1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.05 Havo kemalari, ularning ekipaji va boshqa personallar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASINING AVIAKORXONALARIDAGI OʻQUV YURTLARINI SERTIFIKATLASH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 13-dekabrda 1881-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO)ning standartlari va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi oʻquv yurtlarini sertifikatlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi tomonidan 1999-yil 2-martda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining oʻquv yurt (markaz)larini sertifikatlash tartibi boʻyicha qoidalar (1999-yil 22-iyul, roʻyxat raqami 778 — Meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 7-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-noyabr,
228-son
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 10-noyabrdagi 228-son buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi oʻquv yurtlarini sertifikatlash
QOIDALARI
Ushbu Qoidalar IKAOning 1944-yil 7-dekabrdagi Chikago konvensiyasiga (1-ilova “Aviatsiya xodimlariga sertifikatlar berish”) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarining oʻquv yurtlarini (bundan keyingi oʻrinlarda oʻquv yurtlari deb yuritiladi) sertifikatlash tartibini belgilaydi.
I. Asosiy qoidalar
§ 1. Asosiy tushunchalar va qisqartmalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va qisqartmalardan foydalaniladi:
Aviatsiya xodimlari — faoliyatlari havo transport qatnovini tashkil qilish, bajarish va taʼminlash, shuningdek havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan shaxslar;
Asoslovchi hujjatlar — mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq oʻquv yurti tashkil qilinishida arizachi tomonidan foydalaniladigan va arizaga ilova qilinadigan hujjatlar;
Kasbiy tayyorgarlik — aviatsiya xodimlari tomonidan aniq koʻrsatilgan ishlarni, ishlar guruhini bajarish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni olish;
Kasbiy qayta tayyorgarlik (qayta oʻqish) — uchuvchi, muhandis-texnik va boshqa aviatsiya xodimlarini kasbiy tayyorlash jarayonining yangi havo kemasi va aviatsiyaning boshqa texnikasini oʻzlashtirish maqsadida amalga oshiriluvchi bir bosqichi;
Malaka oshirish — aviatsiya xodimlarini kasbiy tayyorlash jarayonining kasbiy va uslubiy mohirlikni takomillashtirishga qaratilgan bilim va koʻnikmalarni yangilash va chuqurlashtirish maqsadida amalga oshiriluvchi bir bosqichi;
Sertifikatning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish — “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan sertifikatning amal qilishini vaqtinchalik toʻxtatib qoʻyish boʻyicha rasmiy jarayon boʻlib, bunda sertifikatning amal qilishini toʻxtatib qoʻyishga olib kelgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng uni tiklash huquqi beriladi;
Sifat nazoratini olib borish tizimi — hujjat bilan rasmiylashtirilgan tashkiliy jarayonlar va tartiblar, bu jarayonlar va tartiblarni ichki tekshiruvdan oʻtkazish, boshqaruv tizimini kuzatish hamda sifatni oshirish boʻyicha tavsiyalar berish;
Sertifikatlangan oʻquv yurti — mazkur Qoidalarga muvofiq “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan sertifikatlangan, Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun moʻljallangan, “Davavianazorat” inspeksiyasi nazorati ostida faoliyat koʻrsatuvchi oʻquv yurti;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi oʻquv yurtining sertifikati (bundan keyingi oʻrinlarda sertifikat deb yuritiladi) — arizachini maxsus qoidalarning ajralmas qismi boʻlib hisoblangan shartlar va chegaralanishlarga muvofiq mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga mos kelishini tasdiqlovchi hujjat;
Trenajyorda mashq qilish — belgilangan talablarga muvofiq, turli xil mashq qildiruvchi moslamalar (aviatsiya trenajyorlari) yordamida amaliy malaka va koʻnikmalarni hosil qilish, malaka darajasini ushlab turish hamda mukammallashtirish maqsadida olib boriluvchi aviatsiya xodimlarini kasbiy tayyorlash jarayonining bir bosqichi;
Uchishga tayyorgarlik — tinglovchi tomonidan parvozlarni bajarish uchun haqiqiy sharoitlarda amaliy mahorat va koʻnikmalarni hosil qilish maqsadida olib boriluvchi, uchuvchilar tarkibini tayyorlash jarayonining bir bosqichi;
BRT — boshqaruvchi rahbarlar tarkibi;
“Davavianazorat” inspeksiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;
2. Mazkur Qoidalar “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarida (OʻzR AQ-61) (roʻyxat raqami 1349-son, 2004-yil 7-may — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 212-modda) koʻrsatilgan aviatsiya xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish (bundan keyingi oʻrinlarda tayyorlash deb yuritiladi) boʻyicha faoliyat yuritadigan barcha oʻquv yurtlariga tatbiq etiladi.
3. Aviatsiya xodimlarini kasbiy tayyorlash boʻyicha faoliyat faqat “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan sertifikatlangan oʻquv yurtlarida amalga oshiriladi.
4. Sertifikat amal qilish davrida SOʻYU faoliyati belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi zarur.
Oʻquv yurtlarini sertifikatlashtirish mazkur Qoidalarga muvofiq bepul amalga oshiriladi.
II. Sertifikatlash boʻyicha umumiy talablar
§ 1. Umumiy qoidalar
5. Oʻquv yurtini sertifikatlash tartibi quyidagi bosqichlardan iborat:
a) arizani qabul qilish va roʻyxatga olish;
b) arizani oldindan koʻrib chiqib, ariza beruvchiga uni qabul qilinganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda bildirish;
v) ariza beruvchiga arizani va asoslovchi hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish, aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisida yozma ravishda bildirish;
g) ariza beruvchidan asoslovchi hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish vaqtida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilganligi toʻgʻrisida hujjatlarni qabul qilib olish va kamchiliklarni bartaraf etilganligini tekshirish;
d) oʻquv yurtini sertifikatlash talablariga muvofiqligini tekshirish va uning natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni koʻrsatgan holda dalolatnoma tuzish;
e) sertifikatlash boʻyicha tekshirish oʻtkazish vaqtida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilganligi toʻgʻrisida hujjatlarni oʻquv yurtidan qabul qilib olish;
j) oʻquv yurtini takroran tekshirishdan oʻtkazish (zarur boʻlgan hollarda);
z) tekshirishlarning natijalari boʻyicha oʻquv yurtiga sertifikat berish yoki sertifikat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror loyihasi va xulosani tayyorlash.
