toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.02.2022
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI HISOBVARAQLAR REJASIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 11-iyunda 773-27-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-sonli “Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3336, 26.11.2021-y.) asosan 2022-yil 27-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 va 51-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 17-iyuldagi 15/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”ga (2004-yil 13-avgust, roʻyxat raqami 773-17 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 32-son, 369-modda) ilovaga* muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-may,
15/I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 24-son, 278-modda)