1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz solig‘i / 07.10.04.03 (Кучини йукотган) Aksiz solig‘ini to‘lash tartibi, muddatlari va imtiyozlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1909]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 17-fevraldagi 6 va 2020-05-sonli “Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchani o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1909-6, 28.02.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1024-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-fevraldagi 15 va 2008-11-son bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2008-yil 5-mart, ro‘yxat raqami 1776 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 10-11-son, 67-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-fevral,
21-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-fevral,
2009-10-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2009-yil 10-fevraldagi 21, 2009-10-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha tabiiy gazni realizatsiya hajmlariga tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishdan olingan sof tushum — qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar chegirilib tashlangan holda eksportga tabiiy gazning realizatsiya qilishdan olingan tushum;
O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar — qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chegirilib tashlangan xoldagi tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishdan olingan tushumning “qirqish bahosidan” oshgan qismi;
hisob-kitob bahosi va “qirqish bahosi” — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi qarori bilan har yili kelgusi yil uchun tasdiqlanadigan tabiiy gazning baholar darajasi;
qo‘shimcha foyda — tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan hisob-kitob bahosi o‘rtasidagi ijobiy farq;
sof qo‘shimcha foyda — qo‘shimcha foyda qismiga to‘g‘ri keladigan, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq chegirib tashlangan, hisobot davridagi qo‘shimcha foyda summasidir.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 25-martdagi 44, 2019-22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1909-5, 15.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2019-y., 10/19/1909-5/2936-son)
3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqishda sof qo‘shimcha foyda summasi soliq solinadigan bazaga qo‘shilmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 28-fevraldagi 43 va 2018-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1909-4, 09.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1909-4/0868-son)
II. Soliq to‘lovchilar
4. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish obyekti paydo bo‘ladigan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tabiiy gazni eksportga realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar qo‘shimcha foyda solig‘ini to‘lovchilar bo‘ladi.
III. Soliq solish obyekti
5. Qo‘shimcha foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan obyekt hisobot davrida har bir kontrakt bo‘yicha aniqlanadigan soliq to‘lovchining qo‘shimcha foydasi hisoblanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 14-iyuldagi 56, 2010-31-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1909-2, 20.07.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 248-modda)
IV. Soliq solinadigan baza
6. Soliq solinadigan baza hisobot davrida har bir kontrakt bo‘yicha sof qo‘shimcha foyda hisoblanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 14-iyuldagi 56, 2010-31-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1909-2, 20.07.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 248-modda)
V. Soliq stavkasi
7. Qo‘shimcha foyda solig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan stavka bo‘yicha to‘lanadi.
VI. Soliq davri. Hisobot davri
8. Soliq davri — bir oy.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 14-iyuldagi 56, 2010-31-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1909-2, 20.07.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 248-modda)
9. Hisobot davri oydir.
VII. Soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va to‘lash tartibi
10. Qo‘shimcha foyda solig‘i summasi soliq solinadigan bazaning miqdoridan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
11. Qo‘shimcha foyda solig‘i respublika budjetiga milliy valyuta — so‘mda o‘tkaziladi.
12. Qo‘shimcha foyda solig‘ining hisob-kitobi davlat soliq xizmati organlariga hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha ilovaga binoan shaklda taqdim etiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 14-iyuldagi 56, 2010-31-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1909-2, 20.07.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 248-modda)
13. Soliq to‘lovchilar qo‘shimcha foyda solig‘ini hisobot davrida mahsulotni realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlaridan kelib chiqqan holda, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay to‘laydilar.
VIII. Soliq to‘lovchi tasarrufida qoladigan mablag‘larni hisoblab chiqarish va ulardan foydalanish tartibi
14. Soliq to‘lovchining ixtiyorida qoladigan mablag‘ soliq solinadigan baza va qo‘shimcha foyda solig‘i o‘rtasidagi farq sifatida hisoblab chiqariladi.
15. Soliq to‘lovchi tasarrufida qoladigan mablag‘lar qo‘shimcha foyda solig‘ini to‘lash uchun belgilangan muddatlarda tabiiy gaz uchun maxsus ochiladigan investitsiya hisob raqamiga to‘liq hajmda o‘tkaziladi. Mazkur investitsiya hisob raqamidan mablag‘lar faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, realizatsiya qilish uchun belgilangan tartibda ma’qullangan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga, investitsiya loyihalarini realizatsiya qilish, shuningdek asosiy ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash uchun jalb qilingan kreditlarga xizmat ko‘rsatishga sarf qilinadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 25-martdagi 44, 2019-22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1909-5, 15.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2019-y., 10/19/1909-5/2936-son)
16. Mablag‘lar soliq to‘lovchining xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkazilmaganda yoki maxsus hisob raqamda jamlangan mablag‘lar maqsadsiz sarflanganda ushbu mablag‘lar qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy jarimalar qo‘llangan holda to‘liqligicha davlat budjetiga o‘tkaziladi.
IX. Qo‘shimcha foyda solig‘i hisobini yuritish tartibi
17. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (21-son BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”ga muvofiq (2002-yil 23-oktabr, ro‘yxat raqami 1181 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 20-son; 2003-yil, 21-22-son) qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblash bilan bog‘liq operatsiyalar va qo‘shimcha foyda solig‘ini to‘lagandan keyin soliq to‘lovchi tasarrufida keyinchalik maqsadli foydalanish uchun qoladigan mablag‘lar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblashda:
soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qo‘shimcha ochiladigan 9811 “Qo‘shimcha foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlari” hisobvaraqning debetida;
6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” hisobvaraqning krediti;
b) soliq summasini budjetga o‘tkazishda:
6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” hisobvaraqning debeti;
pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqning krediti;
v) soliq to‘lovchi tasarrufida qoladigan mablag‘lar keyinchalik maqsadli foydalanishda:
soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qo‘shimcha ochiladigan 9830 “Qo‘shimcha foydadan maqsadli moliyalashtirishga ajratmalar bo‘yicha xarajatlar” hisobvaraqning debeti;
g) soliq to‘lovchi tasarrufida qoladigan mablag‘larni maxsus hisobvaraqqa o‘tkazishda:
bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqning debeti (5500);
pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraq krediti.
