Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Oʻzmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqarish quvvatlarini oʻz vaqtida ishga tushirish va uning ishini barqarorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi 1995 — 1997-yillarda rekonstruksiya qilishni, texnika bilan qayta jihozlashni hamda quvvatlarni ishga tushirishni
ilovaga muvofiq tugallasin.
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi respublikaning 1995 — 1997-yillardagi investitsiya dasturlarida koʻrsatib oʻtilgan obyektlar qurilishini nazarda tutsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Oʻzmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasiga
ilovada koʻrsatilgan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlar uchun texnologik asbob-uskunalar sotib olishga 3,0 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratsin.
3. “Oʻzmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasiga:
Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozogʻiston va Belarus isteʼmolchilari bilan kontraktlar tuzishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-apreldagi 195-son
qaroriga muvofiq mahsulotning qiymatini erkin almashtiriladigan valyutada koʻrsatgan holda barter asosida kontraktlar tuzishga;
hisob-kitoblarni yuklab joʻnatish paytida amalda boʻlgan kurs boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan mamlakatlarning milliy valyutasida amalga oshirishga ruxsat berilsin.
4. Metall prokati ishlab chiqarishni mahalliy moddiy resurslar bilan taʼminlash uchun:
“Oʻzmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi “Maxsusqotishma” respublika birlashmasi bilan birgalikda 1995-yilda Qoʻytosh volfram koni negizida ohaktosh va kvarsit qazib olish, qayta ishlash va yetkazib berishni tashkil etsin;
“Qizilqumnodirmetalloltin” Davlat konserni ferromarganets ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 1995-yilning IV choragida geologiya-razvedka ishlari tugallanishini, texnik-iqtisodiy asoslari tuzilishini taʼminlasin hamda uni koʻrib chiqish uchun “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga kiritsin. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “Oʻzmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi, “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 1996-yilning birinchi choragida taqdim etilgan texnik-iqtisodiy asoslashlarni koʻrib chiqsin hamda ferromarganets ishlab chiqarishni tashkil etishga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni, “Koʻmir” aksionerlik birlashmasi manfaatdor tashkilotlarni jalb etgan holda 1995-yil 1-iyulgacha oʻtga chidamli materiallar ishlab chiqarishni tashkil etish masalalarini koʻrib chiqsinlar hamda zaruriyat boʻlsa, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar.
5. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “Oʻzmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika hududida temir parchalari hosil boʻlishi balansini va balansning xarajatlar moddalari pasayishi hamda kirim moddalari oʻsishi boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin. Balansni ishlab chiqishda respublika tashqarisidan keltiriladigan yoki ana shu maqsadda MDH mamlakatlari korxonalari bilan birgalikda maxsus tashkil etilgan korxonalar ishlab chiqaradigan metallashgan xomashyoni kirim qismiga jalb etish imkoniyati koʻrib chiqilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-iyundagi 326-son
qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari Y. F. Paygin zimmasiga yuklansin.