

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1463996" id="-1463996"></div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1463997" id="-1463997">BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING TRANSMILLIY UYUSHGAN JINOYATCHILIKKA QARSHI KONVENSIYASINI TOʻLDIRUVCHI ODAM SAVDOSINING, AYNIQSA AYOLLAR VA BOLALAR SAVDOSINING OLDINI OLISH HAMDA UNGA CHEK QOʻYISH VA UNING UCHUN JAZOLASH HAQIDAGI</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1463998" id="-1463998">Bayonnomasi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1463999" id="-1463999"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-2552123" id="-2552123">2000-yil 15-noyabr, Nyu-York</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-2552144" id="-2552144">Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-160-sonli <a href="/mact/-1369781">Qonuni</a> bilan ratifikatsiya qilingan.</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-2552128" id="-2552128">(Oʻzbekiston Respublikasi uchun 2008-yil 11-sentabrdan kuchga kirgan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7338039" id="-7338039"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338040" id="-7338040"><strong>MUQADDIMA</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338041" id="-7338041">Ushbu Bayonnomaning Ishtirokchi-davlatlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338042" id="-7338042">odam savdosining, ayniqsa, bolalar va ayollar savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun bunday savdoning oldini olish, u bilan shugʻullanayotgan shaxslarni jazolash hamda bunday savdo qurbonlarini himoyalashga qaratilgan choralarni oʻz ichiga oluvchi, shuningdek ular xalqaro tan olingan inson huquqlarini himoya qilish yoʻli bilan amalga oshiruvchi, keng qamrovli xalqaro yondashuv zarurligini maʼlum qilib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338043" id="-7338043">odamlar, ayniqsa, ayollar va bolalardan foydalanishga qarshi kurashish boʻyicha amaliy choralar va normalarni nazarda tutgan bir qator xalqaro hujjatlar boʻlishiga qaramay, odam savdosining barcha jihatlarini oʻzida mujassamlashtirgan universal hujjatning yoʻqligini eʼtiborga olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338044" id="-7338044">bunday hujjatning mavjud emasligi odam savdosi nuqtai nazaridan chorasiz ahvolga tushgan shaxslarning yetarli darajada himoyalanmasligiga olib kelishi mumkinligidan tashvishlanib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338045" id="-7338045">Bosh Assambleyaning 1998-yil 9-dekabrdagi 53/11-sonli rezolyutsiyasida bayon qilingan Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi keng qamrovli xalqaro konvensiyani ishlab chiqish hamda ayollar va bolalar savdosiga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro hujjatni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilish uchun ochiq tarkibdagi hukumatlararo maxsus qoʻmita taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaroriga havola qilib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338046" id="-7338046">Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasiga qoʻshimcha — odamlar, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish va toʻxtatish, bu jinoyatlar uchun jazo tayinlash boʻyicha xalqaro hujjat sifatida bunday jinoyatlarning oldini olish va ular bilan kurashishda yordam berishiga ishonch bildirib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338047" id="-7338047">quyidagilar toʻgʻrisida bitim tuzdilar:</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338048" id="-7338048"><strong>I. UMUMIY QOIDALAR</strong></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338049" id="-7338049"><strong>1-modda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi bilan aloqadorlik</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338050" id="-7338050">1. Ushbu Bayonnoma Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini toʻldiradi. U Konvensiya bilan birgalikda sharhlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338051" id="-7338051">2. Konvensiya qoidalari mazkur Bayonnomaga, agar unda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, “mutatis mutandis” tartibida qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338052" id="-7338052">3. Mazkur Bayonnomaning <a href="/mact/-1463681#-7338066">5-moddasiga</a> muvofiq shunday eʼtirof etilgan jinoyatlar Konvensiyaga muvofiq eʼtirof etilgan jinoyatlar deb tan olinadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338053" id="-7338053"><strong>2-modda. Maqsadlari</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338054" id="-7338054">Mazkur Bayonnoma maqsadlari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338055" id="-7338055">a) odam savdosining oldini olish hamda ayollar va bolalarga alohida eʼtibor bergan holda u bilan kurashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338056" id="-7338056">b) bunday savdo qurbonlarini ularning inson huquqlarini toʻla hurmat qilgan holda himoya qilish va ularga yordam berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338057" id="-7338057">s) bu maqsadlarga erishishda Ishtirokchi-davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantirish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338058" id="-7338058"><strong>3-modda. Atamalar </strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338059" id="-7338059">Mazkur Bayonnoma maqsadlarida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338060" id="-7338060">a) “odam savdosi” — foydalanish maqsadida kuch ishlatish xavfi yoki uni qoʻllash yoxud majburlashning boshqa shakllarini qoʻllash, oʻgʻirlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni yoki qaramlik holatini suiisteʼmol qilish yoxud toʻlovlar yoki foyda koʻrinishida sotib olish yoʻli bilan yoki shaxsni nazorat qiluvchi boshqa shaxsning roziligini olish uchun toʻlovlar yoki foyda koʻrinishida sotib olish yoʻli bilan insonlarni yollash, tashish, berish, yashirish va odamlarni qoʻlga kiritishni anglatadi. Foydalanish kamida boshqa shaxslarning fohishabozligidan foydalanish yoki shahvoniy maqsadlarda foydalanishning boshqa shakllarini, majburiy mehnat yoki xizmatlarni, qullik yoki qullikka oʻxshash urf-odatlarni, tutqunlik holatini yoki inson tana aʼzolarini ajratib olishdan iborat boʻladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338061" id="-7338061">b) ushbu moddaning <a href="/mact/-1463681#-7338060">“a” kichik bandida</a> aytib oʻtilgan odam savdosidan jabrlanganlarning oʻzidan rejalashtirilgan foydalanishga boʻlgan roziligi, agar ushbu kichik bandda koʻrsatilgan har qanday taʼsir etish chorasidan foydalanilgan boʻlsa, eʼtiborga olinmaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338062" id="-7338062">s) foydalanish maqsadlarida bolani yollash, tashish, berish, yashirish yoki topshirish ushbu moddaning <a href="/mact/-1463681#-7338060">“a” kichik bandida</a> koʻrsatilgan taʼsir etishning biron-bir vositasini qoʻllash bilan bogʻliq boʻlmasa ham “odam savdosi” deb hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338063" id="-7338063">d) “bola” — 18 yoshga yetmagan har qanday shaxsni anglatadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338064" id="-7338064"><strong>4-modda. Qoʻllanish sohasi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338065" id="-7338065">Mazkur Bayonnoma, agar unda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Bayonnomaning <a href="/mact/-1463681#-7338066">5-moddasiga</a> muvofiq shunday deb eʼtirof etilishi munosabati bilan, agar bu jinoyatlar transmilliy xarakterga ega boʻlsa va uyushgan jinoiy guruh ishtirokida sodir etilgan boʻlsa, ularning oldini olishda, tergov qilishda va jinoiy taʼqib qilishda, shuningdek, bu jinoyatdan jabrlanganlarni himoya qilishda qoʻllaniladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338066" id="-7338066"><strong>5-modda. Kriminallashuv</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338067" id="-7338067">1. Har bir Ishtirokchi-davlat ushbu Bayonnomaning <a href="/mact/-1463681#-7338058">3-moddasida</a> koʻrsatilgan harakatlar qasddan sodir etilganda jinoiy jazoga loyiq deb tan olish uchun talab etilishi mumkin boʻlgan qonunchilik va boshqa choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338068" id="-7338068">2. Har bir Ishtirokchi-davlat, shuningdek quyidagi harakatlarni jinoiy jazoga loyiq deb tan olish uchun talab etilishi mumkin boʻlgan qonunchilik va boshqa choralarni koʻradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338069" id="-7338069">a) oʻz huquqiy tizimining asosiy prinsiplariga rioya qilish sharti bilan mazkur moddaning <a href="/mact/-1463681#-7338067">1-bandiga</a> muvofiq shunday deb eʼtirof etilgan biron-bir jinoyatni sodir etishga suiqasd qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338070" id="-7338070">b) mazkur moddaning <a href="/mact/-1463681#-7338067">1-bandiga</a> muvofiq shunday deb eʼtirof