toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
INTERNET TARMOGʻIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING HUKUMAT PORTALIGA AXBOROTLARNI TAQDIM ETISH VA JOYLASHTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 20-yanvardagi PQ–1041-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 17-dekabrdagi 259-son qaroriga muvofiq hamda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtiriladigan axborotlarning haqqoniyligi, yaxlitligi va oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 54-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2025-y., 09/25/54/0099-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun Vazirlar Mahkamasi Apparati tarkibiy boʻlinmalari tomonidan axborotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-avgustdagi 680-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son)
2. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari:
ushbu qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan talablardan kelib chiqqan holda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun axborotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda tasdiqlasinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratori huzuridagi Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini axborotlar bilan taʼminlash va rivojlantirish guruhi tomonidan belgilangan muddatlarda va shakllarda axborotlarning taqdim etilishini taʼminlasinlar.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 17-dekabrdagi 259-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2007-y., 12-son, 71-modda) 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ushbu qarorning bajarilishi toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi majlislarida axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel,
116-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga
1-ILOVA
Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Axborotlar, tadbirlar, voqealar va boshqalar

Axborotning turi

Taqdim etish muntazamligi

Masʼullar

I. Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti

1.

Iqtisodiyot

Respublikaning iqtisodiy salohiyati, iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi va respublika iqtisodiyotini yanada rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (3-4 sahifada matn, tarmoqlar, mintaqalar boʻyicha respublika mustaqilligidan boshlab asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar jadvali, grafiklar, diagrammalar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunigacha

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

— Investorlar ishtirokida amalga oshirish moʻljallanayotgan loyihalar roʻyxati.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

2.

Aholi va mehnat bozori

Mintaqalar boʻyicha aholi soni va mehnat bozorining holati (1 sahifada matn, jadvallar va grafiklar).

Har yili 20-iyungacha

Milliy statistika qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

— Xorijiy ishchi kuchini jalb etish va yollash tartibi;

— Yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchini jalb etish yuzasidan ruxsatnomalar berish shartlari va tartibi.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

3.

Soliq va budjet siyosati

Davlat budjetining shakllantirilishi va ijrosi, respublika mustaqilligidan boshlab davlat moliyasini va soliqqa tortishni isloh qilishning asosiy bosqichlaridagi oʻzgarishlar, shuningdek fiskal siyosatni yanada takomillashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnoma (1 sahifada matn, jadvallar va grafiklar).

Bir yoʻla 31-maygacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi

— Moliyaviy nazorat va auditorlik faoliyati boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar;

— Budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan oʻzaro hisob-kitoblar tartibi;

— Soliq toʻlovchining yakka tartibdagi tartib raqamlarini roʻyxatdan oʻtkazish, berish va roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini oʻzgartirish yuzasidan arizalarni qabul qilish tartibi;

— Jismoniy va yuridik shaxslarni soliqqa tortish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar;
— Elektron soliq hisobotini qabul qilish va ishlash, elektron soliq hisobotini joʻnatish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibi;

— Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni davrlar boʻyicha nazorat organlari tomonidan tekshirishlarning reja-grafigi;

— Yuridik va jismoniy shaxslar uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning mavjud turlari;

— Soliq organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi;

— Mol-mulki sotilishi kerak boʻlgan iqtisodiy nochor xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxati.

Bir yoʻla 31-maygacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

4.

Sugʻurta tizimi

Sugʻurta bozorining holati va uni rivojlantirish toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnoma (1 sahifada matn, jadvallar va grafiklar).

— Eksportni sugʻurta qilish tartibi va qoidalari;

— Eksport kreditlari va investitsiyalarni sugʻurta qilish tartibi;

— Tashqi savdo operatsiyalari tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish tartibi;

— Fuqarolarning mol-mulkini sugʻurta qilish tartibi;

— Avtotransportni sugʻurta qilish tartibi;

— Baxtsiz hodisalardan sugʻurta qilish tartibi;

— Javobgarlikni sugʻurta qilish tartibi;

— Yuklarni sugʻurta qilish tartibi;

— Qurilish-montaj ishlarini sugʻurta qilish tartibi.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Moliya vazirligi, “Oʻzbekinvest” eksport-importni sugʻurta qilish milliy kompaniyasi

5.

Pul-kredit siyosati va bank tizimini isloh qilish

Pul-kredit siyosati, bank tizimini isloh qilish boʻyicha oʻtkazilgan tadbirlar, shu jumladan yuridik va jismoniy shaxslarga bank xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi axborot
(3 sahifada matn, pul-kredit siyosati asosiy koʻrsatkichlari va bank tizimi koʻrsatkichlari jadvali, grafiklar, diagrammalar, fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 15-kunigacha

Markaziy bank, tijorat banklari

— Banklar, pul omonatlari toʻgʻrisidagi axborot;

— Kredit (isteʼmol, ipoteka va boshqalar) olish tartibi va qoidalari.

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunigacha

6.

Investitsiya salohiyati

Respublikaning investitsiya salohiyati, shuningdek investorlar uchun imkoniyatlar, imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (3 sahifada matn, joriy vaziyat koʻrsatilgan holda amalga oshirilgan loyihalar va ustuvor investitsiya loyihalari jadvallari, fotomateriallar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunigacha

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzinfoinvest” agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

— Yillar boʻyicha xorijiy investitsiyalar hajmi.

Har yili 30-yanvargacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

7.

Import va eksport

Respublikaning tashqi savdo salohiyati, shuningdek eksportchilar uchun imkoniyatlar, imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (3 sahifada matn, respublika mustaqilligidan boshlab tashqi savdoning tarmoqlar, mintaqalar va sherik mamlakatlar boʻyicha asosiy koʻrsatkichlari jadvali, grafiklar va fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 30-kunigacha

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi

— Yillar boʻyicha tashqi savdo aylanmasi hajmi

Har yili 30-yanvargacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Eksport-import operatsiyalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi qisqacha axborot (1 sahifada matn)

Bir yoʻla 31-maygacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

8.

Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish

Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi davlat siyosati, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot va moliya institutlari, xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan savdo, iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni Oʻzbekiston iqtisodiyotiga jalb etish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnoma (4-5 sahifada matn, jadvallar, diagrammalar, fotomateriallar).

Har yili 30-yanvargacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

— Yillar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan import-eksport hajmlari.

Har yili 30-yanvargacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi

9.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish

Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, isteʼmolchilarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha tavsiyalar berish ishlarining ahvoli toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnoma (3 sahifada matn, grafiklar va fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 15- kunigacha

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

10.

Xalqaro aloqalarni rivojlantirish

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro aloqalari, xalqaro tashkilotlarga aʼzoligi va xalqaro shartnomalarda qatnashishi toʻgʻrisidagi axborot (3-4 sahifada matn). Axborotga quyidagilar ilova qilinadi: Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik munosabatlar oʻrnatgan mamlakatlar roʻyxati; Toshkentdagi diplomatik korpus toʻgʻrisidagi axborot; Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik va konsullik muassasalari, vakolatxonalari va savdo uylarining rahbarlari va bogʻlanish maʼlumotlari koʻrsatilgan roʻyxati.

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

— Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik, oila va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida amaldagi xalqaro shartnomalari haqidagi maʼlumotlar.

Har yili 20-yanvargacha va bitim imzolangan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

11.

