toggle_night_mode
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING
buyrug‘i
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASINING AVIAKORXONALARIDAGI O‘QUV YURTLARINI SERTIFIKATLASH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 13-dekabrda 1881-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO)ning standartlari va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi o‘quv yurtlarini sertifikatlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan 1999-yil 2-martda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining o‘quv yurt (markaz)larini sertifikatlash tartibi bo‘yicha qoidalar (1999-yil 22-iyul, ro‘yxat raqami 778 — Me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 7-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i T. O‘LJAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-noyabr,
228-son
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2008-yil 10-noyabrdagi 228-son buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi o‘quv yurtlarini sertifikatlash
QOIDALARI
Ushbu Qoidalar IKAOning 1944-yil 7-dekabrdagi Chikago konvensiyasiga (1-ilova “Aviatsiya xodimlariga sertifikatlar berish”) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarining o‘quv yurtlarini (bundan keyingi o‘rinlarda o‘quv yurtlari deb yuritiladi) sertifikatlash tartibini belgilaydi.
I. Asosiy qoidalar
§ 1. Asosiy tushunchalar va qisqartmalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va qisqartmalardan foydalaniladi:
Aviatsiya xodimlari — faoliyatlari havo transport qatnovini tashkil qilish, bajarish va ta’minlash, shuningdek havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar;
Asoslovchi hujjatlar — mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq o‘quv yurti tashkil qilinishida arizachi tomonidan foydalaniladigan va arizaga ilova qilinadigan hujjatlar;
Kasbiy tayyorgarlik — aviatsiya xodimlari tomonidan aniq ko‘rsatilgan ishlarni, ishlar guruhini bajarish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni olish;
Kasbiy qayta tayyorgarlik (qayta o‘qish) — uchuvchi, muhandis-texnik va boshqa aviatsiya xodimlarini kasbiy tayyorlash jarayonining yangi havo kemasi va aviatsiyaning boshqa texnikasini o‘zlashtirish maqsadida amalga oshiriluvchi bir bosqichi;
Malaka oshirish — aviatsiya xodimlarini kasbiy tayyorlash jarayonining kasbiy va uslubiy mohirlikni takomillashtirishga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarni yangilash va chuqurlashtirish maqsadida amalga oshiriluvchi bir bosqichi;
Oldingi tahrirga qarang.
Sertifikatning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish — “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan sertifikatning amal qilishini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha rasmiy jarayon bo‘lib, bunda sertifikatning amal qilishini to‘xtatib qo‘yishga olib kelgan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng uni tiklash huquqi beriladi;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
Sifat nazoratini olib borish tizimi — hujjat bilan rasmiylashtirilgan tashkiliy jarayonlar va tartiblar, bu jarayonlar va tartiblarni ichki tekshiruvdan o‘tkazish, boshqaruv tizimini kuzatish hamda sifatni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Sertifikatlangan o‘quv yurti — mazkur Qoidalarga muvofiq “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan sertifikatlangan, O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun mo‘ljallangan, “O‘zaviatsiya” agentligi nazorati ostida faoliyat ko‘rsatuvchi o‘quv yurti;
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi o‘quv yurtining sertifikati (bundan keyingi o‘rinlarda sertifikat deb yuritiladi) — arizachini maxsus qoidalarning ajralmas qismi bo‘lib hisoblangan shartlar va chegaralanishlarga muvofiq mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga mos kelishini tasdiqlovchi hujjat;
Trenajyorda mashq qilish — belgilangan talablarga muvofiq, turli xil mashq qildiruvchi moslamalar (aviatsiya trenajyorlari) yordamida amaliy malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish, malaka darajasini ushlab turish hamda mukammallashtirish maqsadida olib boriluvchi aviatsiya xodimlarini kasbiy tayyorlash jarayonining bir bosqichi;
Uchishga tayyorgarlik — tinglovchi tomonidan parvozlarni bajarish uchun haqiqiy sharoitlarda amaliy mahorat va ko‘nikmalarni hosil qilish maqsadida olib boriluvchi, uchuvchilar tarkibini tayyorlash jarayonining bir bosqichi;
BRT — boshqaruvchi rahbarlar tarkibi;
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zaviatsiya” agentligi — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi;
(1-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
IKAO — Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti;
SKT — samolyotning kompleks trenajyori;
SO‘YU — sertifikatlangan o‘quv yurti;
UT — uchuvchilar tarkibi;
FA — fuqaro aviatsiyasi;
SHEHM — shaxsiy elektron-hisoblash mashinasi;
O‘MA — o‘quv-metodika adabiyotlari;
O‘TV — o‘qitish texnika vositalari;
O‘UTD — o‘quv-uchish tayyorgarlik dasturi;
O‘UTK — o‘quv-uchish tayyorgarlik kursi;
HK — havo kemasi.
§ 2. Umumiy qoidalar
2. Mazkur Qoidalar “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” O‘zbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarida (O‘zR AQ-61) (ro‘yxat raqami 1349-son, 2004-yil 7-may — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 18-son, 212-modda) ko‘rsatilgan aviatsiya xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish (bundan keyingi o‘rinlarda tayyorlash deb yuritiladi) bo‘yicha faoliyat yuritadigan barcha o‘quv yurtlariga tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Aviatsiya xodimlarini kasbiy tayyorlash bo‘yicha faoliyat faqat “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan sertifikatlangan o‘quv yurtlarida amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
4. Sertifikat amal qilish davrida SO‘YU faoliyati belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi zarur.
O‘quv yurtlarini sertifikatlashtirish mazkur Qoidalarga muvofiq bepul amalga oshiriladi.
II. Sertifikatlash bo‘yicha umumiy talablar
§ 1. Umumiy qoidalar
5. O‘quv yurtini sertifikatlash tartibi quyidagi bosqichlardan iborat:
a) arizani qabul qilish va ro‘yxatga olish;
b) arizani oldindan ko‘rib chiqib, ariza beruvchiga uni qabul qilinganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida yozma ravishda bildirish;
v) ariza beruvchiga arizani va asoslovchi hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish, aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida yozma ravishda bildirish;
g) ariza beruvchidan asoslovchi hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish vaqtida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilganligi to‘g‘risida hujjatlarni qabul qilib olish va kamchiliklarni bartaraf etilganligini tekshirish;
d) o‘quv yurtini sertifikatlash talablariga muvofiqligini tekshirish va uning natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni ko‘rsatgan holda dalolatnoma tuzish;
e) sertifikatlash bo‘yicha tekshirish o‘tkazish vaqtida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilganligi to‘g‘risida hujjatlarni o‘quv yurtidan qabul qilib olish;
j) o‘quv yurtini takroran tekshirishdan o‘tkazish (zarur bo‘lgan hollarda);
z) tekshirishlarning natijalari bo‘yicha o‘quv yurtiga sertifikat berish yoki sertifikat berishni rad etish to‘g‘risida qaror loyihasi va xulosani tayyorlash.
§ 2. Sertifikatlash uchun ariza berish
6. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi o‘quv yurti sertifikatini olish uchun ariza (bundan keyingi o‘rinlarda ariza deb yuritiladi) o‘quv yurti tomonidan mazkur Qoidalarning 1-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Birinchi marta sertifikatni olish uchun ariza “O‘zaviatsiya” agentligiga topshiriladi. Mazkur ariza “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan o‘ttiz ish kunidan oshmaydigan muddatda ko‘rib chiqiladi.
“O‘zaviatsiya” agentligiga kelib tushgan ariza o‘sha kunning o‘zida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. “O‘zaviatsiya” agentligi arizachiga ariza ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) berishi, ariza elektron shaklda berilgan taqdirda esa, ariza ro‘yxatdan o‘tkazilganligini “O‘zaviatsiya” agentligining rasmiy veb-saytidagi elektron xabarlarga tayanib yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usul bilan tasdiqlashi shart.
“O‘zaviatsiya” agentligida arizani ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. “O‘zaviatsiya” agentligiga ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarning asl nusxasi yoki ularning nusxalari taqdim etiladi. Noto‘g‘ri to‘ldirilgan yoki rasmiylashtirilgan ariza ko‘rib chiqishga qabul qilinmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
9. Birinchi marta o‘quv yurtining sertifikatini olish uchun, zarur bo‘lgan hollarda, sertifikatga o‘zgartish kiritish yoki uning muddatini uzaytirish uchun arizaga mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan ma’lumotlarni taqdim qilish bo‘yicha namunaviy shakllar va asoslovchi hujjatlar ro‘yxati ilova qilinadi.
10. O‘quv yurtlari ushbu Qoidalarning 3-ilovasida belgilangan o‘quv yurtiga qo‘yiladigan sertifikatlash talablariga muvofiq bo‘lishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarning taqdim etilishi ularni “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ko‘rib chiqilishiga asos hisoblanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sertifikat muddatini uzaytirish yoki sertifikatga o‘zgartishlar kiritish uchun ariza “O‘zaviatsiya” agentligiga amaldagi sertifikat muddatining tugashidan yoki rejalashtirilgan faoliyatning boshlanishidan bir oy oldin topshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
13. Arizada va asoslovchi hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun arizachi javobgar bo‘ladi.
§ 3. Arizani dastlabki baholash va asoslovchi hujjatlarni ekspertiza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
14. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar “O‘zaviatsiya” agentligiga kelib tushgan kundan boshlab o‘n kunlik muddat ichida ularni dastlabki baholash amalga oshiriladi. Agar ushbu muddat ichida ariza qabul qilinadigan yoki rad etiladigan bo‘lsa, bu haqda ariza beruvchiga yozma xabarnoma yuboriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
15. Arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni dastlabki baholashda quyidagilar tekshiriladi:
a) o‘quv yurti va uning tuzilmalarini belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi axborotlarning yetarliligi;
b) asoslovchi hujjatlarning to‘liqliligi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Ariza bilan birga taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash natijalari salbiy bo‘lganda, “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddat beriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
17. Asoslovchi hujjatlar bo‘yicha kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda, ariza beruvchi o‘quv yurtini sertifikatlash bo‘yicha tekshiruvning boshlanishiga qadar ularni bartaraf etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Asoslovchi hujjatlarning ekspertizasi ijobiy natijalarga ega bo‘lsa, “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan o‘quv yurtini sertifikatlash bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazish haqida qaror qabul qilinadi hamda ariza beruvchi bilan kelishilgan holda uni o‘tkazish muddatlari belgilanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
§ 4. O‘quv yurtini sertifikatlash bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
19. O‘quv yurtini sertifikatlash bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazish komissiyasi (bundan keyingi o‘rinlarda komissiya deb yuritiladi) “O‘zaviatsiya” agentligida tuziladi. O‘quv yurtining faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda komissiya tomonidan tekshirish dasturi ishlab chiqiladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
