toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2014
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 14-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1905]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2565, 28.02.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 8-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 10-son, 33-modda) hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 5-son, 26-modda) qarorlariga muvofiq, shuningdek vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatiga olinsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Xasanov) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2000-yil 16-oktabrdagi 124-son “Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 979, 2000-yil 16-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 20-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5. Ushbu buyruq 2009-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2009-yil 14-fevral,
42-mh-son
Adliya vazirining 2009-yil 14-fevraldagi 42-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 8-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 10-son, 33-modda) hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 5-son, 26-modda) qarorlariga muvofiq vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, qabul qilish, huquqiy ekspertizadan, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va kuchga kirish tartibini belgilaydi.
I-bob. Umumiy qoidalar
1-§. Asosiy tushunchalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
qonunchilik texnikasi — huquq ijodkorligi faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish uchun foydalaniladigan qoidalar, metodlar, vositalar va usullar (instrumentlar) majmui;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari (bundan keyingi oʻrinlarda normativ-huquqiy hujjat deb yuritiladi) — vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan belgilangan shaklda qabul qilingan, umummajburiy normativ-huquqiy davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat;
huquqiy ekspertiza — normativ-huquqiy hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga, shuningdek, qonunchilik texnikasiga muvofiqligini tekshirishni amalga oshirish.
2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar (bundan keyingi oʻrinlarda vazirlik va idoralar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur Qoidalarga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladilar.
Mazkur Qoidalarda idoralar deganda vazirlik yoki davlat qoʻmitasi hisoblanmagan, ijro etish yoki farmoyish berish funksiyalari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan davlat boshqaruv organlari yoxud maxsus vakolatli boshqaruv organlari (agentliklar, komissiyalar, markazlar, boshqarmalar va boshqalar) tushuniladi.
2-§. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish vakolati
3. Vazirlik va idoralar oʻz vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladilar. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish, agar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida vazirlik yoki idoraga tegishli normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish yoki tegishli munosabatlarni normativ tartibga solish vakolati berilgan boʻlsa, ularning vakolatiga kiradi.
Vazirlik va idoralarning tarkibiy boʻlinmalari va hududiy organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas, qonunchilik bilan ularga bunday huquq berilgan hollar bundan mustasno. Vazirlik va idoralar normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish boʻyicha berilgan vakolatni boshqa organlarga, shu jumladan oʻzlarining tarkibiy boʻlinmalari va hududiy organlariga berishga haqli emas.
4. Vazirlik va idoralar normativ-huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar kelib chiqqan taqdirda, agar ushbu masalalarni normativ-huquqiy tartibga solish oʻz vakolatlariga kirsa, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vaqtida qabul qilishlari kerak. Adliya vazirligi vazirlik va idoralarga tegishli normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish zarurligi toʻgʻrisida, uni qabul qilish muddatini koʻrsatgan holda taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini bajarish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat qabul qilish muddati, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, qoida tariqasida bir oydan oshmasligi lozim.
3-§. Normativ-huquqiy hujjatning shakli va amal qilish muddati
5. Vazirlik va idoralar oʻz vakolatlari doirasida mazkur Qoidalarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq buyruq va qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladilar.
6. Normativ-huquqiy koʻrsatmalarni normativ-huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlarga (xat, telefonogramma, xususiy masalalar boʻyicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi xususiyatga ega hujjatlar va boshqalar) kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Normativ-huquqiy tusga ega boʻlmagan, lekin normativ-huquqiy koʻrsatmalarni oʻz ichiga olgan hujjatlar bekor qilinishi lozim va qoʻllanilmaydi.
7. Buyruqlar vazirlar va idora nomidan qarorlar qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan boshqa idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi. Buyruqlar boshqa vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
8. Qarorlar davlat qoʻmitalari va idora nomidan qarorlar qabul qilishni kollegial organ amalga oshiradigan boshqa idoralar tomonidan, shuningdek, ikki yoki bir nechta vazirlik va idoralar tomonidan qoʻshma hujjatlar qabul qilingan hollarda qabul qilinadi.
9. Buyruqlar va qarorlar bilan mazkur Qoidalarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq ushbu buyruq yoki qarorning tarkibiy qismi hisoblanuvchi nizomlar, qoidalar va yoʻriqnomalar tasdiqlanishi mumkin.
Bitta buyruq yoki qaror bilan bir nechta nizomlar, qoidalar yoki yoʻriqnomalar tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
10. Nizomlarning asosiy mazmuni umumiy belgilar asosida birlashtirilgan munosabatlar majmuini tartibga solishga qaratilgan oʻzaro tizimli bogʻlangan qoidalarni oʻrnatishdan iborat.
11. Qoidalarning asosiy mazmuni aniq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan alohida huquqiy normalarni oʻrnatishdan iborat.
12. Yoʻriqnomalarning asosiy mazmuni qonun hujjatlari qoidalarini qoʻllash tartibini belgilashdan iborat.
13. Normativ-huquqiy hujjatlar muayyan muddatga (vaqtinchalik) yoki nomuayyan muddatga qabul qilinishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilish muddati:
a) aniq sana bilan (odatda, bir yildan koʻp boʻlmagan);
b) muayyan hodisaning yuz berishi yoxud normativ-huquqiy hujjatning qabul qilinishidan koʻzlangan maqsadga erishilganligi bilan chegaralanishi mumkin.
4-§. Qoʻshma normativ-huquqiy hujjatlar
14. Normativ-huquqiy hujjat bir nechta vazirlik va idoralar tomonidan qoʻshma yoki ulardan biri boshqalari bilan kelishgan holda qabul qilinishi mumkin.
15. Qoʻshma normativ-huquqiy hujjatlar bir nechta vazirlik va idoralarning qoʻshma qarori shaklida, mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq qabul qilinadi.
II-bob. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash
1-§. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tayyorlanishini tashkil etish
16. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash vazirlik va idoralarning bir yoki bir nechta tarkibiy boʻlinmalariga, ularning vazifalari va vakolatlarini hisobga olgan holda, yuklatiladi. Bunda koʻrsatilgan loyihaning tayyorlanishi uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslar doirasi, uni tayyorlash muddati, zarurat boʻlgan taqdirda, mazkur ishga jalb qilinadigan tashkilotlar aniqlanadi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda vazirlik va idoralarning yuridik xizmati ishtirok etishi shart.
17. Eng muhim va murakkab normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek bir nechta vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun ishchi guruhlari tuzilishi mumkin.
18. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish jarayonida loyiha mavzusiga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash amaliyoti, koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha ilmiy adabiyotlar va ommaviy axborot vositalarining materiallari, shuningdek agar oʻtkazilgan boʻlsa, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar maʼlumotlari oʻrganilishi va tahlil qilinishi lozim. Loyihada koʻrilayotgan masalalar xususiyatini hisobga olgan holda boshqa davlatlarning qonun hujjatlari va qonunchilik yoʻli bilan tartibga solish tajribasi, xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlar oʻrganiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchiligiga, mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasiga muvofiq boʻlishi shart.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi 235-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1905-3, 29.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 508-modda)
181. Normativ-huquqiy hujjatlarga:
korrupsiyaning yuzaga kelishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida boshqa huquq buzilishlarining sodir etilishi uchun shart-sharoitlar yaratuvchi;
tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklashlarni kirituvchi va tadbirkorlik subyektlarining asoslanmagan xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar va normalar kiritilishi taqiqlanadi.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi 235-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1905-3, 29.10.2012-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 508-modda)
2-§. Normativ-huquqiy hujjat tuzilishi
19. Normativ-huquqiy hujjat tuzilishi normativ-huquqiy tartibga solish predmeti izchil (mantiqiy) rivojlanishini, shuningdek boʻlajak hujjat bir xilda tushunilishi va qoʻllanilishini taʼminlashi lozim.
20. Normativ-huquqiy hujjat uning mazmuni hamda tartibga solish predmetini aks ettiruvchi qisqa nomga ega boʻlishi lozim. Hujjat nomi aniq, ravon va imkon qadar axborotga boy boʻlishi lozim.
Agar buyruq yoki qaror bilan nizom, qoidalar yoki yoʻriqnoma tasdiqlanadigan boʻlsa, mazkur Qoidalarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq shakl boʻyicha buyruq yoki qarorning nomida ushbu hujjatlarning tasdiqlangani koʻrsatilishi lozim.
21. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan koʻzlangan maqsad va sabablarni tushuntirish uchun loyihada kirish qismi — muqaddima berilishi mumkin.
Muqaddimada normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishning sabablari, maqsadlari va vazifalari koʻrsatiladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida qabul qilinayotganligi koʻrsatiladi. Muqaddima normativ-huquqiy koʻrsatmalarni oʻz ichiga olmasligi, bandlarga boʻlinmasligi va raqamlanmasligi kerak.
22. Normativ-huquqiy koʻrsatmalar arab raqamlarida belgilanib, nuqta qoʻyilgan bandlar koʻrinishida bayon qilinadi va sarlavhaga ega boʻlmaydi. Normativ-huquqiy hujjat bandlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi kerak. Bandlar doirasimon qavslar bilan berkitiladigan harf koʻrinishidagi kichik bandlarga hamda xatboshilarga boʻlinishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
ikkitali raqamlarni ishlatish (masalan, “1.1”, “5.1.1”, “1.a”, “a.a” va h.k.);
bir vaqtning oʻzida kichik bandlarni va mustaqil (kichik bandlar bilan bogʻlanmagan) xatboshilarni bayon etish;
xatboshilar boshlanishida defis yoki boshqa belgilar ishlatish.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan ikkinchi — beshinchi xatboshilarga almashtirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
23. Hajmiga koʻra normativ-huquqiy hujjat kamayib boruvchi quyidagicha tuzilmaviy birliklarga boʻlinadi: boʻlimlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar va xatboshilar. Xatboshilarni boshqa tuzilmaviy birliklarga boʻlishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Boʻlimlar va boblar rim raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi.
Agar normativ-huquqiy hujjatda boblar boʻlmasa, “boʻlim” tuzilmaviy birligi kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-§. Normativ-huquqiy hujjat mazmunini bayon etish
24. Normativ-huquqiy hujjatning har bir bandida bitta normativ-huquqiy koʻrsatma boʻlishi kerak. Hujjatning har bir mustaqil bandi toʻliq va tugallangan mazmunga ega boʻlishi kerak.
25. Normativ-huquqiy hujjatda qonun hujjatlari normalarini soʻzma-soʻz takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qonun hujjatlarining ayrim qoidalarini takrorlashga ushbu hujjatlar va ularning eʼlon qilingan rasmiy manbalarini koʻrsatgan holda, masalani toʻlaroq bayon etish uchungina yoʻl qoʻyilishi mumkin. Ushbu hujjatlarga takroriy havola qilinayotganda ularning rasmiy manbalari koʻrsatilishi shart emas.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
26. Normativ-huquqiy hujjat matnida qonun hujjatlariga havolalar qilish faqat istisno hollardagina yoʻl qoʻyiladi. Qonun hujjatlariga ularning ayrim qoidalarini takrorlamasdan havola qilingan hollarda mazkur Qoidalarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq eʼlon qilingan rasmiy manbalar ham koʻrsatilishi shart.
