toggle_night_mode
OʻZBEKISTON “OʻZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 29-iyulda 1989-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorini (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 4-son, 22 modda) bajarish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 59-son “Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-sonlar, 112 modda) va 2009-yil 1-apreldagi 91-son “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son 160-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi Bosh direktori U. XOLMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-iyun,
07-125-son
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-iyun,
64-son
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2009-yil 16-iyundagi 07-125 va 64-son qaroriga
ILOVA
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Yoʻriqnoma obodonlashtirish sohasida ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishda sarflanadigan vaqt meʼyorlari va xizmat koʻrsatish hududlaridan kelib chiqqan holda tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda boshqarmalar deb yuritiladi) xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 20-maydagi 5-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 6-maydagi 119-sonli qarori (roʻyxat raqami 1989-3, 03.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 10/24/1989-3/0394-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
asosiy ishlab chiqarish xodimlari — ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadigan xodimlar (ustalar, brigadirlar va ishchilar);
boshqarish meʼyorlari — bitta rahbarga bevosita boʻysunadigan xodimlarning optimal soni;
Oldingi tahrirga qarang.
boshqaruv xodimlari — tashkilotlarda oʻz tuzilmasidagi muassasalarga va xodimlarga rahbarlik qiluvchi, boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi, zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, tashkilot faoliyatini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va jarayonlarni tartibga soluvchi xodimlar;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 10-fevraldagi 1989-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-yanvardagi 229-sonli qarori (roʻyxat raqami 1989-4, 07.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2025-y., 10/25/1989-4/0226-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yordamchi xodimlar — tashkilotlarda boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari faoliyatiga xizmat koʻrsatish, ishlab chiqarish va texnologik xizmat koʻrsatish jarayonlarini taʼminlash ishlarini bajarish, binolar va hududlarga texnik va xoʻjalik xizmatini koʻrsatish funksiyalarini bajaruvchi xodimlar hisoblanadi;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 10-fevraldagi 1989-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-yanvardagi 229-sonli qarori (roʻyxat raqami 1989-4, 07.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2025-y., 10/25/1989-4/0226-son)
muhandis-texnik xodimlar — boshqaruv xodimlarining bir qismi boʻlib, muhandislik-texnik taʼminot (jumladan loyihalash, muhandislik-texnik hujjatlarni tayyorlash, texnologik jarayonlarni tashkil etish, smeta hujjatlarini tayyorlash va boshqalar) ishlarini bajaruvchi xodimlar;
namunaviy shtatlar — boshqarmaning maqsadlari, vazifalari, funksiyalari va ishlab chiqarish dasturlarini bajarish uchun zarur boʻlgan doimiy xodimlar lavozimlarining roʻyxati. Namunaviy shtatlar asosida shtat roʻyxati belgilanadi.
texnik xodimlar — boshqaruv xodimlari faoliyatini taʼminlash boʻyicha texnik xizmat koʻrsatuvchi xodimlar;
xizmat koʻrsatish xodimlari — bino va hududlarga texnik va xoʻjalik xizmat hamda boshqaruv xodimlariga transport xizmatini koʻrsatish, shuningdek boshqarmaning boshqaruv va asosiy (ishlab chiqarish) xodimlariga boshqa xizmatlarni koʻrsatuvchi xodimlar;
xodimlarning meʼyorlangan soni — har bir ish turini bajarish uchun zarur boʻlgan vaqt meʼyorlarini hisobga olgan holda boshqarmaning aniq maqsadlari, vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlum kasbiy-malakali xodimlarning belgilangan soni;
shtat roʻyxati — namunaviy shtatlar asosida ishlab chiqilgan, boshqarma rahbari tomonidan tasdiqlanadigan, doimiy xodimlarning nomi bir xil lavozimlar soni va maoshlarining miqdori koʻrsatilgan roʻyxat.
2. Boshqarmalar xodimlarining umumiy soni kalendar yil davomida bajariladigan ishlar roʻyxati va hajmlariga muvofiq ularni bajarish uchun sarflanadigan vaqt meʼyorlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Har bir boshqarmalar boʻyicha xodimlar shtati roʻyxati qonunchilikda belgilangan tartibda iqtisodiyot va moliya idoralarida roʻyxatga olinishi shart.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 20-maydagi 5-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 6-maydagi 119-sonli qarori (roʻyxat raqami 1989-3, 03.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 10/24/1989-3/0394-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi.
4. Boshqarmalar xodimlarini saqlab turish, belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida amalga oshirilib, tarkibiga quyidagilar kiradi:
ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va ragʻbatlantirish tarzidagi toʻlovlar;
xizmat safari xarajatlari;
boshqa xarajatlar (aniq koʻrsatilgan va asoslangan).
II. Boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarining meʼyorlangan sonini aniqlash
5. Boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarining meʼyorlangan sonini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish zarur:
a) boshqarish meʼyorlari.
Boshqarishning optimal meʼyorlari quyidagilardan iborat:
boshqarma rahbarlari uchun — 3 — 5 ta tuzilmaviy boʻlinmalar;
tuzilmaviy boʻlinmalar (mustaqil boʻlim yoki xizmat) rahbarlari uchun — boshqaruv xodimlari va muhandis-texnik xodimlardan iborat 4 — 9 ta boʻysunadigan xodimlar;
b) boshqarmalarning tuzilmaviy boʻlinmasi zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning soni va murakkabligi;
v) boshqarma faoliyatini belgilaydigan boshqa oʻziga xos faktorlar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Boshqarmalarning boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarining cheklangan soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Boshqarmalarda mavjud ish hajmlaridan kelib chiqqan holda boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarining meʼyorlangan soni qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan xodimlar sonidan ham kamroq etib belgilanishi mumkin.
(6-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-avgustdagi 363-son “Boshqaruv xodimlari sonini tartibga solish va ularga sarflanadigan xarajatlarni maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Boʻlim boshligʻi lavozimi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan boshqarmalarning namunaviy tuzilmasidan kelib chiqqan holda joriy etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
8. Bosh mutaxassislar, yetakchi mutaxassislar va mutaxassislarning aniq lavozimlari boshqarmaning tegishli tuzilmaviy boʻlinmalarining oʻziga xos vazifalari va funksiyalaridan kelib chiqib, boshqarma rahbari tomonidan joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bosh mexanik lavozimi boshqarma balansida 50 dan ortiq texnika birligi mavjud hollarda joriy etiladi. Har 10 gektar koʻkalamzorlashtiriladigan yer maydoniga 1 ta birlik agronom lavozimi joriy etiladi.