20. Komissiya tomonidan o‘quv yurtini sertifikatlash bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazilishi quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
a) o‘quv yurtining mazkur Qoidalar bilan o‘rnatilgan talablarga va ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligini aniqlash;
b) o‘quv yurtining tarkibi va xonalari, trenajyor kompleksining holatini, texnik jihatdan ta’minlanganligini, o‘quv jarayonining ta’minlanish holatini aniqlash;
v) aviatsiya xodimlarini tayyorlash jarayonida mashg‘ulotlardan olingan natijalar samarali bo‘lishini ta’minlaydigan uslubiyatlar qo‘llanilishini, shuningdek olib boriladigan tayyorlashning mazmuni va unda bayon etiladigan ma’lumotlar tinglovchilarga to‘la hajmda berilishiga ishonch hosil qilish.
21. Tekshiruv natijalari bo‘yicha besh ish kuni davomida quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi:
a) o‘quv yurtini sertifikatlashga to‘sqinlik qiluvchi nomuvofiqliklar mavjud bo‘lgan hollarda dalolatnoma. Unda tekshirish natijalari keltiriladi, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ko‘rsatiladi;
b) o‘quv yurtini sertifikatlashga to‘sqinlik qiluvchi nomuvofiqliklar mavjud bo‘lmagan hollarda ijobiy xulosa.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Dalolatnoma asosida ariza beruvchi kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha choralar ko‘rishi, shuningdek ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tadbirlar rejasini “O‘zaviatsiya” agentligiga topshirishi zarur.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. “O‘zaviatsiya” agentligi tekshiruv natijalarini va o‘quv yurti tomonidan topshirilgan tadbirlar rejasini ko‘rib chiqadi. Zarur bo‘lgan hollarda, qayta tekshiruv o‘tkaziladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Bajarilgan ishlarning yakunlari va komissiyaning xulosalari aks ettirilgan sertifikatni berish yoki bermaslik to‘g‘risidagi xulosa tekshiruv natijalari bo‘yicha yakuniy hujjat hisoblanadi. Xulosa komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Xulosaning bir nusxasi ariza beruvchiga yuboriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Tekshiruv o‘tkazilgan kundan boshlab o‘ttiz ish kuni mobaynida ariza beruvchining aybi bilan sertifikat berish haqida qaror qabul qilinmasa, ariza bekor qilinadi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2018-yil 2-oktabrdagi 123-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-2, 16.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/1881-2/2063-son)
Ariza beruvchi umumiy asoslarga ko‘ra qaytadan ariza berishi mumkin.
III. O‘quv yurtiga sertifikatning berilishi
§ 1. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
26. Asoslovchi hujjatlar bo‘yicha o‘tkazilgan ekspertiza va tekshiruv natijalari ijobiy baholangan hamda barcha hujjatlar rasmiylashtirilgan taqdirda, “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan sertifikat berish haqida qaror qabul qilinadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
27. Sertifikat mazkur Qoidalarning 4-ilovasida keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladi va qayd qilinadi
Sertifikat uch yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Sertifikatning asli ariza beruvchida, nusxasi esa “O‘zaviatsiya” agentligida saqlanadi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
Sertifikat yo‘qotilganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda, belgilangan tartibda uning dublikati beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Sertifikatning amal qilish muddati tugagach, uning asli o‘n kun ichida “O‘zaviatsiya” agentligiga topshirilishi shart.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
§ 2. Sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish
30. Sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish o‘quv yurtining arizasiga asosan mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Sertifikatning amal qilish muddati mobaynida o‘zgarish bo‘lmagan hujjatlarni qaytadan topshirmaslikka ruxsat etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Asoslovchi hujjatlarning ekspertizasi va tekshiruv natijalari ijobiy bo‘lsa, ularning natijalari bo‘yicha barcha tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi va “O‘zaviatsiya” agentligi sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
§ 3. Sertifikatga o‘zgartirish kiritish
Oldingi tahrirga qarang.
32. Sertifikatga o‘zgartirish kiritish uchun o‘quv yurti zarur hujjatlarni ilova qilgan holda “O‘zaviatsiya” agentligiga ariza bilan murojaat qiladi. Ariza o‘n kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Zarur bo‘lgan hollarda “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tekshiruv o‘tkaziladi. Tekshiruv mazkur Qoidalar II bobining 4-paragrafi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tekshiruv natijalari ijobiy bo‘lsa, uning natijalari bo‘yicha barcha zarur hujjatlar rasmiylashtiriladi va “O‘zaviatsiya” agentligi sertifikatga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
§ 4. Sertifikatni bekor qilish va uning amal qilishini to‘xtatish, tiklash
35. Quyidagi hollarda sertifikat bekor qilinadi:
a) SO‘YU sertifikatning bekor qilinishini so‘rab yozma ravishda murojaat qilganda;
b) sertifikatning amal qilish muddati tugaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
v) amal qilinishi to‘xtatib qo‘yilgan sertifikat belgilangan muddatlarda “O‘zaviatsiya” agentligiga qaytarib berilmaganda.
(35-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
36. Quyidagi hollarda sertifikatning amal qilinishi to‘xtatiladi:
a) o‘quv yurtini sertifikatlashda asos bo‘lgan talablarning buzilganligi (rioya etilmaganligi) holatlari aniqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
b) aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha “O‘zaviatsiya” agentligining ko‘rsatmalari belgilangan muddatlarda bajarilmaganda;
(36-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
v) aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash sifatining pasayishiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar aniqlanganda.
37. Sertifikatning bekor qilinishi yoki amal qilinishini to‘xtatib qo‘yish SO‘YUning umumiy yoki alohida faoliyat turlariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Sertifikatning amal qilish muddatini bekor qilish yoki uni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan qabul qilinadi va bir ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda o‘quv yurtiga xabar beriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
39. Sertifikatning bekor qilinganligi yoki amal qilishi to‘xtatib qo‘yilganligi to‘g‘risida xabarnomani olgan SO‘YU quyidagilarni bajarishi shart:
a) sertifikatda ko‘rsatib o‘tilgan faoliyatni bajarishni zudlik bilan to‘xtatish;
b) SO‘YU xizmatidan foydalanuvchilarni bu haqda xabardor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
v) uch kunlik muddat ichida sertifikatning asl nusxasini “O‘zaviatsiya” agentligiga qaytarish.
(39-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Sertifikat harakati tugatilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgandan keyin va kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida hisobot taqdim etilgandan so‘ng Sertifikat harakatini yangilash to‘g‘risida “O‘zaviatsiya” agentligining qarori qabul qilinadi. “O‘zaviatsiya” agentligi tegishli qaror qabul qilingan kunidan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda buyurtmachiga bu haqda xabar beradi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
41. Zarur bo‘lgan hollarda qaytadan sertifikatni olish uchun o‘quv yurti umumiy asoslarda ariza berishi kerak.
IV. SO‘YUning faoliyati ustidan nazorat
§ 1. Inspektorlik tekshiruvlari
Oldingi tahrirga qarang.
42. SO‘YUning sertifikatda belgilangan talablar doirasida faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida, “O‘zaviatsiya” agentligi SO‘YU ustidan nazoratni inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
43. Nazoratning quyidagi turlari mavjud:
Oldingi tahrirga qarang.
a) “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan nazorat reja-jadvaliga muvofiq rejali inspektorlik tekshiruvlari (kamida yiliga bir marta);
(43-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
b) SO‘YU ushbu Qoidalarning talablariga javob berishini, sertifikat berilayotganda o‘rnatilgan shartlar va cheklovlarning bajarayotganligini baholash uchun o‘tkaziladigan rejadan tashqari inspektorlik tekshiruvlari.
44. Inspektorlik tekshiruvini o‘tkazish tartibi ushbu Qoidalarning talabiga javob berishi kerak. Tekshiruv materiallari asoslovchi hujjatlar bilan birga saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
45. SO‘YU “O‘zaviatsiya” agentligining inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish komissiyasiga ishlash uchun barcha sharoitlarni yaratib berishi lozim.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. “O‘zaviatsiya” agentligi inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish komissiyasining ish tartibi “O‘zaviatsiya” agentligining hujjatlari bilan belgilanadi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
47. Inspektorlik tekshiruvining natijalari to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Dalolatnomada aniqlangan barcha kamchiliklar, ularni bartaraf etish muddatlari va tavsiya etiladigan tadbirlar ko‘rsatiladi.
§ 2. Rejadan tashqari inspektorlik tekshiruvlari
48. Quyidagilar SO‘YUda rejadan tashqari inspektorlik tekshiruvlarini o‘tkazish uchun asos bo‘ladi:
a) aviatsiya mutaxassislarini tayyorlashda sifat darajasining pasayganligi to‘g‘risida axborot;
b) SO‘YUning faoliyat yuritish jarayonida sertifikatlash talablari bo‘yicha nomuvofiqliklarning aniqlanishi.
Oldingi tahrirga qarang.
49. Rejadan tashqari inspektorlik tekshiruvlari nazorat o‘tkazish sababidan kelib chiqqan holda “O‘zaviatsiya” agentligi rahbari tomonidan berilgan topshiriqqa binoan o‘tkaziladi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
50. Inspektorlik tekshiruvi natijalari ushbu Qoidalarning 47-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
V. Baholash va tekshirish
Oldingi tahrirga qarang.
51. SO‘YUda o‘qigan aviatsiya mutaxassislarining bilimi “O‘zaviatsiya” agentligining Oliy malaka komissiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52. “O‘zaviatsiya” agentligi aviatsiya mutaxassislarining bilimini baholash va tekshirish maqsadida alohida yo‘riqnomalarni ishlab chiqadi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
53. Sertifikatni berish va malaka baholarini qo‘yishga oid bo‘lgan baholash vazifalari SO‘YUning tasarrufida bo‘lmagan imtihon oluvchilar tomonidan amalga oshirilishi shart.
VI. Xorijiy davlatlar o‘quv yurtlarini tan olish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
54. O‘zbekiston Respublikasida FA aviatsiya xodimlarini maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazishning ayrim turlari bilan ta’minlanmaganligini inobatga olib, “O‘zaviatsiya” agentligi xorijiy davlatlarning sertifikatlangan (tasdiqlangan) o‘quv yurtlarini tan olishi mumkin.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
55. Xorijiy davlatlarning SO‘YUlarini tan olish tartibi O‘zbekiston Respublikasining SO‘YUlarini tan olish tartibidan farq qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
56. “O‘zaviatsiya” agentligi quyidagilarga ishonch hosil qilishi lozim:
(56-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
a) o‘quv yurtiga sertifikat (guvohnoma) bergan idoraning maqomi va vakolati o‘quv yurti ta’sis qilingan va IKAOga a’zo bo‘lgan mamlakatning davlat hokimiyati organlari tomonidan tan olinganligiga;
b) o‘quv yurtiga qo‘yiladigan talablar IKAO tomonidan o‘rnatilgan standartlarga javob berishiga;
v) aviatsiya xodimlarini tayyorlash dasturidagi ma’lumotlar mazkur Qoidalarda ko‘rsatilgan talablardan past bo‘lmasligiga, o‘qitish uslubi va texnik vositalar o‘qitish jarayonining samarali va sifatli bo‘lishini ta’minlashiga va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi o‘quv yurtlarini sertifikatlash qoidalariga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