27. Normativ-huquqiy hujjatda vazirlik va idoralarning boshqa normativ-huquqiy hujjatlarining ayrim qoidalari takrorlangan yoxud ularga havola qilingan hollarda, mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq ularning nomi, Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazishda berilgan roʻyxatdan oʻtkazish raqami, davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi, shuningdek eʼlon qilingan rasmiy manbasi koʻrsatilishi zarur.
28. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatda qonun hujjatlarida mavjud boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatlarga, Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirmagan xalqaro shartnomalarga, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtmagan normativ-huquqiy tusdagi hujjatga havola qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Vazirlik va idoralarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlmagan, shu jumladan tavsiya xususiyatiga ega hujjatlariga havola qilishga ularning qoidalariga umummajburiy tus bermaslik sharti bilan yoʻl qoʻyiladi (standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, texnik qoida va normalar bundan mustasno).
Normativ-huquqiy hujjat bilan vazirlik va idoralarga ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatini berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qonun hujjatlari majmuiga yoki oʻrnatilgan tartibga havola qilingan holda, yuridik xizmat maʼlumotnomasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati ilova qilinadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
29. Normativ-huquqiy hujjatda uning boshqa bandlariga, shuningdek vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlariga havola qilish ularning oʻzaro aloqasini koʻrsatish yoki takrorlanishlarning oldini olish uchungina yoʻl qoʻyiladi.
30. Normativ-huquqiy hujjat normalari, loʻnda, aniq, oddiy va ravon tilda bayon qilinishi lozim. Normativ-huquqiy hujjatni oʻqiganda va amalda qoʻllaganda, uning matni turli xil talqinlar va tushunmovchiliklarga olib kelmasligi lozim. Normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar ularning qonun hujjatlarida qabul qilingan mazmuniga muvofiq, turlicha sharhlash imkoniyatini istisno etadigan tarzda bir xilda qoʻllaniladi.
Loyihada quyidagilarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
ogʻzaki nutq shakllari;
xorijiy tillarning atamalari, davlat tilida teng maʼnoli soʻzlar va tushunchalar boʻlgan taqdirda;
eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar.
Loyihaning jumlalari rasmiy til uslubidan va yuridik atamashunoslikdan foydalanilgan holda umumeʼtirof etilgan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalari asosida tuziladi;
Normativ-huquqiy hujjatda qonun hujjatlarida mavjud boʻlmagan tushunchalar, shuningdek texnik va boshqa maxsus tushunchalardan foydalanilgan hollarda, hujjatda ularning taʼrifi beriladi. Loyihada koʻp marotaba qoʻllanilgan bir yoki bir nechta tushunchaga taʼrif berish zarur boʻlgan hollarda ular mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatning boshlanishida alohida bandda koʻrsatiladi. Normativ-huquqiy hujjatda, shuningdek umum qabul qilingan qisqartmalar qoʻllanilishi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar berilishi mumkin.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
31. Agar normativ-huquqiy hujjatda roʻyxatlar, jadvallar, grafiklar, formulalar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar va blankalar namunalari, uslubiyotlar berilsa, unda ular ilovalar koʻrinishida rasmiylashtirilishi lozim, hujjatning tegishli bandlarida ushbu ilovalarga havola qilinishi lozim.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi 235-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1905-3, 29.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 508-modda)
Normativ-huquqiy hujjatga, shuningdek, tavsiya xususiyatidagi hujjatlar (namunaviy nizomlar, ustavlar, shartnomalar, uslubiy tavsiyalar va boshqalar) ham, ularning qoidalariga umummajburiy tus bermaslik sharti bilan ilova qilinishi mumkin. Ushbu hujjatlar Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish predmeti hisoblanmaydi.
Ilovalar tegishli tartibda arab raqamlari bilan raqamlanadi va mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
4-§. Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi loyihani tayyorlash
32. Normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek uni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish tegishlicha buyruqlar va qarorlar bilan rasmiylashtiriladi. Muqaddam qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki normativ-huquqiy hujjatlarni yoxud ularning tuzilmaviy birliklarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi normalar mazkur Qoidalarning 5, 6, 7 va 8-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qaror loyihasining matniga kiritiladi (oʻz kuchini yoʻqotayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, boʻlimlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar, chiqarib tashlanayotgan xatboshilar koʻrsatilgan holda).
Normativ-huquqiy hujjatga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yoxud oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi hujjat oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjat qaysi tilda qabul qilingan boʻlsa, shu tilda qabul qilinadi.
Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasining matnida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjat nomidan keyin mazkur Qoidalarning 5, 6, 7 va 8-ilovalariga muvofiq unga Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazishda berilgan roʻyxatdan oʻtkazish raqami va davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi, shuningdek, eʼlon qilishning rasmiy manbasi koʻrsatiladi.
33. Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutadigan hujjat bilan ikki yoki undan ortiq oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritiladigan, shuningdek ularning hajmi katta boʻlgan hollarda, bunday oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur Qoidalarning 9 va 10-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qarorga ilova koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
34. Bir yoki bir nechta normativ-huquqiy hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan hollarda, ushbu hujjatlarning roʻyxati qoida tariqasida mazkur Qoidalarning 11-ilovasiga muvofiq buyruq yoki qarorga ilova koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Bir vaqtning oʻzida oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar xronologik tartibda joylashtiriladi (ularni qabul qilish sanasi boʻyicha).
Aynan bitta sanada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ular roʻyxat raqamlarining ortib borishi tartibida joylashtiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
35. Normativ-huquqiy hujjatning kichik bandigacha boʻlgan (kichik bandni ham qoʻshgan holda) tuzilmaviy birligining amal qilishining tugatilishi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi yoxud normativ-huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi buyruq yoki qarorda oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish, xatboshi koʻrinishidagi tuzilmaviy birlikning amal qilishining tugatilishi esa chiqarib tashlash deb koʻrsatiladi.
36. Oʻzgartirishlarga quyidagilar kiradi:
raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar va pozitsiyalarni almashtirish;
kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar, ilovalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish yoki raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar va xatboshilarni chiqarib tashlash;
xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar, ilovalarni, shuningdek paragraflar, boblar, boʻlimlar, ilovalar va normativ-huquqiy hujjatlar nomlarini yangi tahrirda bayon qilish.
37. Qoʻshimchalarga normativ-huquqiy hujjatga yangi raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalarni kiritish kiradi.
38. Normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi hujjat quyidagilarga boʻlinishi mumkin:
nuqtali arab raqamlari bilan raqamlanadigan bandlar;
doirasimon qavs bilan berkitiladigan kichik harflar bilan belgilanadigan kichik bandlar;
xatboshilar.
381. Normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda uning boʻlimlari, boblari, paragraflari, bandlari va kichik bandlarining raqamlanishi oʻzgarmaydi.
Agar normativ-huquqiy hujjat yangi tuzilmaviy birliklar bilan toʻldirilayotgan boʻlsa, mazkur Qoidalarning 382-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, unda ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qoʻyiladigan qoʻshimcha raqamlar bilan belgilash lozim (masalan, 21-band, “v1”-kichik bandi va h.k.).
382. Agar tegishli qoʻshimchalar tuzilmaviy birligi (boʻlim, kichik boʻlim, bob yoki band) oxiriga kiritilayotgan boʻlsa, unda mavjud raqamlanish davom etadi (masalan, agar normativ-huquqiy hujjatning oxirgi bandi 50-band boʻlib hisoblansa, normativ-huquqiy hujjat 51-band bilan toʻldiriladi, agar bandning oxirgi bandi “v” kichik band hisoblansa, unda “g” kichik band bilan toʻldiriladi va hokazo).
383. Band yoki kichik bandga yangi xatboshi qoʻshilayotganda, mazkur band yoki kichik bandning keyingi xatboshilari raqamlanishi tegishli tartibda oʻzgaradi.
384. Kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar matnida, ularning mazmuniga qarab, tinish belgilari ham qoʻshiladi (masalan, “va yoʻriqnomalar” degan soʻzlar “, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin; “, shuningdek” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin; “suv bilan taʼminlovchi korxonalar — ” degan soʻzlar chiqarib tashlansin).
385. Normativ-huquqiy hujjatning bandi yoki kichik bandi har biri kirish xatboshisining davomi boʻlgan xatboshilardan iborat boʻlsa, xatboshilarni hisoblash kirish xatboshisidan boshlanadi.
Masalan:
“(birinchi xatboshi) 2. Yer osti ishlari quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin:
(ikkinchi xatboshi) shaxta yoki rudnikka tushish va yer ustiga chiqish jurnali (tabeli);
(uchinchi xatboshi) marksheyderlik hujjatlari bilan;
(toʻrtinchi xatboshi) ishchi nomiga (shaxtalarda, rudniklarda) akkumulyatorlik raqamlarini biriktirish jurnallari bilan”.
386. Normativ-huquqiy hujjatning tegishli tuzilmaviy birliklari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan taqdirda, keyingi tuzilmaviy birliklarning raqamlanishi oʻzgarmaydi.
Xatboshi chiqarib tashlanganda keyingi xatboshilarning ketma-ketligi qayta koʻrib chiqiladi (masalan, 2-bandning “a” kichik bandida: beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin; oltinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin).
387. Asosiy normativ-huquqiy hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotganda, ushbu hujjatga oʻzgartirish kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanishi kerak”.
(381 — 387-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
39. Agar normativ-huquqiy hujjatga muhim ahamiyatga ega oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarurati yoki aynan bir masala boʻyicha bir nechta hujjatlarning mavjudligi aniqlansa, u holda ularni tartibga solish maqsadida yagona yangi hujjat ishlab chiqiladi. Ushbu hujjat loyihasiga yangi, shuningdek muqaddam qabul qilingan hujjatlardagi oʻz kuchini saqlab qolayotgan normativ-huquqiy koʻrsatmalar kiritiladi.
40. Normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning aniqliligini lozim darajada nazorat qilishni taʼminlash uchun jadval koʻrinishida rasmiylashtiriladigan taqqoslashlar tuziladi.
41. Taqqoslash jadvali uchta grafadan iborat boʻladi:
normativ-huquqiy hujjatning oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilayotgan tuzilmaviy birligining amaldagi tahriri;
normativ-huquqiy hujjatning oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan tegishli tuzilmaviy birligining taklif etilayotgan tahriri;
kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni asoslantirish.
Tegishli tuzilmaviy birlikning amaldagi va taklif etilayotgan tahriridagi grafalari taqqoslash jadvalida quyidagi koʻrinishda bayon etiladi:
amaldagi va taklif etilayotgan tahrirlar grafalarida oʻzgarayotgan raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar toʻq shrift bilan ajratib koʻrsatiladi;
taklif etilayotgan tahrir grafasida toʻldirilayotgan raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar toʻq shrift bilan ajratib koʻrsatiladi;
amaldagi tahrir grafasida oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar, ilovalar yoki chiqarib tashlanayotgan raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar va xatboshilar toʻq kursiv shrift bilan ajratib koʻrsatiladi.
Agar normativ-huquqiy hujjatning tuzilmaviy birligi yangi tahrirda bayon etilayotgan boʻlsa, u holda taqqoslash jadvalida faqat tegishlicha oʻzgarayotgan, toʻldirilayotgan, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan yoki chiqarib tashlanayotgan raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar ajratib koʻrsatiladi.
Amaldagi va taklif etilayotgan tahrirlar grafalarida oʻzgarmagan tegishli raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar, kiritilgan oʻzgartirishlar koʻzga yaqqol tashlanishi uchun oddiy shriftda beriladi.