Tadbirkorlik va kichik biznes

Xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni rivojlantirish, tadbirkorlar uchun imkoniyatlar, imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnoma (2-3 sahifada matn, tarmoqlar va mintaqalar boʻyicha xususiy tadbirkorlik va kichik biznes mahsulotlarining oʻsish koʻrsatkichlari jadvali, grafiklar, diagrammalar va fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunigacha

Savdo-sanoat palatasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

— Xususiy tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati;

— Xususiy tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi;

— Xususiy tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tartibi;

— Xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun soliq imtiyozlari;

— Xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun litsenziyalanishi kerak boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati;

—Xususiy tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibi.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

— Kichik biznes subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati;
— Kichik biznes subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi;

— Kichik biznes subyektlari uchun soliq imtiyozlari;

— Kichik biznes subyektlarini soliqqa tortish tartibi;

— Kichik biznes subyektlarini tugatish tartibi.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

— Yirik biznes subyektlarini va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati;

— Yirik biznes subyektlari va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;

Yirik biznes subyektlarini va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortish tartibi;

— Yirik biznes subyektlarini va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tugatish tartibi.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

12.

Qimmatli qogʻozlar bozori

Qimmatli qogʻozlar bozorining holati va uni rivojlantirish toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnoma (1 sahifada matn, jadvallar va grafiklar).

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

— Qimmatli qogʻozlarni savdolarga qoʻyish qoidalari;

— Savdolarga qoʻyilgan qimmatli qogʻozlar roʻyxati;

— Qimmatli qogʻozlar bozorida tartibga solish;

— Qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatning har xil turlarini litsenziyalash.

13.

Ijtimoiy muhofaza qilish

Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning holati, ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi islohotlarning asosiy bosqichlari va uni yanada takomillashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnoma (3 sahifada matn, mintaqalar boʻyicha respublika mustaqilligi boshidan aholini ijtimoiy muhofaza qilish asosiy koʻrsatkichlari jadvali, grafiklar va fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

14.

Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtish

Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni va uni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari, qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, baholash va brokerlik faoliyatini rivojlantirish toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnoma (3 sahifada matn, mintaqalar va tarmoqlar boʻyicha obyektlarni xususiylashtirish jadvali, grafiklar va fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

15.

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari

Axborotnoma, jadvallar va grafiklar.

Har chorakda, majlis oʻtkazilgandan keyin bir kun muddatda

Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti

16.

Ishga joylashtirish

Mehnat bozorining holati, aholini ishga joylashtirish, qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborot (3 sahifada matn, jadvallar va grafiklar).

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

— Fuqarolarning bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga murojaat qilish tartibi;

— Respublika bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish shahar markazlarining bogʻlanish maʼlumotlari;

— Buyurtmanomalarni koʻrib chiqish tartibi, ishga qabul qilish shartlari.

17.

Fuqarolarning alohida toifalarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ishga joylashtirish

Fuqarolarning alohida toifalarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ishga joylashtirishning holati, ular uchun qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etish toʻgʻrisidagi axborot (3 sahifada matn, jadvallar va grafiklar).

— Ishga joylashtirishning belgilangan kafolatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

— Aholining alohida toifasiga kiradigan shaxslar roʻyxati;

— Kam taʼminlangan fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish dasturi, ularga koʻrsatilayotgan yordam;

— Kam taʼminlangan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha masʼul boʻlgan davlat hokimiyati organlari.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

18.

Ishsiz deb eʼtirof etish

Fuqarolarni ishsiz sifatida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi;

— Ishsizlik boʻyicha nafaqalar toʻlash shartlari va muddatlari;

— Ish yoʻqotilgan taqdirdagi ijtimoiy kafolatlar.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

19.

Fuqarolarning pensiya taʼminoti

— Davlat pensiyalarining turlari va pensiyaga chiqish huquqini olish shartlari;

— Pensiyalarni hisoblash tartibi;

— Ish staji uchun pensiyalarni oshirish va pensiyaga ustamalar olish tartibi.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

20.

Mehnat migratsiyasi

— Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda kasb faoliyatini amalga oshirish tartibi;

— Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish;

— Xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

21.

Jamoat istirohat bogʻlari

Jamoat istirohat bogʻlari toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar (1 sahifada matn, jadvallar va grafiklar, fotosuratlar, videomateriallar).

Har yili

Mahalliy davlat hokimiyati organlari

— Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi jamoat istirohat bogʻlari;

— Maʼlumotlar uchun telefonlar va joylashgan manzili.

20-yanvargacha

22.

Hayvonot bogʻlari, davlat qoʻriqxonalari, tabiat yodgorliklari

Hayvonot bogʻlari, davlat qoʻriqxonalari, tabiat yodgorliklari toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar (1 sahifada matn, jadvallar va grafiklar, fotosuratlar, videomateriallar).

— Respublikadagi yirik hayvonot bogʻlari, davlat qoʻriqxona zonalari, tabiat yodgorliklari;

— Maʼlumotlar uchun telefonlar va joylashgan manzili.

Har yili 20-yanvargacha

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi

221.

Turizm

Miqdor va sifat koʻrsatkichlari bilan respublikaning turistik salohiyati toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (1 betli matn, jadvallar, grafiklar va fotografiyalar).

Har yili hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasigacha

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Toshkent shahri va viloyatlar markazlaridagi mehmonxonalarning tariflari, xizmatlari, mavjud joylari koʻrsatilgan holda; Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva va boshqa shaharlardagi respublikaning diqqatga sazovor va tarixiy joylari; Respublikaning turistik agentliklari; Koʻrgazmalar; Festivallar va yarmarkalar; Investitsiya salohiyati va turizmni rivojlantirish.

Har oyda hisobot oydan keyingi oyning 10-sanasigacha va koʻrgazmalar va yarmarkalar boshlanishiga qadar 5 kun oldin

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

222.

Diqqatga sazovor joylar

Fotografiyalar, qisqa tarixiy maʼlumotnomalar, shuningdek ularni kelib koʻrishni xohlovchilar uchun foydali axborotlar koʻrsatilgan Respublika hududida joylashgan diqqatga sazovor joylar toʻgʻrisida maʼlumotnoma (3 betli matn, asosiy diqqatga sazovor joylar joylashgan joylari va ularning fotografiyalari, asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklari roʻyxati koʻrsatilgan respublika kartasi)

Har yili hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasigacha

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi

II. Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti

23.

Geografiya

Oʻzbekiston toʻgʻrisidagi geografik maʼlumotnoma (1 sahifada matn, respublikaning geografik xaritasi).

Har yili hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi

24.

Ekologiya

Miqdor va sifat koʻrsatkichlari bilan birga respublika ekologiyasi, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (1 sahifada matn, respublikaning ekologik xaritasi, jadvallar, grafiklar va fotosuratlar).

Har yili hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

25.

Ob-havo

Viloyatlar markazlari boʻyicha asosiy iqlim indikatorlari toʻgʻrisidagi axborot (1 sahifada matn, havoning oʻrtacha yillik haroratlari grafigi va yogʻingarchiliklarning yillik miqdori hamda ularning bazaviy normalardan tafovutlari).

Har yili hisobot yilidan keyingi oyning 5-kunigacha

Gidrometeorologiya xizmati markazi

1 va 2 — 5 sutka uchun ob-havo maʼlumoti.

Har kuni

Gidrometeorologiya xizmati markazi

26.

Qishloq xoʻjaligi

Qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning natijalari, mintaqalar boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari asosiy turlarini yetishtirishning holati toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnoma (3 sahifada axborot, jadvallar, diagrammalar va rasmlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 15-kunigacha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fermer xoʻjaliklari uyushmasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

27.

