toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO TARAQQIYOT UYUSHMASI ISHTIROKIDAGI “QISHLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINI QOʻLLAB-QUVVATLASH. II BOSQICH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloq xoʻjaligi korxonalari ishlab chiqarishini va moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasiga “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash. II bosqich” loyihasini amalga oshirish uchun 10 yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda 35 yilda qaytarish muddati bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz berish maxsus huquqlarining 41,3 mln. miqdoridagi krediti (ekvivalentda 67,96 mln. AQSH dollari) berilishi Jahon banki Direktorlar kengashi tomonidan maʼqullanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi hissasi — ekvivalentda 8,98 mln. dollarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hissasi — ekvivalentda 7,44 mln. dollarni va loyiha qatnashchilarining hissasi — ekvivalentda 1,54 mln. dollarni tashkil qilishi;
 LexUZ sharhi
(1-bandning uchinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-fevraldagi PQ-2129-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Mazkur hujjatning rus tilidagi matniga qarang.)
loyihani amalga oshirish davri olti yil (2008—2014-yillar) etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
 LexUZ sharhi
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-fevraldagi PQ-2129-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Mazkur hujjatning rus tilidagi matniga qarang.)
2. Belgilab qoʻyilsinki, loyiha:
“Qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyalashtirish” hamda “Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini oʻqitish va ularga konsultatsiya xizmatlari koʻrsatish” komponentlari boʻyicha — Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarida (keyingi oʻrinlarda loyihaga kiritilgan viloyatlar deb ataladi);
 LexUZ sharhi
(2-bandning ikkinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-fevraldagi PQ-2129-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Mazkur hujjatning rus tilidagi matniga qarang.)
 LexUZ sharhi
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-fevraldagi PQ-2129-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan. Mazkur hujjatning rus tilidagi matniga qarang.)
“Irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish” komponenti boʻyicha — Ulugʻnor (Andijon viloyati), Olot (Buxoro viloyati), Mirishkor (Qashqadaryo viloyati), Boʻka (Toshkent viloyati), Pastdargʻom (Samarqand viloyati), Boyovut (Sirdaryo viloyati) va Yozyovon (Fargʻona viloyati) tumanlarida amalga oshiriladi.
Loyihaga kiritilgan viloyatlar hududidagi loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi fermer xoʻjaliklari davlat oldidagi shartnomaviy majburiyatlaridan ortiqcha yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 153-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi va loyihaning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-fevraldagi PQ-2129-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-fevraldagi PQ-2129-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi nomidan:
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitimni;
“Qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyalashtirish” komponenti doirasida tijorat banklari bilan kredit mablagʻlarini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni;
kreditning “Irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish” komponenti doirasidagi qismiga xizmat koʻrsatishni taʼminlash boʻyicha huquqlarni berish toʻgʻrisida Aksiyadorlik-tijorat “Paxta-bank” bilan bitimni imzolashga vakil qilinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasidagi moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha yuridik xulosani belgilangan tartibda bersin.
7. “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash. II bosqich” loyihasining samarali amalga oshirilishini taʼminlash uchun 4-ilovaga muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilsin.
Muvofiqlashtiruvchi kengash:
loyiha yechimlari joriy etilishini jadallashtirish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqqan holda ajratilayotgan mablagʻlardan samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin;
loyiha amalga oshirilishini muntazam ravishda, har chorakda kamida bir marta, koʻrib chiqsin va, zaruriyat boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uni samarali va oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritsin;
loyihani amalga oshirish uchun tanlab olingan tijorat banklari rahbarlarining hisobotlarini har chorakda eshitsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
bir oy muddatda loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish funksiyalarini moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligida loyihani boshqarish guruhi uchun mutaxassislarni qoʻshimcha ravishda yollagan holda Agentlikka va loyiha amalga oshiriladigan viloyatlarda loyihani amalga oshirish guruhlariga yuklash boʻyicha tashkiliy masalalar hal etilishini, guruhlarning shtat jadvali va ularni moliyalashtirishning yillik smetalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilishini;
koʻrsatib oʻtilgan loyiha amalga oshiriladigan viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda loyihani amalga oshirish guruhlarini joylashtirish uchun ijara toʻlovi undirilmasdan binolar ajratilishini;
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyalashtirish” komponenti doirasida Kredit liniyalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini, kredit mablagʻlarini qayta moliyalashtirish tartibi, muddatlari va shartlari, subloyihalar tanlanishi va ularni baholash mezonlari, shu jumladan xarid qilish taklif etilayotgan asbob-uskunalar, qishloq xoʻjaligi texnikasi va minitexnologiyalarning texnik darajasi, shuningdek import boʻyicha sotib olinayotgan qoramol mahsuldorligi belgilanishini;
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tartib-qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobotlar va boshqa hujjatlar oʻz vaqtida tayyorlanishi va taqdim etilishi tashkil qilinishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalarning ularni davlat bojlari toʻlashdan ozod etgan holda berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/284/0588-son)
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-avgust,
196-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 27-avgustdagi 196-son qaroriga
4-ILOVA
“Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash. II bosqich” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.

Mirziyoyev Sh.M.‎

—‎

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, kengash raisi‎

Xolmuradov S.R.

—‎

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi, kengash raisining oʻrinbosari

Salimov A.‎

—‎

Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari‎

Alixonov B.‎

—‎‎

Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi‎

Tursunov Yo.‎

—‎‎

Moliya vazirining oʻrinbosari ‎

Bakirov N.J.‎

—‎‎

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari‎

lavozimi boʻyicha

—‎‎

Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

—‎‎

Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi

lavozimi boʻyicha‎

—‎‎

loyihada qatnashuvchi tijorat banklari boshqaruvi raislari (tanlab olish natijalariga koʻra)‎

lavozimi boʻyicha‎

—‎‎

loyihani boshqarish guruhi rahbari ‎

Izoh: Kengash aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxs uning tarkibiga kiritiladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)