1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.01 (Кучини йукотган) Kichik korxonalar va mikrofirmalarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.02 (Кучини йукотган) Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
YaGONA SOLIQ TOʻLOVINING BAZAVIY MIQDORI KIRITILIShI MUNOSABATI BILAN ChAKANA SAVDO KORXONALARI, XIZMAT KOʻRSATISh SOHASIDAGI MIKROFIRMALAR VA KIChIK KORXONALAR TOMONIDAN YaGONA SOLIQ TOʻLOVINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 28-fevraldagi 20, 2013-10-sonli “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2449, 04.04.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 131-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 17-avgust,
64-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 17-avgust,
2010-34-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 17-avgustdagi 64, 2010-34-son qaroriga ILOVA
Yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 131-modda) muvofiq yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2010-yilning 1-iyulidan boshlab chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq toʻlovini (keyingi oʻrinlarda YaST deb yuritiladi) qonun hujjatlariga muvofiq, lekin miqdori yuqorida sanab oʻtilgan toifadagi toʻlovchilar uchun YaSTning bazaviy miqdori sifatida aniqlanadigan, aynan shunday faoliyat turini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan qatʼiy belgilangan soliq miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydilar.
xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar — hisobot davri yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi xizmat koʻrsatish boʻlgan mikrofirmalar va kichik korxonalar.
Faoliyatni xizmat koʻrsatishga tegishliligini aniqlash uchun “Oʻzstandart” agentligining 2006-yil 12-maydagi 05-15-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi faoliyat turlari boʻyicha xizmat koʻrsatish klassifikatori” umumdavlat klassifikatoridan foydalanish lozim.
3. Ushbu Nizom quyidagi xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etilmaydi:
yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi boʻlmaganlarga;
faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlariga;
faqat yuridik shaxslarga litsenziya beriladigan litsenziyalanadigan faoliyat turi bilan shugʻullanadiganlarga;
YaSTni toʻlashdan ozod boʻlish imtiyoziga ega boʻlganlarga.
4. YaSTning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan YaST summasini aniqlash uchun toʻlovchilar quyidagilarni hisoblab chiqaradilar:
5. YaST bazaviy miqdori soliq toʻlovchining asosiy faoliyat turidan kelib chiqib aniqlangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan stavka boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq summasidan kelib chiqib hisoblanadi.
Masalan, agar soliq toʻlovchining asosiy faoliyat turi chakana savdo boʻlsa, unda YaSTning bazaviy miqdori chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan qatʼiy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib aniqlanadi.
YaST bazaviy miqdorining oʻsib boruvchi yakuni yil davomida YaSTning bazaviy miqdorini hisobga olgan holda YaSTni toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchilarda oʻtgan hisobot davri uchun YaST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan YaST summasiga teng miqdorda qabul qilinadi.
6. Ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq hisoblab chiqarilgan YaSTning bazaviy miqdorini hisoblangan YaST summasi bilan solishtirish uchun YaST ning hisob-kitob summasi butun korxona boʻyicha aniqlanadi.
YaSTning hisob-kitob summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
HSyast = SYaT x S, bunda:
HSyast — YaSTning hisob-kitob summasi;
SYaT — YaST boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar qoʻllanilmagan soliq solinadigan yalpi tushum (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 29-dekabrdagi 111, 2007-66-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1760, 2008-yil 21-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 3-4-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan YaST hisob-kitobining “040”-satri maʼlumotlari asosida);
YaSTning hisob-kitob summasi butun korxona boʻyicha ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi Maʼlumotnoma-hisob-kitob (keyingi oʻrinlarda Maʼlumotnoma-hisob-kitob deb yuritiladi) asosida aniqlanadi.
7. YaSTning hisob-kitob summasi YaSTning bazaviy miqdori summasidan kam boʻlgan hollarda YaST qoʻshimcha hisoblanadi. Bunda YaST bazaviy miqdori summasining YaST hisob-kitob summasidan ortgan qismi YaST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan YaST summasiga qoʻshimcha hisoblanadi.
Agar YaST hisob-kitob summasi YaST bazaviy miqdoridan katta yoki unga teng boʻlsa, unda YaST qoʻshimcha hisoblanmaydi va YaST Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son) belgilangan tartibda toʻlanishi lozim, yaʼni YaST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan summa toʻlanadi.