“O‘zaviatsiya” agentligi rahbariga


‎O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi o‘quv yurti sertifikatini olish uchun


‎‎‎ARIZA


‎O‘quv yurti
__________________________________________________________________

‎‎‎‎(nomi va qaysi idoraga tegishliligi)

O‘quv yurtining joylashgan yeri
‎‎__________________________________________________________________
‎‎Telefon raqami ___________________ ‎‎Faks raqami______________________
‎‎Bank rekvizitlari __________________________________________________
‎_________________________________________________________ timsolida

‎‎‎‎(rahbarning lavozimi, F.I.O.)‎

fuqaro aviatsiyasi o‘quv yurtining amaldagi me’yorlarga to‘g‘ri kelishini quyidagi maqsadda tekshirishni so‘raydi:
‎1) sertifikatni birinchi marta olish;
‎2) sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish;
‎3) aviatsiya xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlashning ruxsat etilgan turlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish;
‎4) aviatsiya texnikasining o‘rganilayotgan turlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish;
‎5) boshqa sabablar (ko‘rsatilsin).
‎‎FA o‘quv yurtining tekshirilishi lozim bo‘lgan faoliyat turlarining bayoni:
__________________________________________________________________
‎‎O‘quv yurti rahbari ________________________________

‎‎(imzo, F.I.O.)

‎‎M.O‘. 20__ y. “_____”_________________‎‎

Ilova: ro‘yxatga muvofiq asosiy ma’lumotlar va zarur hujjatlar. Ilova arizaning ajralmas qismidir.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi o‘quv yurtlarini sertifikatlash qoidalariga
2-ILOVA
Ma’lumotlarni taqdim qilish bo‘yicha namunaviy shakllar va asoslovchi hujjatlar ro‘yxati
I. Ma’lumotlarni taqdim qilish bo‘yicha namunaviy shakllar

1-shakl‎


‎O‘quv yurtining tuzilmasi, tinglovchilar va o‘qituvchilar soni to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar

__________________________________________________________________

‎(o‘quv yurtining nomi)

T/r‎ Ko‘rsatkichlar nomi‎ Soni‎

1‎

2‎

3‎

1.‎

O‘quv yurtining tuzilmasi:
o‘quv bo‘linmasi;
aviatsiya trenajyorlari bo‘linmasi;
umumiy bo‘linma;
xo‘jalik bo‘linmasi;
uchish-uslubiy bo‘linma;
boshqa bo‘linmalar.‎

2.‎

O‘quv-tajriba o‘tkazish xonalarining umumiy maydoni (kv.m).
‎Shu jumladan:
‎o‘quv bo‘linmasi;
‎uchish-uslubiy bo‘linmasi;
‎aviatsiya trenajyorlari bo‘linmasi;
‎umumiy bo‘linma;
‎boshqa bo‘limlar.
‎‎
‎O‘quv yurti rahbari ___________________________

(imzo, F.I.O.)‎

M.O‘. ‎

‎‎‎20__ y. “___”_______

2-shakl‎

O‘quv yurti tomonidan foydalaniladigan maydonlar to‘g‘risida ma’lumotlar

‎‎‎_____________________________________________________________‎‎

‎‎‎(o‘quv yurtining nomi)
‎‎

O‘quv-tajriba o‘tkazish xonalarining umumiy maydoni (m.kv.) ______________
‎‎
T/r‎ O‘quv jarayoni uchun egallangan qurilmalarning haqiqiy manzili‎ Qurilmalardagi xonalarga egalik shakli (mulkchilik, ijara va h.k. huquqida) va qonuniy huquqli hujjatlarning rekvizitlari‎ Xonalar turi (ma’ruza, amaliy mashg‘ulot audit., kompyuter, lingafon, tajribaxonalar va boshqa sinflar, majlislar va jismoniy tarbiya zallari va h.k.)‎ Maydon (m.kv.)‎ Sig‘imi (kishi)‎ Bir turdagi xonalarning soni‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎

‎O‘quv yurti rahbari ___________________________

‎(imzo, F.I.O.)