Fermer xoʻjaligini rivojlantirish

Fermer xoʻjaligining holati va uni rivojlantirish, fermer xoʻjaliklarining yer resurslari, yillar boʻyicha qishloq xoʻjaligiga investitsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (2 sahifada matn, jadvallar va grafiklar).

Har yili 20-yanvargacha va bitim imzolangan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fermer xoʻjaliklari uyushmasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi

28.

Paxta tozalash sanoati

Paxta tozalash tarmogʻining holati, uning faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari, mustaqillik yillarida tarmoqni rivojlantirish, paxta tozalash sanoatini modernizatsiyalash boʻyicha kompleks dasturning amalga oshirilishi, paxta tolasi sifatini oshirish toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnoma (3 sahifada matn, diagramma va grafiklar, fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 15-kunigacha

“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzstandart” agentligi”

29.

Don mahsulotlari tarmogʻi

Davlat resurslaridagi dondan va uni qayta ishlash mahsulotlaridan oqilona foydalanish, don mahsulotlarini qabul qilib olish, saqlash va qayta ishlashda sifatning taʼminlanishi toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnoma (3 sahifada matn, tarmoqning statistik koʻrsatkichlari, diagrammalar va grafiklar, fotomateriallar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Oʻzdonmahsulot” AK

Dondan va uni qayta ishlash mahsulotlaridan oqilona foydalanilishini davlat tomonidan nazorat qilish, donni oʻrib-yigʻish va tayyorlash vaqtida don sifatini tekshirish tartibi va muddatlari, respublika ichida tashishda don va uni qayta ishlash mahsulotlarini hamda import-eksport operatsiyalarini tekshirish (3 sahifada matn, jadvallar, diagrammalar va grafiklar, fotomateriallar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

30.

Vino ishlab chiqarish tarmogʻi

Respublika vino ishlab chiqarish tarmogʻining holati va uni rivojlantirish, tarmoqni tartibga solishning normativ-huquqiy bazasi roʻyxati toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnoma (3 sahifada matn, mahsulot hajmlari koʻrsatkichlari jadvallari, diagramma va grafiklar, fotomateriallar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi

31.

Yogʻ-moy sanoati

Respublikaning yogʻ-moy sanoatidagi ishlarning holati, tarmoqni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati, tarmoqni rivojlantirish boʻyicha imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnoma (3 sahifada matn, mustaqillik boshidan rivojlanish koʻrsatkichlari grafiklari, fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi”

32.

Goʻsht-sut sanoati

Respublikaning goʻsht-sut sanoatidagi ishlarning holati, tarmoqni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati, tarmoqni rivojlantirish boʻyicha imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnoma (3 sahifada matn, mustaqillik boshidan rivojlanish koʻrsatkichlari grafiklari, fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK

34.

Yengil sanoat

Yengil sanoatdagi ishlarning holati, yengil sanoatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari, tarmoqni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, tarmoqni rivojlantirish boʻyicha imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnoma (3 sahifada matn, mustaqillik boshidan rivojlanish koʻrsatkichlari grafiklari, fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

35.

Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning aylanishini nazorat qilish

Narkotik vaziyat, narkotik vositalar va psixotrop moddalar va prekursorlarning ham milliy, ham xalqaro darajalarda noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishni tashkil etishni takomillashtirish masalalari boʻyicha tahliliy materiallar (3 sahifada matn, jadvallar, grafiklar va fotosuratlar).

Har yili 25-maygacha va 25-oktabrgacha

Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi

III. Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti

36.

Transport va kommunikatsiyalar

Iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tashuvlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil, daryo, havo va temir yoʻl transportini rivojlantirish, transport xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnoma (3 sahifada matn, jadvallar, grafiklar va fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” kompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi, Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi

Miqdor va sifat koʻrsatkichlari bilan birga respublika transport kommunikatsiyalari, shuningdek mahalliy va xalqaro tashuvlar uchun respublika transport kommunikatsiyalaridan foydalanish imkoniyatlari toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotnoma (3 sahifada matn, respublikani boshqa mamlakatlar bilan bogʻlovchi asosiy transport kommunikatsiyalari koʻrsatilgan holdagi respublika xaritasi, jadvallar,gafiklar va fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Oʻzavtoyoʻl” kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” kompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi

Parvozlar va temir yoʻl tashuvlari xavfsizligini taʼminlash normativlari va qoidalari, gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan xavfsiz foydalanish qoida va normalari, Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari holatining tahlili (3 sahifada matn, jadvallar, grafiklar va fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Davavianazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” davlat inspeksiyasi

Transport kommunikatsiyalarining holati toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlar.

Har yili 20-iyungacha

Milliy statistika qoʻmitasi

— Shahar, shaharlararo va xalqaro avtotransportda yoʻlovchilar tashish yuzasidan tenderlar tashkil etish va oʻtkazish;

— Ochiq tenderlarda qatnashish tartibi.

Har yili 20-yanvargacha

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

— Toshkentdan viloyatlar va tumanlar markazlarigacha boʻlgan yoʻllarning uzunligi.

Har yili 20-yanvargacha

“Oʻzavtoyoʻl” DAK

— Respublika temir yoʻllari xaritasi; Aviachiptalar va temir yoʻl chiptalarini bron qilish tartibi;

— Chiptalarni topshirish tartibi;

— Aviachiptalar va temir yoʻl chiptalarini roʻyxatdan oʻtkazish, bojxona va pasport nazoratidan oʻtish tartibi;

— Aviaqatnovlar va temir yoʻl poyezdlarida bagaj tashish tartibi.

Har yili 20-yanvargacha

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK

— Mahalliy va xalqaro temir yoʻllar va avtotransportda yoʻlovchilar tashish harakati jadvalini, vokzallar, aeroportlarning maʼlumotnoma xizmatlari roʻyxatini taqdim etish.

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK

— Qatnovlar jadvali va ularda oʻrinlar mavjudligi, tariflar, aviakompaniya tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati, “Toshkent xalqaro aeroporti”ga havo kemalarining qoʻnishi va uchishi tablosi.

Har kuni

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK

— Avtotransport faoliyatini tartibga solish va boshqarish tartibi;

— Avtomobilda tashishlarni litsenziyalash;

— Yoʻlovchilar tashish avtomobil yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

— Avtomobil xizmatlari koʻrsatish tartibi;

— Avtovokzallarning maʼlumotlar berish xizmatlari roʻyxati.

Har yili 20-yanvargacha va bitim imzolangan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

37.

Shaharsozlik

Kapital qurilishdagi iqtisodiy islohotlar toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 2 sahifada, fotosuratlar).

— Shaharsozlik masalalari boʻyicha ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan normativ hujjatlar roʻyxati;

— Respublika aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

Qurilish vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

38.

Qurilish industriyasi

Qurilish industriyasida ishlarning holati, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida islohotlarning asosiy bosqichlari va rejalar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumot (matn 2 sahifada, grafiklar va fotosuratlar).

— Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda qurilish biznesini rivojlantirish koʻrsatkichlari.

Har yili 20-yanvargacha va bitim imzolangan kundan boshlab 2 kun mobaynida

“Oʻzqurilishmateriallari” AJ

39.

