1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Suverenitet. Konstitutsiya]
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON SSR KONSTITUTSIYASI (ASOSIY QONUNI)GA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1. Respublikaning amaldagi Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning va qonun hujjatlarining nomidagi hamda matnidagi “O‘zbekiston SSR” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 118-5-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“118-5-modda. Mudofaa masalalarida respublika siyosatini hayotga tadbiq etish, iqtisodiy mustaqillikni hamda ekologiya xavfsizligini mustahkamlash, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda holatlar oqibatlariga barham berish, jamiyatda barqarorlik va huquqiy tartibni ta’minlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huzurida Maslahat kengashi amal qiladi. Maslahat kengashiga O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti boshchilik qiladi. Maslahat kengashining vazifalari Maslahat kengashi to‘g‘risidagi Nizomda belgilab beriladi.
Maslahat kengashining a’zolari O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Maslahat kengashining majlislarida qatnashishga haqlidirlar”.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 30-sentabr,
364-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 11-son, 273-modda)