§ 2. Sertifikatlash uchun ariza berish
6. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi oʻquv yurti sertifikatini olish uchun ariza (bundan keyingi oʻrinlarda ariza deb yuritiladi) oʻquv yurti tomonidan mazkur Qoidalarning 1-ilovasida koʻrsatilgan shaklda taqdim etiladi.
7. Birinchi marta sertifikatni olish uchun ariza rejalashtirilgan faoliyatning boshlanish muddatidan ikki oy oldin “Davavianazorat” inspeksiyasiga topshiriladi.
8. “Davavianazorat” inspeksiyasiga ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarning asl nusxasi yoki ularning nusxalari taqdim etiladi. Notoʻgʻri toʻldirilgan yoki rasmiylashtirilgan ariza koʻrib chiqishga qabul qilinmaydi.
9. Birinchi marta oʻquv yurtining sertifikatini olish uchun, zarur boʻlgan hollarda, sertifikatga oʻzgartish kiritish yoki uning muddatini uzaytirish uchun arizaga mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan maʼlumotlarni taqdim qilish boʻyicha namunaviy shakllar va asoslovchi hujjatlar roʻyxati ilova qilinadi.
10. Oʻquv yurtlari ushbu Qoidalarning 3-ilovasida belgilangan oʻquv yurtiga qoʻyiladigan sertifikatlash talablariga muvofiq boʻlishlari kerak.
11. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarning taqdim etilishi ularni “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan koʻrib chiqilishiga asos hisoblanadi.
12. Sertifikat muddatini uzaytirish yoki sertifikatga oʻzgartishlar kiritish uchun ariza “Davavianazorat” inspeksiyasiga amaldagi sertifikat muddatining tugashidan yoki rejalashtirilgan faoliyatning boshlanishidan bir oy oldin topshiriladi.
13. Arizada va asoslovchi hujjatlarda bayon etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun arizachi javobgar boʻladi.
§ 3. Arizani dastlabki baholash va asoslovchi hujjatlarni ekspertiza qilish
14. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar “Davavianazorat” inspeksiyasiga kelib tushgan kundan boshlab oʻn kunlik muddat ichida ularni dastlabki baholash amalga oshiriladi. Agar ushbu muddat ichida ariza qabul qilinadigan yoki rad etiladigan boʻlsa, bu haqda ariza beruvchiga yozma xabarnoma yuboriladi.
15. Arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni dastlabki baholashda quyidagilar tekshiriladi:
a) oʻquv yurti va uning tuzilmalarini belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi axborotlarning yetarliligi;
b) asoslovchi hujjatlarning toʻliqliligi.
16. Ariza bilan birga taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash natijalari salbiy boʻlganda, ariza beruvchiga uning arizasi rad etilganligining asoslangan sabablari koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
17. Asoslovchi hujjatlar boʻyicha kamchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda, ariza beruvchi oʻquv yurtini sertifikatlash boʻyicha tekshiruvning boshlanishiga qadar ularni bartaraf etishi shart.
18. Asoslovchi hujjatlarning ekspertizasi ijobiy natijalarga ega boʻlsa, “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan oʻquv yurtini sertifikatlash boʻyicha tekshiruvdan oʻtkazish haqida qaror qabul qilinadi hamda ariza beruvchi bilan kelishilgan holda uni oʻtkazish muddatlari belgilanadi.
§ 4. Oʻquv yurtini sertifikatlash boʻyicha tekshiruvdan oʻtkazish
19. Oʻquv yurtini sertifikatlash boʻyicha tekshiruvdan oʻtkazish komissiyasi (bundan keyingi oʻrinlarda komissiya deb yuritiladi) “Davavianazorat” inspeksiyasida tuziladi. Oʻquv yurtining faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda komissiya tomonidan tekshirish dasturi ishlab chiqiladi.
20. Komissiya tomonidan oʻquv yurtini sertifikatlash boʻyicha tekshiruvdan oʻtkazilishi quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
a) oʻquv yurtining mazkur Qoidalar bilan oʻrnatilgan talablarga va ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligini aniqlash;
b) oʻquv yurtining tarkibi va xonalari, trenajyor kompleksining holatini, texnik jihatdan taʼminlanganligini, oʻquv jarayonining taʼminlanish holatini aniqlash;
v) aviatsiya xodimlarini tayyorlash jarayonida mashgʻulotlardan olingan natijalar samarali boʻlishini taʼminlaydigan uslubiyatlar qoʻllanilishini, shuningdek olib boriladigan tayyorlashning mazmuni va unda bayon etiladigan maʼlumotlar tinglovchilarga toʻla hajmda berilishiga ishonch hosil qilish.
21. Tekshiruv natijalari boʻyicha besh ish kuni davomida quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi:
a) oʻquv yurtini sertifikatlashga toʻsqinlik qiluvchi nomuvofiqliklar mavjud boʻlgan hollarda dalolatnoma. Unda tekshirish natijalari keltiriladi, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar koʻrsatiladi;
b) oʻquv yurtini sertifikatlashga toʻsqinlik qiluvchi nomuvofiqliklar mavjud boʻlmagan hollarda ijobiy xulosa.
22. Dalolatnoma asosida ariza beruvchi kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha choralar koʻrishi, shuningdek ularni bartaraf etish boʻyicha ishlab chiqilgan tadbirlar rejasini “Davavianazorat” inspeksiyasiga topshirishi zarur.
23. “Davavianazorat” inspeksiyasi tekshiruv natijalarini va oʻquv yurti tomonidan topshirilgan tadbirlar rejasini koʻrib chiqadi. Zarur boʻlgan hollarda, qayta tekshiruv oʻtkaziladi.
24. Bajarilgan ishlarning yakunlari va komissiyaning xulosalari aks ettirilgan sertifikatni berish yoki bermaslik toʻgʻrisidagi xulosa tekshiruv natijalari boʻyicha yakuniy hujjat hisoblanadi. Xulosa komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi va “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Xulosaning bir nusxasi ariza beruvchiga yuboriladi.
25. Tekshiruv oʻtkazilgan kundan boshlab ikki oy mobaynida ariza beruvchining aybi bilan sertifikat berish haqida qaror qabul qilinmasa, ariza bekor qilinadi.
Ariza beruvchi umumiy asoslarga koʻra qaytadan ariza berishi mumkin.
III. Oʻquv yurtiga sertifikatning berilishi
§ 1. Umumiy qoidalar
26. Asoslovchi hujjatlar boʻyicha oʻtkazilgan ekspertiza va tekshiruv natijalari ijobiy baholangan hamda barcha hujjatlar rasmiylashtirilgan taqdirda, “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan sertifikat berish haqida qaror qabul qilinadi.