etilgan biron-bir jinoyatni sodir etishda sherik sifatida qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338071" id="-7338071">s) mazkur moddaning <a href="/mact/-1463681#-7338067">1-bandiga</a> muvofiq shunday deb eʼtirof etilgan biron-bir jinoyatni sodir etish maqsadida boshqa shaxslarni tashkillashtirish yoki ularga boshchilik qilish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338072" id="-7338072"><strong>II. ODAM SAVDOSIDAN JABRLANGANLARNI HIMOYA QILISH</strong></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338073" id="-7338073"><strong>6-modda. Odam savdosi qurbonlariga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338074" id="-7338074">1. Har bir Ishtirokchi-davlat tegishli hollarda va imkon qadar, oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq, jumladan, bunday savdo bilan bogʻliq ishlab chiqarishning (faoliyat) sir saqlanishi xususiyatini taʼminlash yoʻli bilan odam savdosi qurbonlarining shaxsiy hayoti va shaxsini himoya qilishni taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338075" id="-7338075">2. Har bir Ishtirokchi-davlat, oʻzining ichki huquqiy yoki maʼmuriy tizimi, tegishli hollarda odam savdosi qurbonlariga quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradigan choralarni nazarda tutishini taʼminlaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338076" id="-7338076">a) ishlarni tegishli sud va maʼmuriy tartibda koʻrish toʻgʻrisidagi axborotlarni olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338077" id="-7338077">b) jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish yuritishning tegishli bosqichlarida himoya huquqlariga zarar yetkazmagan holda ularning fikrlari va xavotirlanishlarini bayon qilish va koʻrib chiqishga imkon beruvchi yordamni olish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338078" id="-7338078">3. Har bir Ishtirokchi-davlat odam savdosi qurbonlarining jismoniy, ruhiy va ijtimoiy reabilitatsiyasini taʼminlash, shu jumladan tegishli hollarda, nohukumat tashkilotlari, boshqa tegishli tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa elementlari bilan hamkorlikni taʼminlash boʻyicha, xususan, quyidagi choralarni amalga oshirish imkoniyatini koʻradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338079" id="-7338079">a) kerakli boshpana;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338080" id="-7338080">b) odam savdosi qurbonlariga tushunarli boʻlgan tilda, ayniqsa, ularning yuridik huquqlari bilan bogʻliq konsultativ yordam va maʼlumotni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338081" id="-7338081">s) tibbiy, ruhiy va moddiy yordam;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338082" id="-7338082">d) ish bilan taʼminlanish, taʼlim va kasbiy tayyorgarlik sohasidagi imkoniyatlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338083" id="-7338083">4. Har bir Ishtirokchi-davlat ushbu modda qoidalarini qoʻllashda odam savdosi qurbonlarining yoshi, jinsi va alohida ehtiyojlarini, xususan bolalarning alohida ehtiyojlarini, shu jumladan, kerakli boshpana, taʼlim va parvarish olishga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338084" id="-7338084">5. Har bir Ishtirokchi-davlat oʻzining hududida odam savdosi qurbonlari boʻlgan davrlarida ularning jismoniy xavfsizligini taʼminlashga intiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338085" id="-7338085">6. Har bir Ishtirokchi-davlat oʻzining huquqiy tizimi odam savdosi qurbonlariga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya (tovon puli) olish imkoniyatini taqdim etish choralarini nazarda tutishini taʼminlaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338086" id="-7338086"><strong>7-modda. Qabul qiluvchi davlatlarda odam savdosi qurbonlarining maqomi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338087" id="-7338087">1. Mazkur Bayonnomaning <a href="/mact/-1463681#-7338073">6-moddasiga</a> muvofiq qoʻllaniladigan choralarga qoʻshimcha sifatida har bir Ishtirokchi-davlat odam savdosi qurbonlariga tegishli hollarda oʻz hududida vaqtincha yoki doimiy asosda qolishlariga imkon beradigan qonunchilik yoki boshqa kerakli choralarni qabul qilish imkoniyatini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338088" id="-7338088">2. Ushbu moddaning <a href="/mact/-1463681#-7338087">1-bandida</a> bayon qilingan qoidalarni amalga oshirishda har bir Ishtirokchi-davlat insonparvarlik mulohazalarini lozim darajada hisobga oladi va rahm-shafqat koʻrsatadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338089" id="-7338089"><strong>8-modda. Odam savdosi qurbonlarini repatriatsiya qilish</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338090" id="-7338090">1. Ishtirokchi-davlat odam savdosi qurboni uning fuqarosi boʻlgan yoki bunday shaxs qabul qiluvchi Ishtirokchi-davlat hududiga olib kirilguniga qadar uning hududida doimiy yashash huquqiga ega boʻlgan boʻlsa, bunda u bu shaxsning qaytishiga yordam koʻrsatadi va bu shaxsning xavfsizligini taʼminlash masalalarini lozim darajada hisobga olgan holda, uni asossiz yoki nooqilona kechiktirishlarsiz qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338091" id="-7338091">2. Ishtirokchi-davlat odam savdosi qurbonlarini — bunday shaxs uning fuqarosi boʻlgan yoki qabul qiluvchi ishtirokchi-davlat hududiga kirish paytida doimiy yashash huquqiga ega boʻlgan ishtirokchi-davlatga qaytarilishini bu shaxsning xavfsizligini, shuningdek shaxsning odam savdosi qurboni boʻlishi bilan bogʻliq holatlarda har qanday ish yuritish xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiradi, bundan tashqari, bunday qaytarish asosan ixtiyoriy hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338092" id="-7338092">3. Qabul qiluvchi Ishtirokchi-davlat iltimosiga koʻra, murojaat qiluvchi Ishtirokchi-davlat asossiz yoki oqilona boʻlmagan kechiktirishlarsiz odam savdosi qurboni boʻlgan shaxs uning fuqarosi boʻlganligini yoki bunday shaxs qabul qiluvchi Ishtirokchi-davlat hududiga kirish paytida hududda doimiy yashash huquqiga ega boʻlganligini tekshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338093" id="-7338093">4. Tegishli hujjatlarga ega boʻlmagan odam savdosi qurboni boʻlgan shaxsni qaytarishga koʻmaklashish maqsadida uning fuqarosi boʻlgan yoki bunday shaxs qabul qiluvchi Ishtirokchi-davlat hududiga kirish paytida uning hududida doimiy yashash huquqiga ega boʻlgan Ishtirokchi-davlat qabul qiluvchi Ishtirokchi-davlatning iltimosiga koʻra bu kabi kirish/chiqish hujjatlarini yoki bu shaxsni oʻz hududiga qaytarish uchun talab etilishi mumkin boʻlgan boshqa ruxsatnomalarni berishga rozilik bildiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338094" id="-7338094">5. Ushbu modda qabul qiluvchi Ishtirokchi-davlatning ichki qonunchiligining har qanday qoidasiga asosan odam savdosi qurbonlariga berilgan huquqlarga zarar yetkazmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338095" id="-7338095">6. Ushbu modda odam savdosi qurbonlarini qaytarish masalalarini toʻliq yoki qisman tartibga soluvchi har qanday amaldagi ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama bitim yoki kelishuvlarga zarar yetkazmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338096" id="-7338096"><strong>III. OLDINI OLISH, HAMKORLIK VA BOSHQA CHORALAR</strong></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338097" id="-7338097"><strong>9-modda. Odam savdosining oldini olish</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338099" id="-7338099">1. Ishtirokchi-davlatlar quyidagi maqsadlarda siyosat, dasturlar va boshqa choralarni majmuaviy asosda ishlab chiqadilar va qabul qiladilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338100" id="-7338100">a) odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338101" id="-7338101">b) odam savdosi qurbonlarini, ayniqsa, ayollar va bolalarni reviktimizatsiyadan himoya qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338102" id="-7338102">2. Ishtirokchi-davlatlar odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan tadqiqotlarni, axborot kompaniyalarini, jumladan, ommaviy axborot vositalarida oʻtkazish, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslarni amalga oshirish kabi choralarni koʻrishga intiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338103" id="-7338103">3. Ushbu moddaga muvofiq ishlab chiqiladigan va qabul qilinadigan siyosat, dasturlar va boshqa choralar tegishli hollarda, nohukumat tashkilotlar, boshqa tegishli tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa elementlari bilan hamkorlikni ham oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338105" id="-7338105">4. Ishtirokchi-davlatlar ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama hamkorlik yoʻli bilan odamlar, ayniqsa, ayollar va bolalarni odam savdosi nuqtai nazaridan nochor holatga tushib qolishlariga olib keluvchi qashshoqlik, rivojlanishning past darajasi va teng imkoniyatlarning yoʻqligi kabi omillar taʼsirini kamaytirishga qaratilgan choralarni koʻradilar yoki takomillashtiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338106" id="-7338106">5. Ishtirokchi-davlatlar odamlar, ayniqsa, ayollar va bolalarni ekspluatatsiya qilishga olib keladigan har qanday shaklda foydalanish odam savdosiga olib kelgani uchun unga nisbatan boʻlgan talabni yoʻqotishga qaratilgan taʼlim, madaniyat yoki ijtimoiy sohada ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha qonunchilik yoki tegishli boshqa choralarni koʻradilar yoki takomillashtiradilar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338107" id="-7338107"><strong>10-modda. Axborot almashinuvi va kadrlarni tayyorlash</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338108" id="-7338108">1. Ishtirokchi-davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi, migratsiya va boshqa tegishli organlar tegishli hollarda bir-birlari bilan oʻzlarining ichki qonunchiligiga muvofiq quyidagilarni aniqlashga imkon beruvchi axborot almashinuvi yoʻli bilan oʻzaro hamkorlik qiladilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338109" id="-7338109">a) kirish/chiqish hujjatlarisiz yoki boshqa shaxslarga tegishli shunday hujjatlar bilan xalqaro chegarani kesib oʻtayotgan yoki kesib oʻtishga urinayotgan shaxslar odam savdogarlari yoki bunday savdo qurbonlari boʻlib hisoblanishlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338111" id="-7338111">b) odam savdosini amalga oshirish maqsadida xalqaro chegarani kesib oʻtish uchun bunday shaxslar tomonidan foydalanilgan yoki foydalanishga uringan kirish/chiqishga boʻlgan hujjatlar turlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338112" id="-7338112">s) odam savdosini amalga oshirish maqsadida uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan qoʻllaniladigan usullar va vositalar, shu jumladan, jabrlanganlarni yollash va tashish, bunday savdo bilan shugʻullanuvchi alohida shaxslar va guruhlar oʻrtasidagi yoʻnalishlar va aloqalar, shuningdek bu guruhlar oʻrtasidagi aloqalar hamda ularni aniqlash boʻyicha qoʻllanilishi mumkin boʻlgan choralar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338114" id="-7338114">2. Ishtirokchi-davlatlar huquqni muhofaza qiluvchi, migratsiya va boshqa tegishli organlar xodimlarining odam savdosining oldini olish masalalari boʻyicha tayyorgarligini taʼminlaydi yoki takomillashtiradi. Koʻrsatilgan tayyorgarlik bunday savdoning oldini olish, u bilan mashgʻul boʻlgan shaxslarni jinoiy taʼqib etish va jabrlanganlar huquqlarini himoya qilish, jumladan, ularni bunday savdo bilan shugʻullanuvchi shaxslardan muhofaza qilish metodlariga asoslanishi lozim. Tayyorgarlik koʻrish jarayonida, shuningdek inson huquqlarini, bolalar va gender muammolarini hisobga olish zarurligiga eʼtibor qaratish lozim; tayyorgarlik davlatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, boshqa tegishli tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa elementlari bilan hamkorlikni amalga oshirishga koʻmaklashishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338115" id="-7338115">3. Axborotni oluvchi ishtirokchi-davlat uni taqdim etgan ishtirokchi-davlatning undan foydalanishga nisbatan cheklovlar qoʻyish bilan bogʻliq har qanday iltimosini bajaradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338116" id="-7338116"><strong>11-modda. Chegara nazorati choralari</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338118" id="-7338118">1. Ishtirokchi-davlatlar odamlarning erkin koʻchib yurishiga oid xalqaro majburiyatlarga zarar etkazmagan holda, imkon qadar odam savdosining oldini olish va aniqlash uchun talab etiladigan chegara nazorati choralarini belgilaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338119" id="-7338119">2. Har bir ishtirokchi-davlat mazkur Bayonnomaning <a href="/mact/-1463681#-7338066">5-moddasiga</a> muvofiq shunday deb eʼtirof etilgan jinoyatlarni sodir etishda tijorat yuk tashuvchilari tomonidan foydalaniladigan transport vositalaridan iloji boricha foydalanishni oldini olish uchun qonunchilik yoki boshqa tegishli choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338121" id="-7338121">3. Tegishli hollarda va amaldagi xalqaro konvensiyalar uchun zarar etkazmagan holda bunday choralar tijorat yuk tashuvchilari, shu jumladan, har qanday transport kompaniyasi yoki har qanday transport vositasining egasi yoxud operatori uchun hamma yoʻlovchilarning qabul qiluvchi davlatga kirishi uchun