(8-band Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013-yil 21-oktabrdagi 116, 101-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1989-1, 29.10.2013-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 44-son, 581-modda)
9. Har bir boshqarmada “Xavfsizlik texnikasi boʻyicha muhandis” — mutaxassis lavozimi joriy etilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013-yil 21-oktabrdagi 116, 101-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1989-1, 29.10.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 44-son, 581-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013-yil 21-oktabrdagi 116, 101-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1989-1, 29.10.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 44-son, 581-modda)
12. Har bir boshqaruv va muhandis-texnik xodimlari lavozimlari uchun boshqarma rahbari tomonidan, biriktirilgan xizmat koʻrsatish zonasidan kelib chiqqan holda tegishli lavozim majburiyatlari va malaka talablari tasdiqlanadi.
III. Asosiy ishlab chiqarish xodimlarining meʼyorlangan sonini aniqlash
1-§. Umumiy qoidalar
13. Asosiy ishlab chiqarish xodimlarining meʼyorlangan soni quyidagilardan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
bajariladigan ishlarning davriyligini hisobga olgan holda ularning roʻyxati va hajmlari;
har bir ish turiga sarflanadigan mehnat (bunda, ushbu ishlarga va shaxsiy ehtiyojlarga sarflanadigan vaqt (ishlarni bajarishda meʼyoriy vaqtning 3%), dam olish vaqti, shu jumladan mehnat taʼtili (6%) va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik vaqti (3%) inobatga olinishi zarur);
transport va boshqa texnik vositalariga xizmat koʻrsatish meʼyorlari.
2-§. Hududlarni tozalash ishlarida band boʻlgan asosiy ishlab chiqarish xodimlarining meʼyorlangan sonini aniqlash
14. Hududlarni qoʻlda tozalaydigan 1, 2 va 3-razryadli tozalovchilarning meʼyorlangan soni ishlarning vaqt meʼyorlari, mehnat operatsiyalari va ish vaqtining yillik balansidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hududlar piyodalar harakatining intensivligidan kelib chiqib quyidagicha toifalanadi:
birinchi toifa — 1 soatda 50 kishigacha;
ikkinchi toifa — 1 soatda 50 dan 100 kishigacha;
uchinchi toifa — 1 soatda 100 kishidan ortiq.
Piyodalar harakatining intensivligi, kengligi 0,75 metr boʻlgan piyodalar yoʻlakchasida ertalab va kechqurun eng koʻp harakatlanish vaqtini (piyodalarning har ikkala tomonga harakatlanishining yigʻindisini inobatga olgan holda) hisobga olgan holda aniqlanadi.
15. Quyidagilar:
Hududlarni supurish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasi 1-jadvaliga;
Granit va marmar zinapoyalar hamda maydonchalarni tozalash uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasi 2-jadvaliga;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Moliya vazirligining 2021-yil 19-iyuldagi 179-sonli va 41-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1989-2, 23.07.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 10/21/1989-2/0695-son)
Axlat qutilarini tozalash va yuvish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasi 5-jadvaliga;
Qorni supurish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasi 6-jadvaliga;
Qish vaqtida hududlarga qum sepish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasi 7-jadvaliga;
Hududlarni qotib qolgan qor va muzdan tozalash uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasi 8-jadvaliga;
Yoʻllar va sunʼiy inshootlarni tozalash uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasi 9-jadvaliga muvofiq belgilanadi.
3-§. Sanitariya jihatidan yigʻish ishlarida band boʻlgan asosiy ishlab chiqarish xodimlarining meʼyorlangan sonini aniqlash
16. Sanitariya jihatidan yigʻish tarkibiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik punktlarga yigʻish;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Moliya vazirligining 2021-yil 19-iyuldagi 179-sonli va 41-sonli qarori (roʻyxat raqami 1989-2, 23.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 10/21/1989-2/0695-son)
qattiq maishiy chiqindilarni kuzovli axlat mashinalari (samosvallar, bortli yuk avtomobillari)ga yuklash va ularni poligonda tushirish;
suyuq axlatlarni sisternalarga tortib olish va ularni belgilangan joylarga toʻkish.
17. Sanitariya jihatidan yigʻish ishlarida band boʻlgan xodimlarning shtat boʻyicha soni ixtisoslashtirilgan transport vositalari (axlat tashish mashinalari, samosvallar, bortli yuk avtomobillari, pritsep va maxsus moslamali traktorlar, avtogreyderlar va harakatlanuvchi sostavning boshqa turlari) sonidan kelib chiqib belgilanadi.
18. Transport vositalari haydovchilarining shtat boʻyicha soni, transport vositasidan 1,5 smena davomida foydalanish sharti bilan, undan yiliga 365 kun foydalanish hamda mehnat taʼtilining cheklangan vaqti va xodimning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi (9%) dan kelib chiqib belgilanadi.
Haydovchilarning shtat boʻyicha sonini aniqlash uchun mavjud transport vositalarining soni 1,5 ga (transport vositasining oʻrnatilgan smena ishi) koʻpaytiriladi, hosil boʻlgan son transport vositasidan yil davomida foydalaniladigan kalendar kunlar (365 kun) va xodimning yil davomida normal sharoitlarda ishlaydigan kunlari (256 kun) oʻrtasidagi nisbatini koʻrsatadigan koeffitsiyentga boʻlinadi, bundan hosil boʻlgan son yillik ish vaqti fondiga nisbatan mehnat taʼtilida boʻlgan vaqt va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik vaqti yigʻindilarini (jami 9%) koʻrsatadigan koeffitsiyentga koʻpaytiriladi.
Haydovchilarning shtat boʻyicha soni sanitariya jihatidan yigʻish ishlarida foydalaniladigan barcha transport vositalariga hisoblanganda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Nv = Nts * 1,5 * (365 : 256) * (1,09)
Bunda:
Nv — transport vositalarining shtat boʻyicha soni;
Nts — sanitariya jihatidan yigʻish ishlarida foydalaniladigan transport vositalari soni.
Masalan, bitta transport vositasining normal holda ishini taʼminlash uchun haydovchilarning meʼyorlangan soni 2,29 ni tashkil etadi (1 * 1,5 * 1,4 * 1,09.)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Moliya vazirligining 2021-yil 19-iyuldagi 179-sonli va 41-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1989-2, 23.07.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 10/21/1989-2/0695-son)
4-§. Sanitariya jihatidan tozalash ishlarida band boʻlgan asosiy ishlab chiqarish xodimlarining meʼyorlangan sonini aniqlash
20. Sanitariya jihatidan tozalash tarkibiga quyidagilar kiradi:
a) yozgi tozalash:
koʻcha va maydonlarni supurish-tozalash mashinalari bilan tozalash;
koʻcha va maydonlarni suv sepish mashinalari bilan yuvish va suv sepish.
b) qishki tozalash:
plugli-shetkali qor kurash mashinalari bilan qorni supurish va kurash;
qorni avtogreyder va buldozerlar yordamida, qor uyumlarini tashkil etgan holda kurash;