§ 2. Sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish
30. Sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish oʻquv yurtining arizasiga asosan mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Sertifikatning amal qilish muddati mobaynida oʻzgarish boʻlmagan hujjatlarni qaytadan topshirmaslikka ruxsat etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
31. Asoslovchi hujjatlarning ekspertizasi va tekshiruv natijalari ijobiy boʻlsa, ularning natijalari boʻyicha barcha tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi va “Davavianazorat” inspeksiyasi sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
32. Sertifikatga oʻzgartirish kiritish uchun oʻquv yurti zarur hujjatlarni ilova qilgan holda “Davavianazorat” inspeksiyasiga ariza bilan murojaat qiladi. Ariza oʻn kun muddatda koʻrib chiqiladi.
33. Zarur boʻlgan hollarda “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan tekshiruv oʻtkaziladi. Tekshiruv mazkur Qoidalar II bobining 4-paragrafi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
34. Tekshiruv natijalari ijobiy boʻlsa, uning natijalari boʻyicha barcha zarur hujjatlar rasmiylashtiriladi va “Davavianazorat” inspeksiyasi sertifikatga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
v) aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash sifatining pasayishiga taʼsir qiluvchi boshqa omillar aniqlanganda.
37. Sertifikatning bekor qilinishi yoki amal qilinishini toʻxtatib qoʻyish SOʻYUning umumiy yoki alohida faoliyat turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
38. “Davavianazorat” inspeksiyasi rahbari tomonidan sertifikatning amal qilinishini bekor qilish yoki toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
40. Amal qilishi bir oydan ortiq, lekin uch oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyilgan sertifikatning amal qilishini tiklash uchun SOʻYU tomonidan ariza beriladi. Kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida hisobot taqdim etilgandan soʻng, uning amal qilish muddati qayta tiklanadi.
41. Zarur boʻlgan hollarda qaytadan sertifikatni olish uchun oʻquv yurti umumiy asoslarda ariza berishi kerak.
IV. SOʻYUning faoliyati ustidan nazorat
§ 1. Inspektorlik tekshiruvlari
42. SOʻYUning sertifikatda belgilangan talablar doirasida faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida, “Davavianazorat” inspeksiyasi SOʻYU ustidan nazoratni inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiradi.
b) SOʻYU ushbu Qoidalarning talablariga javob berishini, sertifikat berilayotganda oʻrnatilgan shartlar va cheklovlarning bajarayotganligini baholash uchun oʻtkaziladigan rejadan tashqari inspektorlik tekshiruvlari.
44. Inspektorlik tekshiruvini oʻtkazish tartibi ushbu Qoidalarning talabiga javob berishi kerak. Tekshiruv materiallari asoslovchi hujjatlar bilan birga saqlanadi.
45. SOʻYU “Davavianazorat” inspeksiyasining inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish komissiyasiga ishlash uchun barcha sharoitlarni yaratib berishi lozim.
46. “Davavianazorat” inspeksiyasi inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish komissiyasining ish tartibi “Davavianazorat” inspeksiyasining hujjatlari bilan belgilanadi.
47. Inspektorlik tekshiruvining natijalari toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Dalolatnomada aniqlangan barcha kamchiliklar, ularni bartaraf etish muddatlari va tavsiya etiladigan tadbirlar koʻrsatiladi.
§ 2. Rejadan tashqari inspektorlik tekshiruvlari
48. Quyidagilar SOʻYUda rejadan tashqari inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish uchun asos boʻladi:
a) aviatsiya mutaxassislarini tayyorlashda sifat darajasining pasayganligi toʻgʻrisida axborot;
b) SOʻYUning faoliyat yuritish jarayonida sertifikatlash talablari boʻyicha nomuvofiqliklarning aniqlanishi.
49. Rejadan tashqari inspektorlik tekshiruvlari nazorat oʻtkazish sababidan kelib chiqqan holda “Davavianazorat” inspeksiyasi rahbari tomonidan berilgan topshiriqqa binoan oʻtkaziladi.
53. Sertifikatni berish va malaka baholarini qoʻyishga oid boʻlgan baholash vazifalari SOʻYUning tasarrufida boʻlmagan imtihon oluvchilar tomonidan amalga oshirilishi shart.
VI. Xorijiy davlatlar oʻquv yurtlarini tan olish tartibi
54. Oʻzbekiston Respublikasida FA aviatsiya xodimlarini maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazishning ayrim turlari bilan taʼminlanmaganligini inobatga olib, “Davavianazorat” inspeksiyasi xorijiy davlatlarning sertifikatlangan (tasdiqlangan) oʻquv yurtlarini tan olishi mumkin.
a) oʻquv yurtiga sertifikat (guvohnoma) bergan idoraning maqomi va vakolati oʻquv yurti taʼsis qilingan va IKAOga aʼzo boʻlgan mamlakatning davlat hokimiyati organlari tomonidan tan olinganligiga;
b) oʻquv yurtiga qoʻyiladigan talablar IKAO tomonidan oʻrnatilgan standartlarga javob berishiga;
v) aviatsiya xodimlarini tayyorlash dasturidagi maʼlumotlar mazkur Qoidalarda koʻrsatilgan talablardan past boʻlmasligiga, oʻqitish uslubi va texnik vositalar oʻqitish jarayonining samarali va sifatli boʻlishini taʼminlashiga va boshqalar.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi oʻquv yurtlarini sertifikatlash qoidalariga 1-ILOVA
“Davavianazorat” inspeksiyasi rahbariga
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi oʻquv yurti sertifikatini olish uchun
fuqaro aviatsiyasi oʻquv yurtining amaldagi meʼyorlarga toʻgʻri kelishini quyidagi maqsadda tekshirishni soʻraydi: 1) sertifikatni birinchi marta olish; 2) sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish; 3) aviatsiya xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlashning ruxsat etilgan turlari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish; 4) aviatsiya texnikasining oʻrganilayotgan turlari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish; 5) boshqa sabablar (koʻrsatilsin).
FA oʻquv yurtining tekshirilishi lozim boʻlgan faoliyat turlarining bayoni:
Oʻquv yurtining tuzilmasi: oʻquv boʻlinmasi; aviatsiya trenajyorlari boʻlinmasi; umumiy boʻlinma; xoʻjalik boʻlinmasi; uchish-uslubiy boʻlinma; boshqa boʻlinmalar.
2.
Oʻquv-tajriba oʻtkazish xonalarining umumiy maydoni (kv.m). Shu jumladan: oʻquv boʻlinmasi; uchish-uslubiy boʻlinmasi; aviatsiya trenajyorlari boʻlinmasi; umumiy boʻlinma; boshqa boʻlimlar.
