1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.08.00 Banklarning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.07.00 Qimmatli qogʻozlarni (qoplash) yoʻq qilish;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
2.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvi
Qarori
BANKLARNING ODDIY VEKSELLARI VA DEPOZIT SERTIFIKATLARI BLANKALARINI YOʻQ QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDAGI QARORGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 23-sentabrda 1477-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 12-maydagi “Banklarning oddiy veksellari va depozit sertifikatlari blankalarini yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 10/6-sonli qaroriga (2005-yil 30-may, roʻyxat raqami 1477 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 22-son, 163-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 6-sentabr,
20/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 6-sentabrdagi 20/3-sonli qaroriga ILOVA
“Banklarning oddiy veksellari va depozit sertifikatlari blankalarini yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning muqaddimasidagi “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Nizomning muqaddimasidagi “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Nizomning 1-bandidagi “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 398-modda)