1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 227-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-1, 3.10.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 437-modda)
1. Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼatining 2006-yil 8-noyabrdagi 29-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida stajirovka oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1638, 2006-yil 8-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 451-modda) Adliya vazirligi Hayʼatining 2010-yil 18-oktabrdagi 25/10-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 20-oktabr,
223-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2010-yil 20-oktabrdagi 223-mh-sonli buyrugʻiga ILOVA
Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) 22-moddasiga muvofiq notarius stajyorining (keyingi oʻrinlarda stajyor deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Stajyor tomonidan notarius maqomiga ega boʻlishga tayyorlanish va uning kasbiy bilimlarini hamda koʻnikmalarini hosil qilish stajirovkaning asosiy vazifasidir.
2. Stajirovka yetarli ish sharoitiga (kompyuter vositalari, ish joyi va shu kabilar) ega boʻlgan davlat notarial idorasida (keyingi oʻrinlarda notarial idora deb yuritiladi) oʻtaladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 14-maydagi 149-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-5, 14.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 19-son, 245-modda)
3. Oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida bir yillik ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi stajyor boʻlishi mumkin. Bunda stajyorning stajirovkaning tugash muddatida yigirma besh yoshdan kichik boʻlmasligi inobatga olinishi lozim.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 14-oktabrdagi 314-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-2, 14.10.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 566-modda)
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati belgilangan tartibda tugatilgan shaxs.
4. Notarial idoralarda stajyorlar soni oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Bunga ish hajmi, kelgusida qoʻshimcha notariuslarga boʻlgan talab va ishdan boʻshab yoki boshqa ishga oʻtib ketayotgan notariuslar soni asos qilib olinadi.
Notarial idoralarda stajyorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob beradigan shaxslar orasidan tanlab olinadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 244-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-4, 26.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 40-son, 500-modda)
6. Stajyorga rahbar etib notariuslik lavozimida kamida uch yil ishlagan va notarial faoliyat boʻyicha yetarli tajribaga ega boʻlgan notarius tayinlanadi. Bunda bir notariusga ikki va undan ortiq stajyorni biriktirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 389-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 652-modda)
d) oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
(11-bandining “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 9-mh-sonli (roʻyxat raqami 2149-7, 06.01.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/2149-7/0521-son)
111. Stajyorlikka qabul qilinadigan shaxs notarius, advokat, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi lavozimida ishlagan boʻlsa, uning ushbu lavozimlarda oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etmaganligini aniqlash maqsadida tegishli idoralardan maʼlumotlar olinadi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 14-oktabrdagi 314-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2149-2, 14.10.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 566-modda)
12. Fuqaro stajyorlikka qabul qilinishidan oldin adliya boshqarmasida suhbatdan oʻtadi. Suhbat adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Maxsus komissiya adliya boshqarmasining masʼul xodimlari, shu jumladan tajribali notariuslar orasidan 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Maxsus komissiyaga adliya boshqarmasi boshligʻi rahbarlik qiladi.
Suhbatda fuqaroning yurisprudensiya sohasidagi umumiy bilim darajasi hamda uning stajyor boʻlishga layoqati mavjudligi aniqlanadi. Suhbat natijasi boʻyicha xulosa tuziladi va maxsus komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Suhbat natijasiga koʻra munosib deb topilgan fuqaroning hujjatlari mazkur Nizomning 13-bandiga muvofiq kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 14-maydagi 149-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2149-5, 14.05.2015-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 19-son, 245-modda)
13. Stajyorlikka qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi bilan kelishuvdan soʻng adliya boshqarmasi rahbarining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Ushbu buyruq bilan stajirovka rahbari ham tayinlanadi. Buyruq chiqarish uchun stajyor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) asos boʻladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 14-oktabrdagi 314-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-2, 14.10.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 566-modda)
15. Stajirovka oʻtalayotgan notarial idora stajyorning asosiy ish joyi hisoblanadi.
Stajyor ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari, tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga, shu jumladan, oʻrindoshlik asosida ishlashga hamda shartnomalar tuzishda vositachilik xizmati koʻrsatishga haqli emas.
Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoxud notarial faoliyatga rahbarlikni amalga oshiruvchi va ushbu faoliyatni nazorat qiluvchi lavozimlarda kamida uch yil ishlagan stajyorlar uchun stajirovkadan oʻtish muddati bir yilni tashkil etadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 9-iyundagi 156-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2149-3, 09.06.2014-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 24-son, 295-modda)
Uzoq muddat (kasallik, homiladorlik va tugʻish taʼtillari, bola parvarishlash taʼtillari, harbiy yigʻinlarga chaqirilganlik va shu kabilar bilan bogʻliq holda) ishda boʻlmagan vaqt stajirovka muddatiga qoʻshilmaydi.