Masalan, Toshkent shahrida joylashgan nooziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi chakana savdo korxonasi 2010-yilning iyul oyiga YaSTni 4 % stavka boʻyicha hisoblayotgan boʻlsin. Mazkur korxona soliq imtiyozlariga ega emas. Ushbu holatda YaSTning hisob-kitob summasi va YaST hisob-kitobi boʻyicha hisoblab chiqarilgan YaST summasi bir-biriga teng boʻladi. Agar ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq hisoblab chiqarilgan YaSTning hisob-kitob summasi YaSTning bazaviy miqdoridan kam boʻlsa, Toshkent shahrida ushbu koʻrsatkich eng kam ish haqining (keyingi oʻrinlarda EKIH deb yuritiladi) 10 baravari miqdorini tashkil etsa, u holda YaST hisobot davri uchun EKIHning 10 baravari miqdorida toʻlanadi. Agar YaSTning hisob-kitob summasi YaSTning bazaviy miqdoridan (EKIHning 10 baravari) koʻp boʻlsa, u holda YaST oʻrnatilgan 4% stavka boʻyicha toʻlanadi.
8. Agar ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan korxonalar hududiy jihatdan alohida boʻlgan yuridik shaxs boʻlmagan boʻlinmalarga, chakana savdoda esa — turgʻun savdo shoxobchalarga ega boʻlsa, YaSTning bazaviy miqdorini hisobga olgan holda YaST hududiy jihatdan alohida boʻlgan har bir boʻlinma (turgʻun savdo shoxobchasi) uchun toʻlanadi. Bunda YaSTning bazaviy miqdori hududiy jihatdan alohida boʻlgan boʻlinma (turgʻun savdo shoxobchasi) joylashgan joydagi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan qatʼiy belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Korxonalar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq hisobotlari taqdim etiladigan muddatlarda ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha Hududiy jihatdan alohida boʻlgan boʻlinma (turgʻun savdo shoxobchasi) toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etadilar.
Agar avval taqdim etilgan maʼlumotlar oʻzgaradigan boʻlsa, korxona oʻzgarish yuz bergan oydan keyingi oyning 10 kunidan kechiktirmay soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini xabardor etadi.
Masalan, Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi savdo korxonasi yuridik shaxs boʻlmagan ikkita turgʻun savdo shoxobchasiga ega. Savdo shoxobchalaridan biri Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, ushbu hududda xuddi shunday faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq oyiga EKIHning 10 baravari miqdorida belgilangan, ikkinchisi esa Toshkent viloyatining Gʻazalkent shahrida joylashga boʻlib, ushbu hududda qatʼiy belgilangan soliq stavkasi oyiga EKIHning 3 baravari miqdorida belgilangan. Shunday qilib, 2010-yilning 1-iyulidan boshlab chakana savdo korxonasi YaSTni ushbu savdo shoxobchalari joylashgan joy boʻyicha belgilangan stavkalar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, biroq Toshkent shahrida joylashgan savdo shoxobchasi boʻyicha hisobot davri uchun EKIHning 10 baravaridan va Gʻazalkent shahrida joylashgan savdo shoxobchasi boʻyicha esa — EKIHning 3 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydi.
9. Bir nechta faoliyat turini amalga oshiruvchi korxonalar uchun ushbu Nizom bilan belgilangan tartib, agar ushbu faoliyat turi qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlsa va unga, tegishincha, qatʼiy belgilangan soliq stavkasi belgilangan boʻlsa, faqat asosiy faoliyat turiga tatbiq etiladi.
1-misol. Kichik korxona quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
umumiy ovqatlanish sohasidagi xizmatlar;
nooziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi.
Umumiy ovqatlanish sohasidagi xizmat koʻrsatishdan tushgan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining 80 %ni tashkil etadi. Nooziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosidan tushgan tushumning ulushi esa — 20 %.
Korxona uchun asosiy faoliyat turi qonun hujjatlariga muvofiq faqat yuridik shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar koʻrsatish ekanligini inobatga oladigan boʻlsak, ushbu Nizom bilan belgilangan tartib ushbu korxonaga tatbiq etilmaydi.
2-misol. Toshkent shahrida joylashgan kichik korxona quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
oziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi;
avtomobil transportida yuklar tashish boʻyicha xizmatlar;
vositachilik xizmatlari.
Oziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosidan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining 60 %ni tashkil etadi. Avtomobil transportida yuklar tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan tushgan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining — 30 %ni, vositachilik xizmatlari koʻrsatishdan tushgan tushumning ulushi esa — 10 %ni tashkil etadi.
Ushbu korxona uchun oziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi asosiy faoliyat turidir. Ushbu faoliyat turi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin va u boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq stavkasi oʻrnatilgan. Shunday qilib, ushbu korxona YaSTni qonun hujjatlarda belgilangan tartibda, biroq oziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi sohasida faoliyat amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan toʻlanadigan qatʼiy belgilangan soliq summasiga teng boʻlgan YaSTning bazaviy miqdoridan kam boʻlmagan summada toʻlaydi.
3-misol. Toshkent shahrida joylashgan kichik korxona — sartaroshxona majmuaviy xizmatlarni koʻrsatadi: sartaroshlik xizmati, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari. Ushbu xizmat turlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi Toshkent shahri uchun oyiga EKIHning 6,5 baravari miqdorida belgilangan.
Ushbu holatda, butun korxona boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan YaST summasi, YaSTning bazaviy miqdoridan — oyiga EKIHning 6,5 baravaridan kam boʻlmasligi lozim.
4-misol. Kichik korxona quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
yuk tashish boʻyicha xizmatlar;
hududiy jihatdan alohida boʻlgan tarkibiy tuzilma tomonidan amalga oshiriladigan nooziq-ovqat mahsulotlarining — avtomobil ehtiyot qismlarining chakana savdosi.
Yuk tashish xizmatlari koʻrsatishdan tushgan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining 60 %ni tashkil etadi. Nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosidan tushgan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining 40 %ni tashkil etadi.
Ushbu korxona uchun yuk tashish xizmatlari asosiy faoliyat turidir. Ushbu faoliyat turi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin va u boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq stavkasi oʻrnatilgan. Ushbu holatda, butun korxona boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan YaST summasi, yuklar tashishni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkor uchun belgilangan qatʼiy belgilangan soliq summasidan kam boʻlmasligi lozim. Bunda, ushbu korxona uchun nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi asosiy faoliyat turi emasligini hisobga oladigan boʻlsak, YaSTning bazaviy miqdori nooziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi qismi boʻyicha tatbiq etilmaydi.
Agar korxona tashishni qatʼiy belgilangan soliq stavkalari transport vositalarining yuk koʻtarish quvvatlariga qarab tabaqalashgan har-xil yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari orqali amalga oshirsa, YaSTning bazaviy miqdori har-xil yuk koʻtarish quvvatiga ega avtomobillardan foydalanishdan olingan realizatsiya qilishdan tushgan tushumni hisobga olgan holda aniqlanadigan qatʼiy belgilangan soliqning oʻrtacha aniqlangan stavkalari asosida hisoblanadi.
10. YaSTning bazaviy miqdori yuritilgan faoliyat turi toʻxtatilgan taqdirda, yuridik shaxs soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha yozma xabarnoma taqdim etadi.
Yuridik shaxs xabarnoma taqdim etilgan oyning keyingi oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda YaST toʻlaydi.
11. Agar korxona hisobot davrida YaSTning bazaviy miqdori yuritilgan faoliyat turini toʻxtatsa va ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan xabarnomani taqdim etmagan taqdirda, mazkur korxona YaSTni ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda YaSTning bazaviy miqdorini hisobga olgan holda toʻlaydi.
12. Ushbu Nizom tatbiq etiladigan soliq toʻlovchilar YaST hisob-kitobi bilan birga ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan Maʼlumotnoma-hisob-kitobni va ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda YaSTning bazaviy miqdori hisob-kitobini taqdim etadilar.
YaST hisob-kitobiga taqdim etilgan Maʼlumotnoma-hisob-kitobdan kelib chiqqan holda quyidagi satrlar kiritiladi:
“170” — qoʻshimcha hisoblangan YaST. Ushbu summa Maʼlumotnoma-hisob-kitobning “070”-satridan oʻtkaziladi;
“180” — hisobot davri uchun toʻlanishi lozim. “180”-satrda YaST hisob-kitobining “130”, “150” va “170”-satrlari summasi, “140”-satri summasi chegirilgan holda koʻrsatiladi.