rotorli qor tozalovchi mashinalar yordamida qorni chetga surish, qor yuklovchi mashinalar yordamida, qorni mashinalarga yuklagan holda chiqarib tashlash;
yoʻlning harakatlanish qismiga qum-tuzli aralashma yoki xlorid sepish;
qotib qolgan qor va muzlarni bartaraf etish;
Oldingi tahrirga qarang.
loyqa tortuvchi mashinalar yordamida yomgʻir suvini oqizadigan oqova suvlarni chiqarib yuborish quduqlaridagi tindirgichlarni tozalash.
(20-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 10-apreldagi 1989-5-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 1-apreldagi 354-sonli qarori (roʻyxat raqami 1989-5, 23.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2026-y., 10/26/1989-5/0412-son)
21. Sanitariya jihatidan tozalash ishlarida band boʻlgan transport vositalari haydovchilari (avtomobil haydovchilari, traktorchilar, avtogreyder mashinistlari)ning soni mazkur Yoʻriqnomaning 18-bandida koʻrsatilgan usulda, transport vositalari birligi sonidan kelib chiqib, ushbu transport vositalaridan foydalanish koʻzda tutilgan yil davomidagi cheklangan kunlar sonidan kelib chiqib aniqlanadi.
Masalan, qishki yigʻish vaqtida traktorli yuklash mashinasidan 30 kun davomida foydalanilsa, traktorchilarning hisoblangan soni (traktordan boshqa maqsadlarda foydalanilishini hisobga olmagan holda) 0,2 ni tashkil etadi (1 * 1,5 * (30 : 256) * 1,09).
Oldingi tahrirga qarang.
22. Loyqa tortuvchi mashinalar yordamida yomgʻir suvini oqizadigan oqova suvlarni chiqarib yuborish quduqlaridagi tindirgichlarni tozalash ishlarida (quduq qopqoqlarini ochish-yopish, quduqlarni koʻrikdan oʻtkazish, tortuvchi shlanglarni quduqqa tushirish, chiqarish va boshqa ishlar) band boʻlgan xodimlar soni mazkur Yoʻriqnomaning 21-bandida koʻrsatilgan hisob-kitoblarga muvofiq, ixtisoslashgan transport vositalari (qoldiq tortuvchi mashinalar) sonidan kelib chiqib aniqlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 10-apreldagi 1989-5-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 1-apreldagi 354-sonli qarori (roʻyxat raqami 1989-5, 23.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2026-y., 10/26/1989-5/0412-son)
5-§. Irrigatsiya ishlarida band boʻlgan irrigatorlarning meʼyorlangan sonini aniqlash
23. Irrigatsiya ishlarida band boʻlgan xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasi 1-jadvalida koʻrsatilgan tuproq guruhini hisobga olgan holda, soatiga qazib chiqarilgan tuproq hajmi (m3) meʼyorlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Irrigatsiya ishlarida band boʻlgan xodimlarning meʼyorlangan sonini aniqlashda, shuningdek shaxsiy ehtiyojlar (ishlarni bajarishda sarflanadigan cheklangan vaqtning 3%), dam olish, jumladan mehnat taʼtiliga ajratilgan vaqt (6%) hamda mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik davriga (3%) moʻljallangan vaqtlar hisobga olinadi.
Xodimlarning meʼyorlangan sonini, avvalgi yillardagi oʻrtacha ish hajmlaridan kelib chiqqan holda belgilash uchun joriy yilga belgilangan ish hajmlari rejasi aniqlanishi zarur. Bunda, barcha turdagi irrigatsiya ishlari hisobga olinadi.
24. Quyidagilar:
Qoplamasi boʻlmagan 1 metr chuqurlikdagi ariqlarni choʻkindilardan tozalash va oʻsimliklarni yulib tashlash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasi 2-jadvaliga;
Lotokli sugʻorish tizimini choʻkindilardan qoʻlda tozalash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasi 3-jadvaliga;
10 metr chuqurlikdagi dyuker quduqlarini choʻkindilardan qoʻlda tozalash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan (ishlar 4 ta xodimdan iborat zveno tomonidan bajariladi) bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasi 4-jadvaliga;
Dyuker quvurini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan choʻkindilardan qoʻlda tozalash ishlarini bajarish (ishlar 4 xodimdan iborat zveno tomonidan bajariladi) uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasi 5-jadvaliga;
Uzunligi 10 metr boʻlgan quvursimon koʻprikchalarni 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan choʻkindilardan tozalash ishlarini bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasi 6-jadvaliga;
Tuproqni qoʻlda qazish, tuproqni yuklash va tushirish ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasi 7-jadvaliga;
Irrigatsiya tarmoqlarini mayda taʼmirlash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasi 8-jadvaliga muvofiq belgilanadi.
6-§. Koʻkalamzorlashtirish ishlarida band boʻlgan koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi xodimlarining meʼyorlangan sonini aniqlash
25. Koʻkalamzorlashtirish ishlarida band boʻlgan koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi xodimlarining meʼyorlangan soni shaharlar va aholi yashash punktlarini koʻkalamzorlashtirish ishlarini bajarishda vaqt (ishlab chiqarish) meʼyorlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi xodimlarining meʼyorlangan sonini aniqlashda dam olish vaqti, shu jumladan mehnat taʼtili (6%) va hisoblangan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri (3%) hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Koʻkalamzorlashtirish ishlarida band boʻlgan koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi)lari tomonidan oʻsimliklar (koʻchatlar)ni ekish va ularni parvarish qilish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 10-fevraldagi 1989-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-yanvardagi 229-sonli qarori (roʻyxat raqami 1989-4, 07.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2025-y., 10/25/1989-4/0226-son)
27. Koʻkalamzorlashtirish ishlarini bajarishda band boʻlgan transport vositalari haydovchilari sonini aniqlash mazkur Yoʻriqnomaning 18-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
IV. Asosiy ishlab chiqarish xodimlarining alohida lavozimlarini joriy etish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
28. Boshqarmalarda zarur hollarda mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq asosiy ishlab chiqarish xodimlarining alohida lavozimlari kiritilishi mumkin.
(28-band Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013-yil 21-oktabrdagi 116, 101-sonli qarori (roʻyxat raqami 1989-1, 29.10.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 44-son, 581-modda)
V. Yordamchi xodimlar sonini aniqlash
Oldingi tahrirga qarang.
29. Boshqarmalar yordamchi xodimlarining cheklangan soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-avgustdagi 363-son “boshqaruv xodimlari sonini tartibga solish va ularga sarflanadigan xarajatlarni maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 10-apreldagi 1989-5-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 1-apreldagi 354-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1989-5, 23.04.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2026-y., 10/26/1989-5/0412-son)
VI. Yakuniy qoida
31. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-iyun
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013-yil 21-oktabrdagi 116, 101-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1989-1, 29.10.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 44-son, 581-modda)
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hududlarni supurish uchun xodimlarning
MEʼYORLANGAN SONI