Oʻquv yurti rahbari ___________________________
(imzo, F.I.O.)
M.Oʻ.
20__ y. “___”_______
2-shakl
Oʻquv yurti tomonidan foydalaniladigan maydonlar toʻgʻrisida maʼlumotlar
Oʻquv-tajriba oʻtkazish xonalarining umumiy maydoni (m.kv.) ______________
T/r
Oʻquv jarayoni uchun egallangan qurilmalarning haqiqiy manzili
Qurilmalardagi xonalarga egalik shakli (mulkchilik, ijara va h.k. huquqida) va qonuniy huquqli hujjatlarning rekvizitlari
Xonalar turi (maʼruza, amaliy mashgʻulot audit., kompyuter, lingafon, tajribaxonalar va boshqa sinflar, majlislar va jismoniy tarbiya zallari va h.k.)
Maydon (m.kv.)
Sigʻimi (kishi)
Bir turdagi xonalarning soni
1
2
3
4
5
6
7
Oʻquv yurti rahbari ___________________________
(imzo, F.I.O.)
M.Oʻ.
20__ y. “_____”________________
3-shakl
Boshqaruvchi rahbarlar va oʻqituvchilar tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotlar
(mutaxassisning familiyasi, ismi, otasining ismi)
1. Umumiy uchgan vaqti___________________________________________soat.
2. Quyidagi havo kemalarida parvoz qilishga ruxsat berilgan:
3. _______ (rusumli) HKda ______ soat, shu jumladan HK komandiri sifatida _______ soat.
4. Mutaxassisga 20____y. “_____”____________dagi ________-sonli buyruq, __________-sonli bayonnoma asosida 20____y. “_____”______________ kuni ________klass berilgan.
5. Sertifikatning raqami ________________________, amal qilish muddati 20____y. “___”________gacha.
6. Quyidagi meteorologik minimumlarda ________________ (rusumli) HKda parvozlarni bajarishga ruxsat berilgan: Vizual parvoz qoidalari bulutlilik____________ m. Asboblar boʻyicha uchish qoidalari bulutlilik ____________ m.
koʻrinish _________________ m.
koʻrinish ___________________ m.
shamol __________________m/s
7. Samolyotni boshqarish texnikasi tekshirilgan sana____________________, baho_________ Samolyotni yoʻnalish boʻyicha olib yurishi tekshirilgan sana______________, baho________ Parvozdagi amaliy ishlari tekshirilgan sana __________________________, baho_____________
8. Dastlabki tayyorgarlikdan 19_____y.da (oʻquv yurti)__________________da oʻtgan. _________________________ oʻquv yurtida _________________________ HKga
(rusumli)
qayta oʻqigan vaqti _________
(sana)
9. ___________ oʻquv yurtida oxirgi malaka oshirgan kurslari______________
(sana)
10. Ingliz tilida radiotelefon aloqasini olib borishga qoʻyilishi: 20____y. “_____”______________dagi _____-sonli buyruq 20____y. “_____”______________dagi _____-raqamli guvohnoma ________________________________________________ tomonidan berilgan.
11. Xalqaro parvozlarni bajarishga qoʻyilishi: ________________ning 20____y. “____”_________dagi _____-sonli buyrugʻi.
a) oʻquv yurtining banklardagi hisobvaraqlari toʻgʻrisida maʼlumot;
v) arizachining moliyaviy holati toʻgʻrisida maʼlumot.
§ 4. Oʻqitish jarayonining taʼminlanishi
a) 6-shakl “Aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash turlari va tinglovchilarning soni toʻgʻrisida maʼlumotlar”;
b) 7-shakl “Oʻqitish jarayonining oʻquv adabiyoti bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar”;
v) 8-shakl “Oʻqitish jarayonining oʻqitish jihozlari, texnik vositalar va SHEHM bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar”;
g) 9-shakl “Tayyorlash turlari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarining roʻyxati”;
d) 10-shakl “Uslubiy ishlarni tashkil etish va olib borish toʻgʻrisida maʼlumotlar”;
e) 11-shakl “Oʻquv-tajriba bazasining holati toʻgʻrisida maʼlumotlar”;
yo) oʻquv yurtining pedagogik kengashi toʻgʻrisida nizom;
j) oʻqituvchilar tarkibining yil davomida malaka oshirish jadvali;
z) oʻquv yurtining muayyan fanlar komissiyasi toʻgʻrisida nizom;
i) oʻquv yurtining muayyan fanlar komissiyasi tomonidan uslubiy tadbirlarni tashkil etish rejasi;
k) fanlar boʻyicha dars olib borishga ruxsat berish;
l) oʻquv dasturlarining mavzulari boʻyicha uslubiyatlarni ishlab chiqish jadvali;
m) tajriba stendlari va maketlarning roʻyxati.
§ 5. Trenajyorda tayyorgarlikni tashkil etish
a) 12-shakl “Kompleks va alohida mashqlarni bajarish trenajyorlari hamda jihozlarning turlari toʻgʻrisida maʼlumotlar”;
b) aviatsiya oʻquv markazining trenajyorlar kompleksi toʻgʻrisida nizom;
v) kompleks va alohida mashqlarni bajarish trenajyorlarini texnik taʼminlashning zarur turlari boʻyicha tuzilgan shartnomalar;
g) instruktorlar tarkibini tayyorlash mashgʻulotlarini oʻtkazishga tuzilgan shartnomalar;
d) instruktorlar tarkibini tibbiy xizmatlar bilan taʼminlash;
e) instruktorlar tarkibini oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi kelishuv nusxasi (agar mavjud boʻlsa).
§ 6. Uchish-uslubiyat boʻyicha tayyorlashni tashkil etish
a) oʻquv yurtining uchish-uslubiyat boʻlimi toʻgʻrisida nizom;
b) uchuvchilar tarkibini kompleks va alohida mashqlarni bajarish trenajyorlarida tayyorlash turlariga zarur boʻlgan shartnomalarning nusxasi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi oʻquv yurtlarini sertifikatlash qoidalariga 3-ILOVA
Oʻquv yurtiga qoʻyiladigan sertifikatlash talablari
§ 1. Vositalarga umumiy talablar
1. Oʻquv yurtini tasdiqlash uchun zarur boʻlgan vositalar qoʻyilgan vazifalarning kengligi va hajmi bilan aniqlanadi.
2. Oʻquv yurti kurslarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan oʻquv bazasiga ega boʻlishi kerak.
3. Oʻquv yurtining oʻquv bazasida barcha zarur vositalar bilan jihozlangan maxsus qurilmalar (xonalar) va asbob-uskunalar (shu jumladan aerodromlar, aviatsiya texnikasi) boʻlishi zarur.