14. Soliq toʻlovchilar ushbu Nizomning talablarini hisobga olgan holda YaSTni hisoblab chiqarishning toʻgʻriligiga va qonun hujjatlariga muvofiq uni oʻz vaqtida toʻlashga javobgardirlar.
15. Davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq YaSTning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
16. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan YaSTni hisoblab chiqarishning tartibi buzilgan holatlar aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari YaSTning bazaviy miqdoridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblagan holda, YaSTni qoʻshimcha hisoblaydilar.
Yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdorini hisobga olgan holda yagona soliq toʻlovining
MAʼLUMOTNOMA-HISOB-KITOBI
Koʻrsatkichlar
Satr kodi
Jami
Shu jumladan, yagona soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomada koʻrsatilgan faoliyat turlari boʻyicha
asosiy faoliyat turi — 1
2
3
4
5
1
2
3
4
5
6
7
8
Hisobot davridagi soliq solinadigan yalpi tushum (Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobining 040-satri)
010
Yagona soliq toʻlovining belgilangan stavkasi
020
Hisobot davri uchun yagona soliq toʻlovining hisob-kitob summasi (010-satr x 020-satr / 100)
030
Hisobot davri uchun yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdori
040
x
x
x
x
Yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdorini hisobga olgan holda budjetga qoʻshimcha hisoblangan summa (040-satr — 030-satr)
* Agar 3-ustunning “30”-satrida qayd etilgan qiymat 3-ustunning “040”-satrida qayd etilgan qiymatdan katta yoki unga teng boʻlsa, u holda “050”-satrda “0” qiymati qoʻyiladi. “050”-satr qiymati Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobining “170”-satriga koʻchirilib oʻtkaziladi.
Yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hududiy jihatdan alohida boʻlgan boʻlinmalar (turgʻun savdo shoxobchalar) toʻgʻrisida maʼlumot
Tartib raqami
Hududiy jihatdan alohida boʻlgan boʻlinmaning (turgʻun savdo shoxobchasining) nomi
Hududiy jihatdan alohida boʻlgan boʻlinma (turgʻun savdo shoxobchasi) joylashgan joyi
____________________________________________________ga taqdim etiladi
(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)
Soliq toʻlovchi toʻgʻrisida maʼlumot
1. Yuridik shaxsning toʻliq nomi _______________________________________
2. Manzili _________________________________________________________
3. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma
4. Tashkil etilgan sana (kun/oy/yil)
5. STIR
6. OKONX
7. Telefon:
kod
raqam
Izoh: ushbu maʼlumotlar ikki nusxada roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi maʼlumotlarni olingani toʻgʻrisida belgi qoʻyadi va maʼlumotlarning bir nusxasini keyingi kundan kechiktirmay ariza beruvchiga qaytaradi.
Yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
____________________________________________________ga taqdim etiladi
(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)
Soliq toʻlovchi toʻgʻrisida maʼlumotlar
1. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma
2. Tashkil etilgan sana (kun/oy/yil)
3. STIR
4. OKONX
�
5. Telefon:
kod
raqam
Izoh: mazkur xabarnoma ikki nusxada roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi xabarnoma olingani toʻgʻrisida belgi qoʻyadi va xabarnomaning bir nusxasini keyingi kundan kechiktirmay ariza beruvchiga qaytaradi.
Yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdori hisob-kitobi
Davr
Satr kodi
Soliq toʻlovchining asosiy faoliyati turi boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan toʻlanayotgan qatʼiy belgilangan soliq stavkasi
Eng kam ish haqining belgilangan miqdori
Summa (3-ust.×4-ust.)
1
2
3
4
5
Yanvar
0101
Fevral
0102
Mart
0103
Aprel
0104
May
0105
Iyun
0106
Iyul
0107
Avgust
0108
Sentyabr
0109
Oktyabr
0110
Noyabr
0111
Dekabr
0112
Hisobot davri uchun YaSTning bazaviy miqdori (0101-satr + 0102- satr + …+ 0112-satr)
* Mazkur satr boʻyicha summa Yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdorini hisobga olgan holda yagona soliq toʻlovi Maʼlumotnoma-hisob-kitobi 4-ustunining “040”- satriga koʻchirilib oʻtkaziladi.