Uy-joy-kommunal xoʻjaligi

Uy-joy-kommunal xoʻjaligida ishlarning holati, uy-joy-kommunal xoʻjaligida islohotlarning asosiy bosqichlari va xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, kommunal xizmatlardan foydalanuvchilarga yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar (matn 2 sahifada, grafiklar va fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 15-kunigacha

“Oʻzkommunxizmat” agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorida ishlarning bexatar olib borilishini davlat tomonidan nazorat qilishni taʼminlash boʻyicha ishlarning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (matn 2 sahifada, grafiklar, diagrammalar, fotomateriallar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 15-kunigacha

“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi

— Isteʼmol qilingan gaz uchun haq toʻlash tartibi;

— Gaz isteʼmolini hisoblagichlarni oʻrnatish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

— Gaz isteʼmolchilari bilan ishlash boʻyicha shahar xizmatlari telefonlari raqami;

— Gaz isteʼmolchisini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish tartibi;

— Gaz isteʼmolchisini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish uchun talab qilinadigan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va olish tartibi;

— Gaz isteʼmolchisini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida toʻldirilishi zarur boʻlgan barcha shakllar.

— Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan gaz isteʼmoli uchun tariflar;

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

“Oʻztransgaz” kompaniyasi

— Issiq suv taʼminoti xizmatlari va isitish xizmatlari uchun haq toʻlash tartibi;

— Issiq suv taʼminoti isteʼmoli hisoblagichlar oʻrnatish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

— Issiq suv taʼminoti isteʼmolchilari bilan ishlash boʻyicha shahar xizmatlarining telefonlari raqamlari;

— Issiq suv taʼminoti isteʼmolchisini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish tartibi;

— Issiq suv taʼminoti isteʼmolchisini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish uchun talab qilinadigan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va olish tartibi;

— Issiq suv taʼminoti isteʼmolchisini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida toʻldirish zarur boʻlgan barcha shakllar;

— Yuridik va jismoniy shaxslar uchun issiq suv taʼminoti xizmatlari uchun tariflar;

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Mahalliy davlat hokimiyati organlari

— Elektr tarmogʻi xizmatlari uchun haq toʻlash tartibi;

— Elektr energiyasi isteʼmoli hisoblagichlari oʻrnatish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

— Elektr energiyasi isteʼmolchilari bilan ishlash boʻyicha shahar xizmatlari telefonlari raqamlari;

— Elektr energiyasi isteʼmolchisini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish tartibi;

Elektr energiyasi isteʼmolchisini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish uchun talab qilinadigan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va olish tartibi;

Elektr energiyasi isteʼmolchisini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida toʻldirilishi zarur boʻlgan barcha shakllar;

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan elektr energiyasidan foydalanganlik uchun tariflar;

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

“Oʻzbekenergo” DAK

— Axlatni chiqarib tashlash xizmatlari uchun haq toʻlash tartibi;

— Axlatni chiqarib tashlash xizmatlari isteʼmolchilari bilan ishlash boʻyicha shahar xizmatlari telefonlari raqamlari;

Axlatni chiqarib tashlash xizmatlari isteʼmolchisini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish tartibi;

— Axlatni chiqarib tashlash xizmatlari isteʼmolchisini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish uchun talab qilinadigan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va olish tartibi;

— Axlatni chiqarib tashlash xizmatlari isteʼmolchisini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida toʻldirilishi zarur boʻlgan barcha shakllar;

— Foydalanuvchilarning barcha toifalari uchun axlat chiqarib tashlanishi uchun tariflar;

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Mahalliy davlat hokimiyati organlari

— Sovuq suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun haq toʻlash tartibi;

— Sovuq suv taʼminoti isteʼmoli hisoblagichlar oʻrnatish shartlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;

— Sovuq suv taʼminoti isteʼmolchilari bilan ishlash boʻyicha shahar xizmatlari telefonlari raqamlari;

— Sovuq suv taʼminoti isteʼmolchisini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish tartibi;

— Sovuq suv taʼminoti isteʼmolchisini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish uchun talab qilinadigan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va olish tartibi;

— Sovuq suv taʼminoti isteʼmolchisini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida toʻldirilishi zarur boʻlgan barcha shakllar;

— Yuridik va jismoniy shaxslar uchun sovuq suv taʼminoti xizmatlari uchun tariflar.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, “Oʻzkommunxizmat” agentligi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boʻyicha)

40.

Kommunal xizmatlar tariflari

Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va tasdiqlash tartibi

20-yanvargacha bir marta va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Moliya vazirligi

IV. Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari ATD

41.

Energetika

Energetika ishlarining holati, islohotlarning asosiy bosqichlari, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, isteʼmolchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumot (matn 1 sahifada, grafiklar va fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi

42.

Neft-gaz tarmogʻi

Neft-gaz tarmogʻida ishlarning holati, islohotlarning asosiy bosqichlari hamda mahsulot sifatini yanada yaxshilash va aholini yoqilgʻi-moylash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar, isteʼmolchilar uchun mavjud imkoniyatlar, yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 1 sahifa, grafiklar va fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Oʻzbekneftgaz” MXK

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning:

— neft-gaz va gaz kondensati qazib olish, qayta ishlash va sotish;

— magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlari qurish, foydalanish va taʼmirlash;

— avtomobil gaz toʻldirgich kompressor stansiyalari orqali suyultirilgan tabiiy gazni sotish;

— avtomobil gaz toʻldirgich stansiyalari orqali suyultirilgan uglevodorod gazni sotish;
— avtomobilga yoqilgʻi quyish stansiyalari va moy almashtirish punktlari orqali neft mahsulotlari sotish;

— neft mahsulotlari sotish (neft mahsulotlarini avtomobilga yoqilgʻi quyish stansiyalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari);

— boʻyicha faoliyatga litsenziya olish uchun xulosalar berish tartibi.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirishlar kiritishiga qarab

“Oʻzdavneftgazinspeksiya”

43.

Tabiiy resurslar

Miqdor va sifat koʻrsatkichlari, shuningdek respublikaning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar bilan birgalikda ular toʻgʻrisida qisqacha axborot (matn 1 sahifa, respublika tabiiy resurslari xaritasi, jadvallar, grafiklar va fotosuratlar).

31-maygacha bir marta, oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi

44.

Koʻmir sanoati

Koʻmir sanoatida ishlarning holati, tarmoqni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, tarmoqni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi, tarmoqqa investitsiyalarni jalb etish toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 3 sahifada, qazib olish koʻrsatkichlari, diagrammalar, grafiklar va fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Oʻzbekkoʻmir” OAJ

45.

Metallurgiya sanoati

Metallurgiya sanoatida ishlarning holati, tarmoqni tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar, tarmoqni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi, mahsulot ishlab chiqarish hajmlari, metall prokati ishlab chiqarish, tarmoqqa investitsiyalarni jalb etish toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 3 sahifada, korxonalar boʻyicha metall prokati ishlab chiqarish koʻrsatkichlari, diagrammalar, grafiklar va fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi, Oʻzbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi AJ, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati

46.

Kimyo sanoati

Respublika kimyo sanoatida ishlarning ahvoli, tarmoqni tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar, tarmoqni rivojlantirish boʻyicha imtiyozlar va preferensiyalar (matn 3 sahifada, mustaqillikdan boshlab rivojlanish koʻrsatkichlari bilan birgalikda grafiklar va fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Oʻzkimyosanoat” DAK

V. Mashinasozlikni, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari ATD

47.

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish

Standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasida ishlarning holati, standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari, standartlashtirish va sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 3 sahifada, yangi standartlar roʻyxati, fotosuratlar).

Qoʻshilishiga qarab, biroq yil choragida kamida bir marta hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha

“Oʻzstandart” agentligi

48.

