QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGIDA IQTISODIY ISLOHOTLAR CHUQURLASHTIRILGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 24-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi 837-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
“1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning maqsadi suvga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun suvlardan oqilona foydalanishni taʼminlash, suvlarni bulgʻanish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlash, suvlarning zararli taʼsirining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, suv obyektlarining holatini yaxshilashdan, shuningdek suvga doir munosabatlar sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xoʻjaliklari hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir”;
2) quyidagi mazmundagi 21-modda bilan toʻldirilsin:
“21-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
yer osti suvlari — yer sathidan pastda yer qobigʻining togʻ jinslari qatlamlarida joylashgan suvlar;
yer usti suvlari — yer qobigʻining ustida joylashgan suvlar;
melioratsiya obyektlari — kollektor-drenaj va yer usti tashlama suvlarini toʻplash hamda ularni sugʻoriladigan yerlardan tashqariga chiqarib tashlashga koʻmaklashadigan, kollektorlarni va kollektor-drenaj tarmogʻini, vertikal drenaj quduqlarini, melioratsiya nasos stansiyalarini (agregatlarini) va kuzatuv tarmogʻini oʻz ichiga oladigan suv xoʻjaligi obyektlari;
suvlar — suv obyektlarida toʻplangan barcha suvlar majmui;
suv isteʼmoli (suvni isteʼmol qilish) — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv obyektidan belgilangan tartibda olgan holda foydalanish;
suv isteʼmolchilari uyushmasi — yuridik shaxs boʻlgan suv isteʼmolchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti;
suv isteʼmolchisi — oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
suv obyekti — suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha toʻplanadigan va suv rejimining oʻziga xos shakllari va belgilari boʻlgan tabiiy (jilgʻalar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sunʼiy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (koʻllar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va sunʼiy (suv omborlari, sel suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari, shuningdek buloqlar va boshqa obyektlar;
suv obyektlarini muhofaza qilish — suv obyektlarini saqlash va tiklashga qaratilgan tadbirlar tizimi;
suv rejimi — suv obyektlari va tuproq-gruntda suv sathi, tezligi, sarfi va hajmining vaqt boʻyicha oʻzgarishi;
suv resurslari — foydalaniladigan yoki foydalanilishi lozim boʻlgan suv obyektlari suvlari;
suv xoʻjaligi — iqtisodiyotning suv resurslarini va suv obyektlarini oʻrganish, hisobga olish, boshqarish, ulardan foydalanish, ularni muhofaza qilish, shuningdek suvlarning zararli taʼsiriga qarshi kurashishni qamrab oluvchi tarmogʻi;
suv xoʻjaligi obyekti — suv resurslarini toʻplash, boshqarish, yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularni isteʼmol qilish, ajratib berish va muhofaza qilish maqsadida suv xoʻjaligi faoliyati amalga oshiriladigan suv obyekti;
suvdan foydalanish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish;
suvdan foydalanuvchi — suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
suvlarning zararli taʼsiri — suv toshishi, suv bosishi, zax bosishi va suvlarning oʻzga taʼsirlari natijasida ayrim tabiiy-xoʻjalik obyektlari va hududlarning yuvilishi, buzilishi, loyqa choʻkishi, botqoqlanishi, shoʻrlanishi va boshqa salbiy hodisalar;
transchegaraviy suv obyektlari — ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib oʻtadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan suv obyektlari;
transchegaraviy suvlar — ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib oʻtadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan har qanday yer usti yoki yer osti suvlari”;
3) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yagona davlat suv fondi:
jilgʻalar, soylar, daryolar, suv omborlari, koʻllar, dengizlardan, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari, buloqlar, hovuzlarning suvlari va boshqa yer usti suvlaridan;
yer osti suvlari, qor zaxiralari va muzliklardan iboratdir.
Transchegaraviy suv obyektlarining (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlarining) suvlaridan foydalanish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi”;
“suv resurslaridan kompleks va oqilona foydalanish, ularni boshqarish va muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
suv resurslaridan kompleks va oqilona foydalanish, ularni boshqarish va muhofaza qilish, shuningdek suvlarning zararli taʼsirining oldini olish hamda ularni bartaraf etish sohasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, boshqa yuridik shaxslarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
suv fondini hosil qilish va undan foydalanish tartibini, suvdan foydalanish, suv isteʼmoli meʼyorlarini va suv obyektidan suv olish limitlarini (bundan buyon matnda suv olish limitlari deb yuritiladi) tasdiqlash tartibini belgilash”;
nomiva birinchi xatboshisidagi “Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining” degan soʻzlar “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “suv isteʼmolining belgilangan” degan soʻzlar “belgilangan suv olish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, shuningdek bu sohada maxsus vakolati boʻlgan hamda suvdan foydalanishni bevosita yoki havza (hududiy) boshqarmalari orqali tartibga solib turuvchi davlat organlari” degan soʻzlar “mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek suvdan foydalanishni bevosita yoki havza (hududiy) boshqarmalari orqali tartibga soluvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “maxsus vakolati boʻlgan davlat organlari” degan soʻzlar “maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “mulkchilikning barcha shakllaridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari” degan soʻzlar “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“10-modda. Suvlardan va suv obyektlaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda suv isteʼmolchilari uyushmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolarning ishtiroki
Suv isteʼmolchilari uyushmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz ustavlariga muvofiq hamda fuqarolar suvlardan va suv obyektlaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga koʻmaklashadi. Davlat organlari bu tadbirlarni oʻtkazishda suv isteʼmolchilari uyushmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek fuqarolarning takliflarini hisobga olishi mumkin.
IV BOB. SUVLARNING VA SUV OBYEKTLARINING HOLATIGA TAʼSIR ETUVCHI KORXONALAR, INSHOOTLARNI HAMDA BOSHQA OBYEKTLARNI JOYLASHTIRISH, LOYIHALASH, QURISH, REKONSTRUKSIYA QILISH, TAʼMIRLASH, TIKLASH VA ISHGA TUSHIRISH
11-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, tiklash va ishga tushirish shartlari
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, tiklash va ishga tushirishda, yangi texnologik jarayonlarni joriy etishda aholining sogʻligʻini saqlash va ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojlarini hamda maishiy ehtiyojlarini birinchi navbatda qondirish talablariga rioya etgan holda suvdan oqilona foydalanish, shuningdek kollektor-drenaj suvlarini va oqindi suvlarni chiqarib yuborishning qulay rejimi taʼminlanishi lozim. Bunda suv obyektlaridan olinadigan va shu obyektlarga qaytariladigan suvni hisobga olishni, suvlarni bulgʻanish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlashni, suvlarning zararli taʼsirining oldini olishni, yerlarning suv bosishini imkon qadar kamaytirishni, yerlarni shoʻrlanishdan, zax bosishdan yoki qaqrab qolishdan muhofaza qilishni, shuningdek qulay tabiiy sharoitlar va landshaftlarni saqlab qolishni taʼminlovchi tadbirlar nazarda tutiladi.
