1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
“Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 8-iyuldagi PQ-911-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-911-son qarori bilan tashkil etilgan Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzurida Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha 30 oʻringa moʻljallangan Respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
2. Quyidagilar Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qulay yashash va shaxsiy gigiyena shart-sharoitlari, shuningdek, oziq-ovqat, dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash;
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni ijtimoiy moslashtirish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor metodikalarini oʻrganish hamda amaliyotga tatbiq etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.11.00 Aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat]
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga oʻz qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar oʻrgatish, ularning bandligini taʼminlashga koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda keng miqyosda oldini olish-profilaktika ishlarini tashkil qilish;
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishda koʻmaklashish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/575/0882-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.07.00 Reabilitatsiya]
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining xodimlarning cheklangan umumiy soni 28 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 4,5 shtat birligidan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktoriga, zaruriyat boʻlganda, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning shtatda belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/575/0882-son)
4. Belgilansinki, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining direktori Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/575/0882-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/575/0882-son)
6. Belgilab qoʻyilsinki, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.07.00 Reabilitatsiya]
2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan Respublika reabilitatsiya markazini jihozlashga va uning joriy taʼminotiga mablagʻ ajratsin;
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
2009-yildan boshlab respublika budjeti parametrlarida Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining faoliyat koʻrsatishi uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
7. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati talablariga muvofiq Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazini joylashtirish uchun mahalliy budjetni ijro etishda qoʻshimcha ravishda olingan daromadlar va homiylik mablagʻlari hisobiga zarur taʼmirlash ishlarini bajarib, bino ajratsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-noyabr,
240-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 5-noyabrdagi 240-son qaroriga 1-ILOVA
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) maqomi, faoliyatining asosiy tamoyillari, vazifalari va funksiyalari, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimida odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha reabilitatsiya tashkiloti hisoblanadi.
3. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
4. Markaz oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Agentlikning buyruqlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek oʻz Ustaviga amal qiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang)]
5. Markaz Agentlik bilan kelishgan holda oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
6. Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boʻlishi mumkin hamda ular Markaz xizmatlaridan foydalanuvchilar hisoblanadi.
7. Markaz oʻz faoliyatini quyidagi asosiy tamoyillar asosida amalga oshiradi:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning shaxsi va shaxsiy hayoti maxfiyligiga rioya qilish;
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni ijtimoiy, psixologik va huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda yakka tartibda parvarish qilish.
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qulay yashash va shaxsiy gigiyena shart-sharoitlari, shuningdek, oziq-ovqat, dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni ijtimoiy moslashtirish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor metodikalarini oʻrganish hamda amaliyotga tatbiq etish;
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga ularning qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar oʻrgatish, ularning bandligini taʼminlashga koʻmaklashish;
nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda keng miqyosda oldini olish-profilaktika ishlarini tashkil qilish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishda koʻmaklashish.
9. Markaz zimmasiga yuklangan asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
a) odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qulay yashash va shaxsiy gigiyena shart-sharoitlari, shuningdek, oziq-ovqat, dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash sohasida:
yashash uchun boshpana bilan taʼminlaydi;
belgilangan tartibda va meʼyorlarga muvofiq oziq-ovqat bilan taʼminlaydi;
belgilangan tartibda tibbiy yordam va tibbiy buyumlar bilan taʼminlaydi;
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
b) odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni ijtimoiy moslashtirish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor metodikalarini oʻrganish hamda amaliyotga tatbiq etish sohasida:
tibbiy, ijtimoiy reabilitatsiya qilishning yangi uslub va mexanizmlarini ishlab chiqadi va tatbiq qiladi;
ishlab chiqilgan uslub va mexanizmlarini xorijiy mamlakatlarning ilgʻor metodikalari asosida doimiy ravishda yangilaydi;
v) odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga ularning qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar oʻrgatish, bandligini taʼminlashga koʻmaklashish sohasida:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasiga va moslashuviga koʻmaklashadi;
kasbga oʻrgatish va ularning bandligini taʼminlashni tashkillashtiradi;
g) nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda keng miqyosda oldini olish-profilaktika ishlarini tashkil qilish sohasida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda keng miqyosda oldini olish-profilaktika ishlarini tashkil qiladi;
nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
d) odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishda koʻmaklashish sohasida:
odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning xavfsizligini taʼminlaydi;
odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning qarindoshlari bilan muloqot oʻrnatishiga koʻmaklashadi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga ularning qarindoshlariga va vasiylariga odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisida axborot beradi.
3-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
10. Markaz odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga kompleks xizmatlar koʻrsatadi.
11. Markaz qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pullik xizmatlar koʻrsatishi mumkin.
Markaz tomonidan koʻrsatilgan jami pullik xizmatlar uchun tushumlarning 2 foizi miqdoridagi mablagʻlar Agentlikning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
12. Odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni Markazga joylashtirish odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning oʻz xohishi hamda Markaz direktori, ichki ishlar organlari hamda vasiylik va homiylik organlari vakillari tomonidan qabul qilingan qoʻshma qaror asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
13. Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar Markazda oʻttiz kungacha muddatga joylashtiriladi. Tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya jarayonlari davom ettirilishi talab etilgan hollarda odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning Markazda boʻlishi muddati uch oygacha muddatga uzaytirilishi mumkin. Agar odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilsa yashash muddati koʻrsatib oʻtilgan jabrdiydalarni himoya qilish uchun zarur deb hisoblangan davrga uzaytiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
14. Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar Markazni ularning shaxsan yozma murojaatlariga muvofiq oʻz xohishi bilan tark etish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
15. Markazda odam savdosidan jabrlanganlari, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlari boʻlgan erkaklar va ayollar, shuningdek bolalar alohida-alohida joylashtiriladi.