161. Stajyor ishga qabul qilingandan keyin 6 oy oʻtgandan soʻng u Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida sinovdan oʻtkaziladi. Sinov Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan sinov komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Sinov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining masʼul xodimlari orasidan 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Sinovda stajyorning siyosiy-huquqiy, fuqarolik va notariat sohasidagi umumiy bilim darajasiga baho beriladi.
Sinov yakuni boʻyicha tegishli adliya boshqarmasiga stajyor stajirovkani davom ettirishga loyiq yoki noloyiqligi haqida xulosa yuboriladi. Agar sinov komissiyasi tomonidan stajyor stajirovkani davom ettirishga noloyiq deb topilsa, xulosada stajirovka rahbariga nisbatan tegishli choralar koʻrish haqida taklif nazarda tutilishi mumkin.
Sinov komissiyasi taklifiga koʻra stajirovkani davom ettirishga loyiq deb topilgan stajyorlar keyinchalik yana bir marta sinovga chaqirilishi mumkin.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 14-maydagi 149-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2149-5, 14.05.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 19-son, 245-modda)
18. Stajyorning yoxud stajirovkaga rahbar notariusning uzoq muddat kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga (homiladorlik va tugʻish taʼtillari, bola parvarishlash taʼtillari, ishdan ajralgan holda malaka oshirish kabilar) koʻra stajirovkaning maʼlum muddati oʻtalmay qolgan taqdirda, tegishli adliya boshqarmasi rahbarining buyrugʻiga koʻra stajirovka ana shu davrga uzaytirilishi yoki stajyor boshqa notarius huzurida stajirovka oʻtash uchun biriktirilishi mumkin.
20. Ish vaqti, mehnat taʼtili, ijtimoiy sugʻurta va boshqa mehnat qonunchiligiga oid masalalarda notariuslar uchun belgilangan qoidalar stajyorlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
21. Adliya boshqarmasi rahbari tomonidan stajyorning oʻzlashtirishi lozim boʻlgan va notarial faoliyatga taalluqli boshqa masalalarni oʻzida mujassamlashtirgan stajirovka oʻtashning har yarim yillik rejasi (keyingi oʻrinlarda reja deb yuritiladi) tasdiqlanadi va ushbu reja asosida stajyorlar oʻz vazifalarini amalga oshiradi. Rejada fuqarolik va notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalarining toʻliq oʻrganilishi, shuningdek notarial tasdiqlanadigan yoki shahodatlanadigan hujjatlar loyihalari bilan ishlash masalalari hamda stajyorning kasbiy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishiga yoʻnaltirilgan tadbirlar nazarda tutilishi lozim.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 389-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 652-modda)
22. Stajyorning notarial faoliyatni mukammal oʻrganishini taʼminlash maqsadida adliya boshqarmasi tomonidan ishi namunali boʻlgan va ayrim murakkab notarial harakatlarni rasmiylashtiradigan boshqa notarial idorada bir oydan ortiq boʻlmagan muddat mobaynida stajirovka oʻtash tashkil qilinadi. Boshqa notarial idorada stajirovka oʻtalganligi toʻgʻrisida notarius tomonidan tegishli maʼlumotnoma tuzilib, stajyorning rahbariga yuboriladi.
Stajyorni notarial faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan tadbirlarga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 389-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2149-6, 29.12.2015-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 652-modda)
Stajyor notarial faoliyat bilan mustaqil shugʻullanishga haqli emas.
24. Stajyorning vazifasiga quyidagilar kiradi:
notarial idorada ish yuritish;
notarial hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;
statistik hisobotlarni tuzish va tahlil qilishda qatnashish;
notarial amaliyotni umumlashtirishda ishtirok etish;
25. Stajyorning stajirovka oʻtash davrida amalga oshirgan ishlari hamda rejalarning bajarilishi yuzasidan adliya boshqarmasi tomonidan har oyda bir marta monitoring olib boriladi. Monitoring natijalari yuzasidan maʼlumotnoma tuziladi va tegishli tavsiyalar beriladi.