zarur boʻlgan kirish/chiqish hujjatlariga ega ekanligiga ishonch hosil qilish majburiyatini nazarda tutadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338122" id="-7338122">4. Har bir ishtirokchi-davlat oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq ushbu moddaning <a href="/mact/-1463681#-7338121">3-bandida</a> belgilangan majburiyatni buzganlik uchun sanksiyalarni nazarda tutish uchun zarur choralarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338123" id="-7338123">5. Har bir ishtirokchi-davlat oʻz ichki qonunchiligiga muvofiq mazkur Bayonnomaga koʻra shunday deb eʼtirof etilgan jinoyatlarni sodir etishga aloqador boʻlgan shaxslarning uning hududiga kirishini rad etish yoki ularning vizalarini bekor qilishga imkon beradigan choralarni qoʻllash imkoniyatini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338124" id="-7338124">6. Ishtirokchi-davlatlar Konvensiyaning 27-moddasiga zarar etkazmagan holda chegara nazorati organlari oʻrtasida hamkorlikni, jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa yoʻllarini joriy etish va qoʻllab-quvvatlash orqali mustahkamlash imkoniyatini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338125" id="-7338125"><strong>12-modda. Hujjatlarning ishonarliligi va ularni nazorat qilish</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338126" id="-7338126">Har bir ishtirokchi-davlat mavjud imkoniyatlar doirasida quyidagilar uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338127" id="-7338127">a) ularga berilgan kirish/chiqish hujjatlari yoki shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma hujjatlarining ulardan noqonuniy foydalanish va ularni soxtalashtirish yoki qonunga xilof tarzda oʻzgartirish, qayta tiklash yoki berishni maksimal darajada qiyinlashtiradigan sifatda boʻlishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338129" id="-7338129">b) ushbu ishtirokchi-davlat tomonidan yoki uning nomidan berilgan kirish/chiqish hujjatlari yoki shaxsiy guvohnomalarning himoyalanganlik va ishonarlilik darajasini, shuningdek noqonuniy tarzda tayyorlash, berish va ulardan foydalanishning oldini olishni taʼminlash.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338130" id="-7338130"><strong>13-modda. Hujjatlarning qonuniyligi va haqiqiyligi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338131" id="-7338131">Ishtirokchi-davlat boshqa ishtirokchi-davlatning iltimosiga koʻra, oʻz ichki qonunchiligiga muvofiq, oqilona muddat ichida uning nomidan berilgan yoki berilishi mumkin boʻlgan hamda odam savdosi uchun foydalanishda gumon qilinayotgan kirish/chiqish hujjatlari yoki shaxsiy guvohnomalarning qonuniyligi va haqiqiyligini tekshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7338134" id="-7338134"><strong>IV. YAKUNLOVCHI QOIDALAR </strong></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338137" id="-7338137"><strong>14-modda. Istisno etuvchi qoidalar</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338138" id="-7338138">1. Mazkur Bayonnomadagi hech narsa xalqaro huquq, xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquq va, xususan, qoʻllash mumkin boʻlganda, 1951-yilgi Qochoqlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiya va 1967-yilgi Bayonnoma hamda ularda mustahkamlangan mamlakatdan chiqarib yubormaslik prinsipiga muvofiq davlatlar va alohida shaxslarning javobgarligi, majburiyatlari va boshqa huquqlariga daxl qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338139" id="-7338139">2. Ushbu Bayonnomada nazarda tutilgan choralar odam savdosi qurbonlari boʻlganlari uchungina kamsitilishga asos boʻlmaydigan tarzda talqin etiladi va qoʻllaniladi. Bu choralarni talqin etish va qoʻllash xalqaro eʼtirof etilgan kamsitilmaslik prinsiplariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338140" id="-7338140"><strong>15-modda. Nizolarning tartibga solinishi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338142" id="-7338142">1. Ishtirokchi-davlatlar mazkur Bayonnomani sharhlash yoki qoʻllashga oid nizolarni muzokaralar yoʻli bilan tartibga solishga harakat qiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338143" id="-7338143">2. Ikki yoki undan koʻp ishtirokchi-davlatlar oʻrtasidagi Bayonnomani sharhlash yoki qoʻllashga oid nizolarni oqilona vaqt ichida muzokaralar yoʻli bilan tartibga solish mumkin boʻlmasa, bu Ishtirokchi-davlatlardan birining iltimosiga koʻra, arbitraj muhokamasiga beriladi. Agar hakamlik haqida iltimos