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari suv obyektlaridan dam olish va sport uchun foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan holda tuzilishi lozim”;
9) 12-modda “qurish” degan soʻzdan keyin “rekonstruksiya qilish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
10) 13 va 14-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, inshootlar hamda boshqa obyektlar quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, taʼmirlanadigan va tiklanadigan joylarni belgilash
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, inshootlar hamda boshqa obyektlar quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, taʼmirlanadigan va tiklanadigan joylarni belgilash mazkur suv obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan qonun hujjatlariga muvofiq kelishib olinadi.
14-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash loyihalarining kelishib olinishi va davlat ekspertizasi
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari qishloq va suv xoʻjaligi, sanitariya nazorati, tabiatni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari hamda boshqa organlar bilan kelishib olinishi lozim, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi.
Melioratsiya obyektlarini taʼmirlash va tiklash loyihalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi.
Ishlab chiqarish sharoitlariga koʻra aylanma suv taʼminotiga va chiqitsiz texnologiyaga oʻtkazilishi mumkin boʻlmagan sanoat korxonalarining suv bilan toʻxtovsiz taʼminlash tizimlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
“15-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni ishga tushirishni taqiqlash
Quyidagilarni:
suvlarning bulgʻanishi va ifloslanishining oldini oluvchi qurilmalar bilan taʼminlanmagan, shuningdek suvlarning va suv obyektlarining holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi yangi hamda rekonstruksiya qilingan korxonalar, sexlar, agregatlarni, kommunal va boshqa obyektlarni;
yerlarning suv bosishi, zax bosishi, botqoqlanishi, shoʻrlanishining hamda tuproq eroziyasini oldini olishning loyihalarda nazarda tutilgan tadbirlari amalga oshirilmaguncha sugʻorish va suv bilan taʼminlash tizimlarini, suv omborlari va kanallarni;
tasdiqlangan loyihalarga muvofiq suv qabul qiladigan va boshqa inshootlarni qurib bitkazmay turib, zax qochirish tarmoqlarini;
tasdiqlangan loyihalarga muvofiq baliqlarni saqlab qolish qurilmalari boʻlmagan suv olish inshootlarini;
tasdiqlangan loyihalarga muvofiq toshqin suvlarni va baliqlarni oʻtkazib yuboradigan qurilmalari tayyor boʻlmagan gidrotexnika inshootlarini;
yer osti suv zaxiralari tasdiqlanmagan suv olish inshootlari guruhini;
suvni tartibga soluvchi qurilmalar bilan taʼminlamay turib va tegishli hollarda sanitariya muhofazasi zonalarini belgilamay turib, suv chiqarish uchun burgʻilangan quduqlarni ishga tushirish taqiqlanadi”;
“16-modda. Suv obyektlaridan oʻtadigan koʻpriklar, oʻtish yoʻllarini hamda boshqa transport kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash loyihalarini kelishib olish
Suv obyektlaridan oʻtadigan koʻpriklar, oʻtish yoʻllarini hamda boshqa transport kommunikatsiyalarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari qishloq va suv xoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish, katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish organlari hamda zarur hollarda, energetika, arxitektura va qurilish organlari, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (kemalar qatnovini belgilash yuzasidan) bilan kelishib olinishi hamda toshqin suvlarni oʻtkazib yuborishni, suv obyektlaridan foydalanish rejimini, suvlarning bulgʻanishi, ifloslanishi va kamayib ketishiga yoʻl qoʻymaslikni, ularning zararli taʼsirining oldini olishni taʼminlovchi tadbirlar oʻtkazilishini nazarda tutishi lozim.
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi suv obyektlaridan oʻtadigan koʻpriklar, oʻtish yoʻllarini hamda boshqa transport kommunikatsiyalarini taʼmirlash va tiklash loyihalari qishloq va suv xoʻjaligi organlari bilan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlar bilan kelishib olinishi hamda toshqin suvlarni oʻtkazib yuborishni, suv obyektlaridan foydalanish rejimini, suvlarning bulgʻanishi va ifloslanishining oldini olishni taʼminlovchi tadbirlar oʻtkazilishini nazarda tutishi kerak.
V BOB. SUV OBYEKTLARIDA, SUV OBYEKTLARINING SUVNI MUHOFAZA QILISH ZONALARI, SOHIL BOʻYI MINTAQALARIDA VA SANITARIYA MUHOFAZASI ZONALARIDA ISHLARNI BAJARISH
17-modda. Suv obyektlarida, suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalarida va sanitariya muhofazasi zonalarida ishlarni bajarish tartibi
Suv obyektlarida, suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalarida va sanitariya muhofazasi zonalarida, yer osti suvlari hosil boʻladigan hududlarda suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi qurilish, taʼmirlash, tiklash, oʻzan tubini chuqurlashtirish va portlatish ishlari, foydali qazilmalarni kavlab olish va suv oʻsimliklarini olish, kabellar, quvurlar hamda boshqa kommunikatsiyalarni oʻtkazish, daraxtlarni kesish, burgʻilash, qishloq xoʻjaligi ishlari va oʻzga ishlar qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari, tabiatni muhofaza qilish, qishloq va suv xoʻjaligi, geologiya va mineral resurslar organlari va boshqa organlar bilan kelishilgan holda bajariladi.
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi ishlar ushbu Qonun talablariga muvofiq ravishda, ilmiy asoslangan norma va qoidalar asosida qishloq va suv xoʻjaligi, energetika, baliqchilik xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi, maishiy va kommunal xoʻjalik manfaatlari hisobga olingan holda oʻtkaziladi”;
13) VI bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“VI BOB. SUVDAN FOYDALANUVCHILAR, SUV ISTEʼMOLCHILARI VA ULAR FOYDALANADIGAN OBYEKTLAR”;
Suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv isteʼmolchilari uyushmalari, kommunal-maishiy soha, gidroenergetika korxonalari, boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar suvdan foydalanuvchilar boʻlishi mumkin”;
15) quyidagi mazmundagi 181 va 182-moddalar bilan toʻldirilsin:
“181-modda. Suv isteʼmolchilari
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xoʻjaliklari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar suv isteʼmolchilari boʻlishi mumkin.
182-modda. Suv isteʼmolchilari uyushmalari
Suv isteʼmolchilari uyushmalari asosan gidrografiya prinsipiga yoki suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlaydigan boshqa shartlarga muvofiq tashkil etiladi.
Fermer xoʻjaliklari, yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xoʻjaliklari, shuningdek yuridik shaxs boʻlgan boshqa suv isteʼmolchilari suv isteʼmolchilari uyushmalarining muassislari boʻlishi mumkin.
Fermer va dehqon xoʻjaliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek boshqa suv isteʼmolchilari suv isteʼmolchilari uyushmalarining aʼzolari boʻlishi mumkin.