III-bob. Normativ-huquqiy hujjatni rasmiylashtirish, kelishish va qabul qilish
1-§. Normativ-huquqiy hujjatni rasmiylashtirish
42. Normativ-huquqiy hujjatning matni A4 formatdagi qogʻoz varagʻining bir tomonida masshtab kichraytirilmagan holda joylashishi lozim.
43. Buyruqlar va qarorlar matnlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan tegishli blanklarda yozilishi va ularni qabul qilgan organning (organlarning) nomi boʻlishi lozim.
44. Ilovalari boʻlgan normativ-huquqiy hujjatning betlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi lozim. Betning tartib raqami varaqning yuqori oʻng burchagida “2” raqamidan boshlab yoziladi. Birinchi betida “1” raqami qoʻyilmaydi.
45. Qoida tariqasida, standart varaqda 1,5 qator oraligʻida yozilishi lozim; har bir bet hoshiyasi: yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 2 sm boʻlishi, xatboshi besh-olti belgiga teng va bir xilda boʻlishi lozim.
Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times New Roman” 12 oʻlchamli shriftida yoki shunga oʻxshash shriftni qoʻllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
(45-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 66-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1905-1, 30.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 101-modda)
46. Tayyorlangan normativ-huquqiy hujjat loyihasining grammatika qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
Loyiha matnining har bir qatorida soʻzlar koʻchirilmasdan tugallangan boʻlishi lozim. Loyihaning har bir qatori oxirida, old koʻmakchilar, bogʻlovchilar, “№” belgisi, sonlar qismi, abbreviaturalar va boshqalarning qoldirilishi tavsiya etilmaydi;
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Normativ-huquqiy hujjat matnida oʻchirish va tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
47. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini grammatika qoidalariga muvofiqligi tekshirib chiqilganidan soʻng vazirlik va idoralarning yuridik xizmati loyihaning qonun hujjatlariga va qonunchilik texnikasiga muvofiqligini tekshiradi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi qonun hujjatlariga va qonunchilik texnikasiga muvofiq boʻlsa, loyiha yuridik xizmat rahbari tomonidan imzolanadi. Imzolash loyihaning har bir betining orqa tarafiga imzo qoʻyish bilan amalga oshiriladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi qonun hujjatlariga va qonunchilik texnikasiga muvofiq boʻlmasa, yuridik xizmat loyihani tegishli xulosa bilan loyihani tayyorlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmaga qaytaradi.
48. Yuridik xizmat normativ-huquqiy hujjat loyihasini imzolash bilan bir vaqtda ushbu loyiha boʻyicha maʼlumotnoma tayyorlaydi.
49. Yuridik xizmat maʼlumotnomasida quyidagilar aks ettiriladi:
a) normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish asoslari:
vazirlik yoki idoraga normativ-huquqiy hujjat qabul qilish topshirilgan qonun hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (nomi, sanasi, raqami, eʼlon qilishning rasmiy manbasi, moddalarning, bandlarning raqami), shuningdek topshiriqning raqami va sanasi (topshiriq nusxasi maʼlumotnomaga ilova qilinadi);
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish boʻyicha vazirlik yoki idoraning vakolatini belgilab beruvchi qonun hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (nomi, sanasi, raqami, eʼlon qilishning rasmiy manbasi, moddalarning, bandlarning raqami);
b) ushbu organ tomonidan ushbu masala boʻyicha muqaddam qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
v) ushbu masala boʻyicha muqaddam boshqa organlar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ushbu hujjat qabul qilinishi munosabati bilan ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash haqidagi maʼlumotlar;
g) normativ-huquqiy hujjat loyihasini asoslash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
50. Yuridik xizmat mavjud boʻlmagan taqdirda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi boʻyicha maʼlumotnoma normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinma tomonidan tayyorlanishi va vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning tegishli oʻrinbosari tomonidan imzolanishi mumkin.
2-§. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishish
51. Qonun hujjatlariga muvofiq kelishilishi majburiy boʻlgan hollarda, shuningdek normativ-huquqiy hujjat loyihasida boshqa vazirlik va idoralar manfaatlariga yoki vakolatlariga daxl qiluvchi normalar mavjud boʻlsa, normativ-huquqiy hujjat loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilishi lozim.
Kelishilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan imzolangan va tegishli vazirlik va idoralar muhri bilan tasdiqlangan holda uning kelishilganini koʻrsatuvchi yakuniy qoidalarni oʻz ichiga olishi lozim. Shu bilan birga, mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shaklda lavozim nomi va familiya, shuningdek kelishilish sanasi koʻrsatilishi lozim. Normativ-huquqiy hujjat u birinchi kelishilayotgan vazirlik va idora bilan kelishilganidan soʻng, oʻttiz kun ichida qabul qilinishi kerak.
52. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va budjet masalalari bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan, tashqi siyosiy faoliyat bilan bogʻliq masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilishi lozim.
53. Xodimlarning ijtimoiy-mehnat huquqlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari vazirlik va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
54. Atrof-tabiiy muhitga, shu jumladan tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan xoʻjalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi tomonidan majburiy davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi.
55. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-martdagi PQ—1293-son “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 67-modda) qaroriga muvofiq raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklashi va monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari prinsiplarini buzishi mumkin boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasida majburiy tartibda dastlabki ekspertizadan oʻtkaziladi”.
(55-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 66-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1905-1, 30.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 101-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 1-son, 3-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga oid masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish huquqiga ega. Bunday loyihalar tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etilishi lozim.
56. Normativ-huquqiy hujjatni kelishish davomida vazirlik va idoralar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, bunday hujjat kelishmovchiliklar bartaraf qilinguniga qadar qabul qilinishi mumkin emas. Agar kelishmovchiliklarni bartaraf qilishning imkoni boʻlmasa, normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashga masʼul boʻlgan vazirlik yoki idora bu masalani batamom hal qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoxud boshqa yuqori turuvchi organga murojaat qilishi lozim.
3-§. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish
57. Vazirlik va idora tomonidan normativ-huquqiy hujjat vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan buyruq yoki qarorni imzolash yoʻli bilan qabul qilinadi. Imzolar tegishli vazirlik va idoraning muhri bilan tasdiqlanadi.
Qoʻshma qarorlar qabul qilishda imzolar har bir vazirlik va idora uchun tartibga solinayotgan masalaning ahamiyatini hisobga olgan holda ketma-ket joylashtiriladi. Tartibga solinayotgan masala bir nechta vazirlik va idoralar uchun teng ahamiyatga ega boʻlgan taqdirda, imzolar tegishli vazirlik va idoralar nomlari boʻyicha alfavit tartibida joylashtiriladi.
58. Normativ-huquqiy hujjat davlat tilida qabul qilinadi. Normativ-huquqiy hujjat davlat va rus tillarida qabul qilingan hollarda, ularning tahriri oʻzaro muvofiq boʻlishi lozim.
59. Nizomlar, qoidalar va yoʻriqnomalar ularni tasdiqlayotgan buyruqlar yoki qarorlarga ilova koʻrinishida rasmiylashtiriladi, buyruq yoki qarorning tegishli bandida esa ularga mazkur Qoidalarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq havola boʻlishi lozim.
60. Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat quyidagi rekvizitlarga ega boʻlishi lozim:
a) normativ-huquqiy hujjat shaklining belgilanishi;
b) normativ-huquqiy hujjat nomi;
v) normativ-huquqiy hujjatning raqami, qabul qilingan sanasi va joyi;
g) vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ushbu vazirlik yoki idoraning muhri bilan tasdiqlangan imzosi, lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari.
601. Bir nechta vazirlik va idoralarning qoʻshma qabul qilgan normativ-huquqiy hujjati yagona sanaga ega boʻlishi lozim.
Agar vazirlik yoki idora rahbariga ikki yoki undan ortiq lavozimdagi vazifalarni bajarish yuklatilgan boʻlsa, u holda rekvizit sifatida unga ushbu vazirlik yoki idora nomidan imzolash huquqini beruvchi lavozimi koʻrsatiladi.
Vazirlik yoki idora rahbari vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz boʻlganida, taʼtil yoki boshqa sabab tufayli boʻlmaganida uning vazifasini bajarishni yuklash tegishli vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangan tashkiliy-boshqaruv hujjatida nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan 60-601 bandlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
61. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilayotgan hujjatlar hisobini olib borish uchun yuritadigan alohida jurnalga normativ-huquqiy hujjat haqida quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
a) shakli va nomi;
b) qabul qilingan sanasi va joy nomi;
v) hujjat kelishilgan organlar (ular mavjud boʻlsa);
g) hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismining bosh harflari va lavozimi;
d) hujjatni tayyorlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmaning nomi, shu jumladan masʼul xodimning familiyasi, ismi, otasining ismining bosh harflari va lavozimi.
611. Normativ-huquqiy hujjatga normativ-huquqiy hujjatlar hisobini olib borish uchun yuritiladigan jurnaldagi tartib raqamiga mutanosib raqam beriladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar hisobini olib borish jurnali tartib raqami qoʻyilgan va ip oʻtkazib bogʻlangan boʻlishi kerak.
Jurnaldagi yozuvlarni chizish yoki ularni boshqacha tarzda buzib toʻgʻrilashga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar yozuvlarni Jurnalga kiritishda jiddiy xatolarga yoʻl qoʻyilsa, notoʻgʻri kiritilgan yozuv toʻliqligicha oʻchirilib, maʼlumotlar qaytadan kiritiladi. Jurnalga kiritilayotgan jiddiy boʻlmagan tuzatishlar, oʻzgartish va qoʻshimchalar vakolatli shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan 61-611 bandlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
62. Normativ-huquqiy hujjat ikkita asl nusxada qabul qilinadi (“Maxfiy” va “Mutlaqo maxfiy” grifdagi hujjatlar bundan mustasno). Qoʻshma normativ-huquqiy hujjatning asl nusxalari soni hujjatni tasdiqlagan organlar soniga mutanosib ravishda hamda bitta asl nusxasi Adliya vazirligi uchun qabul qilinadi.
IV-bob. Normativ-huquqiy hujjatning huquqiy ekspertizadan, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va kuchga kirishi
1-§. Normativ-huquqiy hujjatni Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etish
63. Normativ-huquqiy hujjat uni qabul qilgan organ tomonidan ushbu normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan kundan boshlab, oʻn kun ichida Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladi. Agar koʻrsatilgan muddatning tugashi ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelsa, u holda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim qilish muddati keyingi ish kuniga qadar uzaytiriladi.
Normativ-huquqiy hujjatni belgilangan muddat davomida huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim qilish fakti Adliya vazirligi devonxonasi tomonidan kuzatuv xatiga qoʻyilgan sanadan, agar normativ-huquqiy hujjat pochta orqali yuborilgan boʻlsa, aloqa boʻlinmasi tomonidan joʻnatma qabul qilingan sanadan qayd qilinadi.
64. Bir nechta vazirlik va idoralarning qoʻshma qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatini huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etish hujjatni imzolaganlar orasida birinchi boʻlib koʻrsatilgan organga yuklatiladi.
65. Normativ-huquqiy hujjatlar Adliya vazirligiga vazirlik va idora rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan imzolangan kuzatuv xati bilan 4 ta nusxada (2 ta asli va 2 ta nusxasi) taqdim qilinadi. “Maxfiy” va “Mutlaqo maxfiy” belgisi qoʻyilgan normativ-huquqiy hujjatlar 2 ta nusxada (1 ta asli va 1 ta nusxasi) taqdim qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 304-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 8-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan “Meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tarqatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 14-bandiga muvofiq Adliya vazirligiga majburiy tartibda, shuningdek ushbu hujjatlarning elektron shakli elektron axborot tashuvchi jismlarda taqdim etiladi yoxud elektron pochta tizimi orqali yuboriladi.
