1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.01.00 Nogironlar uchun imtiyozlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa, doimiy parvarishga muhtoj bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.03.00 Nogironlik pensiyasi]
1. 2022-yil 1-maydan boshlab nogironlik pensiyalari, shu jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasining eng kam miqdori 698 000 so‘m etib belgilansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PF-128-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.02.00 Kompensatsiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlar / 06.07.02.03 Boshqa kompensatsiya to‘lovlari]
2. Belgilansinki, 2022-yil 1-apreldan boshlab:
a) o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning (keyingi o‘rinlarda — o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar) parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi (keyingi o‘rinlarda — parvarishlash nafaqasi) joriy etiladi.
Bunda, parvarishlash nafaqasini to‘lash va yetkazib berish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
b) parvarishlash nafaqasi fuqarolardan murojaat talab etilmagan holda, elektron ma’lumotlar asosida “proaktiv shakl”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.
( 2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
3. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A.K. Inakov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.A. Musayev) bilan birgalikda quyidagi ma’lumotlarni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga elektron shaklda taqdim etib borishni ta’minlasin:
2022-yil 1-apreldan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
2022-yil 1-oktabrdan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalarning qonuniy vakillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni.
4. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A.K. Inakov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.A. Musayev) bilan birgalikda 2022-yilning oktabr oyidan boshlab 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar va odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarga to‘lanadigan nafaqalarni hamda parvarishlash nafaqasini fuqarolardan qo‘shimcha hujjatlarni talab etmagan holda “proaktiv shakl”da tayinlash tizimini joriy etsin.
5. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov):
ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining qo‘shimcha daromadlari hamda jamg‘armaga respublika budjetidan ajratilishi ko‘zda tutilgan transfertlar hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlasin;
kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida mazkur Farmonning amalga oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni nazarda tutsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Moliya vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu Farmonning maqsadi, vazifalari va bundan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
7. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Ushbu Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov belgilansin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 17-fevral,
PF-74-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-son Farmoniga ILOVA
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxati
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
1. Bosh va orqa miya jarohatlari hamda tug‘uruq jarohatlari oqibatida bosh va orqa miya qon aylanishining og‘ir buzilishlari, periventrikulyar leykomalyatsiya, markaziy asab tizimining virusli infeksiyalari natijasida chuqur harakatlar buzilishi bilan asoratlangan holatlar.
2. Jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar: ichki a’zolar, suyak-mushak tizimi, miya qutisi, quloq-tomoq-burun a’zolari va suyak-mushak tizimining tug‘ma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari va deformatsiyalarning og‘ir shakllari) bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda uzoq nazoratni va korreksiyani talab qiladigan holatlar.
3. Biriktiruvchi to‘qimaning tizimli shikastlanishi: tizimli qizil yugurik, dermatopolimiozit, tizimli boshlanuvchi yuvenil artriti, yuvenil revmatoid artriti va tugunchali periarteritning og‘ir turlari.
4. Serebral falaj va boshqa falajli sindromlar (istisno: G81.0-G81.9-gemiplegiya, G83.1-oyoqlar monoplegiyasi va G83.2-qo‘l monoplegiyasi).
5. Bolalar serebral falaji, periventrikulyar leykomalyatsiya. (Istisno: G80.2-bolalar gemiplegiyasi).
6. Tez-tez qaytalanuvchi epilepsiyaning shaxs o‘zgarishi va aql pastligi bilan kechishi.
7. Kelib chiqishi har xil bo‘lgan aqliy zaiflikning chuqur va og‘ir turi. Autizm.
8. Surunkali og‘ir shizofreniya va boshqa ruhiy buzilishlar, xulq-atvor buzilishlari.
12. Ko‘rish o‘tkirligining yaxshi ko‘radigan ko‘zda 0 — 0,03 ga (korreksiya bilan) pasayishi.
13. Tug‘ma va orttirilgan tusdagi surunkali bronx-o‘pka kasalliklarida II-III darajali turg‘un nafas yetishmovchiligi. Astmaning gormonga bog‘liq asoratli turi.
14. Tez-tez qaytalanuvchi oqma yaralar va funksional buzilishlar bilan kechadigan suyak va boshqa tayanch tizimi sili, silga qarshi dori vositalariga turg‘unligi bo‘lgan, davolanish natija bermagan va palliativ davoga muhtoj bo‘lgan sil kasalliklari; bosh miya faoliyatining keskin buzilishi bilan kechadigan sil meningoensefaliti, jarrohlik yo‘li bilan davolanishga hayotiy qarshi ko‘rsatmalari bo‘lgan, keskin funksional buzilishlar bilan kechadigan bosh va orqa miya tuberkulemalari.
