toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING
Qarori
INNOVATSIYA ILMIY-TEXNIKA DASTURLARINI ShAKLLANTIRISh VA AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 12-fevralda 1706-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-sonli “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 280-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. “Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2007-yil 28-avgust, roʻyxat raqami 1706 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 363-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi M. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-dekabr,
8-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-dekabr,
12-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-dekabr,
270-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-dekabr,
65-son
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-dekabr,
44/2-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasining 2008-yil 30-dekabrdagi 8, 12, 270, 65, 44/2-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 11-banddagi “Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengashlari (keyingi oʻrinlarda “Idoralararo kengashlar”)” va “Idoralararo kengashlar” soʻzlari tegishincha “Innovatsiya faoliyati boʻyicha Idoralararo kengashi” va “Innovatsiya faoliyati boʻyicha Idoralararo kengash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dasturga kiritishga tavsiya etilgan vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan ilmiy, oliy taʼlim va boshqa tashkilotlarning loyihalari hamda turli vazirliklar yoki idoralar tasarrufidagi ilmiy, oliy taʼlim va boshqa tashkilotlarining hamkorlikdagi idoralararo xarakterdagi loyihalar ekspertizasi Innovatsiya faoliyati boʻyicha Idoralararo kengash tomonidan oʻtkaziladi”.
3. 22 va 32-bandlardagi “Idoralararo kengashlar” soʻzlari “Innovatsiya faoliyati boʻyicha Idoralararo kengash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 33-banddagi “Idoralararo kengashlarning” soʻzlari “Innovatsiya faoliyati boʻyicha Idoralararo kengashning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-dekabr
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-dekabr
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. ShOUMAROV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 7-son, 74-modda)