1-jadval

Ish turi

Har 1000 kv.m maydonga nisbatan vaqt meʼyorlari (daqiqada)

Oʻrtacha yillik davriylik (marta hisobida)

Har 1000 kv.m maydonga yil davomida sarflanadigan vaqt (soatida)

Har 1000 kv.m maydonga yiliga belgilangan xodimning meʼyorlangan soni

Hududda supuriladigan hamda tozalanadigan maydon

100,1

110

183,5

0,09

Mazkur jadvalda hududlarni supurishda xodimlarning meʼyorlangan soni axlatni belgilangan joygacha transportirovka qilishni hisobga olgan holda bir yilda 1000 m2 maydonni supurishga sarflanadigan vaqtdan kelib chiqib hisoblangan.
Hududni supurishda band boʻlgan xodimlarning, talab etiladigan shtat birligini aniqlashda, haqiqatda supuriladigan maydon m2 da aniqlanadi.
Supuriladigan hududning haqiqiy maydoni 1000 ga boʻlinadi va hosil boʻlgan son supuriladigan 1000 m2 maydonni supurish uchun zarur boʻlgan xodimlarning meʼyorlangan soniga koʻpaytiriladi.
(2-ilovaning 1-jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 10-fevraldagi 1989-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-yanvardagi 229-sonli qarori (roʻyxat raqami 1989-4, 07.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2025-y., 10/25/1989-4/0226-son)
Granit va marmar zinapoyalar hamda maydonchalarni tozalash uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
2-jadval

Ishlar turi‎

Har 1000 m2 maydonga nisbatan vaqt meʼyorlari (daqiqada)‎

Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda oʻrtacha yillik davriylik (marta hisobda)‎