M.O‘. ‎ 20__ y. “_____”________________‎‎

3-shakl‎

Boshqaruvchi rahbarlar va o‘qituvchilar tarkibi to‘g‘risida ma’lumotlar

‎‎‎‎________________________________________________________‎______________

‎‎‎(o‘quv yurtining nomi)‎

T/r‎ F.I.O.‎ Dars beradigan fani‎ Pedagogik staji‎ Toifasi‎ Ma’lumoti‎ Malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi‎ 20__ (joriy yil) holatiga stajirovkasi ‎ Yoshi (tug‘ilgan yili) ‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎

1.‎

2.‎


‎O‘quv yurti rahbari __________‎________________

‎‎(imzo, F.I.O.)

M.O‘. ‎ 20__ y. “_____”__________________

4-shakl‎

Komandir-uchuvchilar va uchuvchi-instruktorlik tarkibi to‘g‘risida ma’lumotlar

__________________________________________________________________

(o‘zining o‘quv eskadrilyasiga ega bo‘lgan o‘quv yurtining nomi)

__________________________________________________________________

‎(o‘zining o‘quv eskadrilyasiga ega bo‘lmagan o‘quv yurtining nomi)

__________________________________________________________________

‎(mutaxassisning familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎1. Umumiy uchgan vaqti___________________________________________soat.‎
‎‎2. Quyidagi havo kemalarida parvoz qilishga ruxsat berilgan:‎
‎‎3. _______ (rusumli) HKda ______ soat, shu jumladan HK komandiri sifatida _______ soat.
‎‎4. Mutaxassisga 20____y. “_____”____________dagi ________-sonli buyruq, __________-sonli bayonnoma asosida 20____y. “_____”______________ kuni ________klass berilgan.
‎‎5. Sertifikatning raqami ________________________, amal qilish muddati 20____y. “___”________gacha.
‎‎6. Quyidagi meteorologik minimumlarda ________________ (rusumli) HKda parvozlarni bajarishga ruxsat berilgan:
‎Vizual parvoz qoidalari bulutlilik____________ m. Asboblar bo‘yicha uchish qoidalari bulutlilik ____________ m.
‎‎ko‘rinish _________________ m.

‎‎ko‘rinish ___________________ m.

‎‎shamol __________________m/s
‎‎7. Samolyotni boshqarish texnikasi tekshirilgan sana____________________, baho_________
‎Samolyotni yo‘nalish bo‘yicha olib yurishi tekshirilgan sana______________, baho________
‎Parvozdagi amaliy ishlari tekshirilgan sana __________________________, baho_____________
8. Dastlabki tayyorgarlikdan 19_____y.da (o‘quv yurti)__________________da o‘tgan.
‎_________________________ o‘quv yurtida _________________________ HKga

(rusumli) ‎

‎qayta o‘qigan vaqti _________

‎(sana)‎

‎9. ___________ o‘quv yurtida oxirgi malaka oshirgan kurslari______________

(sana) ‎

‎‎10. Ingliz tilida radiotelefon aloqasini olib borishga qo‘yilishi:
‎20____y. “_____”______________dagi _____-sonli buyruq
‎20____y. “_____”______________dagi _____-raqamli guvohnoma
‎________________________________________________ tomonidan berilgan.
‎‎11. Xalqaro parvozlarni bajarishga qo‘yilishi:
‎________________ning 20____y. “____”_________dagi _____-sonli buyrug‘i.

(korxona)‎

‎12. Uslubiy (instruktorlik) kurslari __________________________

‎‎(qayerda)‎

‎‎__________________________

‎‎(qachon)‎

‎‎O‘quv yurti rahbari ________ ________________________‎‎

(imzo, F.I.O.)‎

M.O‘.‎ ‎‎20__ y. “_____”__________________
Izoh: O‘quv yurtining shtatdagi har bir mutaxassisiga va aviakorxonalardan jalb qilinuvchi uchuvchi mutaxassislarga to‘ldiriladi.

5-shakl‎

‎Muhandislik va instruktorlik tarkibi to‘g‘risida ma’lumotlar

‎___________________________________________________________________

‎(o‘quv yurtining nomi)

T/r‎ F.I.O.‎ Lavozimi‎ Mutaxassisligi bo‘yicha ish staji‎ Toifasi‎ Ma’lumoti‎ Malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi‎ 20__ (joriy yil) holatiga stajirovkasi‎ Yoshi (tug‘ilgan yili)
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎

1.‎

2.‎


‎‎‎O‘quv yurti rahbari ______________‎______

‎‎(imzo, F.I.O.)

M.O‘. ‎ ‎20__ y. “_____”_____________________

6-shakl‎

Aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash turlari va tinglovchilarning soni to‘g‘risida ma’lumotlar

________________________________________________

‎(o‘quv yurtining nomi)

T/r‎ Tayyorlash turlari‎ Guruhlar soni‎ Tinglovchilar soni‎ Izoh‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎

1.‎

2.‎


‎O‘quv yurti rahbari ______________________

‎‎(imzo, F.I.O.)

M.O‘. ‎ ‎20__ y. “_____”___________________

7-shakl‎

O‘qitish jarayonining o‘quv adabiyoti bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar

‎‎___________________________________________________________

(o‘quv yurtining nomi)

T/r‎ Fan (kurs) va o‘quv adabiyotining nomi‎ Muallif‎ Nashr etilgan yil‎ Nusxalar soni‎
1 2 3 4 5

1.

‎‎‎
‎O‘quv yurti rahbari ________________________

‎‎(imzo, F.I.O.)

M.O‘. ‎ ‎‎20__ y. “___”___________
Izoh: O‘quv yurtining shaxsiy kutubxonasida mavjud adabiyotlar ko‘rsatiladi.

8-shakl‎

O‘qitish jarayonining o‘qitish jihozlari, texnik vositalar va SHEHM bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar

‎‎____________________________________________________________

‎‎(o‘quv yurtining nomi)

T/r‎ O‘qitish jihozlari yoki texnik vositalarining nomi ‎ Ishlab chiqarilgan yil‎ Ekspluatatsiyaga kiritilgan yil‎ Birliklar soni‎
1 2 3 4 5

1.

‎‎
‎O‘quv yurti rahbari ____________________

‎‎(imzo, F.I.O.)

M.O‘. ‎ ‎‎20__ y. “____”________________
Oldingi tahrirga qarang.

9-shakl

Tayyorlash turlari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarining ro‘yxati

T/r‎ Tayyorlash turlari‎ Dasturning nomi‎ “O‘zaviatsiya” agentligi tasdiqlagan sana‎ Izoh‎
1. 2. 3. 4. 5.

‎Nazariy tayyorlash Dastlabki tayyorlash kurslari

‎Nazariy tayyorlash HKning boshqa turlariga qayta tayyorlash

‎Nazariy tayyorlash Malaka oshirish kurslari

‎Trenajyorda tayyorlash

‎Parvoz tayyorgarligi

‎‎
‎O‘quv yurti rahbari ______________‎______________________________

‎‎(imzo, F.I.O.)

M.O‘.‎ ‎‎20__ y. “_____”___________________
(2-ilova I bo‘limining 9-shakli O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)

10-shakl‎

Uslubiy ishlarni tashkil etish va olib borish to‘g‘risida ma’lumotlar

‎____________________________________________________________

‎(o‘quv yurtining nomi)

T/r‎ Ishlab chiqilgan uslublar nomi ‎ Ishlab chiqilgan yil‎ Ishlab chiquvchi‎ Birliklar soni‎
1 2 3 4 5

1.


‎O‘quv yurti rahbari ______________________

‎‎(imzo, F.I.O.)