18. Qo‘shimcha foyda solig‘ini va soliq to‘lovchi tasarrufida keyinchalik maqsadli foydalanish uchun qoladigan mablag‘larni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun qo‘shimcha foyda solig‘i bo‘yicha hisob-kitob asos bo‘ladi.
19. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-son shakl)da 9811 “Qo‘shimcha foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlari” hisobvarag‘ida hisobga olingan, hisobot davri boshidan hisoblangan qo‘shimcha foyda solig‘i summasi qo‘shimcha ochiladigan “Qo‘shimcha foyda solig‘i” 251-satrda, 9830 “Qo‘shimcha foydadan maqsadli moliyalashtirishga ajratmalar bo‘yicha xarajatlar” hisobvarag‘ida hisobga olingan, hisobot davri boshidan hisoblangan soliq to‘lovchi tasarrufida keyinchalik maqsadli foydalanish uchun qoladigan mablag‘lar summasi esa qo‘shimcha ochiladigan “Qo‘shimcha foydadan maqsadli moliyalashtirishga ajratmalar” 252-satrda ko‘rsatiladi.
20. O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga hisoblanadigan va o‘tkaziladigan mablag‘lar bilan bog‘liq operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi:
a) tabiiy gazni realizatsiya qilish bahosining (qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chegirilib tashlangan holdagi) tabiiy gaz uchun “qirqish bahosi”dan oshishi hisobiga yuzaga kelgan summalar O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga hisoblanganda:
4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” hisobvarag‘ining debeti;
sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi hisobvaraqda (6500) qo‘shimcha ochiladigan “O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga to‘lovlar” hisobvarag‘ining krediti;
b) tabiiy gazni realizatsiya qilish bahosining (qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chegirilib tashlangan holdagi) tabiiy gaz uchun “qirqish bahosi”dan oshishi hisobiga yuzaga kelgan summalar O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkazilganda:
sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi hisobvaraqda (6500) qo‘shimcha ochiladigan “O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga to‘lovlar” hisobvarag‘ining debeti;
pul mablag‘lari hisobini yurituvchi hisobvaraqning krediti
X. Soliq to‘lovchilarning javobgarligi va davlat soliq xizmati organlari nazorati
21. Soliq to‘lovchilar qo‘shimcha foyda solig‘ining to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi, shuningdek soliq to‘lovchining xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi maxsus hisob raqamiga mablag‘larni o‘tkazilishi va maxsus hisob raqamdagi mablag‘larni maqsadli ishlatilishi uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
22. Qo‘shimcha foyda solig‘ining to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Yuridik shaxs shtampi
_______________________________tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga
Soliq to‘lovchi ______________________________________________________
(korxona, tashkilotning nomi)
STIR
Telefon______________
To‘lovchi manzili ____________________________________________________
Hisobvaraq raqami ___________________________________________________
(bank muassasasi nomi, kodi)
Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘i
hisob-kitobi
Ko‘rsatkichlar
Satr kodi
O‘lchov birligi
Jami
Jumladan, har bir kontrakt bo‘yicha alohida summa
Eksportga realizatsiya qilingan tabiiy gaz hajmi
010
ming kub.m
Tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilish sanasidagi AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha)
020
so‘m
Eksport qilinadigan tabiiy gaz 1000 kub.m hisobida:
Realizatsiya qilishdan sof tushum
030
AQSh doll.
Hisob-kitob narxi
040
AQSh doll.
Qo‘shimcha foyda summasi ((030-satr — 040-satr) ijobiy farq)
050
AQSh doll.
Qo‘shimcha foydaga to‘g‘ri keladigan qismi bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq ___% stavkada (050-satr x __%)
060
AQSh doll.
Soliq solinadigan baza (sof qo‘shimcha foyda) ( 050-satr — 060-satr)
070
AQSh d�ll.
Qo‘shimcha foyda solig‘ining belgilangan stavkasi
080
%
Jami hajmga to‘g‘ri keladigan budjetga to‘lanadigan qo‘shimcha foyda solig‘i summasi
090
(070-satr x 080-satr x 010-satr)
0901
AQSh doll.
(0901-satr x 020-satr / 1000)
0902
ming so‘m
Jami hajmga qo‘shimcha foyda solig‘i to‘langandan keyin tashkilot tasarrufida qoladigan va maxsus hisobvaraqda jamlanadigan summa (070-satr x 010-satr – 0901-satr)
100
AQSh doll.
Rahbar
_________________
_______________________________
(imzo)
(F.I.Sh.)
_________________
_______________________________
(imzo)
(F.I.Sh.)
20___ yil “___” _____________
M.O‘.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 25-martdagi 44, 2019-22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1909-5, 15.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2019-y., 10/19/1909-5/2936-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 9-son, 98-modda; 2010-y., 12-son, 91-modda; 2010-y., 28-29-son, 248-modda; 2014-y., 10-son, 120-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1909-4/0868-son; 15.04.2019-y., 10/19/1909-5/2936-son)