Suv isteʼmolchilari uyushmasi va uning xizmat koʻrsatish zonasida joylashgan aʼzolari, shuningdek boshqa qishloq va suv xoʻjaligi organlari hamda oʻzga yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi suvga doir munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi”;
16) 19-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv obyektlari yoki ularning qismlari suvdan foydalanish obyektlari boʻlishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga berilishi mumkin”;
17) quyidagi mazmundagi 191-modda bilan toʻldirilsin:
“191-modda. Suv isteʼmoli manbalari
Suv obyektlari yoki ularning qismlari suv isteʼmoli manbalari boʻlishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda suv isteʼmoli uchun berilishi mumkin”;
18) VII bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“VII BOB. SUVDAN FOYDALANISH VA SUV ISTEʼMOLI TURLARI”;
Suv obyektidan suv olish usuliga, suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etilishiga qarab suvdan foydalanish suvdan umumiy va maxsus foydalanishga boʻlinadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda oʻz ehtiyojlarini hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadida suvdan foydalanish suvdan umumiy foydalanishdir.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllagan holda amalga oshiriladigan suvdan foydalanish suvdan maxsus foydalanishdir. Suvdan maxsus foydalanishga ayrim hollarda maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda, ammo suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etadigan suvdan foydalanish ham kiritilishi mumkin.
Suvdan umumiy va maxsus foydalanish turlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Suv obyektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda boʻlishi mumkin.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxslarga butunlay yoki qisman foydalanishga berilgan suv obyekti tanho foydalaniladigan suv obyektidir.
Tanho foydalanishga berilmagan suv obyekti birgalikda foydalaniladigan suv obyektidir.
Suv obyektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qishloq va suv xoʻjaligi, sanitariya nazorati, tabiatni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishilgan holda foydalanishga beriladi.
Suv obyektlari suvdan foydalanuvchilarga suv isteʼmolchilarining qishloq xoʻjaligi, ichimlik, davolash va maishiy ehtiyojlarini, aholining kurort, rekreatsiya va oʻzga ehtiyojlarini, sanoat, energetika, transport, baliqchilik xoʻjaligi hamda boshqa davlat yoki jamoat ehtiyojlarini qondirish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda foydalanishga beriladi.
Oqindi suvlarni oqizish uchun suv obyektlaridan foydalanishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda hamda maxsus talablar va shartlarga rioya qilingan taqdirdagina yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Suv obyektlari bitta yoki ayni bir vaqtda bir nechta maqsadda foydalanishga berilishi mumkin”;
20) quyidagi mazmundagi 211-modda bilan toʻldirilsin:
“211-modda. Suv isteʼmoli turlari
Maqsadli foydalanilishiga koʻra suv isteʼmoli ichimlik, kommunal-maishiy, davolash, kurort, rekreatsiya, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi suv isteʼmoliga va boshqa turlarga boʻlinadi. Suv obyektidan olinadigan suvning miqdoriga qarab suv isteʼmoli umumiy va maxsus suv isteʼmoliga boʻlinadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda oʻz shaxsiy ichimlik, maishiy, rekreatsiya, davolash ehtiyojlari, hayvonlarni sugʻorish va boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadidagi suv isteʼmoli umumiy suv isteʼmolidir.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllagan holda amalga oshiriladigan suv isteʼmoli maxsus suv isteʼmolidir. Maxsus suv isteʼmoliga ayrim hollarda maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda, ammo suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etadigan suv isteʼmoli ham kiritilishi mumkin.
Suv resurslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda isteʼmol uchun beriladi”;
“27-modda. Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Tabiiy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki ularning suvini maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma yer usti suvlari boʻyicha — qishloq va suv xoʻjaligi organlari, yer osti suvlari boʻyicha — geologiya va mineral resurslar organlari, mineral va termal suvlar boʻyicha — sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish organlarining takliflari asosida tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladi.
Sunʼiy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki ularning suvini maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma:
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalariga, transchegaraviy suv obyektlaridan, viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan, katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalariga, melioratsiya ekspeditsiyalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga — respublika yoki viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan;
irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga — viloyat yoki tumanlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan;
suv isteʼmolchilari uyushmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga — tuman ahamiyatiga molik suv obyektlaridan irrigatsiya tizimlari boshqarmalari tomonidan;
oʻzlari xizmat koʻrsatadigan zonada joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga hamda boshqa suv isteʼmolchilariga—qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi bilan kelishilgan holda suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan beriladi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
24) 28-moddaning ruscha matnidagi “zakonodatelnimi aktami” degan soʻzlar “aktami zakonodatelstva” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) 29 va 30-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29-modda. Tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarida suvdan umumiy foydalanish va umumiy suv isteʼmoli
Tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarida suvdan umumiy foydalanishga va umumiy suv isteʼmoliga shu suv obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan qishloq va suv xoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan holda belgilangan shartlarga koʻra yoʻl qoʻyiladi, zarur hollarda esa, bunday suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilish qonun hujjatlariga muvofiq taqiqlab qoʻyilishi mumkin.
30-modda. Suv olish limitlari
Suv olish limitlari barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga nisbatan belgilanadi.
Suv olish limitlari (ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) qishloq va suv xoʻjaligi organlari tomonidan suv manbalari, havza irrigatsiya tizimlari, magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar, suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari boʻyicha belgilanadi, yer osti suvlari borasida esa geologiya va mineral resurslar hamda sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa suv isteʼmolchilari uchun suv olish limitlari ularga xizmat koʻrsatuvchi suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan belgilanadi.
Kommunal va maishiy xoʻjaliklarning suv olish limitlari tegishli foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
Suv olish limitlari suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari uchun manbalarning taxmin qilingan va haqiqiy suvliligi hisobga olingan holda qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun bir yilda ikki marta hamda boshqa ehtiyojlar uchun bir yilda bir marta belgilanadi va ular uchun majburiydir.
Suvdan foydalanuvchilarning suvni yetkazib berish boʻyicha xizmatlari, shuningdek koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun shartnoma asosida haq toʻlanadi”;
26) IX bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“IX BOB. SUVDAN FOYDALANUVCHILARNING VA SUV ISTEʼMOLCHILARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI”;
uchinchi — oltinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi uchinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“suvdan foydalanishni amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda inshootlar, qurilmalar hamda boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish;
berilayotgan suvning miqdori va sifatini tekshirish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha olinmay qolgan suv uchun kompensatsiya talab qilish;
suv resurslarini boshqarishga oid qarorlar qabul qilinishida ishtirok etish;
manbaning taxmin qilingan va haqiqiy suvliligidan kelib chiqqan holda suv olish limitlarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritish;
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishi, shu jumladan belgilangan suv olish limitlari va suv berish rejimiga muvofiq suv olish huquqining buzilishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Suvdan foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin”;
28) quyidagi mazmundagi 321-modda bilan toʻldirilsin:
“321-modda. Suv isteʼmolchilarining huquqlari
Suv isteʼmolchilari:
berilayotgan suvning miqdori va sifatini tekshirish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha olinmay qolgan suv uchun kompensatsiya talab qilish;
suv resurslarini boshqarishga oid qarorlar qabul qilinishida ishtirok etish;
oʻz ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda suv olish limitlarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritish;
suvga doir munosabatlar sohasidagi oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga birlashish;
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishi, shu jumladan belgilangan suv olish limitlari va suv berish rejimiga muvofiq suv olish huquqining buzilishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir.
Suv isteʼmolchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin”;
“33-modda. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining huquqlarini muhofaza qilish
Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi.
Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining buzilgan huquqlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tiklanishi lozim.
