toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2005 YILDA PAXTA YETIShTIRIShNING PROGNOZ HAJMLARI VA GʻOʻZANI NAVLAR BOʻYIChA JOYLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Gʻoʻzaning tezpishar, yuqori hosilli va istiqbolli navlarini oqilona joylashtirish, paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni 2005-yil hosili uchun konditsiyali chigitlar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan:
2005-yilda 1-ilovaga muvofiq paxta yetishtirishning prognoz hajmlari;
gʻoʻzaning roʻyxatdan oʻtkazilgan va istiqbolli navlarini 2-ilovaga muvofiq joylashtirish;
chigitni 3-ilovaga muvofiq plyonka ostiga ekish va xoʻjaliklarni polietilen plyonkalar bilan taʼminlash;
2005-yil uchun gʻoʻzaning asosiy seleksiya navlarini 4-ilovaga muvofiq istiqbolliligi va iqtisodiy ragʻbatlantirilishi boʻyicha guruhlarga ajratish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Paxta yetishtirishning 1-ilovada koʻrsatilgan hajmlariga 2005-yil hosili uchun paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar va tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzishda nazorat koʻrsatkichlar sifatida qaralsin.
2. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
2005-yil 10-fevralgacha urugʻlik paxtani tozalashni, 25-fevralgacha esa urugʻlik chigitni tayyorlashni tugallasinlar, shuningdek urugʻchilik korporatsiyalari va kompaniyalarini tuksizlantirilgan chigitlar bilan 5-ilovaga muvofiq hajmlarda taʼminlasinlar;
xoʻjaliklarga yuqori sifatli urugʻlik chigitning faqat dorilangan va sertifikatlar mavjud boʻlgan holda, seleksiya navlarini joylashtirishning tasdiqlangan tartibiga qatʼiy muvofiq ravishda berilishini taʼminlasinlar;
2005-yil 20-fevralgacha urugʻlik chigitni 6-ilovaga muvofiq hajmlarda viloyatlararo tashishni tugallasinlar.
3. 2005-yilda:
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta tolasi hajmi uning amalda yetishtiriladigan hajmining 50 foizi miqdorida;
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son, 2001-yil 2-maydagi 201-son, 2001-yil 26-noyabrdagi 461-son va 2004-yil 22-oktabrdagi 494-son qarorlariga muvofiq Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalar amalga oshirilayotgan tumanlar va qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun paxta xomashyosi xaridining belgilangan tartibi va prinsiplari saqlab qolinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
gʻoʻza navlarini joylashtirishning tasdiqlangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar, tavsiya etilgan gʻoʻza navining tumanda ikkitadan ortiq, xoʻjaliklarda esa — bittadan ortiq ekilishiga yoʻl qoʻymasinlar;
urugʻlik chigit ekish uchun shirkat va fermer xoʻjaliklari roʻyxatini bir oy muddatda tanlov asosida qayta koʻrib chiqsinlar.
5. Quyidagilar:
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan paxtachilik xoʻjaliklari kontraktatsiya shartnomalarini oʻz vaqtida tuzish yuzasidan javobgarlik — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga;
paxtachilik xoʻjaliklariga agrotexnika tadbirlarini oʻtkazishda mexanizatsiyalashgan xizmatlarni oʻz vaqtida koʻrsatish, texnikani taʼmirlash uchun zarur ehtiyot qismlar yetkazib berish yuzasidan javobgarlik — “Oʻzagromashservis” uyushmasiga, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga;
paxtachilik xoʻjaliklariga tuzilgan shartnomalar boʻyicha haqining 30 foizi oldindan toʻlangan taqdirda mineral oʻgʻitlarni oʻz vaqtida yetkazib berish yuzasidan javobgarlik — “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasiga, kimyolashtirish vositalarini yetkazib berish yuzasidan javobgarlik esa — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markaziga;
haqini belgilangan tartibda toʻlash sharti bilan, yonilgʻi-moylash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash yuzasidan javobgarlik — “Oʻzneftmahsulot” kompaniyasiga yuklansin.
6. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi 2005-yilda chigit ekish uchun polietilen plyonka ishlab chiqaradigan zavodlarni 7-ilovaga muvofiq jadvalga binoan xomashyo (granulalar) bilan taʼminlashni tashkil etsin.
“Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi, Andijon viloyati hokimligi polietilen plyonkalar ishlab chiqarishni va ularning paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga zarur miqdorda yetkazib berilishini tashkil etsinlar.
8. Quyidagilar:
Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi 2005-yilda chigit ekish uchun — polietilen plyonka ishlab chiqaruvchi zavodlarga xomashyo (granulalar)ning jami hajmini sotishda;
“Jizzax plastmassa” aksiyadorlik jamiyati, “Andijonpolietileni” qoʻshma korxonasi — tayyor polietilen plyonkalarni paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga sotishda;
2005-yil paxta hosili uchun foydalanish uchun “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining hududiy korxonalariga sotiladigan chigitni dorilash vositalari qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan istisno tariqasida ozod qilinsin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi:
chigit ekish uchun moʻljallangan yerlarda yanvar-fevral oylarida pushta olish amaliyotini keng joriy etsinlar;
kuchli shoʻrlangan yerlarga chigit ekmasinlar;
yerlarning botqoqlanishining, gʻoʻzaning zararkunandalar va kasalliklar bilan zararlanishining oldini olish uchun chigit ekish moʻljallangan maydonlar yaqiniga sholi va makkajoʻxori ekmasinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 5-yanvar,
4-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-yanvardagi 4-son qaroriga
1-ILOVA
2005-yil hosili paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari

Yalpi hosil, ming tonna

Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎

185‎

viloyatlar:‎
Andijon‎

310‎

Buxoro‎

360‎

Jizzax‎

234‎

Qashqadaryo‎

426‎

Navoiy‎

110‎

Namangan‎

261‎

Samarqand‎

248‎

Surxondaryo‎

345‎

Sirdaryo‎

248‎

Toshkent‎

275‎

Fargʻona‎

323‎

Xorazm‎

275‎

Jami:‎

3600‎

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-yanvardagi 4-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 2005-yil hosili uchun gʻoʻzaning roʻyxatga olingan va istiqbolli navlarini joylashtirish
ming ga‎
‎‏
‎‏

‎‏
‎‏Ekin maydoni, hammasi

shu jumladan navlar boʻyicha:

Tezpishar navlar‎‎

Oqdaryo-6‎

An-Boyovut-2‎

Namangan-77

S-4727‎

Toshkent-6‎

Omad‎

Tezpishar navlar boʻyicha jami‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎

100,0‎

35,0‎

62,0‎

97,0‎

viloyatlar:‎

Andijon‎ 107,0‎ 12,7‎ 12,7‎
Buxoro‎ 115,4‎
Jizzax‎ 106,4‎ 34,7‎ 69,2‎ 103,9‎
Qashqadaryo‎ 164,0‎ 36,2‎ 36,2‎‎
Navoiy‎ 39,4‎ 6,3‎ 14,2‎ 20,5‎
Namangan‎ 94,2‎ 21,0‎ 21,0‎
Samarqand‎ 103,4‎ 72,4‎

15,5‎

87,9‎
Surxondaryo‎

123,0‎

59,3‎

59,3‎

Sirdaryo‎

115,3‎

12,0‎

78,4‎

20,9‎

111,3‎

Toshkent‎

108,0‎

16,9‎

23,5‎

40,4‎

Fargʻona‎

115,3‎

16,9‎

18,1‎

35,0‎

Xorazm‎

100,0‎

17,7‎

17,7‎

Jami:‎

1391,4‎

190,8‎

178,7‎

156,9‎

82,9‎

18,1‎

15,5‎

642,9‎

‎‏
‎‏

shu jumladan navlar boʻyicha:‎‎

Oʻrtapishar navlar

Buxoro-6‎

S-6524‎

Xorazm-127‎

Termiz-31‎

Oqqoʻrgʻon-2‎

Mehnat‎

Oʻrtapishar navlar
‎boʻyicha jami:‎

Qoraqalpogʻiston
‎Respublikasi‎

viloyatlar:‎

Andijon‎ 64,2‎ 18,8‎ 83,0‎
Buxoro‎ 80,8‎ 80,8‎
Jizzax‎
Qashqadaryo‎ 114,8‎ 114,8‎
Navoiy‎ 18,1‎ 18,1‎
Namangan‎ 64,5‎ 3,7‎ 68,2‎
Samarqand‎
Surxondaryo‎ 40,7‎ 10,0‎ 50,7‎
Sirdaryo‎
Toshkent‎ 64,8‎ 64,8‎
Fargʻona‎ 75,0‎ 75,0‎
Xorazm‎

