1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA OChILADIGAN BANK HISOBVARAQLARI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 3-noyabrda 1948-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 18-son, 229-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 17-oktabr,
29/4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 17-oktabrdagi 29/4-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Mijozlar tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun bankka mazkur Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan hujjatlar taqdim qilingan kundan soʻng, banklar ikki ish kuni mobaynida, agar qonun hujjatlarida boshqacha hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, ularga hisobvaraqlar ochishlari shart.”;
ikkinchi xatboshi “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“10. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraq ochish uchun asos boʻlgan hujjatlari, bank hisobvaragʻi shartnomasi, shuningdek, unga kiritilgan oʻzgartirishlar, taʼsis hujjatlari (taʼsis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari, ikkilamchi hisobvaraqlar ochilganligi toʻgʻrisidagi asosiy hisobvaragʻini ochgan bankka yuborgan xabarning nusxasi hamda bekor qilingan imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalar mijozning yuridik yigʻmajildida saqlanadi.”.
3. 12-band quyidagi tahrirdagi “d” va “e” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“d) tadbirkorlik faoliyati subyektlari boʻlgan rezident yuridik shaxslar tomonidan — taʼsis hujjatlari (taʼsis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari;
e) mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni oʻrnini bosadigan hujjat). Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli koʻrsatilgandan soʻng, bank tomonidan undan nusxa olinadi.”.
4. 13-band quyidagi tahrirdagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) tadbirkorlik faoliyati subyekti boʻlmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan — taʼsis hujjatlari (taʼsis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari, shuningdek, yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni oʻrnini bosadigan hujjat). Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli koʻrsatilgandan soʻng, bank tomonidan undan nusxa olinadi.”.
5. 14-band quyidagi tahrirdagi “g” va “d” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“g) vakolatxona yoki filialga berilgan vakolatlarni belgilovchi hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi;
d) vakolatxona yoki filial nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi (pasport yoki uni oʻrnini bosadigan) hujjat. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli koʻrsatilgandan soʻng, bank tomonidan undan nusxa olinadi.”.
6. 16-band quyidagi tahrirdagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uni oʻrnini bosadigan hujjat). Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli koʻrsatilgandan soʻng, bank tomonidan undan nusxa olinadi.”.
7. 17-banddagi “shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport va unga tenglashtirilgan hujjat) taqdim qilinadi” degan soʻzlar “shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uni oʻrnini bosadigan hujjat) taqdim qilinadi va bank tomonidan ushbu hujjatlardan nusxa olinadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 31-band quyidagi tahrirdagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v) norezident bank tomonidan va u roʻyxatga olingan davlatda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi axborot.”.
“Taʼsis hujjatlari (taʼsis shartnomasi, ustav)da koʻrsatilgan maʼlumotlar (taʼsischilar, aksiyadorlar, ishtirokchilar yoki boshqa maʼlumotlar) oʻzgargan taqdirda, mijoz taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni notarial tasdiqlangan nusxasini bankka taqdim qiladi.”.
“Asosiy hisobvaraq oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot axborotlar bazasida qonun hujjatlarida belgilangan muddatda saqlanadi. Ushbu muddat tugagandan soʻng oʻtkazilgan asosiy hisobvaraq toʻgʻrisidagi maʼlumot arxivlanadi va belgilangan tartibda saqlanadi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 487-modda)