bilan murojaat qilingandan soʻng olti oy mobaynida ushbu Ishtirokchi-davlatlar uni tashkil etish toʻgʻrisida kelisha olmasalar, bu Ishtirokchi-davlatlardan biron biri Xalqaro sudga Sud Statutiga muvofiq ariza bilan murojaat qilish orqali nizoni taqdim etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338144" id="-7338144">3. Har bir Ishtirokchi-davlat mazkur Bayonnomani imzolash, ratifikatsiya qilish, qabul qilish yoki uni tasdiqlashda yoxud unga qoʻshilishda oʻzini ushbu moddaning <a href="/mact/-1463681#-7338143">2-bandi</a> qoidalari bilan bogʻliq emasligi toʻgʻrisida maʼlum qilishi mumkin. Boshqa Ishtirokchi-davlatlar shunday izoh bildirgan biron bir ishtirokchi-davlatga nisbatan mazkur moddaning <a href="/mact/-1463681#-7338143">2-bandi</a> qoidalari bilan bogʻliq boʻlmaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338145" id="-7338145">4. Ushbu moddaning 3-bandiga muvofiq qoʻshimcha shart qoʻygan har qanday ishtirokchi-davlat Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga bildirishnoma yuborish yoʻli bilan istalgan vaqtda bu shartni olib tashlashi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338146" id="-7338146"><strong>16-modda. Imzolash, ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash va qoʻshilish</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338147" id="-7338147">1. Mazkur Bayonnoma barcha davlatlar tomonidan imzolanishi uchun 2000-yilning 12-dekabridan 15-dekabrigacha Palermo, Italiyada, soʻng Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy muassasalarida 2002-yilning 12-dekabrigacha ochiq.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338148" id="-7338148">2. Mazkur Bayonnoma, shuningdek iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkilotlarining, agar kamida bunday tashkilotga aʼzo davlatlardan biri ushbu Bayonnomani mazkur moddaning <a href="/mact/-1463681#-7338147">1-bandiga</a> muvofiq imzolagan boʻlsa, imzolashi uchun ochiqdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338149" id="-7338149">3. Mazkur Bayonnoma ratifikatsiya qilinishi, qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi kerak. Ratifikatsiya yorliqlari yoxud qabul qilish yoki tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatlar saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga topshiriladi. Iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti oʻzining ratifikatsiya yorligʻini yoxud qabul qilish yoki tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatini, agar kamida aʼzo-davlatlardan biri shunday ish tutgan boʻlsa, saqlash uchun topshirishi mumkin. Bu ratifikatsiya yorligʻida yoxud qabul qilish yoki tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatda bunday Tashkilotning ushbu Bayonnoma bilan tartibga solinadigan masalalar boʻyicha oʻz vakolati sohasi toʻgʻrisida maʼlum qiladi. Bu Tashkilot, shuningdek depozitariyga oʻz vakolati sohasining har qanday oʻzgarishi toʻgʻrisida ham xabar qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338150" id="-7338150">4. Mazkur Bayonnoma har qanday davlat yoki iqtisodiy integratsiyaning biron bir mintaqaviy tashkilotining, eng kamida aʼzo davlatning biri ushbu Bayonnoma ishtirokchisi boʻlganda qoʻshilish uchun ochiqdir. Qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlar saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga topshiriladi. Qoʻshilishda iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti ushbu Bayonnoma bilan tartibga solinadigan masalalar boʻyicha oʻz vakolati sohasi toʻgʻrisida bayonot beradi. Bu tashkilot, shuningdek depozitariyga oʻz vakolati sohasining har qanday oʻzgarishlari toʻgʻrisida xabar qiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338151" id="-7338151"><strong>17-modda. Kuchga kirishi</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338152" id="-7338152">1. Mazkur bayonnoma qirqinchi ratifikatsiya yorligʻi yoxud qabul qilish, tasdiqlash yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlar saqlash uchun topshirilgan sanadan soʻng toʻqsoninchi kunda kuchga kiradi, biroq u Konvensiya kuchga kirgunga qadar kuchga kirmaydi. Ushbu band maqsadlari uchun iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti tomonidan saqlash uchun topshirilgan har qanday bu kabi yorliq yoki hujjat bunday tashkilotning aʼzo davlatlari tomonidan saqlash uchun topshirilgan yorliq yoki hujjatlarga qoʻshimcha sifatida qaralmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338153" id="-7338153">2. Mazkur