62,9‎

18,4‎

81,3‎
Jami: 254,4‎ 268,5‎

62,9‎

10,0‎ 22,5‎

18,4‎

636,7‎
‎‏
‎‏

shu jumladan‎‎:

Istiqbolli navlar

Istiqbolli navlar boʻyicha jami:‎‏

Yangi navlar‎‏

Buxoro-102‎

Denov‎ Buxoro-8‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎

‎‎ 3,0‎

viloyatlar:‎

‎‎

Andijon‎

4,6‎ ‎‎ 4,6‎ 6,7‎

Buxoro‎

1,5‎ 33,1‎‎ 34,6‎

Jizzax‎

‎‎‎ 2,5‎

Qashqadaryo‎

10,0‎‎‎ 10,0‎ 3,0‎

Navoiy‎

‎‎ 0,8‎

Namangan‎

‎‎ 5,0‎

Samarqand‎

10,5‎‎‎ 10,5‎ 5,0‎

Surxondaryo‎

8,0‎ ‎‎‎ 8,0‎ 5,0‎

Sirdaryo‎

‎‎‎ 4,0‎

Toshkent‎

‎‎‎ 2,8‎

Fargʻona‎

‎‎‎ 5,3‎

Xorazm‎

‎‎‎ 1,0‎

Jami:‎

6,1‎ 8,0‎ 53,6‎ 67,7‎ 44,1‎
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-yanvardagi 4-son qaroriga 3-ILOVA
2005-yil hosili uchun chigit plyonka ostiga ekiladigan maydonlar va paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni polietilen plyonka bilan taʼminlash
‎‏
Ekin maydoni, mingga‎‏
Polietilen plyonkaga boʻlgan ehtiyoj‎‏
2004-yildan qolgani‎‏
Ishlab chiqarilishi zarur‎‏
shu jumladan:‎‎‎
“Andijon-polietileni”
‎QK‎
“Jizzax-plastmassa”
‎AJ‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎

5,7‎ 313,5‎ 313,5‎ 313,5‎

viloyatlar:‎

Andijon‎

83,7‎ 4603,5‎ 4603,5‎ 4603,5‎

Buxoro‎

3,2‎ 176,0‎ 176,0‎ 176,0‎

Jizzax‎

Qashqadaryo‎

5,0‎ 275,0‎ 275,0‎ 275,0‎

Navoiy‎

0,6‎ 33,0‎ 33,0‎ 33,0‎

Namangan‎

20,2‎ 1111,0‎ 110,0‎ 1001,0‎ 250,0‎ 751,0‎

Samarqand‎

Surxondaryo‎

8,4‎ 462,0‎ 462,0‎ 462,0‎

Sirdaryo‎

Toshkent‎

8,1‎

445,5‎

100,0‎

345,5‎

345,5‎

Fargʻona‎

22,7‎

1248,5‎

340,0‎

908,5‎

400,0‎

508,5‎

Xorazm‎

10,8‎

594,0‎

265,0‎

329,0‎

329,0‎

Jami:‎

168,4‎

9262,0‎

815,0‎

8447,0‎

5253,5‎

3193,5‎

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-yanvardagi 4-son qaroriga
4-ILOVA
Gʻoʻzaning asosiy seleksiya navlarini istiqbolliligi va iqtisodiy ragʻbatlantirilishi boʻyicha guruhlarga ajratish

Asosiy guruhlar‎

Seleksiya navlari‎

Belgilangan xarid narxlariga tuzatish koeffitsiyentlari‎

I guruh‎ Buxoro-6, Namangan-77, S-6524, Termiz-31, Buxoro-8‎ 1,01‎
II guruh‎ S-4727, Oqdaryo-6, Toshkent-6, An-Boyovut-2, Omad, Xorazm-127, Oqqoʻrgʻon-2, Buxoro-102, Denov, Mehnat, yangi navlar‎ 1,0‎
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-yanvardagi 4-son qaroriga
5-ILOVA
2005-yil hosili uchun urugʻlik chigitlarni tayyorlash
ming tonna
‎‏
‎‏
‎‏Tozalash va navlarga ajratish
Tuksizlantirish va kalibrovka qilish‎‏‎‏