Bir nechta vazirlik va idoralar tomonidan qoʻshma qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etilganda, taqdim etilishi lozim boʻlgan asl nusxalar soni normativ-huquqiy hujjatni tasdiqlagan organlar soniga mutanosib ravishda koʻpayadi.
Normativ-huquqiy hujjatga uni taqdim etgan organning yuridik xizmati rahbari (vazirlik yoki idoraning rahbari yoki tegishli oʻrinbosari) tomonidan imzolangan maʼlumotnoma (bir nusxada) ilova qilinadi. Maʼlumotnomada imzolagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, aloqa telefon raqamlari koʻrsatilishi lozim.
Kuzatuv xatida yoxud maʼlumotnomada:
normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashga masʼul boʻlgan xodimning;
Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatni olishga vakolatli shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va aloqa telefon raqamlari koʻrsatilishi zarur.
Normativ-huquqiy hujjat vazirlik yoki idora rahbari vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan taqdirda, maʼlumotnomada vazirlik yoki idora rahbari vazifasini bajarishni yuklash, shuningdek mazkur vazifalarni bajarish muddati koʻrsatilgan tegishli tashkiliy-boshqaruv hujjatning rekvizitlari boʻlishi lozim.
66. Agar normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun takroran joʻnatilgan, shuningdek agar u roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan hujjat oʻrniga qabul qilingan holda, maʼlumotnomada Adliya vazirligining davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilganligi yoki normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan qaytarilganligi toʻgʻrisidagi xatining (xulosasining) sanasi va raqami koʻrsatilishi lozim.
67. Normativ-huquqiy hujjatning tarjimasi tarjimon imzosi, tarjima ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshirilgan taqdirda, rahbarning ushbu tashkilotning muhri bilan tasdiqlangan imzosi boʻlishi lozim.
68. Adliya vazirligida quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning fuqarolik, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari va majburiyatlariga, ularni amalga oshirish kafolatlariga, koʻrsatilgan huquq, erkinlik va majburiyatlarni amalga oshirish mexanizmlariga daxl qiluvchi;
b) idoralararo tusga ega boʻlgan;
v) normativ-huquqiy hujjatni tasdiqlagan vazirlik yoki idora (qoʻshma tasdiqlagan ikki yoki undan ortiq idora) tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar. Agar tashkilotlar vazirlik yoki idoralarning toʻliq boʻysunuvida boʻlsalar, mazkur organlarning tizimiga kiruvchi tashkilotlar hisoblanadilar. Boʻysunuv toʻgʻridan toʻgʻri (mazkur tizimning barcha yuqori boʻgʻinlariga vertikal ravishda) yoki bevosita (bevosita yuqori turuvchi organga) boʻlishi mumkin. Tashkilotlar, agar vazirlik va idoralarga qaysidir alohida munosabatlar yuzasidan (masalan, hisob yuritish qoidalari, mablagʻ bilan taʼminlash, uslubiy rahbarlik masalalari boʻyicha va hokazo) boʻysunuvda boʻlsalar, ularning nazorati ostida boʻlsalar yoxud vazirlik yoki idora tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasini bajarsa, vazirlik yoki idoralar tizimiga kiruvchi hisoblanmaydilar.
681. Bunda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan belgilardan biri yoki bir nechtasiga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar ularning amal qilish muddatidan (doimiy amal qiluvchi, vaqtinchalik (maʼlum bir muddatga qabul qilingan), shuningdek ularning normativ-huquqiy koʻrsatmalari qanday xususiyatda boʻlishidan, shu jumladan davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarga yoki maxfiy maʼlumotlarga ega boʻlishidan qatʼi nazar, huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan 68-681 bandlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
69. Quyidagilar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi:
a) yakka tartibdagi quyidagi hujjatlar:
shaxsiy tusdagi (lavozimga tayinlash, boshqa lavozimga oʻtkazish yoki lavozimidan ozod qilish, komissiya va boshqa kollegial organlar tarkibini tasdiqlash, faxriy yoki harbiy unvonlar berish, muayyan shaxslarga imtiyozlar berish va boshqa shu kabilar);
amal qilishi bir marta qoʻllash bilan tamom boʻluvchi;
tezkor-farmoyishli tusdagi (bir martalik topshiriqlar);
b) muqaddam belgilangan tartibni ijro etishni tashkil etishga yoʻnaltirilgan hamda yangi normativ-huquqiy koʻrsatmalarini oʻz ichiga olmagan hujjatlar (shu jumladan, butun mazmuni boshqa organlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari toʻgʻrisida xabardor qilishdan iborat boʻlgan hujjatlar);
v) oʻrnatilgan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan roʻyxatga olinadigan standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar (standartlar, standartlashtirish boʻyicha qoidalar va normalar, texnik-iqtisodiy maʼlumotlar klassifikatorlari);
g) sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari;
d) standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarga taalluqli boʻlmagan texnik qoidalar va normalar. Normativ hujjatlarni texnik qoidalar va normalar deb hisoblash Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi, buning uchun ular vazirlik va idoralar tomonidan majburiy tartibda Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizaga taqdim etiladi;
e) tavsiya xususiyatiga ega hujjatlar;
j) normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi hujjatlar;
z) umummajburiy tusga ega boʻlmagan boshqa hujjatlar.
70. Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning mazkur Qoidalarning 69-bandida sanab oʻtilgan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan shubha tugʻilgan hollarda, bunday hujjatlar Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etilishi lozim. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarurligi masalasi yuzasidan yakuniy qaror Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertiza oʻtkazilganidan keyin qabul qilinadi.
2-§. Normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish
71. Normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) normativ-huquqiy hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchiligiga, mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasiga muvofiqligini tekshirish yuzasidan huquqiy ekspertiza;
(71-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi 235-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1905-3, 29.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 508-modda)
b) ushbu hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
v) roʻyxatdan oʻtkazish raqamini berish;
g) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga (bundan keyingi oʻrinlarda Davlat reyestri deb yuritiladi) normativ-huquqiy hujjatning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisida yozuv kiritish va uni Davlat reyestriga kiritish;
d) Davlat reyestriga normativ-huquqiy hujjatning oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisida yozuv kiritish va uni Davlat reyestridan chiqarish.
72. Normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish Adliya vazirligi tomonidan hujjat kelib tushgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida amalga oshiriladi. Agar koʻrsatilgan muddatning tugashi ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelsa, unda davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddati undan keyingi birinchi ish kuniga qadar uzaytiriladi.
Normativ-huquqiy hujjatning hajmi katta boʻlgan, malakali mutaxassislarni jalb qilish orqali batafsil oʻrganib chiqishni talab qiladigan texnik norma va qoidalarni oʻz ichiga olgan hollarda, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish muddati oʻrnatilgan tartibda yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin.
73. Taqdim qilingan normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
a) hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligiga, shuningdek mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga zid boʻlsa;
(73-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi 235-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1905-3, 29.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 508-modda)
b) hujjat Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizom va mazkur Qoidalar bilan oʻrnatilgan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etish tartibini buzgan holda Adliya vazirligiga yuborilgan boʻlsa. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etish tartibi buzilganligi sababli davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilsa, huquqiy ekspertiza oʻtkazilmaydi;
v) hujjat manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan boʻlsa;
g) hujjat qonunchilik texnikasi talablariga muvofiq boʻlmasa.
74. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan kundan boshlab oʻn kun ichida vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan hujjatni bekor qilish toʻgʻrisida tegishli hujjat qabul qiladi va uning nusxasini Adliya vazirligiga yuboradi (mazkur Qoidalarning 73-bandi “v” kichik bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan hollar bundan mustasno). Ushbu hujjat normativ-huquqiy koʻrsatmalarni oʻz ichiga olmasligi va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga zarurat boʻlmasligi lozim.
Hujjatni bekor qilish haqidagi hujjat yuborilayotgan kuzatuv xatida Adliya vazirligining davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilganligi haqidagi xatining (xulosasining) sanasi va raqami koʻrsatilishi shart.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan normativ-huquqiy hujjat bekor qilinganidan soʻng Adliya vazirligi xulosasini eʼtiborga olgan holda qayta ishlab chiqilishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun takroran taqdim etilishi mumkin. Bunda qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek Adliya vazirligi taqdimnomasiga koʻra qabul qilingan hujjatlarni qayta ishlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga takroran taqdim etish muddati bir oydan oshmasligi lozim.
Mazkur Qoidalarning 73-bandi “v” kichik bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilganda, vazirlik va idoralar bir oy ichida ushbu normativ-huquqiy hujjatni kelishishlari va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun takroran taqdim etishga yoxud hujjatni bekor qilish toʻgʻrisidagi hujjat nusxasini Adliya vazirligiga yuborishga majburdirlar.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning asl nusxalari tegishli vazirlik va idoralarning yozma murojaati asosida ularga qaytarib berilishi mumkin.
75. Normativ-huquqiy hujjat vazirlik yoki idoraga bu hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim qilgan organning iltimosiga koʻra, huquqiy ekspertizaning istalgan bosqichida roʻyxatdan oʻtkazmasdan Adliya vazirligi tomonidan qaytarib berilishi mumkin. Bu holda vazirlik yoki idora Adliya vazirligiga tegishli xatni, shuningdek ushbu hujjatni bekor qilish haqidagi hujjat nusxasini yuboradi.
76. Agar davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertiza oʻtkazish natijasida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim emas deb topilsa, ushbu hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etgan organga ushbu qarorni qabul qilish asoslari koʻrsatilgan tegishli xulosa yuboriladi. Agar bunday hujjatga oʻzgartirishlar kiritilsa, ular huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etilishi lozim.
77. Normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Adliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Normativ-huquqiy hujjatni Davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq asosida roʻyxatdan oʻtkazish raqami berilgan holda Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
Normativ-huquqiy hujjatning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi belgi (davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami, sanasi va Adliya vazirligining gerbli muhri) buyruq yoki qarorning yuqori qismiga qoʻyiladi. Buyruq yoki qaror ilovasining har bir ilova qilinayotgan varagʻining pastki oʻng burchagiga davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqida muhr qoʻyiladi.
Normativ-huquqiy hujjatning rasmiylashtirilgan asl nusxasi normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etgan vazirlik yoki idoraning xodimiga tilxat orqali beriladi. Agar hujjat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin bir sutka mobaynida olinmasa, u Adliya vazirligi tomonidan pochta orqali normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etgan organga yuborilishi mumkin.
Kelishuvchi vazirlik va idoralarga, normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etgan vazirlik va idora tomonidan normativ-huquqiy hujjatning nusxasi taqdim etiladi.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
78. Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar mazkur Qoidalarda oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
3-§. Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi
79. Normativ-huquqiy hujjat agar hujjatning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi. Oʻn kunlik muddatni hisoblab chiqishda davlat roʻyxatidan oʻtkazish kuni hisobga olinadi. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi oʻninchi kundan keyingi kundan boshlanadi.
Agar hujjatning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlsa, unda normativ-huquqiy hujjat shu sanadan boshlab kuchga kiradi.
80. Agar qonun hujjatlarida yoki normativ-huquqiy hujjatning oʻzida uning kuchga kirish sharti sifatida rasmiy eʼlon qilinishi belgilangan boʻlsa, unda ushbu hujjat rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, agar hujjatning oʻzida kechroq muddat belgilanmagan boʻlsa. Normativ-huquqiy hujjat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kunlik muddat oʻtmasdan eʼlon qilingan boʻlsa, unda ushbu hujjat mazkur Qoidalarning 79-bandiga muvofiq kuchga kiradi.
81. Normativ-huquqiy tusdagi hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan ijroga yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. Mazkur talablar buzilgan taqdirda, hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida qoʻllanilmaydi.
V-bob. Yakuniy qoidalar
1-§. Normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish
82. Vazirlik va idoralar oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlaydilar. Normativ-huquqiy hujjatni qoʻllash boʻyicha sharh berish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ tegishli rasmiy sharh berishi shart.
Normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda notoʻgʻri yoki mantiqqa zid tarzda qoʻllanilgan hollarda rasmiy sharh beriladi. Rasmiy sharhlar berishda normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish normativ-huquqiy koʻrsatmalar mazmunini tushuntirishdan iborat boʻlib, normativ-huquqiy boʻlmagan, balki aniqlashtiruvchi koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi hamda mustaqil ahamiyatga ega boʻlmaydi va rasmiy sharh berilayotgan normalar bilan birgalikda amal qiladi.
Bunda rasmiy sharh berish maqsadida normativ-huquqiy hujjat matnidan faqat soʻzma-soʻz (uning boʻlimi, bobi, paragrafi, bandi va hokazo) foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Normativ-huquqiy hujjat mazmunidan (uning boʻlimi, bobi, paragrafi, bandi va hokazo) farq qiluvchi hamda yangi normativ-huquqiy koʻrsatmalar hosil qiluvchi boshqa tushuncha, atama va sharhlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
83. Adliya vazirligi tegishli organlarga ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha rasmiy sharh berish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishga haqlidir.
84. Normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharhlar tegishlicha buyruq yoki qarorlar bilan mazkur Qoidalarning 12-ilovasiga muvofiq shaklda beriladi.
85. Normativ-huquqiy hujjatga rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan buyruq yoki qarorning qogʻozdagi nusxasi va elektron shakli oʻn kun ichida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va kelishish uchun Adliya vazirligiga taqdim qilinadi.
Rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi buyruq yoki qaror Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyingina qoʻllashga yuboriladi.
86. Rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi buyruq yoki qaror normativ-huquqiy hujjatning oʻzi manfaatdor shaxslar eʼtiboriga qanday tartibda yetkazilgan boʻlsa, shunday tartibda yetkaziladi.
87. Normativ-huquqiy hujjat qoidalarini qoʻllagan holda toʻliq sharh berish imkoni boʻlmagan taqdirda, vazirlik yoki idora normativ-huquqiy hujjatga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga va ularni Adliya vazirligiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim qilishga majburdir.
Agar sharh tayyorlash davomida qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalarini normativ-huquqiy tartibga solish zarurati aniqlansa, vazirlik va idoralar oʻz vakolatlari doirasida tegishli normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqishlari va qabul qilishlari yoxud yuqori turuvchi organlarga normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish boʻyicha taklif kiritishlari lozim.
2-§. Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
88. Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish qonun hujjatlari oʻzgarishi munosabati bilan, shu jumladan vazirlik va idoralarning yangi normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek ularni qabul qilgan vazirlik va idoralarning tashabbusi boʻyicha amalga oshiriladi.
89. Yangi normativ-huquqiy hujjat tayyorlanayotganligi munosabati bilan muqaddam qabul qilingan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga yoki ularning tuzilmaviy birliklariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi takliflar bunday hujjat loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda tayyorlanishi lozim.
90. Qonun hujjatlari oʻzgargan taqdirda, vazirlik va idoralar oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiq holga keltirishlari hamda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdirlar. Normativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlariga muvofiq holga keltirilgunga qadar ularning qonun hujjatlariga zid boʻlmagan qismlari amalda boʻladi.
Adliya vazirligi vazirlik va idoralarga ularning normativ-huquqiy hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiq holga keltirish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqlidir. Bu holda vazirlik va idoralar oʻn kunlik muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdirlar. Ushbu norma bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi tegishli organ (organlar)ni keyinchalik xabardor qilgan holda normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarishga haqlidir, bu normativ-huquqiy hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos boʻladi. Normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarish Adliya vazirining normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Adliya vazirining normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi 235-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1905-3, 29.10.2012-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 508-modda)
91. Normativ-huquqiy hujjatlarni qonun hujjatlari oʻzgarishi munosabati bilan yoxud vazirlik yoki idora tashabbusi boʻyicha qayta koʻrib chiqishda ayrim normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishini tugatish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, vazirlik va idoralar normativ-huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi tegishli buyruq yoki qarorni Adliya vazirligiga taqdim etadilar.
Adliya vazirining ushbu normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi asosida Davlat reyestriga normativ-huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish va Davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi yozuv kiritiladi.
Normativ-huquqiy hujjat uni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi hujjatda koʻrsatilgan sanadan, agar sana koʻrsatilmagan boʻlsa — hujjat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi.
911. Normativ-huquqiy hujjat toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsa, toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritgan normativ-huquqiy hujjatlarning tegishli qoidalari ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim.
(911-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
912. Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan holda, ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi tiklanmaydi. Mazkur qoida normativ-huquqiy hujjatning tuzilmaviy birligini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishga (chiqarib tashlashga) ham tatbiq etiladi.
(912-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
92. Normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud uni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan yoxud bunga vakolatli boshqa organ tomonidan ushbu hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
Boshqa idoralar bilan qoʻshma yoki kelishilgan holda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga shu idoralar bilan qoʻshma yoki kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organ tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan taqdirda uning hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish, ularni manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi masalalar uning huquqiy vorisi yoki yuqori turuvchi organ tomonidan hal etiladi.
93. Vaqtinchalik tusga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar ularning amal qilish muddati tugagan kundan eʼtiboran Davlat reyestridan chiqarilgan hisoblanadi. Zarur hollarda vazirlik va idoralar bunday hujjatlarning amal qilish muddati tugashidan kamida oʻttiz kun oldin ularning muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatni Adliya vazirligiga taqdim etib, ularning muddatini uzaytirishga majburdirlar.
3-§. Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishini toʻxtatib turish
94. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda Adliya vazirligi tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin:
a) nizoli masalalar kelib chiqqanda, shuningdek normativ-huquqiy hujjatni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan yangi holatlar aniqlanganda;
b) normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan muddatlarda barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish taʼminlanmaganda.
941. Mazkur Qoidalarning 94-bandining “a” kichik bandida koʻrsatilgan hollarda Adliya vazirligi, shuningdek normativ-huquqiy hujjatning tegishli qismining amal qilishini toʻxtatib turishga haqlidir.
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan 94-941 bandlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
95. Normativ-huquqiy hujjat yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi uni toʻxtatib turish asoslari bartaraf qilingan taqdirda qayta tiklanishi mumkin.
96. Normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi adliya vazirining buyrugʻi bilan toʻxtatib turiladi yoki qayta tiklanadi, buyruqning nusxasi ushbu normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organga yuboriladi.
Adliya vazirining normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishini toʻxtatib turish yoki qayta tiklash toʻgʻrisidagi buyrugʻi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
(96-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi 235-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1905-3, 29.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 508-modda)
4-§. Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish
97. Normativ-huquqiy hujjat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng uning 1 ta asl nusxasi va 1 ta nusxasi Adliya vazirligida qoladi.
Normativ-huquqiy hujjatning nusxasidan davlat hisobini yuritish va eʼlon qilish uchun foydalaniladi.
98. Normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilishning rasmiy manbalarida eʼlon qilinishi shart. “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”, vazirliklar va idoralarning rasmiy nashrlari normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
99. Normativ-huquqiy hujjatni eʼlon qilish va tarqatishda Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami va sanasi koʻrsatilishi majburiydir.
Normativ-huquqiy hujjatni rasmiy va norasmiy nashrlarda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida va maʼlumotlarning elektron bazalarida eʼlon qilishda (tarqatishda), shuningdek qayta chop etish yoʻli bilan tarqatishda Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami va sanasi hujjatning birinchi varagʻining markazida uning nomining ostiga qoʻyiladi.
100. Rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi buyruqlar yoki qarorlar “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da eʼlon qilinadi.
101. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Xalq soʻzi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilishi shart.
102. Vazirlik va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kunlik muddatda barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazishlari shart.
Vazirlik va idoralar qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni majburiy tartibda tarqatish uchun korxona, muassasa va tashkilotlar roʻyxatini, shuningdek mazkur organ tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlardan manfaatdor boʻlishi mumkin boʻlgan shaxslar (jismoniy va yuridik)ning taxminiy roʻyxatini belgilashlari lozim. Zarur hollarda, Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirilishi lozim boʻlgan shaxslarning eng kam roʻyxatini belgilashga haqlidir.
103. Normativ-huquqiy hujjatni manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish normativ-huquqiy hujjat matni bilan toʻsiqsiz (erkin) tanishish imkonini beruvchi har qanday shakllarda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, rasmiy nashrlarda, umumfoydalanish joylaridagi peshlavhalarda va boshqalarda eʼlon qilish yoʻli orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda normativ-huquqiy hujjatni qoʻllashga masʼul boʻlgan shaxslar normativ-huquqiy hujjat bilan shaxsan tanishtirilib, tilxat olinishi lozim.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
1-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
‎BUYRUGʻI