4. Belgilangan vazifalarni bajarish uchun oʻquv yurti quyidagilarga ega boʻlishi lozim:
a) aviatsiya texnikasi namunalari va maketlari, koʻrgazma qurollari, amaliy va mashq qilish trenajyorlari hamda boshqa dasturiy-uslubiy hujjatlar va audiovizual vositalari jamlanmasi bilan jihozlangan oʻquv kabinetlari va tajribaxonalarga ega boʻlgan oʻquv korpusi;
b) zarur boʻlgan adabiyot, oʻquv materiallari fondi va tegishli jihozlar bilan toʻldirilgan kutubxona;
v) pedagog xodimlar, instruktorlik tarkibi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun xonalar.
5. Oʻquv yurtida oʻquv auditoriyalaridan tashqari yana quyidagilar mavjud boʻlishi zarur:
a) majlislar oʻtkazish hamda barcha xodimlarni yigʻish uchun xonalar (majlislar zali);
b) mashinada yozish va nusxa koʻpaytirish bazasiga ega boʻlgan maʼmuriyat sektori;
v) kiyim almashtirish xonasi va boshqalar.
§ 2. Auditoriyalarga boʻlgan talablar
6. Auditoriyalar xodimlarni tayyorlash talablariga muvofiq boʻlishi, maʼruza xonalarining oʻlchami esa sinfdagi tinglovchilar soniga toʻgʻri kelishi lozim. Tinglovchilarning eng kam soni oʻn olti nafar boʻlishi va yigirma nafardan oshmasligi kerak.
7. Oʻn olti nafar tinglovchilar uchun shaxsiy stollar bilan jihozlangan odatdagi auditoriyaning maydoni 55 kv.m. boʻlishi kerak. Barcha maʼruza xonalarining oʻlchamlari hamma tinglovchilarni joylashtirish uchun yetarli boʻlishi lozim.
8. Oʻquv auditoriyalarini oʻquv koʻrgazma qurollari va OʻTVlar bilan jihozlash tayyorlash (qayta tayyorlash) dasturlariga muvofiq boʻlishi, oʻqitishning koʻrgazmali boʻlishini taʼminlashi hamda zarur boʻlgan malaka va koʻnikmalarni tinglovchilarga tushuntirish imkoniyatini yaratishi shart.
9. Oʻquv auditoriyalari oʻrganilayotgan HK turlari, aviatsiya dvigatellari va jihozlari hisobga olingan holda fanlarga maxsuslashtirilgan boʻlishi kerak.
10. Oʻqitish jarayonida tinglovchilar bilan amaliy mashgʻulotlar ishlab chiqarish sharoitida tegishli jadvallar boʻyicha olib borilishi mumkin. Zarurat boʻlganda, tarkibida oʻquv yurti mavjud korxona rahbari bilan tuzilgan shartnoma yoki bu rahbarning farmoyishi asosida korxona xizmatlarining va trenajyor markazlarining texnik va uslubiy sinflari hamda ularning jihozlari oʻquv muassasasining umumiy oʻquv bazasiga filial sifatida qoʻshimcha ravishda kiritilishi mumkin.
§ 3. Oʻqitish jarayonining tashkil qilinishiga boʻlgan talablar
11. Oʻquv yurtida aviatsiya xodimlarini tayyorlash jarayonining tashkil qilinishiga boʻlgan talablar quyidagilardan iborat:
a) nazariy tayyorlashning tashkil qilinishi;
b) trenajyorda tayyorlashning tashkil qilinishi;
v) parvozga tayyorlashning tashkil qilinishi;
g) oʻquv rejalari va dasturlari;
d) oʻquv vositalari;
e) oʻquv-metodika adabiyotlari;
yo) bilimlarni test orqali sinash.
12. Oʻquv yurtida tayyorlash jarayonini tashkil qilish mazkur Qoidalarga muvofiq hamda oʻquv yurtining oʻziga xos xususiyatini va unda hal qilinuvchi masalalarni inobatga olish bilan amalga oshirilishi lozim.
§ 4. Nazariy tayyorlashning tashkil qilinishiga boʻlgan talablar
13. Aviatsiya xodimlarini nazariy tayyorlash mashgʻulotlarning samarali oʻtkazilishi hamda belgilangan turdagi tayyorlash va bayon etiluvchi materialning mazmuni toʻla hajmda va koʻrgazmali ravishda berilishini taʼminlovchi har qanday uslublar bilan olib borilishi mumkin.
14. Aviatsiya xodimlarini nazariy tayyorlashning sifatli olib borilishi faqat oliy maʼlumotli, oʻqitilayotgan oʻquv dasturi boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan malakali oʻqituvchilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
§ 5. Trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlikning tashkil etilishiga boʻlgan umumiy talablar
15. Talab qilingan turdagi trenajyorlar boʻyicha tayyorgarlik “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan maʼqullangan trenajyorlarda amalga oshiriladi.
16. Trenajyorlar FA sohasidagi hujjatlarda oʻrnatilgan talablarga muvofiq boʻlgan va “Davavianazorat” inspeksiyasining ruxsatiga ega boʻlgan hollarda ekipaj aʼzolarining IKAOning I, II, III toifalari boʻyicha meteorologik minimumlarda parvoz qilishga va meteorologik minimumlarda qoʻnishga berilgan ruxsatnomalarning shartlaridagi huquqlarini tasdiqlashi uchun samolyotlarning kompleks trenajyorlaridan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.
18. Barcha turdagi mashqlarni oʻtkazish uchun har bir trenajyor boʻyicha instruktorlar ekipajining shtatdagi tarkibi belgilanadi.
19. Havo kemasi trenajyorlarida uchuvchilar tarkibini tekshirish ishlarini aviakompaniyalar hamda “Davavianazorat” inspeksiyasining instruktorlik va komandir-uchuvchilar tarkibi oʻtkazadi, bunda shtatdagi instruktorlik tarkibi SKTning ishlashini hamda tekshirish dasturining bajarilishini taʼminlaydi.
20. Uchuvchilar tarkibini HKning tegishli turlarida trenajyor tayyorgarligidan oʻtkazish dasturi va Oʻzbekiston Respublikasi FA uchuvchilar tarkibini HK trenajyorlarida mashq qildirishni tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma oʻquv yurtida ishlab chiqiladi va “Davavianazorat” inspeksiyasi bilan kelishiladi.
