toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
BIRLAShGAN MILLATLAR TAShKILOTINING TRANSMILLIY UYuShGAN JINOYATChILIKKA QARShI KONVENSIYASINI (NYu-YORK, 2000-YIL 15 NOYABR) TOʻLDIRUVChI ODAM SAVDOSINING, AYNIQSA AYoLLAR VA BOLALAR SAVDOSINING OLDINI OLISh HAMDA UNGA ChEK QOʻYISh VA UNING UChUN JAZOLASh HAQIDAGI PROTOKOLNI RATIFIKATSIYA QILISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 23-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 27-iyunda maʼqullangan
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini (Nyu-York, 2000-yil 15-noyabr) toʻldiruvchi Odam savdosining, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qoʻyish va uning uchun jazolash haqidagi Protokol quyidagi bayonot bilan ratifikatsiya qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻzini ushbu Protokolning 15-moddasi 2-bandi qoidalari bilan bogʻliq deb hisoblamaydi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 8-iyul,
OʻRQ-160-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 262-modda)