‎Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida‎

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ–618-son “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 158-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-y., 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq buyuraman:

1. Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Vazir

‎‎(imzo, F.I.O.)
‎‎‎‎M.Oʻ.‎ ‎

Toshkent sh.,
‎‎2007-yil 6-sentabr,
‎‎‎87-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
2007-yil 6-sentabrdagi
87-son buyrugʻiga
ilova

Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ–618-son “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 15-son, 158-modda) muvofiq aktuariy malaka sertifikatini berish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatish va bekor qilish tartibini belgilaydi.

I. Umumiy qoidalar

1. Aktuariy malaka sertifikati — jismoniy shaxsga, agar u aktuar tashkilot shtatida boʻlsa yoki u bilan aktuar tashkilot oʻrtasida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan boʻlsa, aktuar xizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi hujjat.


‎...........................................................................................................

XI. Yakuniy qoidalar

48. Moliya vazirligining aktuariy malaka sertifikatini berish, amal qilishini toʻxtatish va bekor qilish masalalari boʻyicha qa�orlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

49. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

50. Mazkur Nizom Oʻzbekiston sugʻurta bozori professional ishtirokchilari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.

Oʻzbekiston sugʻurta bozori professional ishtirokchilari assotsiatsiyasi bosh direktori‎

(imzo, F.I.O.)‎
‎M.Oʻ.

2007-yil 8-avgust‎

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
2-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
‎QARORI


‎2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga tegishli Mahsulot taqsimotiga oid bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonuni, (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda) Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 12-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-avgustdagi PQ–457-son “Orol dengizining Oʻzbekiston qismini geologik jihatdan oʻrganish va keyinchalik yangi ochiladigan uglevodorod konlarini mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitim shartlari asosida qazish haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 8-son, 477-modda) hamda 2006-yil 24-oktabrdagi PQ–498-son “Orol dengizining Oʻzbekistonga tegishli qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitimni amalga oshirish tartibi va mexanizmi haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 426-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:

1. 2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi‎

(imzo, F.I.O.)
‎M.Oʻ.‎

Toshkent sh.,
‎2007-yil 5-sentabr,
‎202326-son ‎‎

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri‎

(imzo, F.I.O.)
‎M.Oʻ.‎‎

Toshkent sh.,
‎‎2007-yil 5-sentabr,‎
‎195668-son ‎

Iqtisodiyot vaziri‎

(imzo, F.I.O.)‎
‎M.Oʻ.‎‎‎

Toshkent sh.,
‎2007-yil 5-sentabr,
‎164575-son ‎‎

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiyalar va savdo vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligining
2007-yil 5-sentabrdagi
202326, 195668 va 164575-son qaroriga
ilova

2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining Oʻzbekiston
qismiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni
bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona
chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning
bojxona rasmiylashtiruvi
Qoidalari

Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonuni, (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda) Oʻzbekiston Respublikasi “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 12-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-avgustdagi PQ–457-son “Orol dengizining Oʻzbekiston qismini geologik jihatdan oʻrganish va keyinchalik yangi ochiladigan uglevodorod konlarini mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitim shartlari asosida qazish haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 8-son, 477-modda) hamda 2006-yil 24-oktabrdagi PQ–498-son “Orol dengizining Oʻzbekistonga tegishli qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitimni amalga oshirish tartibi va mexanizmi haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 426-modda) qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi va “Oʻzbekneftegaz” MXK, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd.” (Rossiya), “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” (Malayziya) va “Si-En-Pi-Si Inteneshnl Ltd.” (XXR) tarkibidagi sarmoyadorlar konsorsiumi oʻrtasida 2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiq, koʻrsatilgan Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi:

MTB — 2006-yil 30-avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasi va “Oʻzbekneftegaz” MXK, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd.” (Rossiya), “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” (Malayziya) va “Si-En-Pi-Si Inteneshnl Ltd.” (XXR) tarkibidagi sarmoyadorlar konsorsiumi oʻrtasida Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitim, ilova hamda oʻzgartishlar
va qoʻshimchalarni ichiga olgan holda;

Sarmoyador — “Oʻzbekneftegaz” MXK, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd.”, “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” va “Si-En-Pi-Si Inteneshnl Ltd.” (XXR) kompaniyalarni, ularning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan tsessionariylarini birga anglatadi;

..............................................................................................................

‎‎8. Operator Neft-gaz operatsiyalarini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2003-y., № 11, 124-modda) va “Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 103-modda) muvofiq bojxona ombori taʼsis etish huquqiga ega.

..............................................................................................................

29. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan kelishilgan.

Moliya vaziri

(imzo, F.I.O.)
M.Oʻ.

2007-yil 3-sentabr

Markaziy bank raisi

(imzo, F.I.O.)
M.Oʻ.‎‎

2007-yil 3-sentabr

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
3-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
‎BUYRUGʻI


‎Ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi sud ijrochilari qarorlarining hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida‎

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi nizomning 11-bandiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 451-modda) bilan tasdiqlangan “Ijro yigʻimini undirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 7-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:

1. Ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi sud ijrochilari qarorlarining hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur buyruq 2008-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Vazir‎

(imzo, F.I.O.)
M.Oʻ.

Toshkent sh.,
‎‎2007-yil 24-noyabr,
‎‎2229-son

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya
vazirining 2007-yil 24-noyabrdagi
2229-son buyrugʻiga
ilova

Ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi sud ijrochilari qarorlarining hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
Yoʻriqnoma

Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 451-modda) muvofiq ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi qarorlarni chiqarish, ijro etish va hisobini yuritish, shuningdek ularning undirilishi ustidan nazorat qilish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Yoʻriqnomada mulkiy xarakterga ega boʻlgan ijro hujjatlari deyilganda qarzdor tomonidan undiruvchiga, davlat foydasiga yoxud boshqa shaxsga muayyan pul mablagʻlarini toʻlashni nazarda tutuvchi sud hujjatlari yoki boshqa organlar hujjatlari tushuniladi.

………………………………………………………………………………….

8. Ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisida qaror ixtiyoriy ravishda ijro etish muddati tugagandan keyingi kundan kechiktirmasdan sud ijrochisi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda chiqariladi.

…………………………………………………………………………………..

15. Bir qarzdorga nisbatan bir necha ijro hujjatini ijro etishda, ijro yigʻimi har bir ijro hujjati boʻyicha alohida undiriladi.

Bir nechta talablar (ijro hujjatlari) boʻyicha qarzdordan undiriladigan ijro yigʻimlari Qonunning 80-moddasida belgilangan tartibda tegishli talabning qanoatlantirish navbatiga koʻra undiriladi. Bunda, mulkiy xarakterga ega boʻlmagan ijro hujjatlari boʻyicha qarzdordan undiriladigan ijro yigʻimlari, shuningdek mulkiy xarakterga ega boʻlgan ijro hujjatlari boʻyicha qonunda belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulkni undiruvchiga topshirish holatlari birinchi navbatda qanoatlantiriladigan talablarga tenglashtiriladi. Mazkur xatboshi bilan belgilangan qoidalar qarzdorning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish navbatlarini belgilash vaqtida ham tatbiq etiladi.

Mazkur Qoidani qoʻllash misollari ushbu Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan.

V. Yakuniy qoidalar

32. Mazkur Yoʻriqnomaning bajarilishini nazorat qilish Sud departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

Ijro yigʻimining hisobini yuritish va undirishning belgilangan tartibi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish Sud departamentining hududiy boshqarmasi boshligʻiga yuklatiladi.

33. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishi qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi
sud ijrochilari qarorlari hisobini
yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga
1-ilova

“TASDIQLAYMAN”

_________________

(lavozim)

__________________

(mansabdor shaxs F.I.O.)

___________________
(mansabdor shaxs imzosi)


‎“__” ______ 20___ y.

QAROR
(Ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisida)

…………………………………………………………………………….

Sud ijrochisi: ______________________________________________

(F.I.O.)

Ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi
sud ijrochilari qarorlari hisobini
yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga
2-ilova

Bir qarzdorga nisbatan bir nechta ijro hujjatlarini ijro etishda ijro yigʻimini undirish boʻyicha misollar

1-Misol. Sud ijrochisining ish yurituviga qarzdor — yuridik shaxsdan turli navbatdagi qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida uchta ijro hujjati kelib tushgan: soliq boʻyicha 100 000 soʻm boqimanda qarzdorlik undirish toʻgʻrisida (birinchi navbatdagi talab); xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida shartnomaviy munosabatlardan yuzaga kelgan 60 000 soʻm qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida (oltinchi navbatdagi talab); garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan 50 000 soʻm bank kreditini undirish toʻgʻrisida (toʻrtinchi navbatdagi talab). Biroq, qarzdor tomonidan koʻrsatilgan ijro hujjatlari boʻyicha ijro hujjati talablari ixtiyoriy ravishda bajarilmagan. Shu sababli, sud ijrochisi koʻrsatilgan har bir ijro hujjati boʻyicha undirilayotgan summaning 2 foizi miqdorida ijro yigʻimi undirish toʻgʻrisida alohida qarorlar chiqargan.

…………………………………………………………………………………..