Oʻtkazilgan monitoringlar yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga maʼlumot taqdim etib boriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 389-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 652-modda)
26. Stajirovka davrida stajyor notarial faoliyatning barcha yoʻnalishlaridagi sohalarda kasbiy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi lozim. Bunda stajirovka rahbari:
stajyorga rejada belgilangan tadbirlarni bajarish bilan bogʻliq materiallardan, xususan oʻrganish uchun zarur boʻlgan qonun hujjatlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi;
rejada nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishi va sifatini muntazam ravishda nazorat qiladi;
stajyorning siyosiy-huquqiy, fuqarolik va notariat sohasidagi umumiy bilim darajasini, shuningdek notarial amaliyot bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantiradi;
stajyorga zarur maslahatlar va tushuntirishlar beradi;
stajyorning ish vaqtidan maqsadli foydalanilishini taʼminlaydi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 389-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 652-modda)
27. Stajirovka davrida stajyor notarial harakatlarning asosiy turlari boʻyicha har olti oy yakunida, mazkur Nizomning 16-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan stajyor esa har chorak yakunida referat tayyorlaydi. Tayyorlangan referat stajirovka rahbari tomonidan tasdiqlanadi va mazkur Nizomning 281-bandida belgilangan sinov vaqtida maxsus komissiya oldida himoya qilinadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 9-iyundagi 156-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-3, 09.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 24-son, 295-modda)
281. Stajyorning notariatga taalluqli nazariy bilimlarni oʻzlashtirish darajasi va amaliy tayyorgarligini nazorat qilish maqsadida maxsus komissiya tomonidan:
stajirovka oʻtash muddatining birinchi yili yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari;
stajirovka oʻtash muddatining ikkinchi yili birinchi yarim yilligi yakuni boʻyicha notarial tasdiqlanadigan yoki shahodatlanadigan hujjatlar loyihalarini tuzish boʻyicha sinovdan oʻtkaziladi.
Mazkur Nizomning 16-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan stajyorlar ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha stajirovka oʻtash muddatining birinchi choragi yakunida, uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha stajirovka oʻtash muddatining uchinchi choragi yakunida sinovdan oʻtkaziladi.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 14-maydagi 149-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-5, 14.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 19-son, 245-modda)
282. Sinov natijalari yuzasidan stajyorga tegishli tavsiyalar beriladi. Stajyor maxsus komissiya tomonidan yetarli tayyorgarlikka ega emas deb topilgan taqdirda, stajyorga va uning stajirovka rahbariga tegishli chora koʻrish, zarur holda boshqa stajirovka rahbari tayinlash haqida adliya boshqarmasi rahbariga taklif kiritiladi.
(282-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 389-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 652-modda)
29. Stajyor xizmat vazifasini bajarish vaqtida, shu jumladan u bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinganidan keyin ham notarial idorada amalga oshirilgan notarial harakatlardan unga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilmasligi lozim. Bu haqda stajyordan tegishli tilxat olinadi.
30. Stajyorga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin.
notarial harakatlarni amalga oshirilishida ishtirok etishga;
notarial idorada mavjud boʻlgan huquqiy maʼlumotlar bazalaridan, maxsus adabiyotlardan foydalanishga;
qonun hujjatlarini turkumlashtirish, stajirovka rahbariga topshiriqlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va boshqa materiallar toʻplash bilan shugʻullanishga;
33. Stajyor stajirovka oʻtash muddati tugagandan keyin rejalarni bajarish yakunlari boʻyicha yozma hisobot tayyorlaydi. Hisobot stajirovka rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 389-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 652-modda)
34. Stajyor rahbari ushbu yozma hisobot asosida stajyorga tavsifnoma tayyorlaydi va stajirovka yakuni boʻyicha xulosa tuzadi. Ushbu hujjatlarga notariusning imzosi hamda muhri qoʻyiladi.
35. Stajyor rahbarining xulosasida quyidagilar bayon etilishi lozim:
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 389-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 652-modda)
stajyorning stajirovka oʻtash davrida olgan amaliy koʻnikmalari va kasbiy bilim darajasi;
stajyorning unga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi mahorati;
stajyorning keyinchalik mustaqil ravishda notarius boʻlib ishlashga umumiy tayyorgarlik darajasi;
stajyorning stajirovka oʻtalgan davriga umumiy hisoboti.
36. Xulosa uch nusxada tuzilib adliya boshqarmasiga va stajyorga beriladi. Uchinchi nusxasi stajirovka oʻtalgan notarial idorada saqlash uchun qoldiriladi.
381. Stajyor stajirovka muddati tugagandan soʻng bir oylik muddat ichida malaka imtihonini topshirish uchun tegishli hujjatlarni adliya boshqarmasiga topshirishi shart, uzrli sabablarga (kasallik, homiladorlik va tugʻish taʼtillari, harbiy yigʻinlarga chaqirilganlik va shu kabilar bilan bogʻliq) koʻra ushbu muddat ichida topshira olmagan hollar bundan mustasno. Bunda, stajyorning tegishli hujjatlarni oʻz vaqtida topshirishi uchun stajirovka rahbari masʼuldir.
(381-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 389-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2149-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 652-modda)
adliya boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida tashkil etilgan sinov komissiyasining stajyorni stajirovkani davom ettirishga noloyiqligi haqida xulosa kelib tushganda;
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 14-maydagi 149-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2149-5, 14.05.2015-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 19-son, 245-modda)
41. Adliya boshqarmasi har yil stajyorlar tayyorlash borasida amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirib boradi va bu haqdagi maʼlumotni keyingi yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradi.