1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“MIKROKREDITBANK” AKSIYADORLIK TIJORAT BANKINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik hamda fermerlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirish yoʻli bilan yangi ish oʻrinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand boʻlishini taʼminlash uchun moliyaviy mablagʻlar berishni yanada kengaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
1. “Tadbirkor” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida;
ilovaga muvofiq, uning aksiyadorlari tarkibi va ustav sarmoyasini koʻpaytirish toʻgʻrisida “Tadbirkor” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari umumiy yigʻilishining qaroriga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va tijorat banklarining takliflariga rozilik berilsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-noyabrdagi PF-4051-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 46-son, 451-modda)
(2 va 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-noyabrdagi PF-4051-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 46-son, 451-modda)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
5. Quyidagilar “Mikrokreditbank” resurs bazasini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
aksiyadorlarning bank ustav sarmoyasini shakllantirishga yoʻnaltiradigan mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2007—2010-yillar mobaynida Markaziy bankning respublika budjeti daromadiga yoʻnaltiradigan foydasi hisobidan yillik 2 foiz stavka boʻyicha 10 yil muddatga 10 mlrd. soʻm miqdorida beriladigan har yilgi ssudalar;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
6. Belgilansinki, mikromoliyalashtirish shartnomalari, shuningdek garov, kafolat shartnomalari hamda mikromoliyalashtirish bilan bogʻliq boshqa shartnomalarni notarial tasdiqlash shartnoma summasining 0,1 foizi stavkasi boʻyicha amalga oshiriladi.
“Mikrokreditbank” filiallarining Kredit axboroti davlat reyestrini yuritish departamentining maʼlumotlar bazasiga kirishini taʼminlasin hamda qarz oluvchilarning kredit tarixi boʻyicha oʻzining maʼlumotlar bazasini yaratishda “Mikrokreditbank”ka yordam koʻrsatsin;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari hamda yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investitsiya va grantlarini jalb etishda “Mikrokreditbank”ka koʻmaklashsin.
(7-bandning oʻchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 9-dekabrdagi PF-4677-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 589-modda)
(8-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 10-11-son, 105-modda)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
olib kelinadigan bank uskunalari va texnologiyalari uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtirishi uchun yigʻimlardan tashqari);
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
bank foydasiga undirilgan mulkni sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
berilgan imtiyozlar natijasida boʻshaydigan mablagʻlar maqsadli tarzda “Mikrokreditbank” ATBning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-noyabrdagi PF-4051-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 46-son, 451-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 5-may,
PF-3750-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi PF-3750-son Farmoniga ILOVA
1 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005-2006-yillardagi respublika budjeti daromadlariga yoʻnaltirilgan foydasi va va Hukumat valyuta aktivlarining bir qismi hisobidan soʻm ekvivalentida kiritiladi.
LexUZ sharhi
Ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 146-modda; 2008-y., 46-son, 451-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda; 2014-y., 50-son, 589-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)