Har 1000 m2 maydonga yil davomida sarflanadigan vaqt (soatda)‎

Har 1000 m2 maydonga yiliga belgilangan xodimlarning meʼyorlangan soni‎

Supurish‎

171,4‎

52‎

148,5‎

0,07‎

Qor kurash‎

926,2‎

30‎

463,1‎

0,23‎

Yuvish‎

1702,4‎

52‎

1475,4‎

0,72‎

Jami barcha ish turlariga koʻra‎

1,02‎

Granit va marmar zinapoyalarni tozalashda band boʻlgan xodimlarning shtat birligi boʻyicha sonini aniqlash uchun barcha uch turdagi ishlardagi meʼyorlangan son yigʻindisi hisoblanadi.
Granit va marmar zinapoyalarni tozalash operatsiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan xodimlar soni, zinapoyalarning haqiqiy maydoni 1000 ga boʻlinadi va hosil boʻlgan son belgilangan meʼyorlangan songa koʻpaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Masalan, shaharchada marmar zinapoyalar va maydonchalarning maydoni 1850 m2. Har yili zarur boʻlgan xodimlarning soni 1,90 kishini tashkil etadi. (1850 : 1000 * 1,02).
(2-ilova 2-jadvalining uchinchi xaboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2024-yil 20-maydagi 5-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 6-maydagi 119-sonli qarori (roʻyxat raqami 1989-3, 03.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 10/24/1989-3/0394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilovaning 3-jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Moliya vazirligining 2021-yil 19-iyuldagi 179-sonli va 41-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1989-2, 23.07.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 10/21/1989-2/0695-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilovaning 4-jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Moliya vazirligining 2021-yil 19-iyuldagi 179-sonli va 41-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1989-2, 23.07.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 10/21/1989-2/0695-son)
Axlat qutilarini tozalash va yuvish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
5-jadval

‎Ishlar turi

Har 100 ta quti uchun oʻrnatilgan vaqt meʼyorlari (daqiqada)‎ Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda oʻrtacha yillik davriylik (marta hisobda)‎ Har 100 ta quti uchun yil davomida sarflanadigan vaqt (soatda)‎

Har 100 ta quti uchun yiliga belgilangan xodimlarning meʼyorlangan soni‎

Qutini axlatdan tozalash‎

262,1‎ 260‎ 1135,7‎ 0,55‎

Qutini yuvish‎

317‎ 52‎ 274,7‎ 0,13‎

Jami barcha turdagi ishlar boʻyicha‎

0,68‎
Qorni supurish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
6-jadval

Hududlar toifasi‎

Har 1000 m2 maydonga nisbatan vaqt meʼyorlari (daqiqada)‎

Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda oʻrtacha yillik davriylik (marta hisobda)‎

Har 1000 m2 maydonga yil davomida sarflanadigan vaqt (soatda)‎

Har 1000 m2 maydonga yiliga belgilangan xodimlarning meʼyorlangan soni‎

Birinchi toifa‎

134,4 60‎ 134,4‎ 0,06‎

Ikkinchi toifa‎

156,8‎ 90‎ 235,2‎ 0,12‎

Uchinchi toifa‎

190,4‎ 180‎ 571,2‎ 0,28‎
Qor supurish ishlarida band boʻlgan xodimlarning shtat boʻyicha sonini aniqlash uchun, haqiqatda supuriladigan maydon hudud toifalariga koʻra alohida m2 larda aniqlanadi.
Bunda, har bir qor supuriladigan hudud toifasining haqiqiy maydoni 1000 ga boʻlinadi va hosil boʻlgan son 1000 m2 supuriladigan maydon uchun zarur boʻlgan xodimlarning meʼyorlangan soniga koʻpaytiriladi.
Qish vaqtida hududlarga qum sepish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
7-jadval
Hududlar toifasi‎

Har 1000 m2 maydonga nisbatan vaqt meʼyorlari (daqiqada)‎

Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda oʻrtacha yillik davriylik (marta hisobda)‎

Har 1000 m2 maydonga yil davomida sarflanadigan vaqt (soatda)‎

Har 1000 m2 maydonga yiliga belgilangan xodimlarning meʼyorlangan soni‎
Birinchi toifa (qum sepish)‎ 156,8‎ 13‎ 33,9‎ 0,015‎
Ikkinchi toifa (qum sepish)‎ 179,2‎ 13‎ 38,8‎ 0,02‎
Uchinchi toifa (qum sepish)‎ 201,6‎ 13‎ 43,7‎ 0,022‎
Qum tayyorlash (transportirovka qilish, elash)‎ 125,8‎ 13‎ 27,3‎ 0,015‎
Qum tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt va xodimlarning meʼyorlangan soni 1000 m2 ga teng maydonga qum sepish ishlariga sarflanadigan vaqtga qoʻshiladi.
Hududlarni qotib qolgan qor va muzdan tozalash uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
8-jadval

Hududlar toifasi‎

Har 1000 m2 maydonga nisbatan vaqt meʼyorlari (daqiqada)‎ Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda oʻrtacha yillik davriylik (marta hisobda)‎ Har 1000 m2 maydonga yil davomida sarflanadigan vaqt (soatda)‎ Har 1000 m2 maydonga yiliga belgilangan xodimlarning meʼyorlangan soni‎

Birinchi toifa‎

6809,6‎ 10‎ 1134,9‎ 0,56‎

Ikkinchi toifa‎

7604,8‎ 10‎ 1267,5‎ 0,62‎

Uchinchi toifa‎

8859,2‎ 10‎ 1476,5‎ 0,72‎
Yoʻllar va sunʼiy inshootlarni tozalash uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
9-jadval