M.O‘. ‎ ‎‎20__ y. “_____”____________

11-shakl‎

‎O‘quv-tajriba bazasining holati to‘g‘risida ma’lumotlar

‎____________________________________________________________

‎(o‘quv yurtining nomi)

T/r‎ Stendlar, maketlar, o‘rnatmalar va boshqalarning nomi‎ Ishlab chiqarilgan yil‎ Ekspluatatsiyaga kiritilgan yil‎ Birliklar soni‎
1 2 3 4 5

1.

‎‎
‎O‘quv yurti rahbari ___________________
(imzo, F.I.O.)‎
M.O‘. ‎ ‎‎20__ y. “_____”________________

12-shakl‎

‎‎Kompleks va alohida mashqlarni bajarish trenajyorlari hamda jihozlarning turlari to‘g‘risida ma’lumotlar

‎‎____________________________________________________________

(o‘quv yurtining nomi)

T/r‎ Kompleks va alohida mashq bajarish trenajyorlari va ularning jihozlari turlarining nomi ‎ Ishlab chiqarilgan yil‎ Ekspluatatsiyaga kiritilgan yil‎ Birliklar soni‎
1 2 3 4 5

1.


‎‎O‘quv yurti rahbari ____________________

‎‎(imzo, F.I.O.)

M.O‘. ‎ ‎‎20__ y. “_____”_______________
II. Asoslovchi hujjatlar ro‘yxati
§ 1. Asosiy ma’lumotlar va ta’sis hujjatlari
a) nizom va ta’sis shartnomasining nusxasi;
b) yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) xodimlarni tayyorlash va o‘qitish tartibi bo‘yicha qo‘llanma;
g) o‘quv yurtidagi sifat tizimi bo‘yicha qo‘llanma.
§ 2. Tashkiliy tuzilma, rahbariyat, xodimlar
a) 1-shakl “O‘quv yurtining tuzilmasi, tinglovchilar va o‘qituvchilar soni to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar”;
b) 2-shakl “O‘quv yurti tomonidan foydalaniladigan maydonlar to‘g‘risida ma’lumotlar”;
v) 3-shakl “Boshqaruvchi rahbarlar va o‘qituvchilar tarkibi to‘g‘risida ma’lumotlar”;
g) 4-shakl “Komandir-uchuvchilar va uchuvchi-instruktorlik tarkibi to‘g‘risida ma’lumotlar”;
d) 5-shakl “Muhandislik va instruktorlik tarkibi to‘g‘risida ma’lumotlar”;
e) arizachi aviakorxona rahbari tomonidan tasdiqlangan o‘quv yurtining tarkibiy chizmasi va korxonaning shtatlar ro‘yxati;
yo) binolar va qurilmalarni ijaraga olish shartnomasi;
j) o‘quv yurti xonalarining yong‘in xavfsizligi va sanitariya qoidalariga muvofiqligi to‘g‘risida ma’lumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh: Shtatlar ro‘yxati “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan hajmlarda va shaklda taqdim etiladi.
(2-paragrafning izohi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
§ 3. Moliyaviy ta’minlanishi
a) o‘quv yurtining banklardagi hisobvaraqlari to‘g‘risida ma’lumot;
v) arizachining moliyaviy holati to‘g‘risida ma’lumot.
§ 4. O‘qitish jarayonining ta’minlanishi
a) 6-shakl “Aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash turlari va tinglovchilarning soni to‘g‘risida ma’lumotlar”;
b) 7-shakl “O‘qitish jarayonining o‘quv adabiyoti bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar”;
v) 8-shakl “O‘qitish jarayonining o‘qitish jihozlari, texnik vositalar va SHEHM bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar”;
g) 9-shakl “Tayyorlash turlari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarining ro‘yxati”;
d) 10-shakl “Uslubiy ishlarni tashkil etish va olib borish to‘g‘risida ma’lumotlar”;
e) 11-shakl “O‘quv-tajriba bazasining holati to‘g‘risida ma’lumotlar”;
yo) o‘quv yurtining pedagogik kengashi to‘g‘risida nizom;
j) o‘qituvchilar tarkibining yil davomida malaka oshirish jadvali;
z) o‘quv yurtining muayyan fanlar komissiyasi to‘g‘risida nizom;
i) o‘quv yurtining muayyan fanlar komissiyasi tomonidan uslubiy tadbirlarni tashkil etish rejasi;
k) fanlar bo‘yicha dars olib borishga ruxsat berish;
l) o‘quv dasturlarining mavzulari bo‘yicha uslubiyatlarni ishlab chiqish jadvali;
m) tajriba stendlari va maketlarning ro‘yxati.
§ 5. Trenajyorda tayyorgarlikni tashkil etish
a) 12-shakl “Kompleks va alohida mashqlarni bajarish trenajyorlari hamda jihozlarning turlari to‘g‘risida ma’lumotlar”;
b) aviatsiya o‘quv markazining trenajyorlar kompleksi to‘g‘risida nizom;
v) kompleks va alohida mashqlarni bajarish trenajyorlarini texnik ta’minlashning zarur turlari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar;
g) instruktorlar tarkibini tayyorlash mashg‘ulotlarini o‘tkazishga tuzilgan shartnomalar;
d) instruktorlar tarkibini tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash;
e) instruktorlar tarkibini o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish to‘g‘risidagi kelishuv nusxasi (agar mavjud bo‘lsa).
§ 6. Uchish-uslubiyat bo‘yicha tayyorlashni tashkil etish
a) o‘quv yurtining uchish-uslubiyat bo‘limi to‘g‘risida nizom;
b) uchuvchilar tarkibini kompleks va alohida mashqlarni bajarish trenajyorlarida tayyorlash turlariga zarur bo‘lgan shartnomalarning nusxasi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi o‘quv yurtlarini sertifikatlash qoidalariga
3-ILOVA
O‘quv yurtiga qo‘yiladigan sertifikatlash talablari
§ 1. Vositalarga umumiy talablar
1. O‘quv yurtini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan vositalar qo‘yilgan vazifalarning kengligi va hajmi bilan aniqlanadi.
2. O‘quv yurti kurslarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan o‘quv bazasiga ega bo‘lishi kerak.
3. O‘quv yurtining o‘quv bazasida barcha zarur vositalar bilan jihozlangan maxsus qurilmalar (xonalar) va asbob-uskunalar (shu jumladan aerodromlar, aviatsiya texnikasi) bo‘lishi zarur.
4. Belgilangan vazifalarni bajarish uchun o‘quv yurti quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:
a) aviatsiya texnikasi namunalari va maketlari, ko‘rgazma qurollari, amaliy va mashq qilish trenajyorlari hamda boshqa dasturiy-uslubiy hujjatlar va audiovizual vositalari jamlanmasi bilan jihozlangan o‘quv kabinetlari va tajribaxonalarga ega bo‘lgan o‘quv korpusi;
b) zarur bo‘lgan adabiyot, o‘quv materiallari fondi va tegishli jihozlar bilan to‘ldirilgan kutubxona;
v) pedagog xodimlar, instruktorlik tarkibi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun xonalar.
5. O‘quv yurtida o‘quv auditoriyalaridan tashqari yana quyidagilar mavjud bo‘lishi zarur:
a) majlislar o‘tkazish hamda barcha xodimlarni yig‘ish uchun xonalar (majlislar zali);
b) mashinada yozish va nusxa ko‘paytirish bazasiga ega bo‘lgan ma’muriyat sektori;
v) kiyim almashtirish xonasi va boshqalar.
§ 2. Auditoriyalarga bo‘lgan talablar
6. Auditoriyalar xodimlarni tayyorlash talablariga muvofiq bo‘lishi, ma’ruza xonalarining o‘lchami esa sinfdagi tinglovchilar soniga to‘g‘ri kelishi lozim. Tinglovchilarning eng kam soni o‘n olti nafar bo‘lishi va yigirma nafardan oshmasligi kerak.
7. O‘n olti nafar tinglovchilar uchun shaxsiy stollar bilan jihozlangan odatdagi auditoriyaning maydoni 55 kv.m. bo‘lishi kerak. Barcha ma’ruza xonalarining o‘lchamlari hamma tinglovchilarni joylashtirish uchun yetarli bo‘lishi lozim.
8. O‘quv auditoriyalarini o‘quv ko‘rgazma qurollari va O‘TVlar bilan jihozlash tayyorlash (qayta tayyorlash) dasturlariga muvofiq bo‘lishi, o‘qitishning ko‘rgazmali bo‘lishini ta’minlashi hamda zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni tinglovchilarga tushuntirish imkoniyatini yaratishi shart.
9. O‘quv auditoriyalari o‘rganilayotgan HK turlari, aviatsiya dvigatellari va jihozlari hisobga olingan holda fanlarga maxsuslashtirilgan bo‘lishi kerak.
10. O‘qitish jarayonida tinglovchilar bilan amaliy mashg‘ulotlar ishlab chiqarish sharoitida tegishli jadvallar bo‘yicha olib borilishi mumkin. Zarurat bo‘lganda, tarkibida o‘quv yurti mavjud korxona rahbari bilan tuzilgan shartnoma yoki bu rahbarning farmoyishi asosida korxona xizmatlarining va trenajyor markazlarining texnik va uslubiy sinflari hamda ularning jihozlari o‘quv muassasasining umumiy o‘quv bazasiga filial sifatida qo‘shimcha ravishda kiritilishi mumkin.
§ 3. O‘qitish jarayonining tashkil qilinishiga bo‘lgan talablar
11. O‘quv yurtida aviatsiya xodimlarini tayyorlash jarayonining tashkil qilinishiga bo‘lgan talablar quyidagilardan iborat:
a) nazariy tayyorlashning tashkil qilinishi;
b) trenajyorda tayyorlashning tashkil qilinishi;
v) parvozga tayyorlashning tashkil qilinishi;
g) o‘quv rejalari va dasturlari;
d) o‘quv vositalari;
e) o‘quv-metodika adabiyotlari;
yo) bilimlarni test orqali sinash.
12. O‘quv yurtida tayyorlash jarayonini tashkil qilish mazkur Qoidalarga muvofiq hamda o‘quv yurtining o‘ziga xos xususiyatini va unda hal qilinuvchi masalalarni inobatga olish bilan amalga oshirilishi lozim.
§ 4. Nazariy tayyorlashning tashkil qilinishiga bo‘lgan talablar
13. Aviatsiya xodimlarini nazariy tayyorlash mashg‘ulotlarning samarali o‘tkazilishi hamda belgilangan turdagi tayyorlash va bayon etiluvchi materialning mazmuni to‘la hajmda va ko‘rgazmali ravishda berilishini ta’minlovchi har qanday uslublar bilan olib borilishi mumkin.
