1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA OChILADIGAN BANK HISOBVARAQLARI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 28-yanvarda ro‘yxatidan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1948-3]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) 7, 17 va 51-moddalariga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 18-son, 229-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Rais v.b. Q. ROFIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 26-dekabr,
38/10-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 26-dekabrdagi 38/10-sonli qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 3-band quyidagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ulgurji savdo korxonalari — yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari (ulgurji dorixona tashkilotlari, Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-idoralar bundan mustasno) milliy valyutadagi asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlarini ular yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan tuman (shahar)dagi tijorat banklari va (yoki) ularning filiallarida ochadilar”.
2. 8-band quyidagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Hisobvaraqlar ochish uchun hujjatlar mijozning imzo namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchasida ko‘rsatilgan yoki mijozning ishonchnomasi asosida vakil qilingan shaxslar tomonidan shaxsan taqdim qilinadi”.
“Norezident yuridik shaxslar (immunitet hamda diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan chet el diplomatiya va boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning filiallari, shuningdek xorijiy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasida xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan vakolatxonalari), shuningdek norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik bilan belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan doimiy muassasalari milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:”.
4. 32-band quyidagi tahrirda uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Kasaba uyushmalari birlamchi tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan imzo namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha ularning yuqori turuvchi kasaba uyushmalari birlashmasi tomonidan tasdiqlanishi mumkin”.
“Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, qonunda ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 3-4-son, 35-modda)