34-modda. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining huquqlarini cheklash
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda aholi sogʻligʻini saqlash maqsadini, davlatning boshqa manfaatlarini, shuningdek oʻzga suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining manfaatlarini koʻzlab, suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining huquqlari cheklanishi mumkin. Bunda aholining ichimlik va maishiy ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish sharoitlari yomonlashmasligi lozim.
suv obyektlaridan oqilona foydalanishi, suvni tejab sarflash, suvlarning sifatini tiklash va yaxshilash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishi;
belgilangan suv olish limitlariga va suvdan foydalanish qoidalariga rioya etishi;
suvdan maxsus foydalanishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatnomani rasmiylashtirishi;
ifloslantiruvchi moddalar mavjud boʻlgan oqindi suvlarni suv obyektlariga oqizishni tamomila tugatish chora-tadbirlarini koʻrishi;
boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishiga, shuningdek suv obyektlariga, xoʻjalik obyektlari va tabiiy resurslarga (yerlar, oʻrmonlar, hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va boshqalarga) zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymasligi;
suv obyektlarini, suvni muhofaza qilish inshootlarini va boshqa inshootlarni, texnik qurilmalarni texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ularni ishlatish sifatini yaxshilashi hamda ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;
suvni olish va berishda suv miqdori hisobini yuritishi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobotni taqdim etishi;
suv resurslaridan foydalanganlik, shuningdek suvni yetkazib berish boʻyicha xizmatlar va koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida shartnomaviy asosda toʻlashi;
suvni tejash chora-tadbirlarini koʻrishi;
suv resurslaridan oqilona foydalanishda suv isteʼmolchilariga koʻmaklashishi;
suvlarning bulgʻanishi, ifloslanishi va kamayib ketishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, suv obyektlariga suvlarning zararli taʼsirini bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrishi, shuningdek yer usti va yer osti suvlari toʻplanadigan maydonlarning ifloslanishiga yoʻl qoʻymasligi;
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini saqlashning belgilangan rejimiga rioya qilishi;
suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vakillarini oʻz suv xoʻjaligi obyektlariga belgilangan tartibda kiritishi hamda ularga zarur axborotni taqdim etishi;
suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etadigan avariyalar va boshqa tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi va ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ishlarni amalga oshirishda, shuningdek suv obyektlarida taʼmirlash-tiklash ishlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishi;
baliqlarni, boshqa suv florasi va faunasini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishi shart.
Suvdan foydalanuvchilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin”;
30) quyidagi mazmundagi 351-modda bilan toʻldirilsin:
“351-modda. Suv isteʼmolchilarining majburiyatlari
Suv isteʼmolchilari:
suv resurslaridan oqilona foydalanishi, suvning maqsadsiz isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻymasligi, suvni tejab sarflash, suvlarning sifatini tiklash va yaxshilash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishi;
belgilangan suv olish limitlari va suv isteʼmoli qoidalariga rioya etishi;
suvni maxsus isteʼmol qilishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatnomani rasmiylashtirishi;
ifloslantiruvchi moddalar mavjud boʻlgan oqindi suvlarni suv obyektlariga oqizishni tamomila tugatish chora-tadbirlarini koʻrishi;
boshqa suv isteʼmolchilari va suvdan foydalanuvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishiga, shuningdek suv obyektlariga, xoʻjalik obyektlari va tabiiy resurslarga (yerlar, oʻrmonlar, hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va boshqalarga) zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymasligi;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashi, ichki suv obyektlari va inshootlarini texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;
olinayotgan suv miqdori hisobini yuritishi va suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma bergan organlarga zarur axborotni taqdim etishi;
suv resurslaridan foydalanganlik, shuningdek suvni yetkazib berish boʻyicha xizmatlar va koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida shartnomaviy asosda toʻlashi;
suvni tejash chora-tadbirlarini koʻrishi;
suvlarni muhofaza qilish boʻyicha belgilangan tartibda kelishilgan texnologiya, oʻrmon-melioratsiya, agrotexnika, gidrotexnika, sanitariya tadbirlari va boshqa tadbirlarni amalga oshirishi;
suvlarning bulgʻanishi, ifloslanishi va kamayib ketishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishda oʻzlariga xizmat koʻrsatuvchi suvdan foydalanuvchilarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining talabiga koʻra ishtirok etishi, shuningdek yer usti va yer osti suvlari toʻplanadigan maydonlarning ifloslanishiga yoʻl qoʻymasligi;
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi hamda shartlariga rioya etishi;
suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vakillarini oʻz suv xoʻjaligi obyektlariga belgilangan tartibda kiritishi hamda ularga zarur axborotni taqdim etishi;
suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etadigan avariyalar va boshqa tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida oʻzlariga xizmat koʻrsatuvchi suvdan foydalanuvchilarni, mahalliy davlat hokimiyati organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi, shuningdek ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha ishlarni amalga oshirishda ishtirok etishi;
baliqlarni, boshqa suv florasi va faunasini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishi shart.
Suv isteʼmolchilarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin”;
31) X bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“X BOB. SUVDAN FOYDALANISH VA SUVNI ISTEʼMOL QILISH HUQUQINI BEKOR QILISH”;
32) 36 va 37-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36-modda. Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqini bekor qilish asoslari
Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqi:
suvdan foydalanishga, suv isteʼmoliga ehtiyoj qolmaganda yoki ulardan voz kechilganda;
suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli muddati tugaganda;
suv xoʻjaligi inshootlari boshqa suvdan foydalanuvchilarga berilganda;
tanho foydalanilayotgan suv obyektlarini qaytarib olishga zarurat tugʻilganda bekor qilinadi.
Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish va suvlarni muhofaza qilish qoidalari buzilgan yoxud suvdan maqsadsiz foydalanilganda yoki suv maqsadsiz isteʼmol qilinganda hamda limitdan ortiqcha suv olinganda, suv resurslaridan foydalanganlik, suvni yetkazib berish boʻyicha xizmatlar va koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun toʻlovlar toʻlanmagan taqdirda ham suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqi bekor qilinishi mumkin (ichimlik va maishiy ehtiyojlar uchun suvlardan foydalanish huquqi bundan mustasno).
Qonun hujjatlarida suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqini bekor qilishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin.
37-modda. Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqini bekor qilish tartibi
Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqi:
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilish;
tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarini qaytarib olish yoʻli bilan bekor qilinadi.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun unga ruxsatnoma bergan organning qarori bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi”;
“39-modda. Suv xoʻjaligi tadbirlarini oʻtkazish, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli shartlarini bekor qilish yoki oʻzgartirish natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xoʻjaliklari hamda fuqarolarga suv xoʻjaligi tadbirlarini (suv obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash ishlarini va boshqalarni) oʻtkazish, suvlardan nooqilona foydalanish, ularni bulgʻatish, ifloslantirish, kamaytirish, shuningdek suvdan foydalanish va suv isteʼmoli shartlarini qonunga xilof ravishda bekor qilish yoki oʻzgartirish natijasida yetkazilgan zararning oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qoplanadi.