Izoh: yil davomida yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdorini hisobga olgan holda yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchilarda oʻtgan davrlar uchun YaSTning bazaviy miqdori oʻtgan hisobot davri uchun YaST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan YaST summasiga teng deb qabul qilinadi (YaST hisob-kitobining “140”-satri).
Yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdorini hisobga olgan holda yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarishga doir shartli misollar
1-misol.
Toshkent shahrida joylashgan kichik korxona quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi;
avtomobil transportida yuk tashish xizmati.
Oʻtgan hisobot davri (yanvar — iyun) uchun YaST hisob-kitobi boʻyicha 5 376 ming soʻm YaST (YaST hisob-kitobining “140”-satri) hisoblangan.
Mazkur korxonada 2010-yilning yanvar — sentyabr oylari uchun quyidagi koʻrsatkichlar mavjud:
(ming soʻm)
Faoliyat turlari
Soliq solinadigan yalpi tushum (YaST hisob-kitobining “140”-satri)
Yagona soliq toʻlovi
stavka
summa (YaST hisob-kitobining “120”-satri)
Nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi
107 372,0
4%
3 959,9
Avtomobil transportida yuk tashish xizmati
32 096,0
7%
2 091,7
Jami
139 468,0
—
6 051,6
Nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosidan tushgan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining 77 %ni tashkil etadi. Avtomobil transportida yuk tashish xizmati koʻrsatishdan tushgan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining 23 %ni tashkil etadi.
Nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi Toshkent shahrida oyiga EKIHning 10 baravari miqdorida belgilangan.
EKIHning belgilangan miqdori:
(soʻm)
Oy
Summa
Iyul
37 680
Avgust
45 215
Sentyabr
45 215
Hisobot davri uchun (yanvar — sentyabr) YaSTning bazaviy miqdori teng (=) 5 376 + 1 281,11 = 6 657,1 ming soʻm.
Belgilangan formulaga asosan butun korxona boʻyicha YaSTning hisob-kitob summasi quyidagiga teng:
Qoʻshimcha hisoblangan YaST summasi = 6 657,1 – 6 541,6 = 115,5 ming soʻm
Shunday qilib, korxona boʻyicha YaSTning bazaviy miqdorini hisobga olgan holda YaSTni toʻlanishi lozim boʻlgan summasi 6 167,1 ming soʻmga (6 051,6 + 115,5) teng boʻladi.
2-misol.
Toshkent shahrida joylashgan kichik korxona quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
oziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi;
umumiy ovqatlanish sohasidagi xizmatlar;
avtomobil transportida yuklar tashish boʻyicha xizmatlar.
Oʻtgan hisobot davri (yanvar — iyun) uchun YaST hisob-kitobi boʻyicha 7 954,8 ming soʻm (YaST hisob-kitobining “140”-satri) YaST hisoblangan.
2010-yilning yanvar — sentyabr oylari uchun ushbu korxona koʻrsatkichlari quyidagicha:
(ming soʻm)
Faoliyat turlari
Soliq solinadigan yalpi tushum (YaST hisob-kitobining “140”-satri)
Yagona soliq toʻlovi
stavka
summa (YaST hisob-kitobining “120”-satri)
Oziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi
144 868,1
4%
5 794,7
Umumiy ovqatlanish sohasidagi xizmatlar
24 771,5
10%
2 477,2
Avtomobil transportida yuklar tashish boʻyicha xizmatlar
18 040,2
7%
1 262,7
Jami:
187 679,8
—
9 534,7
Oziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosidan tushgan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining 77,2 %ni tashkil etadi. Umumiy ovqatlanish sohasidagi xizmatlar koʻrsatishdan tushgan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining 13,2 %ni, yuklar tashish boʻyicha xizmatlar esa — 9,6 %ni tashkil etadi.
Toshkent shahrida oziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi EKIHning 9 baravari miqdorida belgilangan.
EKIHning belgilangan miqdorlari:
(soʻm)
Oy
Summa
Iyul
37 680
Avgust
45 215
Sentyabr
45 215
2010-yilning yanvar — sentyabr oyi uchun YaSTning bazaviy miqdori = 7 954,8 + 1 153,02 = 9 107,8 ming soʻm.
Belgilangan formulaga muvofiq butun korxona boʻyicha YaSTning hisob-kitob summasi quyidagiga teng: