1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.01.00 Umumiy masalalar. Tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlari;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA ISTE’MOL TOVARLARI OLIB KELINIShINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2002 YIL 11 IYuLDAGI PF–3105-SON FARMONIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasiga insonparvarlik yordami sifatida va beg‘araz texnikaviy yordam ko‘rsatish uchun olib kelinayotgan tovarlarni bojxona orqali tezkor rasmiylashtirish maqsadida:
1. “O‘zbekiston Respublikasi hududiga iste’mol tovarlari olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoni ilovasining 2-bandiga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘n kun muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birga:
amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
idoralar o‘z normativ hujjatlarini mazkur Farmon qoidalariga muvofiq holga keltirishlarini ta’minlasin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-noyabr,
PF-3158-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 5-noyabrdagi PF-3158-son Farmoniga ILOVA
“O‘zbekiston Respublikasi hududiga iste’mol tovarlari olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoni ilovasiga kiritiladigan qo‘shimchalar
“O‘zbekiston Respublikasi hududiga iste’mol tovarlari olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoni ilovasining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2.
Insonparvarlik yordami sifatada va beg‘araz texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida olib kelinadigan tovarlar