Avtomobilsozlik

Avtomobilsozlik sohasida ishlarning holati, avtomobilsozlik tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 3 sahifada, mustaqillikdan boshlab rivojlanish koʻrsatkichlari bilan birgalikda jadvallar, fotosuratlar).

Qoʻshilishiga qarab, biroq yil choragida kamida bir marta hisobot oyidan keyingi oyning 5- kunigacha

“Oʻzavtosanoat” AK

49.

Qishloq xoʻjalik mashinasozligi

Qishloq xoʻjalik mashinasozligi sohasida ishlarning holati, qishloq xoʻjalik mashinasozligi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 3 sahifada, mustaqillikdan boshlab rivojlanish koʻrsatkichlari bilan birgalikdajadvallar, fotosuratlar).

Qoʻshilishiga qarab, biroq yil oragida kamida bir marta hisobot oyidan keyingi oyning 5- kunigacha

“Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ, “Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ, “Agregat zavodi” AJ, “Texnolog” AJ

50.

Samolyotsozlik

Samolyotsozlik sohasida ishlarning holati, samolyotsozlik tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 3 sahifada, mustaqillikdan boshlab rivojlanish koʻrsatkichlari bilan birgalikda jadvallar, fotosuratlar).

Qoʻshilishiga qarab, biroq yil choragida kamida bir marta hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha

“V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” DAJ

51.

Elektrotexnika sanoati

Radioelektron, elektrotexnika sanoati va priborsozlikda ishlarning holati, elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari, tarmoqni tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatni takomillashtirish, tarmoqni rivojlantirish boʻyicha imtiyozlar va preferensiyalar (matn 3 sahifada, mustaqillikdan boshlab rivojlanish koʻrsatkichlari bilan birgalikda grafiklar, fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Oʻzeltexprom” uyushmasi

VI. Madaniyat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti

52.

Tarixiy maʼlumot

Oʻzbekiston tarixi boʻyicha asosiy tarixiy voqealarni va mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining shakllanishi bosqichlarini yoritadigan tarixiy maʼlumot (matn 2 sahifada, grafiklar va fotosuratlar).

Har yili hisobot davridan keyingi oyning 10- kunigacha

Fanlar akademiyasi, Davlat boshqaruvi akademiyasi

53.

Din

Dindorlar va diniy muassasalarning umumiy miqdor va sifat koʻrsatkichlari bilan birgalikda respublikada diniy eʼtiqod erkinligini taʼminlash boʻyicha ishlarning holati toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 1 sahifada, jadvallar va fotosuratlar).

Har yili hisobot davridan keyingi oyning 10-kunigacha

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Toshkent islom universiteti

56.

Sogʻliqni saqlash

Sogʻliqni saqlash boʻyicha ishlarning holati, sogʻliqni saqlash sohasida islohotlarning asosiy bosqichlari va uni yanada takomillashtirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar, sogʻliqni saqlash sohasidagi imkoniyatlar, imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 3 sahifada, mintaqalar boʻyicha respublika mustaqilligidan boshlab sogʻliqni saqlashning asosiy koʻrsatkichlari jadvali, grafiklar, fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunigacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi

57.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati

Respublikada amalga oshirilayotgan sanitariya-epidemiologiya tadbirlari toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 1 sahifada, jadvallar va grafiklar). Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshirish tartibi.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

58.

Farmakologiya

Respublika farmatsevtika sanoatida ishlarning holati, dori-darmonlar importi va eksporti, tarmoqni tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar, tarmoqni rivojlantirish boʻyicha imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 3 sahifada, mustaqillikdan boshlab rivojlanish koʻrsatkichlari bilan birgalikda grafiklar va fotosuratlar).

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

— Farmakologiya sohasidagi rivojlanish va yutuqlar sharhi;

— Dori-darmonlar va tibbiyot uskunalari ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari;

— Farmatsevtika industriyasi tarmogʻiga investitsiya qoʻyish;

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Oʻzfarmsanoat” farmatsevtika sanoati davlat-aksiyadorlik konserni

Dori-darmonlar bilan taʼminlash sohasida davlat siyosati (matn 2 sahifada, jadvallar va fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Dori-darmon” AK

59.

Birinchi tibbiy yordam

Birinchi tibbiy yordam koʻrsatishning holati va koʻriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 1 sahifada, jadvallar va grafiklar)

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

— Davolanishga va birinchi zarur tibbiy yordam olishga boʻlgan huquq;

— Hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida toʻldirish zarur boʻlgan barcha shakllar;

— Maʼlumotnoma-axborot

60.

Davolash va bolalarni bepul emlash

Bolalarni dori preparatlari bilan davlat tomonidan taʼminlash shartlari, ijtimoiy turkumning bir qismi sifatida bepul davolash va profilaktika toʻgʻrisida maʼlumotlar (matn 2 sahifada, jadvallar va grafiklar, fotosuratlar)

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

61.

Sogʻliqni saqlash muassasalari

Sogʻliqni saqlash muassasalarining soni va holati, respublikada sogʻliqni saqlashni yaxshilash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 3 sahifada, jadvallar va grafiklar, fotosuratlar).

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

— Yirik tibbiyot muassasalari roʻyxati, ularning faoliyati ixtisosligi;

— Kasalxonalar, poliklinikalar, klinikalar, ilmiy-tekshirish institutlari roʻyxati;

— Aloqa qilish uchun maʼlumotlar.

62.

Tibbiy sugʻurta

Tibbiy sugʻurtadan foydalanish shartlari toʻgʻrisida maʼlumotlar (matn 1 sahifada, jadvallar va grafiklar).

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasi

— Tibbiy maʼlumotnoma olish uchun talab qilinadigan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va olish tartibi;

— tibbiy maʼlumotnoma olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida toʻldirish zarur boʻlgan barcha shakllar;

— tibbiy sugʻurta xizmatlari koʻrsatadigan sugʻurta kompaniyalari roʻyxati.

63.

Sanatoriy-kurortda davolash

Sanatoriy-kurortda davolash sohasida yaratilgan shart-sharoitlar, yirik sanatoriy-davolash muassasalari roʻyxati, ularning davolash yoʻnalishlari, xususiyatlari, jihozlanganligi va hokazolar (matn 1 sahifada, jadvallar va grafiklar, fotosuratlar).

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

64.

Sogʻliqni saqlash tarmogʻida maʼlumot beruvchi axborot

— Aloqa qilish uchun maʼlumotlar;

— Roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalari toʻgʻrisida maʼlumot berish;

— Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining oʻquv muassasalari toʻgʻrisida maʼlumot berish;

— Sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish toʻgʻrisida maʼlumot berish.

65.

Fan

Respublikaning ilmiy salohiyati, fanni rivojlantirish sohasidagi islohotlarning asosiy bosqichlari, fan sohasidagi imkoniyatlar, imtiyozlar va preferensiyalar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 3 sahifada, fan sohasi asosiy koʻrsatkichlari jadvali).

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi

66.

Taʼlim

Taʼlim sohasini rivojlantirish, taʼlimdagi islohotlarning asosiy bosqichlari, taʼlim sohasidagi imkoniyatlar, imtiyozlar va preferensiyalar, oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishda test sinovi oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot. Abituriyentlar uchun foydali maʼlumotlar (matn 3 sahifada, tarmoqlar va mintaqalar boʻyicha respublika mustaqilligidan boshlab taʼlim sohasining asosiy koʻrsatkichlari jadvali, grafiklar va fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Davlat test markazi

Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim tizimi.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

67.

Maktabgacha taʼlim

Maktabgacha taʼlimning holati va uni yaxshilash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 1 sahifada, jadvallar va grafiklar, fotosuratlar).