Suv obyektlarining sohil boʻyi mintaqalarida va sanitariya muhofazasi zonalarida qonunga xilof ravishda qurilgan obyektlar hamda qonunga xilof ravishda oʻzlashtirilgan yer uchastkalarida suv xoʻjaligi tadbirlarini oʻtkazish chogʻida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanmaydi”;
34) 40-moddaning matnidagi “sanitariya” degan soʻz “sanitariya-gigiyena” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
35) 41-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar olayotgan suvlarini hisobga olib borishni tashkil etadi, suv bilan taʼminlash manbalaridagi suvning sifati holatini muntazam kuzatib boradi va manbalarda suv sifati oʻzgarganligi hamda ishlatilgan suv miqdori haqida tabiatni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish, sanitariya nazorati organlariga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga maʼlumotlar berib turadi”;
36) 42-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aholining ichimlik, maishiy va boshqa ehtiyojlarini markazlashtirilmagan tartibda suv bilan taʼminlash uchun suv obyektlaridan foydalanganda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xoʻjaliklari va fuqarolar suvdan umumiy yoki maxsus foydalanish yoxud suvni umumiy yoki maxsus isteʼmol qilish tartibida bevosita yer usti yoki yer osti suv obyektlaridan suv olishga haqlidir. Zarur hollarda, bunday suv olish kanallar, kollektorlar, suv omborlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish chogʻida nazarda tutilishi va meʼyorlab qoʻyilishi lozim. Shu maqsadlar uchun moʻljallangan suv olish inshootlaridan foydalanish mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlariga muvofiq hamda suv obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar, shuningdek tabiatni muhofaza qilish, sanitariya nazorati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari mazkur suv olish inshootlarining tegishli sanitariya-texnika holatida boʻlishini taʼminlashi shart”;
37) 44-moddaning ikkinchi qismidagi “konchilikni nazorat qilish davlat idoralari” degan soʻzlar “sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“47-modda. Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv isteʼmoli
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, fermer va dehqon xoʻjaliklarining, shuningdek fuqarolarning sugʻoriladigan yerlarida qulay suv rejimini vujudga keltirish maqsadida amalga oshiriladi.
Suv obyektlaridan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish limit boʻyicha suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilishning belgilangan tartibiga rioya etgan holda suvdan umumiy va maxsus foydalanish yoki suvni umumiy va maxsus isteʼmol qilish tartibida amalga oshiriladi. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suv olish limitlari ularning roziligisiz oʻzgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno.
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq beriladi.
48-modda. Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanishni va suv isteʼmolini rejalashtirish
Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli har yilgi suv bilan haqiqiy taʼminlanganlik hisobga olingan holda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalari asosida amalga oshiriladi.
Kollektor-drenaj tarmogʻida suvdan foydalanishni va suv isteʼmolini rejalashtirish melioratsiya qilinayotgan yerlarning holatini, kollektor-drenaj suvi sifatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Suv isteʼmoli rejalari suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Suv isteʼmolchilari uyushmalari suv isteʼmoli rejalarini umumlashtiradi va uyushmalarning suvdan foydalanish rejalarini tuzadi.
Suv isteʼmolchilari uyushmalarining suvdan foydalanish rejalari irrigatsiya tizimlari boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi.
Quyidagilar:
irrigatsiya tizimi boshqarmasi tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi bilan kelishilgan holda — suv isteʼmolchilari uyushmalari boʻyicha;
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tegishli hududiy organlari bilan kelishilgan holda — irrigatsiya tizimi boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi — havza irrigatsiya tizimi boʻyicha, katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha tuzilgan va umumlashtirilgan suvdan foydalanish rejalarini tasdiqlaydi.
49-modda. Sugʻoriladigan yerlarda suvdan foydalanish va suv isteʼmolining oʻziga xos xususiyatlari
Sugʻoriladigan yerlarda kanallar, murakkab muhandislik inshootlari, melioratsiya tarmogʻi barpo etilganligi shunday yerlarning oʻziga xos xususiyatidir.
Suv fondi yerlaridan, suv obyektlaridan, sugʻoriladigan yerlar doirasidagi suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari suv xoʻjaligi obyektlari va inshootlaridan yagona suv xoʻjaligi tizimi sifatida foydalaniladi, ular davlat mulki boʻlib, xususiylashtirilishi mumkin emas.
Suv obyektlarining sohil boʻyi mintaqalari, yer osti suvi chiqargichi sanitariya muhofazasi zonalarining xoʻjalik-ichimlik suvi maqsadidagi I va II poyaslari tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan olib qoʻyilishi mumkin.
Sugʻoriladigan dehqonchilik ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish limit boʻyicha suvdan foydalanishning yoki suvni isteʼmol qilishning belgilangan tartibiga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Suvni faqat roʻyxatdan oʻtkazilgan, suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlangan suv ajratish joylaridan (kanallarning suv olish inshooti, quduq, nasos stansiyasi (agregati) va boshqa suv olish inshootlari) shartnomaviy asosda olishga ruxsat beriladi.
50-modda. Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanuvchi suvdan foydalanuvchilarning majburiyatlari
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanuvchi suvdan foydalanuvchilar ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
suv resurslarini samarali boshqarishi, limitdan ortiqcha suv olinishiga va suvdan maqsadsiz foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi;
belgilangan tartibda yangi suv obyektlari qurilishini va ishlab turganlari rekonstruksiya qilinishini, shuningdek sugʻoriladigan yerlarning kompleks rekonstruksiya qilinishini tashkil etishi;
suvni tejaydigan texnologiyalarni va ilgʻor sugʻorish texnikasini joriy etish orqali sugʻorish vositalari va usullarini takomillashtirishda suv isteʼmolchilariga koʻmaklashishi;
qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suvlarning monitoringi asosida salbiy jarayonlarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etishi shart”;
39) quyidagi mazmundagi 501-modda bilan toʻldirilsin:
“501-modda. Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv resurslaridan foydalanuvchi suv isteʼmolchilarining majburiyatlari
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv resurslaridan foydalanuvchi suv isteʼmolchilari ushbu Qonunning 351-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
qishloq xoʻjaligi ekinlari va dov-daraxtlarini sugʻorish, shuningdek yaylovlarga suv chiqarishning qulay rejimini saqlashi;
suvni tejaydigan texnologiyalarni va ilgʻor sugʻorish texnikasini joriy etish orqali sugʻorish vositalari va usullarini takomillashtirishi;
suvni tejash imkonini beradigan agrotexnika tadbirlarini amalga oshirishi;
tuproq unumdorligini saqlash imkonini beradigan melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishi;
sugʻorish uchun berilgan suvlarning kollektor-drenaj tarmogʻiga va boshqa suv obyektlariga oqizib yuborilishiga yoʻl qoʻymasligi;
suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklashda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishi shart”;
40) 51-moddaning ikkinchi qismidagi “korxonalar hamda tashkilotlar” degan soʻzlar “korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda fuqarolar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
41) 53 va 54-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“53-modda. Jamoa bogʻlari, tokzorlari, ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini sugʻorish uchun suv obyektlaridan foydalanish
Jamoa bogʻlari, tokzorlari, ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini suv bilan taʼminlash suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnoma asosida suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fuqarolarning ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini sugʻorish uchun suv resurslarini ajratish suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining suv olish limitlarida nazarda tutiladi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari fuqarolarning ekinzorlarni va tomorqa yer uchastkalarini sugʻorish uchun suvga boʻlgan ehtiyojlarini umumlashtiradi, suv isteʼmoli toʻgʻrisida shartnomalar tuzadi va ular oʻrtasida suvni isteʼmol qilish tartibini belgilaydi, shuningdek sugʻorish tarmoqlarida taʼmirlash-tiklash ishlarini tashkil etadi.
