiyasi qarorlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
42. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 390-modda; 2011-y., 40-son, 438-modda; 2014-y., 40-son, 501-modda; 2015-y., 52-son, 653-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/2151-4/0522-son, 11.05.2018-y., 10/18/2151-5/1195-son, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)