— Bolani maktabgacha muassasalarga joylashtirishga qoʻyiladigan asosiy talablar va uning tartibi;

— Maktabgacha muassasalarda hujjatlarni rasmiylashtirish uchun zarur shakllar;

— Maktabgacha tarbiya muassasalari bilan ishlash boʻyicha xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining axborot xizmatlari telefonlari;

— Toshkent shahrining maktabgacha muassasalari roʻyxati.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Xalq taʼlimi vazirligi

68.

Umumtaʼlim muassasalari

Umumtaʼlimning holati va uni yaxshilash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 1 sahifada, jadvallar va grafiklar, fotosuratlar).

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Xalq taʼlimi vazirligi

— Bolani umumtaʼlim muassasasiga joylashtirishga qoʻyiladigan asosiy talablar va uning tartibi;

— Umumtaʼlim muassasalarida hujjatlarni rasmiylashtirish uchun zarur shakllar;

— Umumtaʼlim muassasalari bilan ishlash boʻyicha tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining axborot xizmatlari telefonlari;

— Toshkent shahrining umumtaʼlim muassasalari roʻyxati.

69.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining holati va uni yaxshilash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 1 sahifada, jadvallar va grafiklar, fotosuratlar).

— Respublika shaharlari va Toshkent shahar tumanlari boʻyicha taʼlimning mavjud yoʻnalishlari koʻrsatilgan holda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari roʻyxati;

— Respublika shaharlari va Toshkent shahar tumanlari boʻyicha taʼlimning mavjud yoʻnalishlari koʻrsatilgan holda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari manzili va telefonlari roʻyxati;

— Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalariga kirish va hujjatlarni taqdim etish tartibi;

— Hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida toʻldirish zarur boʻlgan barcha shakllar, Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari bilan ishlash boʻyicha axborot xizmatlari telefonlari.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

70.

Oliy taʼlim

Oliy taʼlimning holati va uni takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 1 sahifada, jadvallar va grafiklar, fotosuratlar).

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

— Taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha respublikaning faoliyat koʻrsatayotgan oliy oʻquv yurtlari roʻyxati;

— Oʻqishga kirish va hujjatlarni taqdim etish tartibi, shuningdek oʻqishga tiklash tartibi;

— Hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida toʻldirish zarur boʻlgan barcha shakllar;

—Davlat kirish/bitirish imtihonlarini topshirish qoidalari.

71.

Talabalar va yosh olimlarga maxsus stipendiyalar, mukofot va grantlar

Amalga oshiriladigan taʼlim tanlovlari va tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumotlar, tasdiqlangan davlat stipendiyalari va grantlari roʻyxati (matn 2 sahifada, jadvallar va grafiklar, fotosuratlar).

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

72.

Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari

Aholining ilmiy, taʼlim, axborot va madaniy soʻrovlarini tezkor qondirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalari asosida aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish boʻyicha maʼlumot berish (matn 2 sahifada, jadvallar va grafiklar, fotosuratlar). Oʻzbekiston Respublikasining axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlari, shuningdek ixtisoslashtirilgan kutubxonalari roʻyxati.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

74.

Madaniyat, sanʼat va sport

Oʻzbekistonning madaniyat, sanʼat va sport sohasidagi yutuqlari toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 3 sahifada, Oʻzbekistonning xalqaro sport tadbirlarida gʻolib chiqqan va sovrindor sportchilari roʻyxati, fotosuratlar va videomateriallar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5 kunigacha

Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

75.

Teatr va kino

Oʻzbekiston Respublikasida kino va video industriya rivojlanishi, oʻzbek kinosi yangiliklari toʻgʻrisida maʼlumot (matn 2 sahifada, kino va videomahsulotlar ishlab chiqarish koʻrsatkichlari, foto va videomateriallar).

Har oyda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi

Toshkent shahri va viloyat markazlarining yirik teatrlari va kinoteatrlari; Maʼlumot olish uchun telefonlar va joylashgan manzili.

Har yili 20-yanvargacha

76.

Kutubxonachilik ishi

Respublikada kutubxonachilik ishining rivojlanishi, Milliy kutubxona fondlarining elektron katalogi va yangi tushgan nashrlar toʻgʻrisida maʼlumot. Kitoblar, maqolalar va boshqa materiallar haqida oldindan eʼlon qilish (matn 3 sahifada, rivojlanish koʻrsatkichlari, grafiklar, diagrammalar, fotomateriallar).

Har oyda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona

77.

Muzey va galereyalar

Respublikadagi muzeylar va galereyalar, muzeylar va galereyalar kolleksiyalarini toʻldirish, shuningdek ularni rivojlantirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot (matn 1 sahifada, jadvallar va grafiklar, fotosuratlar, videomateriallar).

Har yili 20-yanvargacha

Madaniyat vazirligi

— Toshkent shahri va viloyat markazlarining yirik muzeylari va galereyalari;

— Maʼlumot olish uchun telefonlar va joylashgan manzili.

78.

Sport maktablari

Sport maktablari, ularni rivojlantirish tendensiyalari toʻgʻrisida maʼlumot (matn 1 sahifada, jadvallar va grafiklar, fotosuratlar).

Har yili 20-yanvargacha

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

— Respublikaning sport maktablari, sport klublari toʻgʻrisida maʼlumot;

— Manzili va aloqa qilinadigan telefonlar, moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash.

79.

Nikoh va oila

Respublikada nikoh va oila institutini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, nikoh va oilani mustahkamlash va muhofaza qilish boʻyicha davlat siyosati, nikoh munosabatlarini tartibga soladigan davlat hujjatlari, yosh oilalar uchun imtiyozlar va preferensiyalar, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida maʼlumot (matn 2 sahifada, nikohlarni roʻyxatga olish koʻrsatkichlari, oilalar soni, bolalar tugʻilishi va hokazolar, grafiklar va diagrammalar, fotomateriallar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Oila” respublika ilmiy-amaliy markazi

80.

Oilani qoʻllab-quvvatlash

Koʻp bolali va yosh oilalarga yordam berish yuzasidan koʻrilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot (matn 1 sahifada, jadvallar va grafiklar, fotosuratlar).

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

“Oila” respublika ilmiy-amaliy markazi

Oilani qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi organlari roʻyxati, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish xizmatlarining aloqa qilinadigan maʼlumotlari va telefonlari.

81.

Yoshlar harakati

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining faoliyati, davlat yoshlar siyosati va mintaqalarda yoshlar harakatini rivojlantirish toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 2 sahifada, grafiklar, diagrammalar, fotomateriallar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati

— Respublika mintaqalari boʻyicha “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati aʼzolari soni.

Bir yilda ikki marta, fevral va iyul oylarining birinchi 10 kunligida

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati

82.

Qurolli Kuchlarda xizmat qilish

Qurolli Kuchlarda xizmat qilish tartibi va mazmunini takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan tadbirlar, harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida maʼlumot (matn 2 sahifada, jadvallar va grafiklar, fotosuratlar).

Safarbarlik-chaqiriq zaxirasi:

— Safarbarlik-chaqiriq zaxirasida harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar. Muddatli xizmat:

— Muddatli harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar. Harbiy xizmatdan ozod qilish:

— Xizmatdan kechiktirish va ozod qilish shartlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;

— Talab qilinadigan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va olish tartibi. Hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida toʻldirish zarur boʻlgan barcha shakllar.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Mudofaa vazirligi

VII. Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari ATD

83.