Ishlar turi‎

Har 1000 m2 maydonga nisbatan vaqt meʼyorlari (daqiqada)‎

Oʻrtacha yillik davriylik (marta hisobda)‎ Har 1000 m2 maydonga yil davomida sarflanadigan vaqt (soatda)‎ Har 1000 m2 maydonga yiliga belgilangan xodimlarning meʼyorlangan soni‎
Mashinalar harakatining intensivligi quyidagicha boʻlgan yoʻllar, piyodalar yoʻlakchalari, yoʻl chekkalari, sunʼiy inshootlarni supurish:‎
soatiga 1500 tagacha‎ 291,2‎ 290‎ 1407,5‎ 0,69‎
soatiga 1500 dan ortiq‎ 403,2‎ 290‎ 1948,8‎ 0,95‎
Piyodalar harakatlanishi intensivligi quyidagicha boʻlgan, turar uylarga tutashmagan piyodalar yoʻlakchalarini supurish:‎
soatiga 500 kishigacha‎ 145,6‎ 290‎ 703,7‎ 0,35‎
soatiga 500 kishidan ortiq‎ 179,2‎ 290‎ 866,1‎ 0,42‎
Zinapoya maydonchalarini supurish‎ 918,4‎ 290‎ 4438,9‎ 2,17‎
Temir-beton plitalar orasidagi oʻsgan oʻtlarni tozalash‎ 1243,2‎ 7‎ 145,1‎ 0,07‎
Yoʻl chekkalari va bordyurlarni chang va ifloslanishdan tozalash‎ 302,4‎ 12‎ 60,5‎ 0,03‎
Marmar qoplamani namli artish‎ 806,4‎ 290‎ 3897,6‎ 1,91‎
Marmar qoplamani yuvuvchi vositalar bilan yuvish‎ 2587,2‎ 4‎ 172,5‎ 0,08‎
Marmar qoplamalarni shlang yordamida yuvish‎ 86,2‎ 8‎ 11,5‎ 0,01‎
Bekatlarni chang va ifloslanishdan tozalash‎ 1960‎ 290‎ 9473,3‎ 4,6‎
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA
Tuproq guruhi
1-jadval

№‎

Yumshatish usuli‎ Tuproq guruhi‎
1.‎ Belkuraklarda‎ I‎
2.‎ Kirkalardan tez-tez foydalangan holda belkuraklarda‎ II‎
3.‎ Kirkalarda, shuningdek qisman lomlar yoki pnevmatik sindiruvchi bolgʻalar yordamida‎ III‎
Qoplamasi boʻlmagan 1 metr chuqurlikdagi ariqlarni choʻkindilardan tozalash va oʻsimliklarni yulib tashlash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
2-jadval
Tuproq guruhi‎ Har 1 m3 uchun vaqt meʼyori (daqiqada)‎ Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda bitta xodim uchun bir yilga belgilangan meʼyor (m3 da)‎ Bir yilda 1000 m3 tuproq qazish ishlarini bajarish uchun talab etiladigan xodimlarning meʼyorlangan soni‎

