toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.03.2018
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA “OILA” ILMIY-AMALIY MARKAZI IShTIROKChILAR KENGAShI TARKIBI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-martdagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi Ishtirokchilar Kengashining yangi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ishtirokchilar Kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar uning tarkibiga kiritilishi belgilab qo‘yilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 2-fevraldagi 54-son qaroriga 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 30-may,
242-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-maydagi 242-son qaroriga
ILOVA
Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi Ishtirokchilar Kengashining
TARKIBI
1.‎ G‘ulomova D.M. —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Kengash raisi
2.‎ Karimova V.M. —‎ Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori
3.‎ G‘ulomov S.S. —‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri
4.‎ Jo‘rayev R.X. —‎ Xalq ta’limi vaziri
5.‎ Polvon-zoda A.A. —‎ Adliya vaziri
6.‎ Nazirov F.G. ‎ —‎ Sog‘liqni saqlash vaziri
7.‎ Yo‘ldoshev B.S. —‎ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti
8.‎ Xabibullayev P.Q. —‎ Fan va texnika davlat qo‘mitasi raisi
9.‎ Musurmonova O. —‎ “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi raisi
10.‎ Jalilov Sh.I. —‎ “Mahalla” jamg‘armasi raisi
11.‎ Ubaydullayev B.X. —‎ O‘zbekiston yoshlarining “Kamolot” jamoat harakati markaziy kengashi raisi
12.‎ Shodimetov Y.Sh. ‎ —‎ “EKOSAN” jamg‘armasi raisi
13.‎ A. Qodirov —‎ Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari
14.‎ Jahongirova D.N. ‎ —‎ Respublika Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi‎
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-sentabrdagi 731-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1040-modda)