Aloqa va axborotlashtirish

Miqdor va sifat koʻrsatkichlari, aloqa va axborotlashtirish sohasida islohotlarning asosiy bosqichlari, tadbirkorlar uchun imtiyozlar va preferensiyalar bilan birgalikda aloqa va axborotlashtirish sohasida ishlarning holati toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 2 sahifada, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanishi koʻrsatkichlari jadvallari, grafiklar va fotosuratlar).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

—Telekommunikatsiyalarning universal xizmatlariga tariflar boʻyicha maʼlumot;

— Oʻzbekiston Respublikasi pochta indekslari roʻyxati;

— Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari va jahon mamlakatlarining telefon kodlari;

— davlat organlari veb-saytlari roʻyxati va manzili;

— Roʻyxatdan oʻtkazilgan Davlat axborot resurslari va tizimlari roʻyxati;

— Aloqa va axborotlashtirish sohasida xizmatlar koʻrsatishni litsenziyalash va litsenziya olish uchun arizalarni qabul qilish tartibi;

— Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi sharhi;

— Elektron raqamli imzo kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish manzillari;

— ATSning asosiy va qoʻshimcha xizmatlariga ulanish tartibi;

— Yuridik va jismoniy shaxslar uchun telefonga ulanishga talab qilinadigan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va olish tartibi;

— Aloqa va axborotlashtirish xizmatlariga tariflar;

— Shahar ATS va maʼlumot berish xizmatlarining aloqa qilish uchun maʼlumotlari;

— Internetga ulanishning asosiy va qoʻshimcha xizmatlarini koʻrsatadigan kompaniyalar toʻgʻrisida maʼlumot;

— Uyali aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi kompaniyalar toʻgʻrisida maʼlumot;

— Teleradio koʻrsatuv va eshittirish xizmatlari koʻrsatuvchi kompaniyalar toʻgʻrisida maʼlumot.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

84.

Interaktiv davlat xizmatlari

Koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari, foydalanuvchilar, koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlar roʻyxatiga qoʻshimchalar va oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumot (matn 2 sahifada).

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

85.

Ommaviy axborot vositalari

OAV faoliyati, OAV faoliyati erkinligi kafolatlari toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 3 sahifada, normativ- huquqiy hujjatlar roʻyxati, fotosuratlar va videomateriallar). OAVni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi

86.

Noshirlik ishi va matbaa

Nashriyot-matbaa faoliyati sohasida ishlarning holati, ushbu sohada texnik va texnologik siyosat xususiyatlari toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 2 sahifada, normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati, grafiklar va jadvallar).

— Noshirlik faoliyatini litsenziyalash va matbaa korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi;

— Nashr etiladigan ijtimoiy ahamiyatli kitob mahsulotlari va xalqaro kitob tanlovlarining sovrindor nashrlari toʻgʻrisida maʼlumot;

— Matbaa sohasida davlat standartlari roʻyxati.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi

87.

Intellektual mulk

Respublikada intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish ishlarining holati, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish masalalarini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 2 sahifada, jadvallar, diagrammalar, fotomateriallar).

Har oyda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

Adliya vazirligi

88.

Arxiv ishi

Arxiv ishining rivojlanishi, uni takomillashtirish va modernizatsiya qilish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot (matn 2 sahifada, jadvallar va grafiklar, fotosuratlar).

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

“Oʻzarxiv” agentligi

— Arxiv ishini boshqarish vakolatli davlat organlari roʻyxati va joylashgan manzili;

— davlat arxivlarining kitobxonlar zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibi.

VIII. Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi

89.

Qonunchilik

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi va ishlab chiqilishi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qonunchilikni tizimlashtirish toʻgʻrisida axborot.

Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

Adliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi milliy maʼlumotlar bazasiga kiritilgan yangi normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati.

Kiritilishiga qarab, bir haftada kamida bir marta, juma kunlari

90.

FHDY

FHDY organlari roʻyxati.

Har chorakda

Adliya vazirligi

Notariat

Notariuslar roʻyxati.

Advokatura

Advokatlar, shuningdek advokatlik byurolari, advokatlik firmalari, advokatlarning kollegiyalari va yuridik maslahatxonalar roʻyxati.

Har yarim yilda bir marta hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha

91.

Yashash joyi boʻyicha hisobga qoʻyish. Istiqomat uchun guvohnoma olish. Vaqtincha roʻyxatdan oʻtishni roʻyxatdan oʻtkazish.

— Talab qilinadigan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va olish tartibi;

— Hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida toʻldirish zarur boʻlgan barcha shakllar.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Ichki ishlar vazirligi

92.

Haydovchilik huquqlari

— Haydovchilik huquqlarini olish uchun oʻqitish va haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida maʼlumot;

— Haydovchilik huquqlarini qaytarish va qoida buzilganligi uchun jarima toʻlash tartibi toʻgʻrisida maʼlumot beradigan axborot;

— Respublika shaharlari boʻyicha Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining axborot xizmatlari telefonlari;

— Toshkent shahridagi rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan avtomaktablar roʻyxati va manzili.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Ichki ishlar vazirligi

93.

Avtotransport vositalarini rasmiylashtirish va avtomobilni texnik koʻrikdan oʻtkazish

— Avtotransport vositalarini tegishli organlarda rasmiylashtirish tartibi;

— Texnik koʻrikdan oʻtkazish masalalari;

— Talab qilinadigan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va olish tartibi;

— Hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida toʻldirish zarur boʻlgan barcha shakllar;

— Avtotransport vositalari roʻyxatdan va texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etish;

— Yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizalarni qabul qilish.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Ichki ishlar vazirligi

94.

Ishonch telefonlari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha navbatchi qismlari toʻgʻrisida maʼlumot.

Har yili 20-yanvargacha va oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida

Ichki ishlar vazirligi

IX. Axborot-tahlil departamentlari, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi, funksional boʻlimlar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot kotibi

95.

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organi va axborot xizmatlarining aloqa qilish uchun maʼlumotlari

Tashkilot haqida umumiy maʼlumotlar va aloqa qilish uchun maʼlumotlar (matn 2 sahifada, telefonlar, fakslarning tartib raqamlari, pochta va elektron manzil); Rahbarlar va ularning oʻrinbosarlari toʻgʻrisida maʼlumot (rahbar va uning oʻrinbosarlarining qisqacha tarjimai holi), qabul qilish kunlari va soatlari.

Maʼlutotlar oʻzgargandan keyin bir kun muddatdan kechikmay, biroq bir yilda kamida bir marta 5-fevralgacha

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

96.

Oʻtkaziladigan tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, seminarlar, brifinglar, koʻrgazmalar, davra suhbatlari va hokazolar)

Manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi moʻljallanayotgan rejalashtiriladigan tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot (tadbirlarning nomi, qatnashchilar, oʻtkazilish sanasi va oʻtkazish joyi koʻrsatilgan holda matn 1 sahifada, fotosuratlar).

Tadbir oʻtkazilishi sanasigacha bir hafta muddatdan kechikmay

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

— Tadbirlar toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot (matn 1 sahifada fotosuratlar).

Tadbir oʻtkazilgandan keyin bir kun muddatda

97.

Vazirlar Mahkamasi komplekslari va Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlari yigʻilishlari

Axborot (matn 2 sahifada, jadvallar, grafiklar va fotosuratlar).

Tadbir oʻtkazilgandan keyin bir kun muddatda

Axborot-tahlil departamentlari

98.

