1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
INTERNET TARMOGʻIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING HUKUMAT PORTALINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 8-iyuldagi PQ-117-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
3. Belgilab qoʻyilsinki, Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali xarajatlarini moliyalashtirish, moddiy-texnik taʼminlash va unga xizmat koʻrsatish tasdiqlangan smeta doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
4. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
bir oy muddatda axborot roʻyxatlari va taqdim etish muddatlari, shuningdek axborot materiallarini joylashtirishga ruxsat berish va axborot xizmatlari tomonidan Guruhga keyinchalik Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalida joylashtirish uchun axborot taqdim etish uchun masʼul shaxslarni tayinlash boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan chiqarilgan— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 212-modda)
oʻz rasmiy axborot resurslarining qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini bir yilda kamida ikki marta ekspertizadan oʻtkazsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 521-modda; 2009-y., 17-son, 212-modda; 2013-y., 2-son, 23-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 23-son, 269-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)