

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-245832" id="onLBC-245832">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6116"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;</span></div><div id="LBC6353"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-245832" id="onLS-245832">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;</span></div><div id="LS3697"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-395833" id="-395833">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-395834" id="-395834">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-395835" id="-395835">BOSHQARUV XODIMLARI SONINI TARTIBGA SOLISH VA ULARGA SARFLANADIGAN XARAJATLARNI MAQBULLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-395837" id="-395837"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395838" id="-395838">Barcha darajalardagi, birinchi navbatda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar ajratadigan mablagʻlar hisobiga taʼminlanadigan boshqaruv organlari xodimlarining amaldagi sonini oʻrganib chiqish natijasida xodimlar sonining asossiz ravishda oʻsishi hamda xodimlar soni koʻp boʻlgan boshqaruv apparati saqlanib kelinishi bilan bogʻliq salbiy holatlar aniqlandi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395839" id="-395839">Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa boshqaruv tuzilmalari rahbarlari har yili boshqaruv apparati qisqartirilishiga qaramay, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar sifatida hamon haddan tashqari ortiqcha kengaytirib yuborilgan boshqaruv xodimlariga egadirlar, ularning taʼminotiga ham budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, ham xoʻjalik yurituvchi subyektlarning daromadlaridan ajratiladigan mablagʻlar, koʻp hollarda xizmatlarga narxlar va tariflar oʻsishi hisobiga sarflanmoqda. Bunga shuningdek boshqaruv tuzilmalari xodimlarining cheklangan sonini xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni koʻrsatmasdan tasdiqlashning mavjud amaliyoti ham imkon bermoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395840" id="-395840">Masalan, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi apparati xodimlarining cheklangan soni 58 nafar etib belgilangani holda uning xodimlarining amaldagi umumiy soni bundan 2,4 baravar koʻpdir va 137 nafarni, shu jumladan xizmat koʻrsatuvchi xodimlar 79 nafarni tashkil etadi. “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo”, “Oʻzbekturizm” kompaniyalari, “Oʻzmashsanoat” uyushmasi, “Oʻzfarmsanoat” davlat konsernida ham ahvol xuddi shunday. Ularda xodimlarning amaldagi umumiy soni boshqaruv xodimlarining belgilangan sonidan 2 baravardan ortiqdir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395841" id="-395841">Boshqaruv organlari xodimlari sonini tartibga solish, mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, ular taʼminotiga sarf-xarajatlarni qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395842" id="-395842">1. Quyidagi tartib belgilansin, unga koʻra:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395843" id="-395843">ham budjet mablagʻlari, ham xoʻjalik faoliyatidan mablagʻ ajratish hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika va hududiy organlari xodimlarining cheklangan umumiy soni, maʼmuriy-boshqaruv xodimlari shu jumladan alohida ajratib koʻrsatilgan holda belgilangan tartibda tasdiqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395844" id="-395844">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqaruv organlari apparati xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soniga rioya qilinishi, uning oʻzgarishi dinamikasi va manbalaridan qatʼi nazar boshqaruv apparati taʼminotiga xarajatlarning monitoringini olib boradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395845" id="-395845">Vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa boshqaruv organlari rahbarlariga ular uchun belgilangan xodimlarning umumiy soni va ularning taʼminotiga cheklangan xarajatlar doirasida boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni nisbatini mustaqil belgilash huquqi berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395846" id="-395846">2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi barcha darajalardagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlari lavozimlari <a href="/mact/-846860">roʻyxatini </a>bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395847" id="-395847">3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395848" id="-395848">Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika va hududiy organlari boʻyicha boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni nisbatining hisoblab chiqilgan <a href="/mact/-846860">normativlarini</a> ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395849" id="-395849">2004-yil 1-yanvardan boshlab davlat budjeti hisobiga taʼminlanadigan boshqaruv organlarining xarajatlari smetasi va moliyalashtirilishini roʻyxatdan oʻtkazishni boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni nisbatining tasdiqlangan hisoblab chiqilgan normativlarini hisobga olgan holda mazkur qaror qoidalaridan kelib chiqib amalga oshirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395850" id="-395850">4. Soliq organlariga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy sonidan ortiqcha xodimlar saqlanishi aniqlangan taqdirda budjetdan taʼminlanadigan tashkilot boʻlmagan tegishli boshqaruv organlaridan qoʻshimcha ravishda saqlab kelingan xodimlar mehnatiga haq toʻlashning yillik fondi miqdorida jarima undirish huquqi berilsin. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5947644" id="edi-5947644"><a href="/mact/-245832?ONDATE=22.08.2003 00#-395851">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5947644" id="-5947644"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5947645" id="-5947645">Koʻrsatib oʻtilgan hollar davlat budjeti hisobiga taʼminlanadigan boshqaruv organlarida aniqlangan taqdirda ushbu tashkilotlar rahbarlari amaldagi qonunchilikka muvofiq maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5947646" id="-5947646">(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938157">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7210232" id="-7210232">Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining <a href="/mact/338490">175<sup>2</sup>-moddasi</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395852" id="-395852">5. Belgilansinki, davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan boshqaruv organlari tomonidan xodimlarning umumiy sonini qisqartirish natijasida tejalgan mablagʻ olib qoʻyilmaydi va ushbu organlarning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395853" id="-395853">6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395854" id="-395854">statistika hisoboti shakllariga mazkur qaror talablariga muvofiq axborot taqdim etilishini taʼminlovchi tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395855" id="-395855">moliya organlariga boshqaruv organlari xodimlari umumiy soni monitoringini olib borish uchun tegishli axborotni taqdim etsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395857" id="-395857">7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-395858" id="-395858">8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-395859" id="-395859">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-395860" id="-395860">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-395861" id="-395861">2003-yil 22-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-395862" id="-395862">363-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-395836" id="-395836">(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 134-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
