toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.04.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA ISTE’MOL TOVARLARI OLIB KELINIShINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga iste’mol tovarlari olib kelinishini tartibga solish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 4-dekabrdagi PF-3170-son Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 229-modda)
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2002-yilning 1-avgustidan boshlab iste’mol tovarlarini olib kelish chog‘ida yuridik shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi, ilovada ko‘rsatilgan tovarlar bundan mustasnodir.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga bojxona qonunchiligini buzgan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga tovarlar olib kelinishi faktlari aniqlangan taqdirda huquqbuzarlik buyumlarini qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga musodara etish huquqi berilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 15-oktabrdagi PF-3335-son Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2003-y., 19-son, 177-modda)
4. Belgilab qo‘yilsinki, 2002-yilning 10-noyabridan boshlab bojxona qonunchiligini buzgan holda ko‘p va juda ko‘p miqdordagi tovarlar olib o‘tilgan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan tovarlar hamda shunday maqsadlarda foydalanilgan transport vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish uchun bojxona organlari tomonidan musodara qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu Farmonning qoidalari og‘ishmay bajarilishini ta’minlasinlar, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida joylardagi davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda amaldagi qonunchilikning qoida va talablari hamda ularni buzganlik uchun javobgarlik aholi o‘rtasida keng tushuntirilishini ta’minlasinlar.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 15-oktabrdagi PF-3335-son Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 19-son, 177-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari bilan birga o‘n kun muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-noyabrdagi PF-3159-son Farmoni bilan 4, 5 va 6-bandlar tegishli ravishda 5, 6 va 7-bandlari deb o‘zgartirildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 202-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 11-iyul,
PF-3105-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoniga
ILOVA
Import qilinganida amaldagi qonunchilikka muvofiq yuridik shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar saqlanib qoladigan iste’mol tovarlari
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.

№‎

Tovarlarning nomi‎‎‎‎‎‎‎‎

Bojxona to‘lovi turi‎‎

1.‎

Import bo‘yicha olib kelinadigan dori-darmonlar va tibbiy ahamiyatdagi buyumlar‎‎‎‎ Qo‘shilgan qiymat solig‘i ‎‎

2.‎

Insonparvarlik yordami sifatada va beg‘araz texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida olib kelinadigan tovarlar Qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona poshlinasi, bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘im

3.‎

Olib kelinadigan kompyuter texnikasi va uning butlovchi qismlari, dasturiy vositalar‎‎‎‎ Qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va bojxona poshlinasi‎‎

4.‎

Erkin savdo rejimi o‘rnatilgan davlatlarda ishlab chiqarilgan va olib kelinadigan tovarlar‎‎ Boyuxona poshlinasi‎‎‎‎‎

5.‎

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan yoki uning kafolati ostida tuzilgan hukumatlararo va kredit bitimlari bo‘yicha yetkazib beriladigan tovarlar‎‎‎ Bojxona poshlinasi‎‎

6.‎

Ko‘rgazmalar uchun eksponatlar, reklama va taqdimotlar sifatida olib kelinadigan tovarlar‎‎ Bojxona poshlinasi‎‎‎‎

7.‎

O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi yoki xalqaro shartnomalari asosida poshlinasiz olib kelish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy davlatlar vakillari, jismoniy shaxslar tomonidan rasmiy yoki shaxsiy foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelinadigan tovarlar‎‎ Bojxona poshlinasi‎‎‎

8.‎

Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan va bojxona qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqarish yoki o‘zgacha tijorat faoliyati uchun mo‘ljallanmagan tovarlar‎‎‎‎ Bojxona poshlinasi‎‎‎‎
(ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 5-noyabrdagi PF-3158-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 201-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 6-7-son, 120-modda, 10-11-son, 201-modda, 12-son, 229-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 19-son, 177-modda)