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
4-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
‎QARORI


‎Radiatsiya natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash haqida‎

Radiatsiyadan zarar koʻrgan fuqarolarga tibbiy yordamni tashkil etish va ulardagi rivojlangan kasalliklarning radiatsiyaga bogʻliqligini aniqlash masalalarini takomillashtirishda, Xalqaro qoʻmitalarning, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlaridagi hamda Oʻzbekiston Respublikasidagi bir qator ilmiy tashkilotlarning tadqiqotlariga asoslangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladilar:

1. Radiatsiya natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan kasalliklar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Sogʻliqni saqlash vaziri

(imzo, F.I.O.)
M.Oʻ.

Toshkent sh.,
‎‎2004-yil 27-fevral,
‎‎1245-son‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri

(imzo, F.I.O.)
M.Oʻ.

Toshkent sh.,
‎‎2004-yil 27-fevral,
‎‎122-son

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni
saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
2004-yil 27-fevraldagi 1245,
122-son qaroriga
ilova

Radiatsiya natijasida kelib chiqadigan kasalliklar
Roʻyxati

1. Turli darajadagi oʻtkir va surunkali nur xastaligi.

2. Xavfli oʻsma kasalliklarining (saraton) barcha turlari.

3. Leykoz.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
5-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
‎QARORI


‎“Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida

Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 374-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 55-son “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 12-son, 111-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 17-dekabrdagi 108, 2007-63-sonli qarori (roʻyxat raqami 1749, 2007-yil 17-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 50-51-son, 530-modda) bilan tasdiqlangan “Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 39-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“39. Soliq maslahatchisi sertifikatini olish uchun daʼvogar boʻlimlar boʻyicha kamida quyidagi miqdordagi savollarga toʻgʻri javob berishi lozim:

soliq huquqi — 5;

yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish — 9;

iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish — 7;

soliq maslahati berishning huquqiy asoslari, tashkil etish va uslubi — 3;

buxgalteriya hisobi va hisoboti — 8;

soliq hisob-kitoblari va rejalashtirishda iqtisodiy tahlil — 3.

Bunda test natijalarini ijobiy deb eʼtirof etish uchun asos boʻlib hisoblanadigan toʻgʻri javoblar miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar umumiy miqdorining kamida 75 foizini tashkil etishi kerak”.

2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Moliya vaziri‎

(imzo, F.I.O.)‎
M.Oʻ.

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 15-sentabr,
‎‎178-son

Davlat soliq qoʻmitasi raisi‎

(imzo, F.I.O.)‎
M.Oʻ.‎

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 15-sentabr,
‎‎005478-son

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
6-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
‎BUYRUGʻI


‎“Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash qoidalari”ga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 176-son “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 33-son, 315-modda) muvofiq buyuraman:

1. Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2005-yil 7-sentabrdagi 340-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1513, 2005-yil 28-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash Qoidalari” quyidagi mazmundagi XI1 boʻlim bilan toʻldirilsin:

XI1. Sport snaryadlari, inventar va asbob-uskunalarni
sertifikatlashtirishning oʻziga xosligi

241. Sport snaryadlari, inventar va asbob-uskunalarni sertifikatlashtirishda 3, 4, 7, 9-sxemalardan foydalanish mumkin.

242. Sport snaryadlari, inventar va asbob-uskunalarni sinovdan oʻtkazishda va sertifikatlashtirishda mahsulotning quyidagi koʻrsatgichlari nazoratdan oʻtkaziladi: markirovka, geometrik kattaligi, ogʻirligi, mustahkamligi, ishonchliligi, qimirlamaydigan sport snaryadlarining, inventar va asbob-uskunalarning bardoshliligi, materiallarning sifati, detallarning qayta ishlanishining sifati, shikastlanishga olib keluvchi nuqsonlarning yoʻqligi, tikishlarning sifati va mustahkamligi, koʻtarish ogʻirligi, tayanuvchi yuzalar ishlovining sifati”.

2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Bosh direktor‎

(imzo, F.I.O.)
M.Oʻ.

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 3-sentabr,
‎‎185-son

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
7-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
‎QARORI


‎“Advokatlik byurolari, advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror va unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida‎

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:

1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2004-yil 29-fevraldagi 41, 66-mh va 2004-29-son “Advokatlik byurolari, advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1330, 2004-yil 22-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 148-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 4-iyundagi 60, 20-26-02 va 2007-28-son “Advokatlik byurolari, advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1330-1, 2007-yil 11-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 24-son, 253-modda).

2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi va Oʻzbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.

3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Moliya vaziri‎

(imzo, F.I.O.)‎
M.Oʻ.

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 28-iyul,
‎‎196-son

Adliya vaziri‎

(imzo, F.I.O.)‎‎
M.Oʻ.

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 28-iyul,
‎‎190-son‎

Davlat soliq qoʻmitasi raisi‎

(imzo, F.I.O.)‎‎
M.Oʻ.

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 28-iyul,
‎‎25801-son

Kelishilgan:‎

Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri‎

(imzo, F.I.O.)‎‎
M.Oʻ.‎

2008-yil 8-iyul

Oʻzbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi raisi‎

(imzo, F.I.O.)‎
‎M.Oʻ.

2008-yil 8-iyul‎ ‎

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
8-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
‎QARORI


‎“Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan boʻlgan operatsiyalarning buxgalterlik hisobi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida‎

Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) 7, 17 va 51-moddalariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:

1. Quyidagilar kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 22-yanvardagi 438-son qarori (roʻyxat raqami 662, 1999-yil 5-mart) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan boʻlgan operatsiyalarning buxgalterlik hisobi toʻgʻrisida”gi nizomning 4-bobi;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 20-noyabrdagi 438-1-son “Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan boʻlgan operatsiyalarning buxgalterlik hisobi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 662-1, 2000-yil 22-fevral) ilovasining 3, 4 va 5-bandlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 1-martdagi 4/11-son “Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan boʻlgan operatsiyalarning buxgalterlik hisobi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 662-2, 2003-yil 28-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 5-6-son).

2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Markaziy bank raisi‎

(imzo, F.I.O.)‎
M.Oʻ.‎

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 3-may,
‎‎589-son

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
9-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIGʻINING
‎BUYRUGʻI


‎“Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 272-modda) bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizomga asosan buyuraman:

1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2006-yil 6-sentabrdagi 98-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1626, 2006-yil 5-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 403-modda) bilan tasdiqlangan “Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Boshliq‎

(imzo, F.I.O.)
‎M.Oʻ.

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 8-may,
‎‎156-son

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining
2008-yil 8-maydagi 156-son buyrugʻiga
ilova

“Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish
bilan shugʻullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar toʻgʻrisida”gi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. 3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbari;

Tashuv jarayonini tashkil etishga masʼul boʻlgan yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbari;”.

2. Quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:

“31. Bir necha faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar uchun agarda yuridik shaxsning yillik oboroti hajmining 50 va undan yuqori foizi avtotransport xizmatlari koʻrsatishga toʻgʻri kelsa, malaka talablari yuridik shaxsning rahbariga yoki tashuv jarayonini tashkil etishga masʼul boʻlgan uning oʻrinbosariga qoʻyiladi.

Agarda yuridik shaxsning yillik oboroti hajmining 50 va undan yuqori foizi avtotransport xizmatlari koʻrsatishga toʻgʻri kelsa, malaka talablari yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbariga yoki tashuv jarayonini tashkil etishga masʼul boʻlgan uning oʻrinbosariga qoʻyiladi.”.

3. 4-bandda:

birinchi xatboshida “band” soʻzi “band boʻlganlar” soʻzi bilan almashtirilsin;

“a” kichik bandidan “avtomobil yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot” soʻzlari chiqarib tashlansin.

4. 41-bandning birinchi xatboshisida “tashuvchi korxonalar rahbarlari, oʻrinbosarlari va mutaxassislari” soʻzlari “yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbari, tashuv jarayonini tashkil etishga masʼul boʻlgan yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbari, va tashuvlarning xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha mutaxassis” soʻzlari bilan almashtirilsin.

5. 44-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “attestatsiya kunlarini belgilaydi va” soʻzlaridan keyin “attestatsiyaga kamida ikki hafta qolganida” soʻzlari �oʻshilsin.

6. 71-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:

“g) mehnat daftarchasi va tegishli lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq nusxalari.”.

7. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“8. Avtomobil yoʻnalishi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomlari boʻlmagan taqdirda yuridik shaxslarning passajir va yuk tashishni amalga oshiruvchi ishchilari va yuklarni avtomobil transportida tashishni amalga oshiruvchi yakka tadbirkorlar Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan maxsus oʻquv kurslarida qayta tayyorlashdan oʻtish va imtihon topshirish asosida beriladigan maxsus malakaga ega boʻlishlari lozim.

Yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbari, tashuv jarayonini tashkil etishga masʼul boʻlgan yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbari, va tashuvlarning xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha mutaxassis sifatida qayta tayyorlashdan oʻtishga oliy va oʻrta maxsus professional maʼlumotga ega shaxslarga ruxsat beriladi.”.

8. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi bilan kelishilgan.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri‎

(imzo, F.I.O.)
‎M.Oʻ.

2008-yil 25-aprel‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri‎

(imzo, F.I.O.)‎
M.Oʻ.

2008-yil 25-aprel

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
10-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASINING
‎QARORI


‎“Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida‎

Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 54-modda) asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ-66-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 17-18-son, 130-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi qaror qiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2001-yil 21-avgustdagi 7-sonli “Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1064, 2001-yil 15-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 17-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi‎

(imzo, F.I.O.)‎
M.Oʻ.

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 25-aprel,
‎‎1546-son

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2008-yil
25-apreldagi 1546-son qaroriga
ilova

“Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat
reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Nomi va 1-banddagi “monopolist birlashmalar (korxonalar)” soʻzlari “tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. Kirish qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin.

3. Nizomda:

a) nomi va matnidagi barcha “monopolist birlashmalar (korxonalar)” soʻzlari “tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. Tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestri (matn davomida — Reyestr) mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda halol raqobat meʼyorlaridan chetga chiqishlarni bartaraf etish, oʻzlarining ustuvor mavqeini suiisteʼmol qilishlarining oldini olish maqsadida tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish uchun yuritiladi.”;

v) 2-bandda:

ikkinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi davlat organi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“Tovar bozoridagi ustuvor mavqe Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan belgilanadi.

Standartlashtirish organlari tomonidan berilgan tegishli hujjat mavjud boʻlganda bozorga yangi, oʻziga oʻxshashi boʻlmagan hamda tovar bozorida talabgor boʻlgan muayyan turdagi tovar bilan ilk bor kirib kelgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning holati uch yil davomida ustuvor deb tan olinmaydi.”;

g) 3, 10, 11 va 12-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining” soʻzlari tegishlicha “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;

d) 5 va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hududiy boshqarmalari xoʻjalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlardan olingan statistika, monitoring, axborot maʼlumotlari asosida, shuningdek sotish, yetkazib berish, olib kirish-olib chiqish va tovarlar (ishlar, xizmatlar) qoldiqlari haqida aholi orasida soʻrov oʻtkazish usuli bilan tovarlar muomalasi chegarasi doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tegishli tovar bozoridagi ustuvor mavqeini aniqlaydilar.

