1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.04 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
TABIIY GAZGA QOʻShIMChA FOYDA SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 5-martda 1776-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 10-fevraldagi 21-son va 2009-10-sonli “Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (roʻyxat raqami 1909, 24.02.2009-y.) qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-744-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 21-fevral,
15-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 21-fevral,
2008-11-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-fevraldagi 15, 2008-11-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007y.,52-son, 534-modda) muvofiq tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha tabiiy gazni realizatsiya hajmlariga tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
realizatsiya qilish bahosi — qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi chegirilib tashlangan holda tabiiy gazning eksportga realizatsiya qilishda amalga oshiriladigan kontrakt baho;
hisob-kitob bahosi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan har yili kelgusi yil uchun tasdiqlanadigan tabiiy gazning baholar darajasi;
qoʻshimcha foyda — realizatsiya qilish bahosi bilan hisob-kitob bahosi oʻrtasidagi ijobiy farq.
II. Soliq toʻlovchilar
3. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish obyekti paydo boʻladigan, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tabiiy gazni eksportga realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar boʻladi.
III. Soliq solish obyekti
4. Soliq toʻlovchining hisobot davridagi daromadining bir qismi qoʻshimcha foyda soligʻini solish obyekti hisoblanadi.
IV. Soliq solinadigan baza
5. Qoʻshimcha foyda soliq solinadigan bazadir.
6. Qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza qoʻshimcha foyda soligʻi summasidan hisoblab chiqarilgan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar summasiga kamaytiriladi.
7. Qoʻshimcha foyda summasi qoʻshimcha foyda summasidan hisoblab chiqarilgan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar chegirilgan xolda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan bazani kamaytiradi.
V. Soliq stavkasi
8. Qoʻshimcha foyda soligʻi quyidagi stavkalar boʻyicha toʻlanadi:
Soliq solinadigan baza
Soliq stavkasi
1000 kub. m uchun 100 AQSh dollaridan ortigʻiga soʻm ekvivalentida
75 foiz
VI. Soliq davri. Hisobot davri
9. Soliq davri kalendar yil hisoblanadi.
10. Hisobot davri oy hisoblanadi.
VII. Soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va toʻlash tartibi
11. Qoʻshimcha foyda soligʻi summasi soliq solinadigan bazaning miqdoridan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
12. Qoʻshimcha foyda soligʻi respublika budjetiga milliy valyuta — soʻmda oʻtkaziladi.
13. Qoʻshimcha foyda soligʻining hisob-kitobi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha ilovaga binoan shaklda taqdim etiladi.
14. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soligʻini hisobot davrida mahsulotni realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlaridan kelib chiqqan holda, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay toʻlaydilar.
VIII. Soliq toʻlovchi tasarrufida qoladigan mablagʻlarni hisoblab chiqarish va ulardan foydalanish tartibi
15. Soliq toʻlovchi tasarrufida qoladigan mablagʻlar qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlash uchun belgilangan muddatlarda tabiiy gaz uchun maxsus ochiladigan investitsiya hisobraqamiga toʻliq hajmda oʻtkaziladi. Mazkur investitsiya hisobraqamidan mablagʻlar faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, realizatsiya qilish uchun belgilangan tartibda maʼqullangan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga, investitsiya loyihalarini realizatsiya qilish, shuningdek asosiy ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash uchun jalb qilingan kreditlarga xizmat koʻrsatishga sarf qilinadi.
16. Mablagʻlar soliq toʻlovchining xizmat koʻrsatuvchi bankdagi maxsus hisobraqamiga oʻtkazilmaganda yoki maxsus hisobraqamda jamlangan mablagʻlar maqsadsiz sarflanganda ushbu mablagʻlar qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy jarimalar qoʻllangan holda toʻliqligicha davlat budjetiga oʻtkaziladi.
