1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“MIKROKREDITBANK” AKSIYADORLIK TIJORAT BANKINING TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASh BORASIDAGI FAOLIYATINI YANADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining kapitallashuvi darajasini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil eta boshlash hamda jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda bankning ishtirokini kengaytirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini aktivlashtirish va kasanachilikni rivojlantirish hisobiga aholi bandliligini oshirish, tadbirkorlik subyektlarining mini-texnologiyalarni va zamonaviy texnologik uskunalarni xarid qilish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish uchun imtiyozli kreditlardan keng koʻlamda foydalanishlarini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
1. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2008-2009-yillarda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitalini 1-ilovaga muvofiq qoʻshimcha 72 mlrd. soʻmga koʻpaytirib, uning umumiy miqdorini 150 mlrd. soʻmga yetkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 29-martdagi PF-4524-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 14-son, 175-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-avgustdagi PF-5504-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son)
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 5-maydagi PF-3750-son Farmoniga2-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qoʻshimcha va oʻzgartishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-noyabr,
PF-4051-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-noyabrdagi PF-4051-son Farmoniga 1-ILOVA
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitali va unga qoʻshimcha joylashtiriladigan aksiyalar
HAJMI
mlrd soʻm
T/r
Aksiyadorlar
Jami
shu jumladan, 2008-2009-yillarda qoʻshimcha joylashtiriladigan aksiyalar
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
80,0
17,7
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
40,0
40
3.
Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki
3,5
1,5
4.
“Asaka-bank”
2,5
1
5.
“Agrobank” ATB
2,0
1
6.
Sanoatqurilishbank
2,3
1,3
7.
“Oʻzbekinvest” MK
2,0
1
8.
“Oʻzbekneftgaz” MXK
6,0
5
9.
“Oʻzkimyosanoat” AK
2,0
1,5
10.
“Oʻzbektelekom” AK
3,0
2
11.
Boshqa aksiyadorlar
6,7
-
Jami
150
72
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-noyabrdagi PF-4051-sonli Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-3750-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-3750-son Farmonida:
“2011-yilning” soʻzlari “2015-yilning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“berilgan imtiyozlar natijasida boʻshaydigan mablagʻlar maqsadli tarzda “Mikrokreditbank” ATBning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilsin”.
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 46-son, 451-modda; 2009-y., 22-son, 257-modda; 2013-y., 14-son, 175-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)