1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA OChILADIGAN BANK HISOBVARAQLARI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 20-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1948-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonunining 7 va 51-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (2009-yil 27-aprel, roʻyxat raqami 1948 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 18-son, 229-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 23-may,
16/1-son
Markaziy bank Boshqaruvining 2009-yil 23-maydagi 16/1-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Tadbirkorlik subyektlariga banklarda hisobvaraqlar ochish uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 barobari, qishloq joylarda esa eng kam oylik ish haqining 0,1 barobari miqdorida haq olinadi ”.
2. 10-banddagi “asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlar ochilganligi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organlariga va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
“18. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan asosiy hisobvaraqqa xizmat koʻrsatuvchi bankda jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun mazkur Yoʻriqnomaning ilovalarida keltirilgan tegishli shakldagi ariza taqdim qilinadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan jamgʻarma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun mazkur Yoʻriqnomaning ilovalarida keltirilgan tegishli shakldagi ariza va qoʻshimcha ravishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat shaxsan taqdim qilinadi.”.
“Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar boshqa banklarda ikkilamchi talab qilib olinguncha, muddatli, jamgʻarma depozit hisobvaraqlarini ochishda ham asosiy hisobvaraq ochish uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarni taqdim etishlari shart.”.
5. 31-bandning “a” kichik bandidagi “3-ilova” soʻzlari “2-ilova” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 55-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) tugatish ishlari tugallanganligi toʻgʻrisida maxsus komissiya tomonidan rasmiylashtirilgan bayonnoma;”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 300-modda)