Bayonnomani ratifikatsiya qiluvchi, qabul qiluvchi yoki tasdiqlovchi yoxud unga qirqinchi ratifikatsiya yorligʻi yoki bunday harakat toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilganidan keyin qoʻshiluvchi har bir davlat yoki iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti uchun ushbu Bayonnoma bunday davlat yoki tashkilot tomonidan tegishli yorliq yoki hujjat saqlash uchun topshirilgan sanadan soʻng oʻttizinchi kuni yoxud keyinchalik nima boʻlishiga qarab mazkur moddaning <a href="/mact/-1463681#-7338152">1-bandiga</a> muvofiq ushbu Bayonnoma kuchga kirish sanasida kuchga kiradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338154" id="-7338154"><strong>18-modda. Tuzatishlar</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338155" id="-7338155">1. Mazkur Bayonnoma kuchga kirgandan keyin besh yil oʻtgach, bu Bayonnomaning Ishtirokchi-davlati tuzatish kiritishni taklif qilishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yuborishi mumkin, soʻngra taklif qilingan tuzatishni koʻrib chiqish va u boʻyicha qaror qabul qilish maqsadida Ishtirokchi-davlatlarga va Konvensiya Ishtirokchilarining konferensiyasiga yuboradi. Ishtirokchilar konferensiyada qatnashayotgan mazkur Bayonnomaning Ishtirokchi-davlatlari har bir tuzatishga nisbatan konsensusga erishish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshiradilar. Agar konsensusga erishish uchun barcha saʼy-harakatlar amalga oshirilgan va kelishuvga erishilmagan boʻlsa, unda oxirgi chora sifatida tuzatishni qabul qilish uchun mazkur Bayonnoma Ishtirokchi-davlatlarining Ishtirokchilar konferensiyasida hozir boʻlgan va ovoz berishda qatnashayotgan uchdan ikki qismining koʻpchilik ovozi talab etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338156" id="-7338156">2. Oʻzlarining vakolat doirasiga kiradigan masalalarda iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkilotlari ushbu moddaga muvofiq oʻz ovoz berish huquqini mazkur Bayonnoma ishtirokchisi boʻlgan aʼzo-davlatlar soniga teng ovozlarga ega boʻlgan holda amalga oshiradilar. Bunday tashkilotlar, agar ularning aʼzo-davlatlari ovoz berish huquqini amalga oshirsa va aksincha boʻlsa, oʻz ovoz berish huquqini amalga oshirmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338157" id="-7338157">3. Ushbu moddaning <a href="/mact/-1463681#-7338155">1-bandiga</a> muvofiq qabul qilingan tuzatish Ishtirokchi-davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi, qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338158" id="-7338158">4. Ushbu moddaning <a href="/mact/-1463681#-7338155">1-bandiga</a> muvofiq qabul qilingan tuzatish Ishtirokchi-davlatga nisbatan ular tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga ratifikatsiya yorliqlari yoxud qabul qilish yoki tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatlar saqlash uchun topshirilgan sanadan toʻqson kun oʻtgach kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338159" id="-7338159">5. Tuzatish kuchga kirgandan soʻng, unga rioya etishga oʻz roziligini bildirgan Ishtirokchi-davlatlar uchun majburiy hisoblanadi. Boshqa Ishtirokchi-davlatlar mazkur Bayonnoma qoidalari va ular tomonidan avvalroq ratifikatsiya qilingan, qabul qilingan yoki tasdiqlangan har qanday tuzatishlarni bajarishda davom etadilar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338160" id="-7338160"><strong>19-modda. Denonsatsiya </strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338161" id="-7338161">1. Ishtirokchi-davlat ushbu Bayonnomani Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yozma bildirishnoma yuborish orqali denonsatsiya qilishi mumkin. Denonsatsiya Bosh kotib tomonidan xabarnoma olingan sanadan bir yil oʻtganidan soʻng kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338162" id="-7338162">2. Iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti mazkur Bayonnomaning barcha aʼzo-davlatlari ushbu Bayonnomani denonsatsiya qilganlarida uning ishtirokchisi hisoblanmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-7338163" id="-7338163"><strong>20-modda. Depozitariy va tillar</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338164" id="-7338164">1. Mazkur Bayonnomaning depozitariysi etib Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7338165" id="-7338165">2. Mazkur Bayonnomaning ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tilidagi matnlari aynan bir xil boʻlib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