Dorilash‎‎

‎‏Hammasi

shu jumladan‎‎‎:

asosiy fondga‎

sugʻurta fondiga‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 9,1‎ 0,2‎ 7,2‎ 6,0‎ 1,2‎
viloyatlar:‎
Andijon‎ 9,7‎ 6,4‎ 7,7‎ 6,4‎ 1,3‎
shu �umladan “Andijon chigit” urugʻchilik korporatsiyasi‎ 3,0‎ 3,0‎ 3,0‎
Buxoro‎ 10,6‎ 1,2‎ 8,3‎ 6,9‎ 1,4‎
shu jumladan Buxoro urugʻchilik korporatsiyasi‎ 1,3‎ 1,0‎ 1,0‎ 1,0‎
Jizzax‎ 9,6‎ 5,0‎ 7,6‎ 6,3‎ 1,3‎
Qashqadaryo‎ 15,7‎ 0,1‎ 12,4‎ 10,3‎ 2,1‎
Navoiy‎ 3,5‎ 0,1‎ 2,8‎ 2,4‎ 0,5‎
Namangan‎ 8,6‎ 4,7‎ 6,8‎ 5,6‎ 1,1‎
shu jumladan “Mirishkor” urugʻchilik korporatsiyasi‎ 2,8‎ 2,2‎ 2,2‎ 2,2‎
Samarqand‎ 9,4‎ 0,2‎ 7,4‎ 6,2‎ 1,2‎
Surxondaryo‎ 10,9‎ 2,0‎ 8,6‎ 7,2‎ 1,4‎
shu jumladan “Oltin chigit” qoʻshma korxonasi‎ 2,0‎ 2,0‎ 2,0‎
Sirdaryo‎ 10,0‎ 3,8‎ 7,9‎ 6,6‎ 1,3‎
shu jumladan Markaziy Osiyo urugʻchilik kompaniyasi‎ 0,6‎ 0,5‎ 0,5‎ 0,5‎
Toshkent‎ 9,9‎ 2,5‎ 7,8‎ 6,5‎ 1,3‎
shu jumladan Markaziy Osiyo urugʻchilik kompaniyasi‎ 0,6‎ 0,5‎ 0,5‎ 0,5‎
shu jumladan “Xakipet” urugʻchilik korporatsiyasi‎ 1,0‎ 1,0‎ 1,0‎
Fargʻona‎ 10,0‎ 2,0‎ 7,9‎ 6,6‎ 1,3‎
shu jumladan “Yaypan” urugʻchilik korporatsiyasi‎ 2,0‎ 2,0‎ 2,0‎
Xorazm‎ 9,1‎ 0,4‎ 7,2‎ 6,0‎ 1,2‎
Jami:‎ 126,1‎ 28,6‎ 99,6‎ 83,0‎ 16,6‎
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-yanvardagi 4-son qaroriga
6-ILOVA
2005-yil hosili uchun urugʻlik chigitni viloyatlararo tashish

Joʻnatuvchi (viloyatlar) ‎

Oluvchi ‎(viloyatlar) ‎

Seleksiya ‎navlari‎

Reproduksiya‎

Urugʻlik miqdori (tonna)‎

‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi

‎Sirdaryo

S-4727
-/-
‎ -/- ‎

1
‎‎2
‎3
‎Jami

100
‎300
‎‎550
‎950

Andijon‎

Namangan
‎Samarqand
‎Fargʻona ‎

Andijon-35
‎Armugʻon
‎Andijon-35 ‎

1
‎1
‎1
‎ Jami ‎

3
‎50
‎10
‎63‎

Buxoro‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi
‎Andijon

‎Jizzax
‎Qashqadaryo



‎Navoiy
‎Namangan
‎Samarqand

‎Surxondaryo


‎Sirdaryo
‎Toshkent
‎Fargʻona‎

Buxoro-8
‎Buxoro-102
‎Buxoro-102
‎-/-
‎Buxoro-102
‎Buxoro-8
‎-/-
‎-/-
‎Buxoro-102
‎Buxoro-102
‎Buxoro-102
‎Buxoro-8
‎Buxoro-102
‎Buxoro-6
‎-/-
‎Buxoro-8
‎Buxoro-6
‎Buxoro-102
‎Buxoro-102
‎ -/- ‎

2
‎2
‎elita
‎2
‎2
‎1
‎2
‎3
‎2
‎2
‎2
‎2
‎3
‎elita
‎1
‎2
‎1
‎2
‎elita
‎2
‎Jami

40
‎6
‎10
‎100
‎4
‎40
‎400
‎300
‎8
‎15
‎35
‎1000
‎100
‎5
‎50
‎20
‎150
‎10
‎5
‎250
‎2548