§ 6. Parvoz tayyorgarligining tashkil etilishiga boʻlgan talablar
21. Oʻquv yurtida parvoz tayyorgarligi shtatdagi instruktorlik tarkibi tomonidan havo kemalari jalb qilingan holda amalga oshiriladi.
22. HKning boshqa (yangi) turiga qayta oʻqitish dasturi boʻyicha parvozga dastlabki tayyorlash oʻquv yurtining dastlabki tayyorlashga ruxsat etilgan instruktorlik tarkibi tomonidan amalga oshiriladi.
23. OʻUTD (OʻUTK) boʻyicha oʻquv parvozlari HK sahnida yoʻlovchilarsiz va yuk ortilmagan holda bajariladi.
24. Parvoz tayyorgarligining barcha turlari va tekshiruvlari FAdagi HKning aniq turlari uchun tasdiqlangan Uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturi boʻyicha amalga oshiriladi.
§ 7. Oʻqitish rejalari va dasturlariga (kurslarga) boʻlgan talablar
25. Tayyorlash dasturlari va rejalari (kurslari) faoliyatning xususiyatlariga qarab oʻquv yurtida ishlab chiqiladi.
26. “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan berilgan guvohnomalarga ega boʻlgan aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlari “Davavianazorat” inspeksiyasi bilan kelishiladi. Boshqa toifadagi xodimlarni tayyorlash dasturlarini oʻquv yurtining rahbari tasdiqlaydi.
Oʻquv rejalari va dasturlarining nusxasi “Davavianazorat” inspeksiyasiga yuboriladi.
27. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha oʻquv yurtlarida aviatsiya xodimlari yagona oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha oʻqitiladi.
§ 8. Oʻqitish vositalariga boʻlgan talablar
28. Uchish ishlariga tayyorlash (amaliy) kursi bosqichida foydalaniladigan HKlar bu maqsadlar uchun tegishli jihozlarga ega boʻlishi kerak.
29. OʻTVlar zamonaviy va audiovizual texnika bilan jamlangan, talab qilinuvchi dasturlar va videofilmlar bilan taʼminlangan boʻlishi shart. OʻTVlar barcha aviatsiya xodimlarining dasturlangan holda nazariy oʻqitilishini va bilim darajasini oqilona nazorat qilinishini taʼminlashi lozim.
§ 9. Oʻqitish jarayonining tashkil qilinishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarga talablar
30. Oʻquv yurtida oʻqitish jarayonini tashkil qilish uchun quyidagi hujjatlar mavjud boʻlishi kerak:
a) oʻquv kurslarining yillik reja-jadvali;
b) yillik ish rejasi;
v) mutaxassislik boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlari;
g) tayyorlash dasturlari va malaka oshirish boʻyicha sinov savollari;
d) oʻqituvchilar va instruktorlik tarkibining malakasini oshirish boʻyicha reja;
e) oʻquv mashgʻulotlarining jurnali;
yo) mashgʻulotlarga va ochiq darslarga tekshiruv bilan kirish jurnali;
j) amaliy mashgʻulotlarda xavfsizlik texnikasi boʻyicha instruktaj oʻtkazish jurnali;
z) oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxati;
i) mashgʻulotlar va imtihonlar jadvali;
k) videofilmlar, slaydlar va diafilmlar roʻyxati;
l) imtihon qaydnomalari;
m) fanlar boʻyicha oʻquv soatlarining hamda zarur boʻlgan oʻqituvchilar sonining hisobi;
n) shtatdagi oʻqituvchilarning shaxsiy ish rejalari;
o) oʻquv bazasini jihozlash boʻyicha reja;
p) SHEHM uchun fanlar boʻyicha dasturiy taʼminlash;
r) tasdiqlangan OʻUTKlar roʻyxati.
§ 10. Oʻquv-metodika adabiyotlariga boʻlgan talablar
31. Oʻquv-metodika adabiyotlarining roʻyxati aviatsiya xodimlarini tayyorlash (qayta tayyorlash) va malakasini oshirish rejalariga kiritilgan holda, shuningdek mazkur oʻquv yurtida oʻquv jarayonlarini tashkil qiluvchi fanlar roʻyxatidan kelib chiqqan holda aniqlanishi kerak.
32. Oʻquv-metodika adabiyotlari oʻquv yurtining kutubxonasida boʻlishi kerak. Tinglovchilar oʻquv-metodika adabiyotlari roʻyxati bilan tanishish va buyurtma qilish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim. Kutubxonada oʻquv-metodika adabiyotlaridan tashqari HKlardan parvozda va texnik foydalanish qoʻllanmasi boʻlishi shart.
§ 11. SHEHMda bilimlarni test orqali tekshirishga boʻlgan talablar
33. SHEHMda bilimlarni test orqali tekshirish aviatsiya xodimlarining kasbiy bilim darajasini baholash mezonlariga muvofiq amalga oshiriladi.
34. Bilimlarning test orqali sinalishi kompyuter texnikasi bilan jihozlangan auditoriyalarda oʻqituvchilar va masʼul shaxslar (operatorlar) boshchiligida oʻtkaziladi.
35. Testlarni tuzish uchun sinov savollari oʻquv yurtining maxsus fanlar boʻyicha oʻqituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va “Davavianazorat” inspeksiyasi bilan kelishiladi.
36. Bilimlarni test orqali sinash toʻgʻrisidagi nizom va test sinovlarini oʻtkazish, rasmiylashtirish hamda test natijalaridan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma oʻquv yurtida ishlab chiqiladi va uning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
37. Oʻquv yurtlarida SHEHMda test sinovlaridan oʻtkazish uchun quyidagilar mavjud boʻlishi shart:
a) tinglovchilarning bilimlarini test orqali tekshirish imkonini yaratish uchun yetarli sondagi SHHEM bilan jihozlangan maxsus auditoriyalar;
b) SHHEMga texnik xizmat koʻrsatish uchun tegishli tashkilot bilan tuzilgan shartnoma (oʻquv yurtining shtatida SHHEM boʻyicha oʻzining mutaxassisi boʻlmagan holda);
v) bilimlarni test orqali sinash ishlarining tashkil etilishi uchun masʼul boʻlgan SHHEM operatori;
g) SHHEMda bilimlarni test orqali sinash dasturini ishlab chiqish va kiritish uchun masʼul boʻlgan dasturlovchi muhandis;
d) bilimlarni test orqali sinash toʻgʻrisidagi nizom;
e) test sinovlarini oʻtkazish, rasmiylashtirish hamda test natijalaridan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma;
yo) SHHEMda foydalaniladigan testlarni tuzish uchun sinov savollari;
j) SHHEM operatori va dasturlovchi muhandisning lavozim yoʻriqnomalari;
z) SHHEMda test sinovlaridan oʻtgan aviatsiya mutaxassislarini va test natijalarini roʻyxatga olish jurnali.
