toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
Qarori
ILMIY DARAJALAR BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 23-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 261-3]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/2-sonli “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2441, 25.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 421-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-y., 9-son, 28-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 261, 1996-yil 10-iyul) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais v.b. K. SULTONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-dekabr,
160/12-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/12-son qaroriga
ILOVA
Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
birinchi xatboshidagi “oliy maʼlumotga yoki magistr darajasiga” degan soʻzlar “hamda magistr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “oliy maʼlumotga” degan soʻzlar “magistr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 2-bandning uchinchi xatboshidagi “Davlat tili toʻgʻrisidagi qonuniga” degan soʻzlar “Davlat tili haqida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 4-bandning ikkinchi xatboshi “nomzodiga” degan soʻzdan keyin “belgilangan namunadagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “oʻzbek yoki rus tili” degan soʻzlar “oʻzbek, rus yoki ingliz tilida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshidan “(shundan 10 tasi yakka mualliflikda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshining toʻrtinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiyot sohalari boʻyicha doktorlik dissertatsiyasi natijalari yuzasidan monografiya nashr etilgan boʻlishi kerak. Boshqa fanlar, shuningdek pedagogika, psixologiya, falsafa, iqtisod fanlari va xorijiy filiologiya sohalari boʻyicha ushbu fan sohasi yuqori darajada rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy jurnallarida kamida ikkita maqola, tibbiyot fanlari boʻyicha esa kamida toʻrtta maqola nashr etilgan boʻlishi shart. Fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlar tomonidan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilishi shart boʻlgan maqolalarning 50 foizi Yevropa mamlakatlari hamda AQSh, Kanada, Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi va Janubiy Koreya mamlakatlarining ingliz tilida nashr etiladigan nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida chop etilishi shart”.
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Avtoreferatda keltirilgan ilmiy ishlar roʻyxati dissertatsiya mavzuiga qatʼiyan muvofiq boʻlishi shart. Nomzodlik dissertatsiyasining avtoreferatida ilmiy ishlar roʻyxati xronologik tartibda keltiriladi”.
oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nomzodlik ilmiy darajasiga talabgorning ishlari qatorida OAK roʻyxatidagi davriy ilmiy jurnallarda nashr qilingan kamida ikkita maqolasi boʻlishi kerak. Tibbiyot fanlari hamda xorijiy filiologiya sohalari boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasi natijalari yuzasidan ushbu fan sohalari yuqori darajada rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy jurnallarida bitta maqola nashr etilgan boʻlishi kerak.
Nomzodlik dissertatsiyasining asosiy ilmiy natijalari bosma ilmiy nashrlarda chop etilishi lozim. Nomzodlik dissertatsiyasi boʻyicha talabgorlarning nashr qilingan ilmiy ishlari umumiy soni beshtadan kam boʻlmasligi kerak”.
ikkinchi xatboshisi “belgilangan tartibda” degan soʻzlardan keyin “OAK veb-saytida va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Kengash tomonidan dissertatsiya himoyaga qabul qilinganidan soʻng, dissertatsiyaga va uning avtoreferatiga oʻzgartirishlar kiritish mumkin emas”.
7. 19-bandning birinchi xatboshidagi “Kengashning” degan soʻz “Kengash raisining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Doktorlik dissertatsiyasining titul varagʻi va avtoreferat muqovasining orqa tomonida faqat bitta ilmiy maslahatchi koʻrsatilishi mumkin.
Nomzodlik dissertatsiyasining titul varagʻi va avtoreferat muqovasining orqa tomonida faqat bitta ilmiy rahbar koʻrsatilishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Zarur hollarda, OAK ruxsati bilan dissertatsiyaning titul varagʻi va avtoreferat muqovasining orqa tomonida ikkinchi ilmiy rahbar yoki ilmiy maslahatchi koʻrsatilishi mumkin. Ixtisosliklar tutashligida bajarilgan dissertatsiyalar bundan mustasno”.
9. 22-bandning ikkinchi xatboshi “opponent boʻlishiga” degan soʻzlardan keyin “OAK tomonidan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
10. 23-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
OAK Rayosati aʼzolari, OAK apparati xodimlari, OAK ekspert kengashlarining rahbarlari, dissertatsiya koʻrib chiqilayotgan kengash raisi, rais oʻrinbosari va ilmiy kotibi, himoya qiluvchining ilmiy rahbari, eʼlon qilingan ishlar boʻyicha himoya qiluvchining hammualliflari, dissertatsiya ishi bajarilgan yoki huzurida ixtisoslashgan kengash faoliyat koʻrsatayotgan yoxud ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha himoya qiluvchi buyurtmachi yoki ijrochi (sherik ijrochi) boʻlgan oliy oʻquv yurtlarining rektorlari va prorektorlari, ilmiy tashkilotlarning rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek himoya qiluvchi ishlayotgan kafedra, laboratoriya, sektor, boʻlim xodimlari rasmiy opponent boʻla olmaydilar. Rasmiy opponentlar turli tashkilotlarning xodimlari boʻlishi lozim.
11. 25-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “dalolatnomasidan” degan soʻz “bayonnomasidan” degan soʻz bilan almashtirilsin.
12. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Kengash tomonidan dissertatsiya boʻyicha olingan salbiy taqriz va xulosalar asosli emas deb topilganda, kengash talabgorning xohishiga koʻra dissertatsiyani himoyaga qabul qilish masalasini koʻrib chiqishi mumkin”.
yettinchi xatboshidagi “toʻxtatib, dissertatsiya ishiga rad javobi berishi” degan soʻzlar “toʻxtatishi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “Rahbariyati OAK Ilmiy kengashi aʼzolariga” degan soʻzlar “Rayosati” degan soʻz bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxs kengash va OAK ekspert kengashining qaroriga asosan OAK tomonidan ilmiy darajasidan mahrum etilishi mumkin”;
ikkinchi xatboshi “Kengash majlisi ishida” degan soʻzlardan oldin “Ilmiy darajadan mahrum qilish haqidagi masalani koʻrib chiqayotgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 3-4-son, 29-modda)