15. Jigarning tug‘ma, irsiy, orttirilgan kasalliklarida kuchli turg‘un qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlar.
16. Surunkali buyrak yetishmovchiligining III bosqichi.
17. Inkurabel yomon sifatli o‘smalarning og‘ir shakli.
18. Bir necha bor jarrohlik amaliyotidan keyin tuzatib bo‘lmaydigan doimiy najas va siydikni tuta olmaslik, yo‘g‘on, to‘g‘ri ichak va orqa chiqaruv teshigining tug‘ma va orttirilgan oqmalari, siydik tanosil a’zolari oqmalari.
19. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima kasalliklarida yaqqol qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlar:
bir yoki ikkala oyoq va qo‘llarda tug‘ma va orttirilgan og‘ir darajadagi skelet deformatsiyalari va amputatsion cho‘ltoqlar;
tayanch-harakat apparatining rivojlanish nuqsonlari tufayli mustaqil harakat va o‘z-o‘ziga xizmat qilish imkoniyati yo‘qligi.
20. Qon aylanish tizimi tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari, ma’lum bir yoshgacha operatsiya qilib bo‘lmaydigan holatlar, yurak va yirik qon tomirlarida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar) ifodalangan darajadagi funksiya buzilishlari bilan.
21. Ichki sekretsiya bezlari funksiyasining yetishmovchiligi:
qandli diabetning 1 turi (insulinga bog‘liq qandli diabet);
qandsiz diabet (pitiutrin-rezistent shakli), Itsengo-Kushinga sindromi, surunkali buyrak usti bezlarining boshqa buzilishlari (Adisson krizi), total adrenoektomiyadan keyingi holat, buyrak usti bezi po‘stlog‘ining og‘ir tug‘ma disfunksiyasi, somatotrop yetishmovchilik (gipofizar nanizm), tug‘ma va orttirilgan gipotireozning og‘ir shakli, gipoparatireoz, tireotoksikoz.
22. Miopatiyalar, orqa mushak atrofiyasi, tugallanmagan osteogenez, irsiy neyrodegenerativ kasalliklar — leykodistrofiya, gepatolentikulyar degeneratsiya. Ichki a’zolar va tizimlarning og‘ir buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishdagi buzilishlar bilan kechuvchi irsiy raxitsimon kasalliklar, Marfan sindromi va Elers-Danlo sindromi.
23. Ko‘plab tug‘ma nuqsonlar, ichki a’zolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishda orqada qolish bilan kechuvchi xromosom buzilishlar: Klaynfelter sindromi, Shershevskiy-Terner sindromi, Patau sindromi, Edvards sindromi va boshqalar.
24. O‘tkir va surunkali leykozlar, gemoblastozlar, xavfli gistiotsitoz, miyelodisplastik sindromlar.
25. Qon ishlab chiqarish tug‘ma va orttirilgan aplastik anemiyalari.
26. Og‘ir gemorragik sindrom bilan kechuvchi, doimo qaytalanib turuvchi surunkali trombotsitopatiyalar, irsiy va orttirilgan shakllari, yiliga 3 marotabadan ortiq xuruj qiladigan gemorragik sindromlar.
27. Gemofiliya.
28. Talassemiya.
29. Tug‘ma immunitet tanqisligi holatlari: og‘ir mujassamlashtirilgan antitanachalar yetishmovchiligi ustun bo‘lgan immunitet tanqisligi holatlari, polimorfyadroli neytrofillar funksional buzilishlari, septik granulamatoz — jigar, o‘pka, limfa tugunlari va boshqa a’zolarning qaytalanib turuvchi bakterial shikastlanishi bilan kechishi.
30. OITS — orttirilgan immunitet tanqisligi sindromining IV bosqichi.
31. Bullyoz epirdemioliz.
32. Kistozli fibroz (mukovissidoz): 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar doimiy yordamga muhtoj; 7 yoshdan katta bolalarda — og‘ir asoratli holatlarda.
33. Ichki a’zolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishda orqada qolish bilan kechuvchi irsiy glikogen to‘planishi va glikosfingolipid metobolizmining buzilishi kasalliklari:
Pompe kasalligi;
Goshe kasalligi;
Fabri kasalligi;
Krabbe kasalligi;
Niman-Pik (A va V turi) kasalligi;
Mukopolisaxaridozlar.
34. Ichki a’zolar faoliyatining buzilishlari, psixomotor va nutqiy rivojlanishda orqada qolish bilan kechuvchi Daun kasalligi.
Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Hukumat qarori bilan ushbu ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi beriladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 06/22/74/0142-son, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)