toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI FAOLIYATI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 12-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 28-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi 3561–XI-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 167–I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 257-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 12-moddasining matnidagi “davlat notariusi” degan soʻzlar “notarius” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915–XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan 758–I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 110-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda, № 12, 640-modda) 14-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14-modda. Fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan oʻlimni qayd etish va ishonchnomalarni tasdiqlash
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) oʻlimni qayd etishni belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin.
Fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) xat-xabarni, shu jumladan pul va joʻnatmani olish uchun, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bogʻliq boshqa toʻlovlarni olish uchun, mualliflar va ixtirochilarning haqlarini, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek banklardan summalarni olish uchun ishonchnomalarni belgilangan tartibda tasdiqlashi mumkin”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1972-modda bilan toʻldirilsin:
“1972-modda. Notariusning kasbiy majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilish
Notariusning kasbiy majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilish, shu jumladan notariusga notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etmaslik,
— eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “1971” raqamidan keyin “1972” raqami bilan toʻldirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156,164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 11401-modda bilan toʻldirilsin:
“11401-modda. Merosni qabul qilib olish huquqining oʻtishi (meros transmissiyasi)
Agar vasiyatnoma boʻyicha yoki qonun boʻyicha vorislikka chaqirilgan merosxoʻr meros ochilganidan keyin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan boʻlsa, unga tegishi kerak boʻlgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun boʻyicha merosxoʻrlariga, agar barcha meros mol-mulk vasiyat qilingan boʻlsa, uning vasiyat boʻyicha merosxoʻrlariga oʻtadi (meros transmissiyasi). Meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilib olish huquqi bunday merosxoʻrning vafotidan keyin ochilgan meros tarkibiga kirmaydi.
Vafot etgan merosxoʻrga tegishli merosni qabul qilib olish huquqi uning merosxoʻrlari tomonidan umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin.
Merosxoʻrning ushbu Kodeksning 1142-moddasida nazarda tutilgan merosning bir qismini majburiy ulush sifatida qabul qilib olish huquqi uning merosxoʻrlariga oʻtmaydi”;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Merosxoʻr meros ochilgan kundan eʼtiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli”;
beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
3) 1151-moddaning ikkinchi qismidagi “ushbu Kodeksning 1147-moddasida nazarda tutilgan muddat ichida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 1157-moddaning ikkinchi qismidagi “bir yil” degan soʻzlar “uch yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 17-yanvardagi OʻRQ-517-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 03/19/517/2497-son)
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi 343–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida notariat qonunlarda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bogʻliq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni notariuslar tomonidan amalga oshirish yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga daʼvat etilgan huquqiy institutdir.
Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar ushbu Qonunga muvofiq davlat notarial idoralarining (bundan buyon matnda notarial idora deb yuritiladi) notariuslari tomonidan amalga oshiriladi. Notarial idoralarning reyestrini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuritadi.
Boshqa davlatlarning hududida notarial harakatlarni Oʻzbekiston Respublikasi konsullari amalga oshiradi”;
2) 2-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yil muddatli ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan notarial idorada kamida ikki yil muddatli stajirovkani oʻtagan, malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius boʻlishi mumkin.
Quyidagilar notarius boʻlishi mumkin emas:
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati belgilangan tartibda tugatilgan shaxs.
Notarius yordamchi va stajorga ega boʻlishi mumkin.
Notariuslarga qonun hujjatlariga muvofiq maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi”;
3) quyidagi mazmundagi 21 va 22-moddalar bilan toʻldirilsin:
“21-modda. Notarius yordamchisi
Yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius yordamchisi boʻlishi mumkin.
Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar notarius yordamchisi boʻlishi mumkin emas.
Notarius yordamchisini ishga qabul qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Notarius yordamchisi notariusning topshirigʻiga koʻra notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etishga, bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar loyihalarini tuzishga, hujjatlarning koʻchirma nusxalari va dublikatlarini, ulardan koʻchirmalarni tayyorlashga, shuningdek notarial harakatlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berishga haqli.
22-modda. Notarius stajori
Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius stajori boʻlishi mumkin.
Ushbu Qonun 2-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar notarius stajori boʻlishi mumkin emas.
Notarius stajorini ishga qabul qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Stajirovka notarial idorada oʻtaladi. Notarius stajori oʻz faoliyatini notarius rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi.
Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi”;
4) 3-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-modda. Notarius qasamyodi
Notarius Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining majlisida quyidagi mazmunda qasamyod qiladi:
“Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”;
5) quyidagi mazmundagi 31-modda bilan toʻldirilsin:
“31-modda. Malaka komissiyalari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan buyon matnda malaka komissiyalari deb yuritiladi) stajirovkadan oʻtgan shaxslardan malaka imtihonlarini qabul qilish maqsadida tashkil etiladi.
Malaka komissiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalarining qarorlari bilan notariuslar hamda adliya organlarining boshqa xodimlari orasidan teng miqdorda tuziladi.
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani hal etish, notarius qasamyodini qabul qilish, malaka komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan apellatsiyalarni koʻrib chiqish, shuningdek malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun oʻn bir kishidan iborat tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
Oliy malaka komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining sudyalari, notariuslar hamda adliya organlarining boshqa xodimlari, advokatura vakillari kiradi. Oliy malaka komissiyasining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Oliy malaka komissiyasi va malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
6) 4-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-modda. Malaka imtihonlari
Stajirovkadan oʻtgan shaxslar malaka komissiyasiga malaka imtihoni topshiradi.
Malaka komissiyasining qarori ustidan apellatsiya malaka komissiyasining qarori manfaatdor shaxsga topshirilgan kundan eʼtiboran bir oylik muddat ichida Oliy malaka komissiyasiga beriladi.
Malaka imtihonidan oʻta olmagan shaxslar malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kamida bir yildan soʻng qayta imtihon topshirishga qoʻyiladi.
Malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamagan shaxsning notarius lavozimida ishlashiga u malaka imtihonini qayta topshirganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi”;
7) 6-modda uchinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Koʻchmas mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori toʻgʻrisidagi, meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi maʼlumotnomalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi”;
8) 7-moddaning nomi va birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7-modda. Notarius, notarius yordamchisi va stajori faoliyatidagi cheklashlar
Notarius, notarius yordamchisi va stajori:”;
9) 8-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8-modda. Notarial idora
Notarial idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.
Notarial idora yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmaydi.
Notarial idoraning nomida “davlat notarial idorasi” soʻzlari boʻlishi, tegishli tuman, shahar koʻrsatilishi va zarurat boʻlganda, notarial idoraning raqami boʻlishi lozim.
Notarial idora tegishli notarial okrug doirasida joylashgan boʻlishi lozim.
Notarial idora binosida fuqarolarning notarius huzuriga kirishi, notarial harakatlar maxfiyligi, notarial ish yuritish hujjatlari, materiallari va notarial arxivning but saqlanishi, toʻlovlarni qabul qilish uchun shart-sharoitlar taʼminlanishi lozim”;
10) 9-modda chiqarib tashlansin;
11) 10-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini taʼminlashi, oʻz notarial arxivini yuritishi shart.
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil oʻtgach Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlarga topshirilishi kerak. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlar tomonidan beriladigan notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari va reyestrlardan koʻchirmalar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi hamda ularni berganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega boʻladi.
Notarial ish yuritish qoidalari, notarial hujjatlarni saqlash muddatlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari davlat boji tushumlarining hisobini yuritadi va ular yuzasidan davlat soliq xizmati organlariga hisobot taqdim etadi”;
12) 11-modda ikkinchi qismining ruscha matnidagi “gosudarstvennim” degan soʻz chiqarib tashlansin;
13) 12-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Notarius Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, notariusning ismi-sharifining bosh harflari, familiyasi, lavozimi va notarial idoraning nomi koʻrsatilgan shaxsiy muhri, tasdiqlovchi yozuvlar bitilgan shtamplari, notarial idoraning blankalariga ega boʻladi.
Notariusning muhri Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona namuna boʻyicha tayyorlanadi.
Notarius muhrining izi va notarius imzosining namunasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, adliya boshqarmalarida saqlanadi”;
14) 14-moddaning nomi va matnidagi “Davlat notarial idoralari”, “davlat notarial idoralari”, “davlat notarial idoralarida” va “katta davlat notariusi” degan soʻzlar tegishincha “Notarial idoralar”, “notarial idoralar”, “notarial idoralarda” va “katta notarius” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 15-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15-modda. Notarius lavozimini taʼsis etish va tugatish tartibi. Notarius lavozimiga tayinlash
Notarius lavozimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taʼsis etiladi va tugatiladi.