Mazkur bandda koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda yoki zarur boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalarining soʻroviga binoan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, ularning rahbarlari, shuningdek mansabdor shaxslari tovar bozori chegaralarini aniqlash masalalari boʻyicha va uni monopolist sifatida tan olish uchun zaruriy axborotni taqdim etadilar.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi mustaqil ravishda, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikn� qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hududiy boshqarmalarining iltimosnomasi boʻyicha tovar bozorlarida ular oʻtkazgan tadqiqotlarga asosan ikki yoki undan ortiq tovar bozorlarini birlashtirish (yoki boshqa usul) bilan tovar muomalasi chegaralarini belgilashga haqli.”;

e) 13-band quyidagi mazmundagi “v” va “g” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:

“v) uni ishlab chiqargani va sotgani uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt Reyestrga kiritilgan mahsulotni ishlab chiqarishi va sotishi toʻxtatilganda;

g) xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan sudgacha sanatsiya yoki bankrotlik taomili joriy etilganda.”.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
11-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
‎QARORI


‎Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son), Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda) va “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:

1. Ayrim normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Moliya vaziri‎

(imzo, F.I.O.)
‎M.Oʻ.

Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 31-yanvar,
‎‎16-son

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi‎

(imzo, F.I.O.)
‎M.Oʻ.‎‎

‎Toshkent sh.,
‎‎2008-yil 31-yanvar,
‎‎10-264-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 31-yanvardagi 16, 10-264-son qaroriga
ilova

Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan normativ-
huquqiy hujjatlar
Roʻyxati

1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2002-yil 15-yanvardagi 17, 02/8-1-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar boʻyicha aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1101, 2002-yil 5-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 5-son);

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2002-yil 23-yanvardagi 27, 02/8-2-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1124, 2002-yil 15-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 7-son);

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2002-yil 22-iyuldagi 88, 02/8-20-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1124-1, 2002-yil 30-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 14-son);

4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2003-yil 10-yanvardagi 5, 01-02/8-3-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1124-2, 2003-yil 22-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 4-son);

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 15-yanvardagi 17, 01-02/8-2-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1124-3, 2004-yil 12-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 10-son, 123-modda);

6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2005-yil 24-yanvardagi 20, 01-02/8-2-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar uchun aksiz soligʻi toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1101-1, 2005-yil 8-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 5-6-son, 43-modda);

7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2005-yil 24-yanvardagi 21, 01-02/8-1-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1124-4, 2005-yil 8-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 5-6-son, 49-modda);

8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2006-yil 4-yanvardagi 1, 01-02/8-24-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar boʻyicha aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1101-2, 2006-yil 18-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 3-son, 18-modda);

9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 18-yanvardagi 7, 01-02/8-4-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida”gi (roʻyxat raqami 1124-5, 2007-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 4 — 6-son, 54-modda);

10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 18-yanvardagi 8, 01-02/8-5-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar boʻyicha aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1101-3, 2007-yil 26-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 13-son, 121-modda).

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalariga
12-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
‎QARORI


‎“1-yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni har yillik qayta baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” gi qarorga (roʻyxat raqami 1192, 2002-yil 4-dekabr) rasmiy sharh berish toʻgʻrisida‎

1-yanvar holatiga asosiy fondlarni qayta baholash tartibi boʻyicha kelib tushayotgan soʻrovlarni eʼtiborga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 26-dekabrdagi 286, 301-sonli “1-yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni har yillik qayta baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1192, 2002-yil 4-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 23-24-son) ilovaga muvofiq rasmiy sharh berilsin.

2. Mazkur qaror tasdiqlangandan keyin oʻn kunlik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelishish uchun yuborilsin.

3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin ijroga yuborilsin.

Moliya vaziri‎

(imzo, F.I.O.)
‎‎M.Oʻ.‎

Toshkent sh.,
‎‎2003-yil 18-yanvar,
‎‎645-son

Davlat soliq qoʻmitasi raisi‎

(imzo, F.I.O.)‎
M.Oʻ.

Toshkent sh.,
‎‎2003-yil 18-yanvar,
‎‎26-son ‎

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining
2003-yil 18-yanvardagi 645, 26-son qaroriga
ilova

“1-yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni har yillik
qayta baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1192, 2002-yil 4-dekabr) rasmiy sharhi

1-yanvar holatiga asosiy fondlarni qayta baholash “1-yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni har yillik qayta baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga (roʻyxat raqami 1192, 2002-yil 4-dekabr) muvofiq amalga oshiriladi.

Qayta baholashda asosiy fondlarning toʻliq tiklash qiymati, yaʼni agarda tashkilot ularni qayta baholash kunidagi bozor narxlari (tariflari) boʻyicha xuddi shunga oʻxshash yangi obyektlarga almashtirgan taqdirda sarf qiladigan xarajatlarining toʻliq qiymati aniqlanadi, shular jumlasiga sotib olish (qurilish), transportirovka qilish, obyektlarni oʻrnatish (montaj qilish), import qilinadigan tovarlar uchun bojxona toʻlovlari va hokazolarga qilingan xarajatlar ham kiradi.

Tashkilotning mulk huquqi, xoʻjalik boshqaruvi huquqi, operativ boshqaruv huquqi va uzoq muddatli ijara (lizing) asosida tegishli boʻlgan, texnik holatining qandayligidan qatʼi nazar, ishlab turgan yoki foydalanilmayotgan, konservatsiya qilingan, hisobdan chiqarishga tayyorlangan, lekin tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan barcha asosiy fon�lar, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlar va oʻrnatishga tayyorlangan asbob-uskunalar qayta baholanishi lozim.

Obyektlarning toʻliq qayta baholash qiymati tashkilotning ixtiyoriga koʻra yoxud alohida obyektlarning qiymatini ularga oʻxshash yangi obyektlarning qayta baholash davrida vujudga kelgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan bozor narxlari asosida bevosita qayta hisoblash yoʻli bilan (bevosita qayta baholash metodi) amalga oshiriladi, yoxud asosiy vositalarni ularning olingan davriga mos ravishda va ularning turlari boʻyicha differensiyalashtirilgan asosiy vositalar qiymatining oʻzgarishi indeksini qoʻllash orqali alohida obyektlarning boshlangʻich (qayta tiklash) qiymatini indeksatsiyalash yoʻli orqali (indeks metodi) amalga oshiriladi.

Asosiy vositalarni indeksatsiya orqali qayta baholashda buxgalterlik hisobida qayta baholash kunida hisobda turgan asosiy vositalarning eskirish summasi (eskirish toʻliq hisoblangan obyektlarni qoʻshgan holda) asosiy vositalarni qayta tiklashga hisob qilingandagi asosiy vositalar qiymati oʻzgarishining tegishli indekslariga koʻpaytiriladi. Asosiy vositalarni bevosita qayta baholash orqali qayta baholashda buxgalterlik hisobida qayta baholash kunida hisobda turgan asosiy vositalarning eskirish summasi qayta baholashgacha va qayta baholashdan keyingi qayta tiklash qiymatining farqidan kelib chiqqan hisob koeffitsiyenti boʻyicha indeksatsiya qilinadi.

Bevosita qayta baholash metodini qoʻllashda obyektlarning toʻliq qayta tiklash qiymatini hujjatlar bilan tasdiqlash uchun tashkilotlar ixtiyorlariga koʻra quyidagilardan foydalanishlari mumkin:

a) ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va ularning rasmiy dilerlari, tovar-xomashyo birjalari, koʻchmas mulk birjalaridan yozma ravishda olingan oʻxshash mahsulotga boʻlgan narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

b) asosiy vositalarning olingan kundagi (tasdiqlovchi hujjatlar boʻlgan taqdirda) erkin ayirboshlanadigan valyutadagi qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (Markaziy bank kurslarining qayta baholash kunidagi va asosiy vositalar olingan kundagi oʻzaro farqi tarzida belgilanadigan hisob-kitob koeffitsiyentini qoʻllagan holda);

v) tegishli davlat organlarida mavjud boʻlgan narxlarning darajasiga oid maʼlumotlar

g) ommaviy axborot vositalarida va maxsus adabiyotlarda qayta baholash oʻtkazilgan davrda nashr etilgan narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

d) baholovchining asosiy vositalarning qiymatiga oid hisoboti.

Indeks metodini qoʻllash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan har yili 31-dekabr kuniga qadar navbatdagi qayta baholash boʻyicha tegishli indekslar ishlab chiqiladi va ommaviy axborot vositalarida rasman chop etiladi.

Asosiy vositalar qiymatini qayta baholash (har yili 1-fevralga qadar) qayta baholash oʻtkazilgan davrdagi narxlardan kelib chiqqan holda 1-yanvar holatiga amalga oshiriladi.

Asosiy vositalarni 1-yanvar holatiga qayta baholash natijalari qayta hisoblash oʻtkazilgan joriy davrning moliyaviy hisobotida aks ettiriladi, yaʼni yanvar oyi hisoboti — oylik hisobot tuzishda, birinchi chorak uchun hisobot — chorak hisobot tuzilganda, kalendar yili uchun hisobot — yillik hisobot tuzilganda.

Bunda buxgalterlik balansida (1-shakl) “hisobot davri boshida” grafasida va “Asosiy vositalarning harakati”da (3-shakl) “yil oxiridagi qoldiq” grafasida asosiy vositalarning qayta baholangan qiymati koʻrsatiladi.

Shunday qilib, moliyaviy hisobotda oʻtgan yilning oxiridagi asosiy vositalarning qiymati qayta baholashsiz aks ettiriladi, hisobot yilining boshida esa baholash natijalarini eʼtiborga olgan holda koʻrsatiladi.

“Moliyaviy hisobot shakllarini toʻldirish qoidalari”ga muvofiq (roʻyxat raqami 1117, 2002-yil 19-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 6-son), agarda balans yil boshida oʻzgargan boʻlsa, u holda tushuntirish yozuvida uning sabablari koʻrsatiladi.

Shu sababli, oʻtgan yil oxiri va hisobot yili boshidagi koʻrsatkichlarning mos kelmasligi 1-yanvar holatiga asosiy fondlarni qayta baholash natijasi deb tushuntiriladi, hamda joriy yilning moliyaviy hisobotiga berilgan tushuntirish yozuvida bayon qilinadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 8-son, 84-modda; 2010-y., 13-son, 101-modda; 2012-y., 18-son, 205-modda, 44-son, 508-modda)