14. Aviatsiya xodimlarini nazariy tayyorlashning sifatli olib borilishi faqat oliy ma’lumotli, o‘qitilayotgan o‘quv dasturi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan malakali o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
§ 5. Trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlikning tashkil etilishiga bo‘lgan umumiy talablar
Oldingi tahrirga qarang.
15. Talab qilingan turdagi trenajyorlar bo‘yicha tayyorgarlik “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ma’qullangan trenajyorlarda amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Trenajyorlar FA sohasidagi hujjatlarda o‘rnatilgan talablarga muvofiq bo‘lgan va “O‘zaviatsiya” agentligining ruxsatiga ega bo‘lgan hollarda ekipaj a’zolarining IKAOning I, II, III toifalari bo‘yicha meteorologik minimumlarda parvoz qilishga va meteorologik minimumlarda qo‘nishga berilgan ruxsatnomalarning shartlaridagi huquqlarini tasdiqlashi uchun samolyotlarning kompleks trenajyorlaridan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Mashqlar “O‘zaviatsiya” agentligida tasdiqlangan HKning tegishli turlarining dasturlarida nazarda tutilgan hajmlarda amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
18. Barcha turdagi mashqlarni o‘tkazish uchun har bir trenajyor bo‘yicha instruktorlar ekipajining shtatdagi tarkibi belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Havo kemasi trenajyorlarida uchuvchilar tarkibini tekshirish ishlarini aviakompaniyalar hamda “O‘zaviatsiya” agentligining instruktorlik va komandir-uchuvchilar tarkibi o‘tkazadi, bunda shtatdagi instruktorlik tarkibi SKTning ishlashini hamda tekshirish dasturining bajarilishini ta’minlaydi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Uchuvchilar tarkibini HKning tegishli turlarida trenajyor tayyorgarligidan o‘tkazish dasturi va O‘zbekiston Respublikasi FA uchuvchilar tarkibini HK trenajyorlarida mashq qildirishni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma o‘quv yurtida ishlab chiqiladi va “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishiladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
§ 6. Parvoz tayyorgarligining tashkil etilishiga bo‘lgan talablar
21. O‘quv yurtida parvoz tayyorgarligi shtatdagi instruktorlik tarkibi tomonidan havo kemalari jalb qilingan holda amalga oshiriladi.
22. HKning boshqa (yangi) turiga qayta o‘qitish dasturi bo‘yicha parvozga dastlabki tayyorlash o‘quv yurtining dastlabki tayyorlashga ruxsat etilgan instruktorlik tarkibi tomonidan amalga oshiriladi.
23. O‘UTD (O‘UTK) bo‘yicha o‘quv parvozlari HK sahnida yo‘lovchilarsiz va yuk ortilmagan holda bajariladi.
24. Parvoz tayyorgarligining barcha turlari va tekshiruvlari FAdagi HKning aniq turlari uchun tasdiqlangan Uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturi bo‘yicha amalga oshiriladi.
§ 7. O‘qitish rejalari va dasturlariga (kurslarga) bo‘lgan talablar
25. Tayyorlash dasturlari va rejalari (kurslari) faoliyatning xususiyatlariga qarab o‘quv yurtida ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. ”O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan berilgan guvohnomalarga ega bo‘lgan aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlari “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishiladi. Boshqa toifadagi xodimlarni tayyorlash dasturlarini o‘quv yurtining rahbari tasdiqlaydi.
O‘quv rejalari va dasturlarining nusxasi “O‘zaviatsiya” agentligiga yuboriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
27. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha o‘quv yurtlarida aviatsiya xodimlari yagona o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha o‘qitiladi.
§ 8. O‘qitish vositalariga bo‘lgan talablar
28. Uchish ishlariga tayyorlash (amaliy) kursi bosqichida foydalaniladigan HKlar bu maqsadlar uchun tegishli jihozlarga ega bo‘lishi kerak.
29. O‘TVlar zamonaviy va audiovizual texnika bilan jamlangan, talab qilinuvchi dasturlar va videofilmlar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. O‘TVlar barcha aviatsiya xodimlarining dasturlangan holda nazariy o‘qitilishini va bilim darajasini oqilona nazorat qilinishini ta’minlashi lozim.
§ 9. O‘qitish jarayonining tashkil qilinishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarga talablar
30. O‘quv yurtida o‘qitish jarayonini tashkil qilish uchun quyidagi hujjatlar mavjud bo‘lishi kerak:
a) o‘quv kurslarining yillik reja-jadvali;
b) yillik ish rejasi;
v) mutaxassislik bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlari;
g) tayyorlash dasturlari va malaka oshirish bo‘yicha sinov savollari;
d) o‘qituvchilar va instruktorlik tarkibining malakasini oshirish bo‘yicha reja;
e) o‘quv mashg‘ulotlarining jurnali;
yo) mashg‘ulotlarga va ochiq darslarga tekshiruv bilan kirish jurnali;
j) amaliy mashg‘ulotlarda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha instruktaj o‘tkazish jurnali;
z) o‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxati;
i) mashg‘ulotlar va imtihonlar jadvali;
k) videofilmlar, slaydlar va diafilmlar ro‘yxati;
l) imtihon qaydnomalari;
m) fanlar bo‘yicha o‘quv soatlarining hamda zarur bo‘lgan o‘qituvchilar sonining hisobi;
n) shtatdagi o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalari;
o) o‘quv bazasini jihozlash bo‘yicha reja;
p) SHEHM uchun fanlar bo‘yicha dasturiy ta’minlash;
r) tasdiqlangan O‘UTKlar ro‘yxati.
§ 10. O‘quv-metodika adabiyotlariga bo‘lgan talablar
31. O‘quv-metodika adabiyotlarining ro‘yxati aviatsiya xodimlarini tayyorlash (qayta tayyorlash) va malakasini oshirish rejalariga kiritilgan holda, shuningdek mazkur o‘quv yurtida o‘quv jarayonlarini tashkil qiluvchi fanlar ro‘yxatidan kelib chiqqan holda aniqlanishi kerak.
32. O‘quv-metodika adabiyotlari o‘quv yurtining kutubxonasida bo‘lishi kerak. Tinglovchilar o‘quv-metodika adabiyotlari ro‘yxati bilan tanishish va buyurtma qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Kutubxonada o‘quv-metodika adabiyotlaridan tashqari HKlardan parvozda va texnik foydalanish qo‘llanmasi bo‘lishi shart.
§ 11. SHEHMda bilimlarni test orqali tekshirishga bo‘lgan talablar
33. SHEHMda bilimlarni test orqali tekshirish aviatsiya xodimlarining kasbiy bilim darajasini baholash mezonlariga muvofiq amalga oshiriladi.
34. Bilimlarning test orqali sinalishi kompyuter texnikasi bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘qituvchilar va mas’ul shaxslar (operatorlar) boshchiligida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Testlarni tuzish uchun sinov savollari o‘quv yurtining maxsus fanlar bo‘yicha o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishiladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
36. Bilimlarni test orqali sinash to‘g‘risidagi nizom va test sinovlarini o‘tkazish, rasmiylashtirish hamda test natijalaridan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma o‘quv yurtida ishlab chiqiladi va uning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
37. O‘quv yurtlarida SHEHMda test sinovlaridan o‘tkazish uchun quyidagilar mavjud bo‘lishi shart:
a) tinglovchilarning bilimlarini test orqali tekshirish imkonini yaratish uchun yetarli sondagi SHHEM bilan jihozlangan maxsus auditoriyalar;
b) SHHEMga texnik xizmat ko‘rsatish uchun tegishli tashkilot bilan tuzilgan shartnoma (o‘quv yurtining shtatida SHHEM bo‘yicha o‘zining mutaxassisi bo‘lmagan holda);
v) bilimlarni test orqali sinash ishlarining tashkil etilishi uchun mas’ul bo‘lgan SHHEM operatori;
g) SHHEMda bilimlarni test orqali sinash dasturini ishlab chiqish va kiritish uchun mas’ul bo‘lgan dasturlovchi muhandis;
d) bilimlarni test orqali sinash to‘g‘risidagi nizom;
e) test sinovlarini o‘tkazish, rasmiylashtirish hamda test natijalaridan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma;
yo) SHHEMda foydalaniladigan testlarni tuzish uchun sinov savollari;
j) SHHEM operatori va dasturlovchi muhandisning lavozim yo‘riqnomalari;
z) SHHEMda test sinovlaridan o‘tgan aviatsiya mutaxassislarini va test natijalarini ro‘yxatga olish jurnali.
§ 12. Aviatsiya xodimlarini tayyorlash va o‘qitish tartibi bo‘yicha qo‘llanmaga bo‘lgan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
38. O‘quv yurti “O‘zaviatsiya” agentligi bilan kelishgan holda Aviatsiya xodimlarini tayyorlash va o‘qitish tartibi bo‘yicha qo‘llanmani ishlab chiqadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