§ 12. Aviatsiya xodimlarini tayyorlash va oʻqitish tartibi boʻyicha qoʻllanmaga boʻlgan talablar
38. Oʻquv yurti “Davavianazorat” inspeksiyasi bilan kelishgan holda Aviatsiya xodimlarini tayyorlash va oʻqitish tartibi boʻyicha qoʻllanmani ishlab chiqadi.
39. Qoʻllanma alohida qismlar boʻyicha nashr qilinishi mumkin hamda quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi zarur:
a) SOʻYUning sharoitlariga muvofiq, ruxsat etilgan tayyorlash koʻlamining umumiy tavsifi;
b) belgilangan oʻquv dasturlarining mazmuni, shu jumladan foydalanilishi kerak boʻlgan oʻquv kursini dasturlash taʼminoti va jihozlarning tavsifi;
v) tashkilotda amal qilayotgan sifatni taʼminlash tizimining tavsifi;
g) tashkilotda mavjud boʻlgan vositalarning tavsifi;
d) SOʻYUdagi talablarga rioya qilinishining taʼminlanishi uchun masʼul qilib tayinlangan shaxsning familiyasi, ismi, sharifi, vazifalari va malakasi;
e) tayyorlashning rejalashtirilishi, oʻtkazilishi va nazorati uchun masʼul qilib tayinlangan shaxslarning vazifalari va malakasi tavsifi;
yo) instruktorlik tarkibining malakasini aniqlash va ushlab turishda qoʻllaniladigan tartiblarning tavsifi;
j) aviatsiya xodimlarini tayyorlash toʻgʻrisidagi hujjatlarning yuritilish tartibi va hisob yuritish hujjatlarini saqlash tavsifi;
z) oʻrnatilgan tartiblar va talablarga rioya qilinishining taʼminlanishi uchun zarur boʻlgan hollarda aviatsiya xodimlarini qoʻshimcha tayyorlashning tavsifi;
i) test sinovlarini oʻtkazishda vakolatli xodimlarni tanlash tartibi va ularning vazifalari, bu maqsadda qoʻllaniladigan va “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan oʻrnatilgan talablarning tavsifi.
40. Aviatsiya xodimlarini tayyorlash va oʻqitish tartibi boʻyicha qoʻllanmadagi maʼlumotlarni yangilash maqsadida oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish oʻquv yurti tomonidan amalga oshiriladi. Bu oʻzgartirishlar quyidagi hollarda kiritiladi:
a) muntazam ravishda (kamida yiliga bir marta);
b) oʻquv yurti qayta tashkil etilganda;
v) texnologik oʻzgarishlar yuz berganda (masalan, yangi jihozlar kiritilganda);
g) xavfsizlik qoidalari oʻzgarganda.
41. Aviatsiya xodimlarini tayyorlash va oʻqitish tartibi boʻyicha qoʻllanmaga kiritilgan barcha oʻzgartirishlarning nusxalari mazkur qoʻllanmaga ega boʻlgan barcha tashkilotlarga joʻnatiladi.
§ 13. Sifatni taʼminlash tizimiga boʻlgan talablar
42. Oʻquv yurti Aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash sifatini taʼminlash boʻyicha qoʻllanmani ishlab chiqadi.
43. Aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash sifatini taʼminlash boʻyicha qoʻllanma oʻtkaziladigan tayyorgarlikning turiga toʻgʻri keladigan oʻlchamdagi sifat tizimining elementlarini oʻz ichiga olishi kerak.
§ 14. Oʻquv yurtini kadrlar bilan taʼminlashga talablar
44. Har bir oʻquv yurti mazkur Qoidalarga muvofiq, oʻzining masʼul rahbariga va oʻquv yurtining faoliyat sohasi va kengligiga bogʻliq boʻlgan holda asosiy xodimlarga ega boʻlishi zarur.
45. Oʻquv yurti oʻqishlarni rejalashtirish, oʻtkazish va ularni nazorat qilish uchun zarur boʻlgan xodimlarga ega boʻlishi kerak.
46. Oʻquv yurti rejadagi oʻquv kurslarini oʻtkazish uchun yetarli boʻlgan shtatdagi oʻqituvchi va instruktor xodimlar tarkibiga ega boʻlishi zarur.
47. Quyidagi hollarda oʻqituvchilarni soatbay haq toʻlash sharti bilan ishga jalb qilishga yoʻl qoʻyiladi:
a) shtatdagi oʻqituvchi bilan almashtirish imkoni boʻlmagan taqdirda;
b) rejadan tashqari kurslar mavjud boʻlganda.
48. Oʻquv yurti bajariladigan vazifalari va majburiyatlariga muvofiq muntazam ravishda malaka oshirilishini taʼminlashi zarur.
49. Oʻquv yurtida quyidagi namunaviy lavozimlarning boʻlishi maqsadga muvofiqdir:
a) masʼul rahbar;
b) oʻquv masalalari boʻyicha mudir;
v) oʻqituvchilar tarkibi;
g) tayyorgarlik boʻyicha instruktorlar;
d) parvoz tayyorgarligi boʻyicha instruktorlar;
e) texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha menejer;
j) xodimlar bilan ishlash boʻyicha menejer;
z) moliyaviy ishlar boʻyicha menejer;
i) sifatni taʼminlash boʻyicha menejer.
§ 15. SOʻYU xodimlari va oʻqituvchilariga boʻlgan talablar
50. Har bir oʻquv yurti xodimlarning mutaxassisligiga malaka xususiyatlari bilan aniqlanuvchi talablar qoʻyishi zarur.
51. Oʻqituvchilar kasbiga boʻlgan talablar oʻquv yurtida aviatsiya xodimlarini tayyorlash turlari bilan aniqlanadi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) oliy maʼlumotga ega boʻlishi va ariza berilgan tayyorgarlik turlari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishga vakolati boʻlishi;
b) pedagogikaning asoslari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtgan boʻlishi hamda bu tegishli guvohnoma bilan tasdiqlangan boʻlishi;
v) oʻquv rejalari va dasturlarini, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqa olishi va tayanch konspektlarini yoza olishi.