I‎

229,8‎ 532,9‎ 1,88‎

II‎

262,1‎ 467,2‎ 2,14‎

III‎

301,1‎ 406,7‎ 2,46‎
Qoplamasiz ariqlarning chuqurligi 0,5 metrdan kam boʻlgan hollarda bir yilda 1000 m3 yer qazish ishlarini bajarish uchun talab etiladigan xodimlarning meʼyorlangan soniga nisbatan 0,8 miqdoridagi kamaytirish koeffitsiyenti, ariq chuqurligi bir metrdan ortiq boʻlgan hollarda esa 1,1 miqdoridagi koʻpaytirish koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
Lotokli sugʻorish tizimini choʻkindilardan qoʻlda tozalash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
3-jadval
Tuproq guruhi‎ Xar 1 m3 uchun vaqt meʼyori (daqiqada)‎ Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda bitta xodim uchun bir yilga belgilangan meʼyor (m3 da)‎ Bir yilda 1000 m3 tuproq qazish ishlarini bajarish uchun talab etiladigan xodimlarning meʼyorlangan soni‎
I‎ 114,2‎ 1072,3‎ 0,93‎
II‎ 141,1‎ 867,9‎ 1,15‎
III‎ 201,6‎ 607,4‎ 1,65‎
10 metr chuqurlikdagi dyuker quduqlarini choʻkindilardan qoʻlda tozalash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan (ishlar 4 ta xodimdan iborat zveno tomonidan bajariladi) bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
4-jadval
Choʻkindilarning qalinligi (metrda)‎ Har 1 m3 uchun vaqt meʼyori (daqiqada)‎ Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda bitta xodim uchun bir yilga belgilangan meʼyor (m3 da)‎ Bir yilda 1000 m3 quyqalarni chiqarib tashlash ishlarini bajarish uchun talab etiladigan xodimlarning meʼyorlangan soni‎
0,5 gacha‎ 1088,6‎ 112,5‎ 8,9‎
0,5-0,8‎ 1149,1‎ 106,6‎ 9,4‎
0,8-1,1‎ 1276,8‎ 95,9‎ 10,4‎
1,1 – 1,4‎ 1397,8‎ 87,6‎ 11,4‎
1,4-1,7‎ 1518,7‎ 80,6‎ 12,4‎
1,7-2,0‎ 1639,7‎ 74,7‎ 13,4‎
Dyuker qudugʻining chuqurligi 10 metrdan kam boʻlgan hollarda har bir metr uchun xodimlar sonining meʼyori 5 % ga kamayadi. Quduq chuqurligi 10 metrdan ortiq hollarda har bir metr uchun xodimlarning meʼyorlangan soni 20% ga oshadi.
Masalan, dyuker qudugʻining chuqurligi 12 metrni tashkil etgan holda 1000 m2 choʻkindilarni chiqarib tashlash uchun talab etiladigan xodimlarning meʼyorlangan soni yiliga 18,8 kishini tashkil etadi (13,4 * 40%)
Ushbu meʼyorlarda dyuker quduqlarini tozalash boʻyicha barcha ishlar, jumladan asbob-uskunalarni tayyorlash ishlari hisobga olingan.
Dyuker quvurini 2,3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan choʻkindilardan qoʻlda tozalash ishlarini bajarish (ishlar 4 xodimdan iborat zveno tomonidan bajariladi) uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
5-jadval
Dyuker quvuri diametri (metrda)‎ Har 1 m3 uchun vaqt meʼyori (daqiqada)‎ Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda bitta xodim uchun bir yilga belgilangan meʼyor (m3 da)‎ Bir yilda 1000 m3 quyqalarni chiqarib tashlash ishlarini bajarish uchun talab etiladigan xodimlarning meʼyorlangan soni‎
1,0‎ 799,7‎ 153,1‎ 6,53
0,8‎ 887,0‎ 138,1‎ 7,24
0,5‎ 1014,7‎ 120,7‎ 8,3
10 metrdan oshgan har bir metr uchun xodimlarning meʼyorlangan soniga nisbatan 1,2 koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
Uzunligi 10 metr boʻlgan quvursimon koʻprikchalarni 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan choʻkindilardan tozalash ishlarini bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
6-jadval
Quvur diametri (metrda)‎ Har 1 m3 uchun vaqt meʼyori (daqiqada)‎ Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda bitta xodim uchun bir yilga belgilangan meʼyor (m3 da)‎ Bir yilda 1000 m3 quyuqalarni chiqarib tashlash ishlarini bajarish uchun talab etiladigan xodimlarning meʼyorlangan soni‎
250‎ 302,4‎ 404,9‎ 2,45‎
350‎ 255,4‎ 479,5‎ 2,1‎
500‎ 228,5‎ 535,9‎ 1,87‎
10 metrdan oshgan har bir metr uchun xodimlarning meʼyorlangan soniga nisbatan 1,2 koeffitsiyenti qoʻllaniladi
Tuproqni qoʻlda qazish, tuproqni yuklash va tushirish ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
7-jadval
Tuproq guruhi, avtomobil turi‎ Har 1 m3 uchun vaqt meʼyori (daqiqada)‎ Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda bitta xodim uchun bir yilga belgilangan meʼyor (m3 da)‎ Bir yilda 1000 m3 tuproq qazish ishlarini bajarish uchun talab etiladigan xodimlarning meʼyorlangan soni‎

I guruh, bortli a/m

33,6‎ 3644,6‎ 0,27‎

I guruh, samosval‎

34,9‎ 3508,9‎ 0,28‎

II guruh, bortli a/m‎

39,6‎ 3092,4‎ 0,32‎

II guruh, samosval‎

41,0‎ 2986,8‎ 0,33‎

III guruh, bortli a/m‎

51,7‎ 2368,7‎ 0,42‎

III guruh, samosval‎

54,4‎ 2251,1‎ 0,44‎
Asbob-uskunalarga yopishqoq tuproqni qazish, yuklash va tushirish ishlarini bajarish hollarida, shuningdek qotib ketgan tuproqni qazish ishlarini bajarishda xodimlarning meʼyorlangan soniga nisbatan: I guruh tuproqlari uchun 1,12 va boshqa guruh tuproqlari uchun 1,3 koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
Irrigatsiya tarmoqlarini mayda taʼmirlash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
8-jadval

Ishlar turi, tuproq guruhi‎

Har 1 m3 uchun vaqt meʼyori (daqiqada)‎ Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda bitta xodim uchun bir yilga belgilangan meʼyor (m3 da)‎ Bir yilda 1000 m3 quyqalarni tozalash ishlarini bajarish uchun talab etiladigan xodimlarning meʼyorlangan soni‎
Muzlagan tuproqni qazish‎
I guruh‎ 80,6‎ 1519,3‎ 0,66‎
II guruh‎ 120,9‎ 1012,9‎ 0,99‎
III guruh‎ 194,9‎ 628,3‎ 1,59‎
Muzlamagan tuproqni qazish‎
I guruh‎ 60,5‎ 2024,1‎ 0,49‎
II guruh‎ 87,4‎ 1387,4‎ 0,72‎
III guruh‎ 141,1‎ 867,9‎ 1,15‎
Muzlagan tuproqni pnevmatik bolgʻadan foydalangan holda qazish‎
I guruh‎ 151,2‎ 809,9‎ 1,23‎
II guruh‎ 171,4‎ 714,5‎ 1,40‎
III guruh‎ 225,1‎ 544,0‎ 1,84‎
Oldingi tahrirga qarang.
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA
Koʻkalamzorlashtirish ishlarida band boʻlgan koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi)lari tomonidan oʻsimliklar (koʻchatlar)ni ekish va ularni parvarish qilish uchun xodimlarning
MEʼYORLANGAN SONI

Ish turi

Oʻlchov birligi

Har 100 kv.m maydonga (100 metr) nisbatan yillik vaqt meʼyorlari, soat*

Ishlab chiqarish meʼyori (kishi/soat)

(1 bir/3 gr)

Har 1 ga (10 000 kv.m) maydonga xodimlar soni

(100 kv.m * 4gr)

Bitta xodim  bir yilda xizmat koʻrsatadigan meʼyor

(10 000 kv.m/5 gr)

Koʻkalamzorlashtirilgan maydon

(bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar hamda archa va bargli daraxtlar ekilgan maydonlar)

100 kv.m

31,25

0,032

3,20

3125 m2

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 10-fevraldagi 1989-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-yanvardagi 229-sonli qarori (roʻyxat raqami 1989-4, 07.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2025-y., 10/25/1989-4/0226-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
5-ILOVA
Asosiy ishlab chiqarish xodimlarining alohida lavozimlarini joriy etish shartlari

Lavozim nomlari, razryadlar diapazoni

Lavozimni joriy etish shartlari

Boshqarmalar uchun birliklarning meʼyorlangan soni

1.

Uchastka ustasi

30 — 40 ta ishchiga 1 ta birlik

Ishchilar sonidan kelib chiqib

2.

Brigadir

10 — 15 ta ishchiga 1 ta birlik

Ishchilar sonidan kelib chiqib

3.

Elektr-gaz payvandlovchi (1 — 6 razryadli gazpayvandlovchi, elektr payvandlovchi)

Ish smenasi davomida ish bilan taʼminlash darajasini hisobga olgan holda, payvand ishlarini bajarish zarurati

2,0

4.

2 — 6 razryadli elektr asbob-uskunalarini taʼmirlaydigan va ularga xizmat koʻrsatadigan elektr montyori

2 darajadan past boʻlmagan kamida 100 komplekt elektr jihozlarining mavjudligi

1,0

5.

2 — 5 razryadli elektrchi

500 birlik yoritish uskunalari uchun 1 ta birlik

Yoritish birliklarining sonidan kelib chiqib

6.

2 — 4 razryadli elektr motorlar motorchisi

100 ta birlik elektr motorlari uchun 1 ta birlik

Elektr motorlari birliklarining sonidan kelib chiqib

7.

4 — 6 razryadli sozlovchi-mexanik

Ish smenasi davomida ish bilan taʼminlanishini hisobga olgan holda metall va yogʻochga ishlov berish stanoklarining mavjudligi hollarida

1,0

8.

2 — 6 razryadli taʼmirlovchi chilangar

Muntazam ravishda taʼmirlash va sozlash talab etiladigan mexanizmlar mavjudligi hollarida

2,0

9.

2 — 5 razryadli barcha nomdagi chilangarlar

Taʼmirlanishi talab etiladigan mexanizmlar, mashinalar va agregatlarning mavjudligi hollarida

3,0

10.

2 — 5 razryadli avtochilangarlar

Har 10 ta birlik avtotransport vositalari uchun 1 ta birlik

Avtotransport vositalarining sonidan kelib chiqib

11.

2 — 4 razryadli stropachilar

1 ta birlik yuk koʻtarish jihozi (avtokran) uchun 1 ta birlik

Yuk koʻtarish jihozlarining sonidan kelib chiqib

12.

2 — 5 razryadli nasos qurilmasi mashinisti

1 ta birlik koʻchma yoki turgʻun nasos qurilmasi yoki 20 ta vertikal va kuzatuv quduqlari uchun 1 ta birlik

Nasos qurilmalari sonidan kelib chiqqan holda

13.

Duradgor, yogʻochga ishlov beruvchi

Smena davomida ish bilan taʼminlanganlikni hisobga olgan holda, duradgorlik va yogʻochga ishlov berish boʻyicha ish hajmlarining mavjudligi

2,0

14.

Mirob (ariq-drenaj tizimiga suv berishni tartibga soluvchi ishchi)

10 km ariq tizimi uchun 1 ta birlik

Ariq tizimining uzunligidan kelib chiqqan holda

15.

2 — razryadli akkumulyatorchi

100 ta akkumulyator batareyasi (avtomobillar, yuklash mashinalari va boshqalar uchun) uchun 1 ta birlik

Akkumulyatorlar sonidan kelib chiqqan holda

16.

Hududlarni tashqi bezatish ishchisi

Har 1000 m2 tashqi xizmat koʻrsatish boʻyicha ish hajmlariga 1 ta birlik

Tashqi xizmat koʻrsatish ish hajmlaridan kelib chiqqan holda

17.

Qabriston nazoratchisi

Qabristonda 1 ta birlik

1,0

18.

Qabriston qorovuli

Qabristonda (ishning smenaliligidan kelib chiqqan qolda) shahar va tuman markazlarida 3 — smena, qishloq aholi punktlarida 1 — smena.

3 smenada — 3 ta birlik. 1 smenada — 1 ta birlik.

19.

Dafn marosimi xizmatlari ishchisi

Bir kunda 3 ta koʻmish marosimi oʻtkazishda 1 ta birlik

Bir kunda oʻtkaziladigan koʻmish marosimlaridan kelib chiqqan holda

20.

Istirohat bogʻlari va bogʻlarda hojatxonalarni tozalovchi

1 — 3 ta pulsiz xizmat koʻrsatiladigan hojatxonalar uchun 1 ta birlik

Hojatxonalar sonidan kelib chiqqan holda

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Moliya vazirligining 2021-yil 19-iyuldagi 179-sonli va 41-sonli qarori (roʻyxat raqami 1989-2, 23.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 10/21/1989-2/0695-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 354-modda; 2013-y., 44-son, 581-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 10/21/1989-2/0695-son, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 03.06.2024-y., 10/24/1989-3/0394-son; 11.03.2025-y., 10/25/1989-4/0226-son; 23.04.2026-y., 10/26/1989-5/0412-son)