1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay’atining
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT NOTARIAL IDORALARIDA STAJIROVKA O‘TASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(Qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’ati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (ro‘yxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 8-noyabrda 1638-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror adliya vazirligi Hay’atining 2010-yil 18-oktabrdagi 25/10-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan. Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2010-yil 20-oktabrdagi 223-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2149, 20.10.2010-y.) qarang.
O‘zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralari faoliyatini yanada takomillashtirish, stajirovka o‘tashning yagona uslubini joriy etish, stajyor faoliyatini tashkil etish va malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida hamda “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, Adliya vazirligi hay’ati qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’ati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (ro‘yxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
1. O‘zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida stajirovka o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tganidan keyin kuchga kiritilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’ati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (ro‘yxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari:
barcha davlat notarial idoralarida stajirovka o‘talishini to‘g‘ri tashkil etilishi hamda mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya etilishini nazorat qilishni;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’ati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (ro‘yxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
joriy yilning noyabr-dekabr oyida mazkur Nizomni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan barcha davlat notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar va stajyorlar ishtirokida seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazishni ta’minlasinlar.
3. Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (I.I. Yusubjonov):
joriy yilning noyabr-dekabr oylarida ushbu Nizom qoidalarini qo‘llash bo‘yicha seminar o‘tkazishni tashkillashtirsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, davlat notariuslari tomonidan mazkur Nizom talablarini bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilib borishni ta’minlasin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’ati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (ro‘yxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
4. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (S.U. Sattarov) ushbu hay’at qarori bilan tasdiqlangan nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin va O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
5. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (U.T. Ayubov) ushbu hay’at qarorini “O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etishni ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay’atining 2000-yil 28-aprel 33-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarda stajirovka o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E.S. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Hay’at raisi, vazir B. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-noyabr,
29-son
Adliya vazirligining 2006-yil 8-noyabr 29-son Hay’at qarori bilan TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida stajirovka o‘tash tartibi to‘g‘risida
nizom
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’ati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (ro‘yxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
Mazkur Nizom “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, davlat notarial idoralarida stajirovka o‘tash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’ati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (ro‘yxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Davlat notarial idorasida oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi stajirovka o‘tashga tayinlanishi mumkin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’ati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (ro‘yxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
2. Davlat notarial idoralarida stajyorlar soni o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Bunga ish hajmi, kelgusida qo‘shimcha notariuslarga bo‘lgan talab va ishdan bo‘shab yoki boshqa ishga o‘tib ketayotgan notariuslar soni asos qilib olinadi.
Davlat notarial idoralarida stajyorlar zaxirasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda matnda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) tuzadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’ati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (ro‘yxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
3. Stajirovka o‘taganlar tegishli adliya boshqarmasi tomonidan alohida kitobda ro‘yxatga olib boriladi.
4. Stajyorga rahbar etib notariuslik lavozimida kamida uch yil ishlagan va notarial faoliyat bo‘yicha yetarli tajribaga ega bo‘lgan notarius tayinlanadi.
5. Stajyor rahbari stajyorning stajirovka davrida notarial faoliyatga doir masalalarni o‘zlashtirib borishida mas’ul hisoblanadi.
6. Stajyorga rahbar etib yaqin qarindoshlar (ota-ona va bolalar, er-xotinlar) tayinlanishi mumkin emas.
7. Stajirovkaga rahbarlik qilayotgan davlat notarial idorasi notariusining oylik maoshiga adliya boshqarmasi tomonidan qo‘shimcha to‘lovlar belgilanishi mumkin.
8. Stajirovka o‘talishini adliya boshqarmasi o‘z vakolati doirasida o‘rganadi, umumlashtiradi va nazorat qiladi.
II. Stajyorni stajirovka o‘tashini rasmiylashtirish
9. Davlat notarial idorasida stajyorni ishga qabul qilish adliya boshqarmasi tomonidan mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’ati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoniga (ro‘yxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) asosan chiqarilgan— O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
11. Mehnat shartnomasi taraflar kelishuvi bo‘yicha mehnat to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tuziladi.
12. Stajyorni ishga qabul qilish vaqtida quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
a) ariza;
b) belgilangan shaklda to‘ldirilgan shaxsiy varaqa;
v) pasport nusxasi;
g) oliy yuridik ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi;
d) mehnat daftarchasi (birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno);
e) oxirgi ish joyidan mehnat faoliyati haqida tavsifnoma (birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno).
13. Davlat notarial idoralarida stajyorni ishga qabul qilish adliya boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun stajyor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’ati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (ro‘yxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
14. Ishga qabul qilish haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnomasining mazmuniga to‘la muvofiq ravishda chiqarilishi va stajyorga ma’lum qilinishi lozim.
III. Stajirovka o‘tash muddati
15. Stajirovka o‘tash muddati, ishdan ajralgan holda kamida bir yil bo‘lishi lozim. Stajirovkani o‘rindoshlik asosida o‘talishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar uchun stajirovka muddati tegishincha adliya boshqarmasining buyrug‘i bilan kamaytirilishi mumkin. Bunday hollarda stajirovka muddati olti oydan kam bo‘lmasligi kerak.
17. Notarius yordamchisi, shuningdek Adliya vazirligida yoki adliya boshqarmasida bevosita notariatga rahbarlik qilish vazifalarini amalga oshirish bilan bog‘liq lavozimlarda (rahbarlar, mutaxassislar) ishlagan shaxslarning uzluksiz ish staji bir yildan kam bo‘lmagan taqdirda ular stajirovka o‘tagan hisoblanib, imtihon topshirishlariga yo‘l qo‘yiladi.
