Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Almashlab ekish sxemalarini yaxshilash, yerlardan samarali foydalanish va qishloq xoʻjaligi korxonalari ishidagi samaradorlikni oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining 1998—2000-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha ilovaga muvofiq paxta maydonlari — 1500 ming gektar, sugʻoriladigan yerlarda boshoqli don ekinlari maydonlarini — 1000 ming gektar, lalmi yerlarda — 310 ming gektar, sholi maydonlarini — 170 ming gektar va kartoshka maydonlarini — 27 ming gektar etib saqlab qolish maqsadga muvofiqligi haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Xoʻjaliklarga va mahalliy boshqaruv organlariga boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari ekish maydonlarini mustaqil belgilash huquqi berilsin. Yangi yerlarni oʻzlashtirish hisobiga koʻpaygan maydonlardan asosan ozuqa ekinlari ekishni kengaytirish uchun foydalanilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 1998—2000-yillarda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqishda ushbu qarorga amal qilsinlar.
3. Sugʻoriladigan yerlardan yuqori samarali foydalanishini tashkil etish, qishloq xoʻjaligi ekinlaridan yuqori hosil olish va shu asosda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmlarini amalda koʻpaytirish Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining birinchi darajali vazifalari deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.