54-modda. Suv isteʼmolchilarining suv obyektlaridan beriladigan suv oqimi maromini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishini taqiqlash
Suv isteʼmolchilarining suv isteʼmolchilari uyushmalari hamda suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkilotlari bilan belgilangan tartibda kelishilmagan holda suv sarfini koʻpaytirish yoki kamaytirish maqsadida suv obyektlaridagi gidrotexnika inshootlarini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishi, shuningdek ularga muvaqqat toʻsiqlar, nasos stansiyalari (agregatlar) va suvni koʻtaradigan hamda suv oladigan boshqa inshootlarni qurishi taqiqlanadi.
Roʻyxatdan oʻtkazilmagan suv ajratish joylaridan oʻzboshimchalik bilan suv olish taqiqlanadi”;
42) 55-moddadagi “Kanallar va boshqa” degan soʻzlar “Suv obyektlari va” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“56-modda. Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida va issiqlik energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanuvchi suv isteʼmolchilarining majburiyatlari
Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida va issiqlik energetikasi ehtiyojlari uchun foydalanuvchi suv isteʼmolchilari, ushbu Qonunning 351-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, suv taʼminotining aylanma hamda takroriy tizimlarini joriy etish orqali suv sarfini kamaytirish va oqindi suvlarning oqizib yuborilishini tugatish chora-tadbirlarini koʻrishi shart”;
44) 57-moddaning matnidagi “korxona vodoprovod suvini belgilab qoʻyilgan miqdordan oshiq sarf qilib yuborgan” hamda “mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari” degan soʻzlar tegishincha “korxona vodoprovod suvini limitdan ortiqcha olgan” hamda “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Suv obyektlaridan gidroenergetika ehtiyojlari uchun foydalanish iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari manfaatlari hisobga olinib, qishloq va suv xoʻjaligi organlari bilan kelishilgan holda, shuningdek, agar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida, tegishli hollarda esa, qishloq va suv xoʻjaligi hamda tabiatni muhofaza qilish organlarining qarorida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, suvlardan kompleks va oqilona foydalanish talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi”;
“Gidroenergetika korxonalari ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
suv obyektlarining foydalanish qoidalarida belgilangan ish rejimiga, shu jumladan suv omborlarini toʻldirish va ishga tushirish, ulardan suv chiqarish hamda suvning yuqori va quyi sathi oʻzgarishining rejimiga rioya etishi;
sanitariya va tabiat muhofazasi maqsadlarida suv omborlaridan suv chiqarib turilishini taʼminlashi shart”;
“62-modda. Baliqchilik xoʻjaligi suv havzalaridan yoki ov qilish uchastkalaridan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning majburiyatlari
Foydalanish uchun baliqchilik xoʻjaligi suv havzalari yoki ov qilish uchastkalari berib qoʻyilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ushbu Qonunning 35 va 351-moddalarida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini, sunʼiy hovuzlar va boshqa baliqchilik xoʻjaligi inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklashni amalga oshirishi, shuningdek ularni texnik jihatdan soz holatda saqlashi;
zarur melioratsiya ishlari olib borishi hamda mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar joylashgan yerlardagi qirgʻoq uchastkalarini lozim darajada sanitariya holatida saqlashi shart”;
47) 64-moddaning birinchi qismidagi “hokimiyat va boshqaruvning mahalliy organlari” degan soʻzlar “mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
48) XVII bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“XVII BOB. MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLARDA JOYLASHGAN SUV OBYEKTLARIDAN FOYDALANISH”;
49) 70-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Kema qatnovi uchun suv obyektlaridan foydalanish qishloq va suv xoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish organlari hamda Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi”;
50) 73-moddaning birinchi qismidagi “konchilik nazorati davlat” degan soʻzlar “sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
51) 74-moddaning birinchi qismi “suvdan foydalanuvchi” degan soʻzlardan keyin “hamda suv isteʼmolchisi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“Suv omborlarida toʻgʻonlar, dambalar, suv oʻtkazadigan va suv oladigan inshootlar, gidroenergetika majmualaridan hamda boshqa inshootlardan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanish qoidalari hamda suv omborlarining taʼsir zonalaridagi suvdan foydalanuvchilar, suv isteʼmolchilari, yer uchastkalarining mulkdorlari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning manfaatlari hisobga olingan holda suv omborlarini toʻldirish va ishlatish borasida belgilangan rejimga rioya qilishi shart”;
ikkinchi qismi “suvdan foydalanuvchilarning” degan soʻzlardan keyin “va suv isteʼmolchilarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
53) 79-moddaning matni “qoʻmitasi” degan soʻzdan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
54) 80-moddaning matni “organlari” degan soʻzdan keyin “hamda katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish organlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“82-modda. Gidrouzellar va boshqa gidrotexnika inshootlaridan foydalanish tartibi
Daryolar, soylar, kanallar va kollektorlardagi qishloq va suv xoʻjaligi organlari tomonidan foydalaniladigan gidrouzellar hamda boshqa gidrotexnika inshootlari davlat mulki boʻlib, ulardan belgilangan tartibda foydalaniladi.
Suv isteʼmolchilari uyushmalari, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarning gidromelioratsiya tarmogʻidagi gidrotexnika inshootlari, shu jumladan sugʻorish kanallari va kollektor-drenaj tarmoqlari suvdan foydalanuvchilar tomonidan mansubligi boʻyicha ishlatiladi.
Qishloq va suv xoʻjaligi organlari suv isteʼmolchilari uyushmalari hamda boshqa suvdan foydalanuvchilar bilan shartnomaviy asosda gidromelioratsiya tarmogʻiga va undagi inshootlarga texnik xizmat koʻrsatishni oʻz zimmasiga olishi mumkin.
83-modda. Oʻzbekiston Respublikasining va Orol dengizi havzasidagi boshqa davlatlarning hududida joylashgan transchegaraviy suv obyektlaridan foydalanishni tartibga solish
Oʻzbekiston Respublikasining va Orol dengizi havzasidagi boshqa davlatlarning hududida joylashgan transchegaraviy suv obyektlaridan (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlaridan) foydalanishni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
84-modda. Transchegaraviy suv obyektlarida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli
Transchegaraviy suv obyektlarida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli, suv xoʻjaligi va suvni muhofaza qilish tadbirlarini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi transchegaraviy suv obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida tartibga solinmagan qismida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”;
56) XXIII bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“XXIII BOB. SUVDAN FOYDALANISH VA SUV ISTEʼMOLI TOʻGʻRISIDAGI NIZOLARNI HAL QILISH”;
“85-modda. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolarni hal qiluvchi organlar
Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek qishloq va suv xoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari, shunga vakolatli boshqa organlar va sudlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
86-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolarni hal qilishga doir vakolati
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududidagi suv obyektlaridan foydalanish masalalari yuzasidan fuqarolar oʻrtasidagi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolarni hal qilish mazkur organlarning vakolatiga kiradi, qishloq va suv xoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish organlari hamda shunga vakolatli boshqa davlat organlari hal qilishi lozim boʻlgan nizolar bundan mustasno.