18. Stajyorning yoxud stajirovkaga rahbar notariusning uzoq muddat kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga (bola tug‘ish, tarbiyalash, ta’tilda bo‘lishi, ishdan ajralgan holda malaka oshirish kabilar) ko‘ra stajirovkaning ma’lum muddati o‘ta olmay qolgan taqdirda, tegishli adliya boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘iga ko‘ra ana shu davrga uzaytirilishi yoki boshqa notarius huzurida stajirovka o‘tash uchun biriktirilishi mumkin.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’ati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (ro‘yxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
IV. Stajyor faoliyatini tashkil etish
19. Davlat notarial idoralarida stajyorlar mehnatiga belgilangan tartibda adliya boshqarmasi tomonidan haq to‘lanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’ati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (ro‘yxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
20. Stajyor mehnat sharoiti, ish staji, ish vaqti, mehnat ta’tili, ijtimoiy sug‘urta va boshqa mehnat qonunchiligiga oid masalalarda notariuslar uchun belgilangan barcha huquqlardan foydalanadi. Stajyorlarga nisbatan ichki mehnat intizomi qoidalari tatbiq qilinadi.
21. Adliya boshqarmasi boshlig‘i yoki o‘rinbosari tomonidan stajirovka davrida o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan va notarial faoliyatga taalluqli boshqa masalalarni o‘zida mujassamlashtirgan stajirovka o‘tash rejasi tasdiqlanadi. Ushbu reja asosida stajyorlar o‘z vazifalarini davlat notarial idoralarida amalga oshiradilar.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’ati majlisining 2010-yil 18-iyundagi 15/10-sonli bayoni (ro‘yxat raqami 1638-1 18.06.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 204-modda)
22. Stajyorning notarial faoliyatni mukammal o‘rganishini ta’minlash maqsadida adliya boshqarmasi tomonidan, ishi namunali bo‘lgan va ayrim murakkab notarial harakatlarni rasmiylashtiradigan boshqa davlat notarial idoralarida bir oydan ortiq bo‘lmagan muddat mobaynida stajirovka o‘tashi tashkil qilinadi. Boshqa davlat notarial idorasida stajirovka o‘talganligi to‘g‘risida notarius tomonidan tegishli ma’lumotnoma tuzilib stajyorning rahbariga yuboriladi.
23. Stajyorning vazifasiga quyidagilar kiradi:
notarial idorada ish yuritish;
notarial hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;
statistik hisobotlarni tuzish va tahlil qilishda qatnashish;
notarial amaliyotni umumlashtirishda ishtirok etish;
arxiv ishlarini yuritishni o‘rganish.
24. Stajirovka davrida stajyor quyidagilarni o‘zlashtirishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasining notariatga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarini;
notarial amaliyot va notarial harakatlarni amalga oshirish qoidalarini;
mehnat jamoasi va fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlarda mavjud bo‘lgan axloqiy normalarni.
25. Stajyor xizmat vazifasini bajarish vaqtida notarial idorada amalga oshirilgan notarial harakatlardan unga ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilmasligi lozim. Bu haqda stajyordan tegishli tilxat olinadi.
V. Stajirovka yakuni bo‘yicha xulosa
26. Stajyor stajirovka yakuni bo‘yicha stajirovka rejasining ijrosi hamda o‘zlashtirilishi va kasbiy malakasini oshirish borasida amalga oshirgan boshqa ishlari haqida yozma hisobot tuzadi.
27. Stajyor rahbari ushbu yozma hisobot asosida stajyorga tavsifnoma tayyorlaydi va stajirovka yakuni bo‘yicha xulosa tuzadi. Ushbu hujjatlarga notariusning imzosi hamda muhri qo‘yiladi.
28. Stajyor rahbarining xulosasida quyidagilar bayon etilishi lozim:
stajirovka o‘talgan davr;
stajirovka rejasi bajarilganligi haqidagi ma’lumot;
stajyorning stajirovka o‘tash davrida olgan amaliy ko‘nikmalari va kasbiy bilim darajasi;
stajyorning unga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi mahorati;
stajyorning keyinchalik mustaqil ravishda notarius bo‘lib ishlashga umumiy tayyorgarlik darajasi;
stajyorning stajirovka o‘talgan davriga umumiy hisoboti.
29. Xulosa uch nusxada tuzilib adliya boshqarmasiga va stajirovka o‘tagan shaxsga beriladi. Uchinchi nusxasi stajirovka o‘talgan notarial idorada saqlash uchun qoldiriladi.
30. Stajirovka natijalari bo‘yicha stajyor adliya boshqarmasi qoshidagi notariat bo‘yicha malaka komissiyasiga hisobot beradi va komissiya qaroriga asosan malaka imtihoniga qo‘yiladi.
31. Stajirovka o‘tash natijasi to‘g‘risidagi xulosa va tavsifnoma stajyorning malaka imtihonini topshirish haqidagi arizasiga qo‘shib qo‘yiladi.
VI. Yakuniy qoidalar
32. Adliya boshqarmasi har yil stajyorlar tayyorlash borasida amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirib boradi va bu haqdagi ma’lumotni keyingi yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 45-son, 451-modda; 2010-y., 24-25-son, 204-modda)