Hukumat darajasida kengashlar

Axborot (matn 2 sahifada, jadvallar, grafiklar va fotosuratlar).

Tadbir oʻtkazilgandan keyin bir kun muddatda

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot kotibi

99.

Respublika komissiyalari va kengashlari majlislari

Axborot (matn 2 sahifada, jadvallar, grafiklar va fotosuratlar).

Tadbir oʻtkazilgandan keyin bir kun muddatda

Axborot-tahlil departamentlari

100.

Hukumatlararo va xalqaro darajada boshqa uchrashuvlar

Axborot (matn 2 sahifada, jadvallar, grafiklar va fotosuratlar).

Tadbir oʻtkazilgandan keyin bir kun muddatda

Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot kotibi

101.

Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, ularning takliflari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida maʼlumot

Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, ularning shikoyatlari va boshqa murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot, aloqa qilish uchun maʼlumotlar, masʼul shaxslar (matn 2 sahifada, telefonlar, manzil, elektron pochta, masʼul shaxslarning F.I.O. va hokazolar).

Maʼlumotlar oʻzgargandan keyin bir kunlik muddatdan kechikmay

Vazirlar Mahkamasining Fuqarolarni qabul qilish, xat va arizalarni koʻrib chiqish boʻlimi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

102.

Yangiliklar, voqealar

Faoliyati toʻgʻrisida yangiliklar va voqealar, kadrlar oʻzgarishi va tarkibiy oʻzgarishlar, qabul qilingan qarorlar, rejalashtirilayotgan va oʻtkazilgan tadbirlar toʻgʻrisida xabarlar (matn 2 sahifada, matbuot uchun axborot, 0,5 sahifada axborot, fotosuratlar).

Bir kunlik muddatdan kechikmay, biroq bir haftada kamida bir marta

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 54-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2025-y., 09/25/54/0099-son)
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun Vazirlar Mahkamasi Apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan axborotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-avgustdagi 680-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 17-dekabrdagi 259-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga (keyingi oʻrinlarda Portal deb ataladi) joylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari, boshqarmasi va boʻlimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot kotibi (keyingi oʻrinlarda boʻlinmalari deb ataladi) tomonidan axborotlar taqdim etish tartibini belgilaydi.
II. Portalga joylashtirish uchun taqdim etiladigan materiallardagi axborotning mazmuni
2. Portalga joylashtirish uchun boʻlinmalar tomonidan taqdim etiladigan axborotning mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Portalda joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotda davlat, harbiy yoki xizmat siri hisoblanadigan maʼlumotlar yoxud qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa maʼlumotlar boʻlmasligi kerak.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Portalda joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborot dolzarb, haqqoniy, yaxlit, aniq tizimli va mavzu bloklari boʻyicha taqsimlangan boʻlishi kerak.
5. Portalda joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborot Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida taqdim etilishi kerak. Shu bilan birga, axborotlarning rus va ingliz tillaridagi, shuningdek boshqa tillardagi mazmuni bir xil boʻlishi yoxud qisqartirilgan versiyalari boʻlishi mumkin.
III. Axborotlarni taqdim etishni tashkil qilish tartibi
6. Portalga joylashtirish uchun axborotlarni taqdim etish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari tomonidan tarkibiy boʻlinma xodimlaridan Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari axborot-taxlil departamentiga axborot taqdim etish yuzasidan masʼul shaxslar tayinlanadi. Masʼul shaxslar 3 — 5 kun mobaynida axborotning hajmiga qarab davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlar tomonidan Portalga joylashtirish uchun taqdim etilayotgan axborotlarni tayyorlaydilar va umumlashtiradilar hamda uni elektron tarzda Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-taxlil departamentiga taqdim etadilar. Taqdim etilgan axborot elektron raqamli imzo vositalari yordamida tasdiqlangan boʻlishi yoki qogʻozdagi imzolangan nusxa bilan birgalikda berilishi kerak.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-avgustdagi 680-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son)
8. Axborot-tahlil departamentlari tomonidan taqdim etiladigan axborot bir kun mobaynida Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari rahbarlari bilan kelishilgan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari axborot-taxlil departamenti boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan axborotlarni umumlashtiradi va kamida har ikki kunda bir marta materiallarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Apparat boshqaruvchisiga kiritadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-avgustdagi 680-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishilgan axborot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Apparat boshqaruvchisi tomonidan Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari axborot-taxlil departamentiga beriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-avgustdagi 680-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son)
11. Portalga joylashtiriladigan barcha axborotlarda oxirgi yangilangan va aniqlashtirilgan sanasi mavjud boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Axborotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va koʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratori huzuridagi Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini axborotlar bilan taʼminlash va rivojlantirish guruhiga bevosita berish Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari axborot-taxlil departamenti mudiri tomonidan tayinlangan axborotni Portalga joylashtirish boʻyicha masʼul boʻlgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi va elektron raqamli imzo vositalari yordamida tasdiqlangan boʻlishi kerak.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-avgustdagi 680-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari masʼul xodimlaridan Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari axborot-tahlil departamentiga axborot taqdim etish boʻyicha masʼul boʻlgan shaxsni tayinlash yoki ozod qilish toʻgʻrisidagi axborot Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga shu kunning oʻzida yetkazilishi kerak.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-avgustdagi 680-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son)
IV. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
14. Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari axborot-tahlil departamenti ushbu Nizom talablariga rioya qilinishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, Portalga joylashtirish uchun axborotning oʻz vaqtida taqdim etilishi yuzasidan javob beradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-avgustdagi 680-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son)
15. Portalga joylashtiriladigan axborotning haqqoniyligi, mazmuni va oʻz vaqtida taqdim etilishi yuzasidan tegishli boʻlinmalar rahbarlari shaxsan javob beradilar.
Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan axborotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Internet tarmogʻida Hukumat portaliga joylashtirish uchun axborotlarni taqdim etish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va koʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratori huzuridagi Internet tarmogʻida Hukumat portalini axborotlar bilan taʼminlash va rivojlantirish guruhi

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri

––––––––→

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisi

–––––––→

Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari axborot-tahlil departamenti

← — — —

← — — —

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari

– – – – – →

Axborot-tahlil departamentlari

Boshqarma. boʻlimlar

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot kotibi

← — — —

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi. mahalliy davlat hokimiyati organlari. ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlar

— — — → — axborotlarni kelishish uchun taqdim etish;

– – – – – → — axborotlarni umumlashtirish uchun taqdim etish:

––––––––→ — Portalga joylashtirish uchun a?borot.

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-avgustdagi 680-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son)
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga
4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 17-dekabrdagi 259-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning toʻrtinchi xatboshi va 4-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 212-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda, 22-son, 175-modda, 23-son, 182-modda; 2011-y., 20-21-son, 208-modda, 25-son, 260-modda, 36-son, 367-modda; 50-son, 515-modda; 2012-y., 22-son, 254-modda, 36-son, 412-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 2-son, 23-modda, 37-son, 485-modda; 2015-y., 13-son, 155-modda, 26-son, 338-modda; 32-son, 427-modda, 52-son, 647-modda; 2016-y., 14-son, 132-modda, 23-son, 269-modda, 27-son, 326-modda, 52-son, 602-modda; 2017-y., 15-son, 257-modda, 26-son, 593-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son; 25.12.2017-y., 09/17/1017/0460-son; 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son, 05.03.2018-y., 09/18/164/0849-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son; 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son; 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son; 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son; 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 01.02.2025-y., 09/25/54/0099-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)