39. Qo‘llanma alohida qismlar bo‘yicha nashr qilinishi mumkin hamda quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi zarur:
a) SO‘YUning sharoitlariga muvofiq, ruxsat etilgan tayyorlash ko‘lamining umumiy tavsifi;
b) belgilangan o‘quv dasturlarining mazmuni, shu jumladan foydalanilishi kerak bo‘lgan o‘quv kursini dasturlash ta’minoti va jihozlarning tavsifi;
v) tashkilotda amal qilayotgan sifatni ta’minlash tizimining tavsifi;
g) tashkilotda mavjud bo‘lgan vositalarning tavsifi;
d) SO‘YUdagi talablarga rioya qilinishining ta’minlanishi uchun mas’ul qilib tayinlangan shaxsning familiyasi, ismi, sharifi, vazifalari va malakasi;
e) tayyorlashning rejalashtirilishi, o‘tkazilishi va nazorati uchun mas’ul qilib tayinlangan shaxslarning vazifalari va malakasi tavsifi;
yo) instruktorlik tarkibining malakasini aniqlash va ushlab turishda qo‘llaniladigan tartiblarning tavsifi;
j) aviatsiya xodimlarini tayyorlash to‘g‘risidagi hujjatlarning yuritilish tartibi va hisob yuritish hujjatlarini saqlash tavsifi;
z) o‘rnatilgan tartiblar va talablarga rioya qilinishining ta’minlanishi uchun zarur bo‘lgan hollarda aviatsiya xodimlarini qo‘shimcha tayyorlashning tavsifi;
Oldingi tahrirga qarang.
i) test sinovlarini o‘tkazishda vakolatli xodimlarni tanlash tartibi va ularning vazifalari, bu maqsadda qo‘llaniladigan va “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan o‘rnatilgan talablarning tavsifi.
(39-bandning “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
40. Aviatsiya xodimlarini tayyorlash va o‘qitish tartibi bo‘yicha qo‘llanmadagi ma’lumotlarni yangilash maqsadida o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish o‘quv yurti tomonidan amalga oshiriladi. Bu o‘zgartirishlar quyidagi hollarda kiritiladi:
a) muntazam ravishda (kamida yiliga bir marta);
b) o‘quv yurti qayta tashkil etilganda;
v) texnologik o‘zgarishlar yuz berganda (masalan, yangi jihozlar kiritilganda);
g) xavfsizlik qoidalari o‘zgarganda.
41. Aviatsiya xodimlarini tayyorlash va o‘qitish tartibi bo‘yicha qo‘llanmaga kiritilgan barcha o‘zgartirishlarning nusxalari mazkur qo‘llanmaga ega bo‘lgan barcha tashkilotlarga jo‘natiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13-§. Sifatni ta’minlash tizimiga bo‘lgan talablar va parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi
(13-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 22-oktabrdagi 52-n-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-1, 27.10.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 44-son, 540-modda)
42. O‘quv yurti Aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash sifatini ta’minlash bo‘yicha qo‘llanmani ishlab chiqadi.
43. Aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash sifatini ta’minlash bo‘yicha qo‘llanma o‘tkaziladigan tayyorgarlikning turiga to‘g‘ri keladigan o‘lchamdagi sifat tizimining elementlarini o‘z ichiga olishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
431. O‘quv yurtlari parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimini ishlab chiqadi va uni boshqarishning quyidagi tizimi orqali joriy qiladi:
parvozlar xavfsizligini ta’minlash siyosati va maqsadlarini belgilash;
parvozlar xavfsizligini oshirish uchun zarur bo‘lgan tegishli choralarni qabul qilish;
parvozlar xavfsizligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlarni aniqlash;
parvozlar xavfsizligi masalalarini ommalashtirish;
parvozlar xavfsizligini doimiy monitoring qilib borish;
parvozlar xavfsizligi samaradorligini nazorat qilish va baholash;
parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimini muntazam ravishda takomillashtirish.
O‘quv yurti tomonidan rahbar xodimlarning parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi bo‘yicha majburiyati va javobgarligi belgilanishi lozim.
(431-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 22-oktabrdagi 52-n-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1881-1, 27.10.2014-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 44-son, 540-modda)
§ 14. O‘quv yurtini kadrlar bilan ta’minlashga talablar
44. Har bir o‘quv yurti mazkur Qoidalarga muvofiq, o‘zining mas’ul rahbariga va o‘quv yurtining faoliyat sohasi va kengligiga bog‘liq bo‘lgan holda asosiy xodimlarga ega bo‘lishi zarur.
45. O‘quv yurti o‘qishlarni rejalashtirish, o‘tkazish va ularni nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan xodimlarga ega bo‘lishi kerak.
46. O‘quv yurti rejadagi o‘quv kurslarini o‘tkazish uchun yetarli bo‘lgan shtatdagi o‘qituvchi va instruktor xodimlar tarkibiga ega bo‘lishi zarur.
47. Quyidagi hollarda o‘qituvchilarni soatbay haq to‘lash sharti bilan ishga jalb qilishga yo‘l qo‘yiladi:
a) shtatdagi o‘qituvchi bilan almashtirish imkoni bo‘lmagan taqdirda;
b) rejadan tashqari kurslar mavjud bo‘lganda.
48. O‘quv yurti bajariladigan vazifalari va majburiyatlariga muvofiq muntazam ravishda malaka oshirilishini ta’minlashi zarur.
49. O‘quv yurtida quyidagi namunaviy lavozimlarning bo‘lishi maqsadga muvofiqdir:
a) mas’ul rahbar;
b) o‘quv masalalari bo‘yicha mudir;
v) o‘qituvchilar tarkibi;
g) tayyorgarlik bo‘yicha instruktorlar;
d) parvoz tayyorgarligi bo‘yicha instruktorlar;
e) texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha menejer;
j) xodimlar bilan ishlash bo‘yicha menejer;
z) moliyaviy ishlar bo‘yicha menejer;
i) sifatni ta’minlash bo‘yicha menejer.
§ 15. SO‘YU xodimlari va o‘qituvchilariga bo‘lgan talablar
50. Har bir o‘quv yurti xodimlarning mutaxassisligiga malaka xususiyatlari bilan aniqlanuvchi talablar qo‘yishi zarur.
51. O‘qituvchilar kasbiga bo‘lgan talablar o‘quv yurtida aviatsiya xodimlarini tayyorlash turlari bilan aniqlanadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) oliy ma’lumotga ega bo‘lishi va ariza berilgan tayyorgarlik turlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga vakolati bo‘lishi;
b) pedagogikaning asoslari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi hamda bu tegishli guvohnoma bilan tasdiqlangan bo‘lishi;
v) o‘quv rejalari va dasturlarini, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqa olishi va tayanch konspektlarini yoza olishi.
52. O‘qituvchilar har bir fan bo‘yicha quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:
a) tayanch konspektlari;
b) fan bo‘yicha o‘quv dasturi;
v) fan bo‘yicha darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, O‘TV;
g) sinov savollari va imtihon biletlari.
53. Nazariy jihatdan tayyorgarlikni o‘tkazadigan o‘qituvchilarning pedagogik yuklamalari quyidagilardan iborat:
a) leksiya soatlari, leksiya ishlari alohida olingan bir haftada yigirma soatdan oshmasligi;
b) leksiyalarga tayyorlanish, uslubiy materiallarni, tayanch konspektlarini tuzish, ko‘rgazma materiallarini, yozma hisobotlar va xulosalarni tayyorlash, imtihon ishlarini tekshirish va hokazolar.
54. Bir o‘qituvchiga o‘rganiladigan HKlarning 4 ta turi biriktirilishi mumkin.
55. O‘quv yurtidagi amaliy faoliyati davomida o‘qituvchi o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha har yili stajirovkadan o‘tadi.
56. Mutaxassisligi va yo‘nalishi bo‘yicha o‘qituvchi 5 yilda bir marta malakasini oshiradi.
57. Instruktorlik tarkibiga bo‘lgan kasbiy talablar o‘quv yurtida aviatsiya xodimlarini tayyorlash turlari bo‘yicha aniqlanadi.
58. Trenajyorda tayyorgarlik trenajyor kompleksining mazkur ish turiga ruxsati bor bo‘lgan instruktorlik tarkibi tomonidan o‘tkaziladi.
59. Tinglovchilarni parvoz tayyorgarligidan o‘tkazish FA o‘quv yurtlarida, uchish-sinov bo‘linmalarida, tajriba-konstruktorlik byurolarida hamda aviatsiya texnikasini ishlab chiqaruvchi korxonalarda maxsus va uslubiy tayyorgarlikdan o‘tgan hamda FA o‘quv yurtlarining parvoz tayyorgarligi dasturlari bo‘yicha UTni dastlabki tayyorlashga instruktorlik ruxsatnomasini olgan, bilimi juda yuqori darajada bo‘lgan uchuvchi xodimlar tomonidan bajariladi.
§ 16. Hisobga olish hujjatlari
60. SO‘YUda hisobga olish tizimi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi shart:
a) ma’lumotlarning to‘la berilishi;
b) ma’lumotlarning yaxlitligi.
61. O‘quv yurti o‘quv jarayoniga bo‘lgan talablarning bajarilishini aks ettiruvchi hujjatlarning butligini va tegishlicha hisob yuritilishini ta’minlashi kerak.
62. Hisobga olish hujjatlarini saqlash va hisobga olish tartibi o‘quv yurtining ichki hujjatlar bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi o‘quv yurtlarini sertifikatlash qoidalariga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi‎