87-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolarni hal qilishga doir vakolati
Tegishli hududda suv obyektlaridan foydalanish masalalari yuzasidan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda fuqarolar oʻrtasidagi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolarni hal qilish mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatiga kiradi, qishloq va suv xoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish organlari hamda shunga vakolatli boshqa organlar hal qilishi lozim boʻlgan nizolar bundan mustasno”;
“90-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolarni hal qilishga doir vakolati
Turli viloyatlar yoki bitta viloyat va Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar oʻrtasidagi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolarni hal qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiradi, qishloq va suv xoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari hamda shunga vakolatli boshqa davlat organlari hal qilishi lozim boʻlgan nizolar bundan mustasno.
91-modda. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi xalqaro nizolarni hal qilish
Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar oʻrtasida transchegaraviy suvlardan va transchegaraviy suv obyektlaridan foydalanish va suvni isteʼmol qilish toʻgʻrisidagi nizolar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilanadigan tartibda hal qilinadi.
92-modda. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolarni koʻrib chiqish
Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi nizolar taraflardan birining arizasiga binoan koʻrib chiqiladi. Arizaga suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilish huquqi buzilganligidan dalolat beruvchi hujjatlar ilova qilinadi”;
60) 93, 94 va 95-moddalardagi “Suvdan foydalanishga” va “Suvdan foydalanish” degan soʻzlar tegishincha “Suvdan foydalanishga va suv isteʼmoliga” va “Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
61) XXIV bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“XXIV BOB. SUVNI VA SUV OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH”;
nomidagi “Suvni muhofaza qilishni, shuningdek uning holati va rejimini yaxshilashni” degan soʻzlar “Suvni va suv obyektlarini muhofaza qilishni, shuningdek suv rejimi va suvning holatini yaxshilashni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “suvlarning holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar mahalliy hokimiyat organlari” degan soʻzlar “suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“100-modda. Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalari
Suv obyektlarining tuproq eroziyasi mahsulotlari bilan bulgʻanishi, ifloslanishi, kamayishi va loyqa choʻkishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, shuningdek qulay suv rejimini saqlash, foydalanish va taʼmirlash-tiklash ishlarini olib borish uchun normal shart-sharoit yaratish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari va sohil boʻyi mintaqalari belgilanadi.
Aholining ichimlik, maishiy va davolash-sogʻlomlashtirish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suvlarni muhofaza qilish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari belgilanadi.
Suv obyektlarining vazifasi, joylashgan oʻrni va texnik koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarida xoʻjalik faoliyatining maxsus rejimi belgilanadi.
Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
“103-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning suv yetkazadigan zararli taʼsirning oldini olish hamda uni bartaraf etish boʻyicha majburiyatlari
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tabiatni muhofaza qilish, qishloq va suv xoʻjaligi, geologiya va mineral resurslar organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa manfaatdor organlar bilan kelishilgan holda yoki shunga vakolatli davlat organlarining yozma koʻrsatmalari boʻyicha:
suv toshqinlarining, suv bosishi va zax bosishining;
sohillar, himoya dambalari va boshqa inshootlar buzilib ketishining;
yerlarning botqoqlanishi va shoʻrlanishining;
tuproq eroziyasining, jarlar, oʻpirilishlar yuzaga kelishining, sel oqimlarining va suvlar yetkazadigan boshqa zararli taʼsirning oldini olish hamda uni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishi shart”;
ikkinchi qismidagi “hokimiyati organlari” degan soʻzlar “davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “hokimiyat organlari” degan soʻzlar “davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
67) 105-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv yetkazadigan zararli taʼsirdan muhofaza qilish, zararli taʼsirning oldini olish va uni bartaraf etish tadbirlari suvdan foydalanuvchilar, suv isteʼmolchilarining mablagʻlari hamda mahalliy budjet hisobidan, respublika va mintaqaviy dasturlar boʻyicha esa respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi”;
“106-modda. Suvdan oqilona foydalanish, suvni oqilona isteʼmol qilish va suvlarni muhofaza qilishning iqtisodiy chora-tadbirlari
Suvdan oqilona foydalanish, suvni oqilona isteʼmol qilish va suvlarni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy chora-tadbirlari:
suv resurslaridan foydalanganlik, suvni yetkazib berish boʻyicha xizmatlar va koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari, suv obyektlarini ifloslantirganlik va ularga zararli taʼsir etishning oʻzga turlari uchun haq olishni;
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishda, suvni muhofaza qilish va tejashda samarali boʻlgan faoliyatni amalga oshirishda yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan soliqqa, kreditga oid va boshqa imtiyozlarni;
huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, ekologik ragʻbatlantirishning va boshqacha ragʻbatlantirishning samarali chora-tadbirlari tizimini qoʻllashni nazarda tutadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz ustavlariga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda suvdan oqilona foydalanish, suvni oqilona isteʼmol qilish va suvlarni muhofaza qilishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarning tatbiq etilishini ragʻbatlantirishi va taqdirlashi mumkin”;
69) 107-moddaning matnidagi “xalq xoʻjaligining” degan soʻzlar “iqtisodiyot tarmoqlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
70) 110-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Suv xoʻjaligi balanslari ushbu Qonunning 8-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan suvlardan foydalanishni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida tuziladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan umumlashtiriladi”;
71) 111-moddaning matnidagi “xalq xoʻjaligining” degan soʻzlar “iqtisodiyot tarmoqlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
72) XXVII bobning oʻzbekcha matnidagi nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“XXVII BOB. SUV TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK”;
73) 115-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi”;
74) XXVIII bobning oʻzbekcha matnidagi nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“XXVIII BOB. SUV TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZISH NATIJASIDA YETKAZILGAN ZARARLARNI QOPLASH”;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Veterinariya toʻgʻrisida”gi 935-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 335-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda) 8-moddasining ikkinchi xatboshisidagi “jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari” degan soʻzlar “fermer va dehqon xoʻjaliklari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189,192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda) 74-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“74-modda. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini buzish
Tabiiy suv oqimlari (jilgʻalar, soylar, daryolar va boshqalar), suv havzalari (koʻllar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va boshqa tabiiy suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini, suv olish limitlarini buzish, shuningdek loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari boʻlmagan holda ulardan suv olishni amalga oshirish —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan olti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Sunʼiy suv oqimlari (ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari), suv havzalari (suv omborlari, sel suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) hamda boshqa sunʼiy suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini buzish, yaʼni suvdan xoʻjasizlarcha foydalanish, suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni oʻzboshimchalik bilan bajarish, suv obyektlaridan belgilangan suv olish limitlari, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalarini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan ikki qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan olti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — olti baravaridan oʻn toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.14.00 Oʻsimliklar karantini]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi 113-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 188-modda; 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 6-moddaning yettinchi xatboshisidagi “jamoa xoʻjaliklari, dehqon (fermer) xoʻjaliklariga va boshqa” degan soʻzlar “fermer va dehqon xoʻjaliklariga, boshqa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddaning beshinchi qismi ikkinchi xatboshisidagi “jamoa xoʻjaliklari, dehqon (fermer) xoʻjaliklari” degan soʻzlar “fermer va dehqon xoʻjaliklari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 10-moddaning birinchi qismidagi “jamoa xoʻjaliklari, dehqon (fermer) xoʻjaliklari” degan soʻzlar “fermer va dehqon xoʻjaliklari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 545-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 14-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda) 32-moddasining matni “suvdan” degan soʻzdan keyin “foydalanuvchilarning, suv isteʼmolchilarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.01.00 Asosiy qoidalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er]
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 34-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berish va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyalar tuziladi. Komissiyalar tarkibiga yer resurslari va davlat kadastri (komissiya kotibi), qishloq va suv xoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish, arxitektura va qurilish, geologiya va mineral resurslar, davlat mulkini boshqarish, sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari va boshqa shaxslar kiritiladi.
Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyalar oʻz faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi”;
2) 43-moddaning beshinchi qismidagi “va suvdan foydalanish” degan soʻzlar “suvdan foydalanish va suv isteʼmoli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 53-moddaning toʻrtinchi qismi “ijaraga” degan soʻzdan keyin “ochiq” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
“55-modda. Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish
Oilali va qishloq joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga dehqon xoʻjaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga tomorqa yer uchastkasi sugʻoriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha oʻlchamda, choʻl va sahro mintaqasida esa sugʻorilmaydigan yaylovlardan 1 gektargacha oʻlchamda beriladi. Qishloq joylarda kamida uch yil yashab turganlik toʻgʻrisidagi talab yangi sugʻoriladigan yer massivlari uchun qoʻllanilmaydi. Bunda dehqon xoʻjaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkasining oʻlchami yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkasini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari imoratlar va inshootlar qurish huquqisiz beriladi. Mazkur qoida yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi.
Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkalarining aniq oʻlchamlari yer resurslarining mavjudligi, aholining zichligiga qarab belgilanadi. Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qaror tuman (shahar) hokimi tomonidan yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyaning ijobiy xulosasi asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Fuqarolarga dehqon xoʻjaligi yuritish uchun 0,06 gektar doirasida tomorqa yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilinishi mumkin.
Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasini olishga muhtoj boʻlgan fuqarolar yashash joyidagi tuman (shahar) hokimiga oilasining tarkibini va yer uchastkasining moʻljallangan joyini koʻrsatgan holda ariza beradi.
Tuman (shahar) hokimi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyaning xulosasi asosida dehqon xoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki arizachiga yer uchastkasi berish boʻyicha asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
Qishloq joylarda yashovchi va oʻz mulkida chorva mollari boʻlgan fuqarolarga pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkalari berilishi mumkin.
Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi 600-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 84-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 602-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining asosiy subyektidir”;
birinchi qismi “uchastkalari” degan soʻzdan keyin “ochiq” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “Qayta tashkil etilayotgan” degan soʻzlar “Faoliyat koʻrsatayotgan, qayta tashkil etilayotgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Tuman hokimining fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qarori viloyat hokimi boshchilik qiladigan yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi viloyat komissiyasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) umumiy yigʻilishi hamda boshqa qishloq xoʻjaligi korxonasi, muassasasi va tashkilotining vakolatli organi fermer xoʻjaliklariga berilishi lozim boʻlgan yer uchastkalarini ijarachini aniqlamagan holda belgilashi mumkin. Bunday holda fermer xoʻjaligiga yer uchastkasi ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda beriladi.
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xoʻjaligining boshligʻi va tuman hokimi tomonidan imzolanadi.
Tuman hokimining fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan, shuningdek yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi viloyat komissiyasining tuman hokimining qarorini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.
Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turarjoyi boʻlgan shaxslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi.
Fermer xoʻjaligining yer uchastkasi chegaralari naturada (joyning oʻzida) yer tuzish xizmati organlari tomonidan mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan belgilanadi”;
6) 12-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligi kooperativlarining (shirkat xoʻjaliklarining) tarkibidan chiqish va fermer xoʻjaligini mustaqil yuritish istagini bildirgan aʼzolari ushbu Qonunning 11-moddasiga muvofiq yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga ega”;
quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Fermer xoʻjaligi boshligʻi pensiya yoshiga toʻlganda yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganda yer uchastkasini ijaraga olish huquqini ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismi talablariga javob beradigan oʻz oila aʼzolaridan biriga qonun hujjatlariga muvofiq ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga berishi mumkin”;
Fermer xoʻjaliklarining suv isteʼmoli ularga xizmat koʻrsatuvchi suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv obyektlaridan suv olish limitlari asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
9) 16-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“elektr energiyasi, yoqilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlarning, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari yetkazib berilishi, suv xoʻjaligi xizmatlari, texnik va boshqa xizmatlar koʻrsatilishi uchun shartnomalar tuzish”;
“suv resurslaridan suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq foydalanishi, suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini koʻrishi;
mazkur fermer xoʻjaligi aʼzo boʻlgan suv isteʼmolchilari uyushmasi balansida turgan sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash va taʼmirlashda belgilangan tartibda ishtirok etishi, shuningdek ularni texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya etishi;
yer uchastkasini saqlash shartlariga va servitutlarga rioya etishi;
mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini, oʻz xodimlari uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlashi;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shuningdek koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni belgilangan tartibda oʻz vaqtida toʻlashi;
qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirishda agrotexnika talablariga rioya etishi;
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan muhofaza qilinishini taʼminlashi shart”;
toʻrtinchi qismidagi “olish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish” degan soʻzlar “olish, sotish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Fermer xoʻjaligi tugatilayotganda faoliyatni amalga oshirish davrida oʻz mablagʻlari hisobiga yaratilgan mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda erkin tasarruf etishi mumkin”.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi OʻRQ-680-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan – Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son)
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi 820-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 217-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 1, 1-modda) 14-moddasining matnidagi “suvdan boshqa tarzda foydalanish” degan soʻzlar “boshqacha tarzda suvdan foydalanish, suvni isteʼmol qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda, № 9, 494-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) 29-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29-modda. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suv isteʼmolini amalga oshirish kafolatlari
Fermer va dehqon xoʻjaliklari suv isteʼmolini ularga xizmat koʻrsatuvchi suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv obyektlaridan har yilgi suv olish limitlari asosida boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan teng huquqlarda amalga oshiradi.
Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suv obyektlaridan suv olish limitlari ularning roziligisiz oʻzgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno.
Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suv isteʼmoli huquqini davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan cheklashga faqat qonunda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi”.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
13-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2009-yil 26-dekabrdagi 249 (4912)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 25-dekabr,
OʻRQ-240-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 555-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son; 13.09.2023-y., 03/23/868/0699-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son; 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son))