Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
OSIYO RIVOJLANISh BANKI IShTIROKIDA “INFRATUZILMALARNI RIVOJLANTIRIShNI, ShUNINGDEK SIRDARYo VILOYATI OQ OLTIN TUMANIDAGI TARKIBI OʻZGARTIRILGAN XOʻJALIKLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh” LOYIHASINI AMALGA OShIRIShGA DOIR BIRINChI NAVBATDAGI ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Osiyo rivojlanish banki bilan hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash maqsadida va Vazirlar Mahkamasining “Osiyo rivojlanish banki bilan hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 30-apreldagi 186-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Osiyo rivojlanish banki va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oq oltin tumanidagi tarkibi oʻzgartirilgan xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda “Loyiha” deb ataladi) amalga oshirish uchun 40 mln AQSh dollariga yaqin miqdorda kredit berilishi toʻgʻrisida kelishuvga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Osiyo rivojlanish banki (ORB) ishtirokida koʻrsatib oʻtilgan loyihaning samarali amalga oshirilishini taʼminlash uchun ilovaga
* muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilsin.
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-avgustdagi 356-son
qarori bilan tashkil etilgan Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish loyihasini amalga oshirish boʻyicha agentlik koʻrsatib oʻtilgan Loyihani amalga oshirish ishchi organi hisoblanadi.
Agentlikka Loyiha komponentlarini boshqarish va joriy etish rejalarini ishlab chiqish, Loyiha qatnashchilariga maslahat yordamini taʼminlash, zarur boʻlgan moliyaviy va boshqa hujjatlarni yuritish masʼuliyati yuklansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.M.Olimjonov zimmasiga yuklansin.