IX. Qoʻshimcha foyda soligʻining hisobini yuritish tartibi
17. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga muvofiq (2002-yil 23-oktabr, roʻyxat raqami 1181 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 20-son; 2003-yil, 21-22-son) qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblash bilan bogʻliq operatsiyalar va qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlagandan keyin soliq toʻlovchi tasarrufida keyinchalik maqsadli foydalanish uchun qoladigan mablagʻlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) Qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblashda:
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qoʻshimcha ochiladigan 9811 “Qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha xarajatlari” hisobvaraqning debetida;
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaraqning krediti;
b) soliq summasini budjetga oʻtkazishda:
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaraqning debeti;
pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqning krediti;
v) soliq toʻlovchi tasarrufida qoladigan mablagʻlar keyinchalik maqsadli foydalanishda:
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qoʻshimcha ochiladigan 9830 “Qoʻshimcha foydadan maqsadli moliyalashtirishga ajratmalar boʻyicha xarajatlar” hisobvaraqning debeti;
g) soliq toʻlovchi tasarrufida qoladigan mablagʻlarni maxsus hisobvaraqqa oʻtkazishda:
bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqning debeti (5500);
pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraq krediti.
18. Qoʻshimcha foyda soligʻini va soliq toʻlovchi tasarrufida keyinchalik maqsadli foydalanish uchun qoladigan mablagʻlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha hisob-kitob asos boʻladi.
19. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot (2-son shakl)da 9811 “Qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha xarajatlari” hisobvaragʻida hisobga olingan, hisobot davri boshidan hisoblangan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi qoʻshimcha ochiladigan “Qoʻshimcha foyda soligʻi” 251-satrda, 9830 “Qoʻshimcha foydadan maqsadli moliyalashtirishga ajratmalar boʻyicha xarajatlar” hisobvaragʻida hisobga olingan, hisobot davri boshidan hisoblangan soliq toʻlovchi tasarrufida keyinchalik maqsadli foydalanish uchun qoladigan mablagʻlar summasi esa qoʻshimcha ochiladigan “Qoʻshimcha foydadan maqsadli moliyalashtirishga ajratmalar” 252-satrda koʻrsatiladi.
X. Soliq toʻlovchilarning javobgarligi va davlat soliq xizmati organlari nazorati
20. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi, shuningdek soliq toʻlovchining xizmat koʻrsatuvchi bankdagi maxsus hisobraqamiga mablagʻlarni oʻtkazilishi va maxsus hisobraqamdagi mablagʻlarni maqsadli ishlatilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
21. Qoʻshimcha foyda soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Yuridik shaxs shtampi
_______________________________tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga Soliq toʻlovchi ______________________________________________________
(korxona, tashkilotning nomi)
STIR
Telefon ___________________________ Toʻlovchi manzili ____________________________________________________ Hisob-kitob raqami ______________________________________________-son
(bank muassasasi nomi, kodi)
Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻi hisob-kitobi
Koʻrsatkichlar
Satr kodi
Oʻlchov birligi
Summasi
Eksportga realizatsiya qilingan tabiiy gaz hajmi
010
ming kub. m
qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi chegirilib tashlangan holda barcha hajmga realizatsiya qilish summasi
020
AQSh doll.
Hisobot davrida AQSh dollarining soʻmga nisbatan oʻrtacha kursi (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha)
030
soʻm
1000 kub. m. tabiiy gazni oʻrtacha realizatsiya qilish narxi (020-satr / 010-satr)
040
AQSh doll.
1000 kub. m. tabiiy gaz uchun hisob-kitob narxi
050
AQSh doll.
100
Umumiy hajmga qoʻshimcha foydaning jami summasi (040-satr – 050-satr) x 010-satr)
060
AQSh doll.
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar, jami stavkada ___ foiz: (060-satr x ___ %)
070
AQSh doll.
Soliq solinadigan baza (060-satr – 070-satr)
080
AQSh doll.
Qoʻshimcha foyda soligʻining belgilangan stavkasi
090
%
Budjetga toʻlanadigan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi
100
(080-satr x 090-satr)
1001
AQSh doll.
(1001-satr x 030-satr / 1000)
1002
ming soʻm
Oʻtgan hisobot davri uchun hisob-kitob boʻyicha hisoblangan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi
110
ming soʻm
Qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin tashkilot tasarrufida qoladigan va maxsus hisobvaraqda jamlanadigan summa (080-satr – 1001-satr)
120
AQSh doll.
Rahbar _________________________
______________________
(imzo)
(F.I.Sh.)
Bosh buxgalter ___________________
______________________
(imzo)
(F.I.Sh.)
200__ yil “___”_____________ M.Oʻ.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 67-modda)