Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xoʻjaligi korxonalarida sholi yetishtirish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar hokimliklari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasining 1998-yilda qishloq xoʻjaligi korxonalarida sholi ekiladigan maydonlar hajmi kutiladigan suv taʼminotini hisobga olgan holda sholining yalpi hosili va davlat resurslari uchun tayyorlanadigan sholi miqdori toʻgʻrisidagi taklifiga
ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
2. Bunda sholi asosan ixtisoslashtirilgan sholikor xoʻjaliklarda va suv bilan kafolatli taʼminlangan zonalarda joylashtirilsin. Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand va Fargʻona viloyatlari xoʻjaliklarida sholi ekilishiga yoʻl qoʻyilmasin.
3. Sugʻoriladigan yerlardan yuqori samarali foydalanishni tashkil etish, sholidan yuqori hosil olish va shu asosda sholi yetishtirish hajmlari sezilarli darajada koʻpaytirilishini taʼminlash Qishloq va suv xoʻjaliga vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminot-tuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining birinchi darajali vazifasi deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-iyundagi 317-son
qarorining sholi ekiladigan maydonlarga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda shu yil 1-martgacha sholikor xoʻjaliklar bilan sholini shartnomaviy narxda xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini taʼminlasinlar va sholi qiymatining kamida 40 foizi miqdorida avans bersinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. X. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.