16. Markaz odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
samarali ijtimoiy reabilitatsiya qilinishiga koʻmaklashadi;
huquqlari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;
xavfsizligini taʼminlaydi;
ovqatlanish, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlaydi;
qulay yashash sharoitlari va shaxsiy gigiyena vositalari bilan taʼminlaydi;
qarindoshlari bilan aloqa oʻrnatishga koʻmaklashadi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
odam savdosi jabrdiydalari ijtimoiy reabilitatsiya qilinishiga koʻmaklashadi.
17. Odam savdosining har bir jabrdiydasiga uning sogʻligʻi holatini kompleks tekshirib chiqish va baholash natijalari, ijtimoiy, psixologik, yuridik va boshqa yordam zarurligi yuzasidan ishlab chiqiladigan shaxsiy reabilitatsiya qilish rejasi asosida yordam koʻrsatiladi. Har bir odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarining shaxsiy reabilitatsiya qilish rejasining namunaviy shakli Markaz tomonidan ishlab chiqiladi hamda Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
18. Markaz yoki reabilitatsiya qilishda qatnashuvchi boshqa tashkilotlarning mutaxassislari, Markaz direktori, ichki ishlar organlari hamda vasiylik va homiylik organlari vakillari tomonidan qabul qilingan qoʻshma qaror asosida reabilitatsiya jarayonida odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga tibbiy, ijtimoiy, psixologik, yuridik va boshqa yordam koʻrsatish yuzasidan reabilitatsiya jarayoniga tuzatish kiritish maqsadida har bir shaxsni reabilitatsiya qilish rejasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
Reabilitatsiya chora-tadbirlari bajarilgandan keyin Markaz rahbariyati tomonidan mutasaddi vrach bilan birgalikda har bir shaxsni reabilitatsiya qilish rejasiga muvofiq amalga oshirilgan reabilitatsiya natijalari baholanadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.03 Narkologik yordam]
19. Tibbiy koʻrsatmaga muvofiq Markaz odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni davolash-profilaktika muassasalariga, shu jumladan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga belgilangan tartibda diagnostika, davolash-maslahat yordami koʻrsatish, shuningdek (atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan narkologiya, psixiatriya, dermatovenerologiya, sil, yuqumli kasalliklar va boshqalar boʻyicha) statsionar tibbiy yordam koʻrsatish uchun yuboradi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Markaz rahbariyati davolash-profilaktika muassasalariga odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni asoslangan ravishda yuborilishi uchun shaxsan javob beradi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
20. Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar reabilitatsiya markazida boʻlgan davrda ularga, agar bu odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar manfaatlariga zid boʻlmasa, yaqin qarindoshlari, qonuniy vakillari bilan munosabatlar oʻrnatish va ularni saqlab turish uchun zarur shart-sharoitlari taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
21. Odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni Markazdan chiqarishga tayyorlash ichki ishlar organlari, vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda Markazning masʼul xodimi kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.
22. Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar Markazdan chiqarilgandan keyin normal turmush tarziga toʻliq qaytgunlariga qadar yuridik maslahat olish, tibbiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Markaz xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
23. Odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish ichki ishlar organlari, vasiylik va homiylik organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boʻlinmalari bilan hamkorlikda Markaz tomonidan taʼminlanadi.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Agentlikning hududiy organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Markazning buyurtmanomalari boʻyicha odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga:
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi mavjud sud tartib-qoidalari va maʼmuriy tartib-qoidalar toʻgʻrisida maqbul shakldagi axborotni taqdim etadilar va boshqa zarur yuridik yordamni koʻrsatadilar;
uning farzandlari taʼlim muassasalariga qatnashini uchun zarur sharoitlarni taʼminlaydilar;
tibbiy koʻrikdan oʻtish va mutaxassis tomonidan koʻrik oʻtkazilib, maslahat olish orqali malakali psixologik va tibbiy yordam beradilar;
professional jihatdan reabilitatsiya qilinishda va ishga joylashishda koʻmaklashadilar.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
25. Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar qaytarilgan oila ustidan, ularga nisbatan odam savdosi takroran sodir etilishining oldini olish maqsadida, bir yil mobaynida monitoring olib borilishi kerak. Monitoring doirasida Markaz ichki ishlar organlari hamda vasiylik va homiylik organlari mutaxassislari tomonidan shaxs qaytgandan keyin uning oiladagi holati baholanadi.
4-bob. Markazni boshqarish
26. Markaz direktori Agentlik direktori tomonidan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Markazning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Markazga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida belgilangan tartibda xodimlarning shtat jadvalini, ularni moddiy ragʻbatlantirish va taqdirlash miqdori va shakllarini tasdiqlaydi, taklif etiladigan mutaxassislarga haq toʻlash miqdorlarini belgilaydi;
Markaz xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq Markaz xodimlarining uzluksiz bilimlarini oshirib borishi va muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlaydi;
har yil yakunlari boʻyicha Komissiyaga Markazning faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi;
Markazning joriy faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etadi.
28. Agentlik direktori Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
5-bob. Moliya-xoʻjalik faoliyati
29. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
30. Markazning mol-mulkini asosiy fondlar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqalar), aylanma mablagʻlar, shuningdek qiymati Markazning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa mol-mulk tashkil etadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
31. Markaz belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi hamda buxgalteriya va statistika hisobotlarini tegishli organlarga taqdim etadi.
32. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
33. Markazning xodimlari odam savdosi jabrdiydalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor qilinganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 46-moddasi
34. Markazni qayta tashkil etish va tugatish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/575/0882-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49, 55-moddalari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 44-45-son, 445-modda; 2014-y., 52-son, 624-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda, 23.01.2018-y., 09/18/39/0608-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/575/0882-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)