Jizzax‎

Andijon



‎Sirdaryo



‎Toshkent

‎ ‎

An-Boyovut-2
‎-/-
‎-/-
‎-/-
‎S-4727
‎-//-
‎-//-
‎-//-
‎An-Boyovut-2
‎-/-
‎-/-
‎-/- ‎

elita
‎1
‎2
‎3
‎elita
‎1
‎2
‎3
‎elita
‎1
‎2
‎3 ‎

5
‎20
‎200
‎100
‎10
‎190
‎210
‎160
‎5
‎20
‎200
‎1000 ‎

Fargʻona‎

S-6524
‎-/-

elita
‎1
‎Jami

18
‎30
‎2168

Qashqadaryo‎

Surxondaryo‎

Buxoro-6
‎-/-
‎-/-‎

elita
‎1
‎2
‎Jami

20
‎500
‎480
‎1000

Samarqand‎

Qoraqalpogʻiston
‎Jizzax
‎Sirdaryo ‎

Omad
‎Oqdaryo-6
‎Oqdaryo-6
‎-/-

2
‎1
‎1
‎2
‎Jami

64
‎30
‎200
‎850
‎1144

Surxondaryo‎

Qoraqalpogʻiston
‎Andijon





‎Qashqadaryo




‎‎
Navoiy
‎Namangan




‎‎
‎Samarqand
‎Toshkent
‎Fargʻona ‎

Denov
‎Oqqoʻrgʻon-2
‎-/-
‎-/-
‎-/-
‎Denov
‎-/-
‎Denov
‎Namangan-77
‎-/-
‎-/-
‎-/-
‎Denov
‎Denov
‎Denov
‎Namangan-77
‎-/-
‎-/-
‎-/-
‎Surxon-9
‎Denov
‎Denov
‎Denov
‎-/-‎

2
‎elita
‎1
‎1
‎2
‎1
‎2
‎2
‎elita
‎1
‎2
‎3
‎2
‎2
‎3
‎elita
‎1
‎2
‎3
‎1
‎2
‎2
‎1
‎3
‎Jami

5
‎51
‎500
‎500 (tuksizlantirilgan)
‎400 (tuksizlantirilgan)
‎10
‎100
‎145
‎20
‎100
‎680
‎1000
‎15
‎12
‎400
‎5
‎50
‎200
‎1300
‎10
‎30
‎10
‎5
‎255
‎5803

Toshkent








‎Toshkent (MOUK)

Navoiy
‎Fargʻona ‎

S-6524
‎S-6524
‎-/-
‎-/-
‎-/-
‎Namangan-77
‎-/-
‎-/-

‎S-6524 ‎

2
‎elita
‎1
‎2
‎3
‎elita
‎1
‎2

‎2
‎Jami

6
‎15
‎50
‎2100
‎1000
‎10
‎100
‎1150

‎500 (tuksizlantirilgan)
‎4931

Xorazm‎

Qoraqalpogʻiston
‎Jizzax

‎Navoiy
‎Namangan

‎ Toshkent
‎Fargʻona


‎Sirdaryo

Mehnat
‎Mehnat
‎Xorazm-127
‎Xorazm-127
‎Mehnat
‎-/-
‎Mehnat
‎S-6524
‎-/-
‎-/-
‎Xorazm-150
‎Mehnat ‎

2
‎1
‎1
‎1
‎elita
‎1
‎1
‎elita
‎1
‎2
‎2
‎2
‎Jami

33
‎10
‎8
‎10
‎5
‎20
‎20
‎17
‎215
‎600
‎40
‎35
‎1013

Hammasi‎

19620‎

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-yanvardagi 4-son qaroriga
7-ILOVA
Polietilen plyonka ishlab chiqarish uchun xomashyo (granulalar) bilan taʼminlash
JADVALI

(tonna)‎

‎‏Oylar

‎‏Jami

shu jumladan zavodlar boʻyicha:‎‎‎

“Andijon-‎polietileni” qoʻshma korxonasi‎

“Jizzax ‎plastmassa” ‎aksiyadorlik ‎jamiyati‎

2004-yil dekabr (baho)‎

2487,7‎

2487,7‎

2005-yil yanvar‎

4520,3‎

2487,7‎

2032,6‎

2005-yil fevral‎

2368,2‎

855,9‎

1512,3‎

Jami:‎

9376,2‎

5831,3‎

3544,9‎