‎‎O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi o‘quv yurtining sertifikati


‎Mazkur ‎
‎‎____________________________________________________________________

‎‎(sertifikatlangan o‘quv yurtining nomi va manzili)

‎‎O‘zbekiston Respublikasining _____________________________ Aviatsiya qoidalari talablariga muvofiq hamda maxsus qoidalarda keltirilgan, ajralmas qismi bo‘lib hisoblangan shartlar va cheklovlarga muvofiq _________________________________ faoliyatini yuritishi mumkin.

‎‎Sertifikatni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
‎Uning amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.

‎Berilgan vaqti‎

‎20 ___y. “____” ________
Sertifikatning amal qilish muddati ‎‎ 20 __ y. “___” _____ gacha.‎
‎‎Rahbar _____________________________________________________________

‎‎(sertifikatni bergan idoraning nomi)

M.O‘. ‎ ______________________ ______________________

(imzo)‎

(F.I.O)‎

‎‎
‎Sertifikatning dastlabki berilgan vaqti

‎____ y. “___” __________

Sertifikatlangan o‘quv yurtining maxsus qoidalari blankasining shakli


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi


‎MAXSUS QOIDALAR


‎Sertifikatlangan o‘quv yurtining nomi________________________________

‎‎____________ raqamli sertifikat


‎A QISM.‎


‎1. HUQUQLAR.‎
‎‎Sertifikatlangan o‘quv yurtiga aviatsiya mutaxassislarini quyidagi kasbiy tayyorlash (kurslari) turlarini o‘tkazishga ruxsat etiladi.

‎2. AVIATSIYA MUTAXASSISLARINI DASTLABKI TAYYORLASH.‎‎
‎— uchuvchi-instruktorlik tarkibi, uchuvchilar ekipaji a’zolari, HK turlari;
‎— ekipajga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, HK turlari;
‎— trenajyorlar bo‘yicha instruktorlik tarkibi, SKT turlari;
‎— tashish xizmati xodimlari, lavozimlari;
‎— injenerlik texnik tarkib, HK turlari;
‎— havo harakatini boshqarish dispetcherlari;
‎— ish turlari va boshqalar ko‘rsatiladi.
‎‎
‎3. HAVO KEMALARINING YANGI TURLARIGA QAYTA TAYYORLASH.
‎— uchuvchilar ekipaji a’zolari, HK turlari;
‎— ekipajga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, HK turlari;
‎— injenerlik texnik tarkib, HK turlari;
‎— ish turlari va boshqalar ko‘rsatiladi.

‎‎‎4. CHEKLOVLAR.
‎Aviatsiya xodimlarini tayyorlash bo‘yicha cheklovlar va boshqalar ko‘rsatiladi.‎

‎5. AVIATSIYA MUTAXASSISLARINING MALAKASINI OSHIRISH.
‎Malaka oshirish kurslaridan o‘tishi lozim bo‘lgan aviatsiya mutaxassislari ko‘rsatiladi.
‎‎
‎5.1. SHHEM QO‘LLANILGAN HOLDA TEST SINOVLARIDAN O‘TKAZISH.
‎Malaka oshirish kurslaridan o‘tishi lozim bo‘lgan aviatsiya mutaxassislari ko‘rsatiladi.

‎5.2. CHEKLOVLAR.‎‎
‎Malaka oshirish kurslari, test sinovlaridan o‘tkazish va boshqalar bo‘yicha cheklovlar ko‘rsatiladi.
‎‎
‎6. TRENAJYORDA TAYYORGARLIK.
‎Uchuvchilar ekipaji a’zolari va SKT turlari, muhandis-texnik xodimlar va SKT turlari ko‘rsatiladi.

‎‎‎6.1. CHEKLOVLAR.
‎Trenajyorda tayyorlanish bo‘yicha cheklovlar ko‘rsatiladi.
‎‎
‎7. HK DAN FOYDALANISHGA RUXSAT ETISH.
‎Sertifikatlangan o‘quv yurti ________________________ ga (shartnoma, ijara asosida) o‘quv-mashq parvozlarini bajarish uchun quyidagi HKlardan foydalanishga ruxsat etiladi:

‎‎‎8. FAOLIYATNING BOSHQA TURLARI

“O‘zaviatsiya” agentligi direktori
_____________________ _____________________

(imzo) ‎

(F.I.O)‎

M.O‘.‎
Ilgari berilgan maxsus qoidalar haqiqiy emas deb hisoblansin.
Maxsus qoidalar sertifikatning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 12-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1881-3, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 51-son, 507-modda; 2014-y., 44-son, 540-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/1881-2/2063-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.07.2023-y., 10/23/1881-3/0496-son)