52. Oʻqituvchilar har bir fan boʻyicha quyidagilarga ega boʻlishi lozim:
a) tayanch konspektlari;
b) fan boʻyicha oʻquv dasturi;
v) fan boʻyicha darsliklar, oʻquv-metodik qoʻllanmalar, OʻTV;
g) sinov savollari va imtihon biletlari.
53. Nazariy jihatdan tayyorgarlikni oʻtkazadigan oʻqituvchilarning pedagogik yuklamalari quyidagilardan iborat:
a) leksiya soatlari, leksiya ishlari alohida olingan bir haftada yigirma soatdan oshmasligi;
b) leksiyalarga tayyorlanish, uslubiy materiallarni, tayanch konspektlarini tuzish, koʻrgazma materiallarini, yozma hisobotlar va xulosalarni tayyorlash, imtihon ishlarini tekshirish va hokazolar.
54. Bir oʻqituvchiga oʻrganiladigan HKlarning 4 ta turi biriktirilishi mumkin.
55. Oʻquv yurtidagi amaliy faoliyati davomida oʻqituvchi oʻzi dars beradigan fan boʻyicha har yili stajirovkadan oʻtadi.
56. Mutaxassisligi va yoʻnalishi boʻyicha oʻqituvchi 5 yilda bir marta malakasini oshiradi.
57. Instruktorlik tarkibiga boʻlgan kasbiy talablar oʻquv yurtida aviatsiya xodimlarini tayyorlash turlari boʻyicha aniqlanadi.
58. Trenajyorda tayyorgarlik trenajyor kompleksining mazkur ish turiga ruxsati bor boʻlgan instruktorlik tarkibi tomonidan oʻtkaziladi.
59. Tinglovchilarni parvoz tayyorgarligidan oʻtkazish FA oʻquv yurtlarida, uchish-sinov boʻlinmalarida, tajriba-konstruktorlik byurolarida hamda aviatsiya texnikasini ishlab chiqaruvchi korxonalarda maxsus va uslubiy tayyorgarlikdan oʻtgan hamda FA oʻquv yurtlarining parvoz tayyorgarligi dasturlari boʻyicha UTni dastlabki tayyorlashga instruktorlik ruxsatnomasini olgan, bilimi juda yuqori darajada boʻlgan uchuvchi xodimlar tomonidan bajariladi.
§ 16. Hisobga olish hujjatlari
60. SOʻYUda hisobga olish tizimi quyidagi xususiyatlarga ega boʻlishi shart:
a) maʼlumotlarning toʻla berilishi;
b) maʼlumotlarning yaxlitligi.
61. Oʻquv yurti oʻquv jarayoniga boʻlgan talablarning bajarilishini aks ettiruvchi hujjatlarning butligini va tegishlicha hisob yuritilishini taʼminlashi kerak.
62. Hisobga olish hujjatlarini saqlash va hisobga olish tartibi oʻquv yurtining ichki hujjatlar bilan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi oʻquv yurtlarini sertifikatlash qoidalariga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi oʻquv yurtining sertifikati
(sertifikatlangan oʻquv yurtining nomi va manzili)
Oʻzbekiston Respublikasining _____________________________ Aviatsiya qoidalari talablariga muvofiq hamda maxsus qoidalarda keltirilgan, ajralmas qismi boʻlib hisoblangan shartlar va cheklovlarga muvofiq _________________________________ faoliyatini yuritishi mumkin.
Sertifikatni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. Uning amal qilishi belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻyilishi mumkin.
Sertifikatlangan oʻquv yurtining maxsus qoidalari blankasining shakli
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
MAXSUS QOIDALAR
Sertifikatlangan oʻquv yurtining nomi________________________________
____________ raqamli sertifikat
A QISM.
1. HUQUQLAR.
Sertifikatlangan oʻquv yurtiga aviatsiya mutaxassislarini quyidagi kasbiy tayyorlash (kurslari) turlarini oʻtkazishga ruxsat etiladi.
2. AVIATSIYA MUTAXASSISLARINI DASTLABKI TAYYORLASH. — uchuvchi-instruktorlik tarkibi, uchuvchilar ekipaji aʼzolari, HK turlari; — ekipajga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar, HK turlari; — trenajyorlar boʻyicha instruktorlik tarkibi, SKT turlari; — tashish xizmati xodimlari, lavozimlari; — injenerlik texnik tarkib, HK turlari; — havo harakatini boshqarish dispetcherlari; — ish turlari va boshqalar koʻrsatiladi.
3. HAVO KEMALARINING YANGI TURLARIGA QAYTA TAYYORLASH. — uchuvchilar ekipaji aʼzolari, HK turlari; — ekipajga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar, HK turlari; — injenerlik texnik tarkib, HK turlari; — ish turlari va boshqalar koʻrsatiladi.
4. CHEKLOVLAR. Aviatsiya xodimlarini tayyorlash boʻyicha cheklovlar va boshqalar koʻrsatiladi.
5. AVIATSIYA MUTAXASSISLARINING MALAKASINI OSHIRISH. Malaka oshirish kurslaridan oʻtishi lozim boʻlgan aviatsiya mutaxassislari koʻrsatiladi.
5.1. SHHEM QOʻLLANILGAN HOLDA TEST SINOVLARIDAN OʻTKAZISH. Malaka oshirish kurslaridan oʻtishi lozim boʻlgan aviatsiya mutaxassislari koʻrsatiladi.
5.2. CHEKLOVLAR. Malaka oshirish kurslari, test sinovlaridan oʻtkazish va boshqalar boʻyicha cheklovlar koʻrsatiladi.
6. TRENAJYORDA TAYYORGARLIK. Uchuvchilar ekipaji aʼzolari va SKT turlari, muhandis-texnik xodimlar va SKT turlari koʻrsatiladi.
6.1. CHEKLOVLAR. Trenajyorda tayyorlanish boʻyicha cheklovlar koʻrsatiladi.
7. HK DAN FOYDALANISHGA RUXSAT ETISH. Sertifikatlangan oʻquv yurti ________________________ ga (shartnoma, ijara asosida) oʻquv-mashq parvozlarini bajarish uchun quyidagi HKlardan foydalanishga ruxsat etiladi:
8. FAOLIYATNING BOSHQA TURLARI
“Davavianazorat” inspeksiyasi boshligʻi
_____________________
_____________________
(imzo)
(F.I.O)
M.Oʻ.
Ilgari berilgan maxsus qoidalar haqiqiy emas deb hisoblansin.
Maxsus qoidalar sertifikatning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 51-son, 507-modda; 2014-y., 44-son, 540-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/1881-2/2063-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)