Muayyan hududdagi (notarial okrugdagi) notariuslar lavozimlarining soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatiladigan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Notarial okrugdagi notarius lavozimiga tayinlash Oliy malaka komissiyasi malaka imtihonini topshirgan shaxslar orasida oʻtkazadigan tanlov asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Tanlov oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Notarius bilan mehnat shartnomasini bekor qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”;
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Notariusning faoliyat koʻrsatish hududi (notarial okrug) Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlinishiga muvofiq belgilanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari aniq holatlarni hisobga olib muayyan notarial okrugda notarial harakatlarni amalga oshirishni boshqa notarial okrugda faoliyat yuritayotgan notariusga yuklashi mumkin. Notariusga mazkur notarial okrug doirasida ish joyi berilishi shart”;
toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
17) 17-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrash hamda olish;
jismoniy va yuridik shaxslar nomidan tegishli davlat organlariga mol-mulkka boʻlgan huquqlarni va hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirish uchun, shuningdek hujjatlarning chet elda amal qilishi uchun mazkur organlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish”;
yettinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda besh yilda kamida bir marta oʻz kasbiy malakasini oshirishi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda koʻchmas mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori toʻgʻrisidagi, meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi maʼlumotnomalarni davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi;
sud, prokuratura, tergov organlari talabiga binoan mazkur organlarning yurituvida boʻlgan ishlar bilan bogʻliq notarial harakatlarni amalga oshirganlik toʻgʻrisida maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) berishi”;
sakkizinchi xatboshisi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;
19) 19-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Notarius oʻz kasbiy majburiyatlarini buzganligi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar boʻladi.
Notarius oʻz kasbiy majburiyatlarini buzganligi oqibatida yetkazgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat tomonidan qoplanadi”;
20) 20-modda chiqarib tashlansin;
21) 21 va 22-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21-modda. Notarial harakatlar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan boshqa harakatlar uchun haq toʻlash
Notarius notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar boʻyicha davlat boji undiradi.
Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun oʻz ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining oʻrnini qoplaydi.
Notariusga murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan notarius oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undiriladi.
22-modda. Notarial idoralarni moliyalashtirish
Notarial idoralar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyalashtiriladi”;
22) 23-moddaning nomi va matnidagi “Davlat notarial idoralarida ishlovchi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
23) 24 va 25-moddalar chiqarib tashlansin;
nomidagi, birinchi va ikkinchi qismlaridagi “davlat notarial idorasiga” degan soʻzlar “notarial idoraga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Davlat notariusi” degan soʻzlar “Notarius” degan soʻz bilan almashtirilsin;
25) 28-modda birinchi qismining 1-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasidagi uy-joylarni” degan soʻzlar “ushbu Qonun 44-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan va Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan mol-mulkni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26) 30-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Notarial harakatlar notarial idoralarning binolarida amalga oshiriladi.
Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra notarial idoraga bora olmaydigan ayrim hollarda notarial harakatlar mazkur fuqaro turgan joyda amalga oshirilishi mumkin.
Qonun hujjatlarida notarial harakatlar notarial idoralarning binolaridan tashqarida amalga oshiriladigan boshqa hollar ham nazarda tutilishi mumkin”;
27) 37-moddaning matnidagi “davlat notarial idorasining xodimlari yoki xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning qoʻlida ishlovchi shaxslar” degan soʻzlar “notarial idoraning xodimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28) 39-moddaning matnidagi “davlat notarial idorasi yoki xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius” degan soʻzlar “notarial idora” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “yoki notarial harakatlarni amalga oshiruvchi fuqarolar yigʻinining raisiga (oqsoqoliga)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “yoki fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
30) 54-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
31) 59-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 45-moddaning matnidagi “hal qiluv qaroridan nusxa” degan soʻzlar “fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining guvohnomasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 47-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik roʻyxatga olingan kundan boshlab tugatiladi”;
birinchi qismidagi “tugʻilish, oʻlim, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, otalikni belgilash” degan soʻzlar “oʻlim” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “fuqarolik holati dalolatnomalarini” degan soʻzlar “oʻlimni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
11-modda. Notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi.
12-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 6-moddasi 2-bandining kamida ikki yil muddatli stajirovkani davlat notarial idorasida oʻtashga taalluqli qoidalari ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar stajirovkani oʻtagan va malaka imtihonini topshirgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu Qonun 6-moddasi 5-bandining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Oliy malaka komissiyasini tashkil etishga taalluqli qoidalari 2011-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Oliy malaka komissiyasi tashkil etilguniga qadar uning vakolatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi apellatsiya komissiyasi amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2010-yil 15-sentabrdagi 179 (7095)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 14-sentabr,
OʻRQ-255-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 313-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 18.01.2019-y., 03/19/517/2497-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)