1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura);
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETIDA KADRLAR TAYYORLASH TARKIBINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA” 2008-YIL 18-IYUNDAGI 134-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat texnika universitetida kadrlar tayyorlash tarkibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 18-iyundagi 134-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat aviatsiya institutini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1995-yil 12-iyuldagi 269-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat texnika universitetining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 18-maydagi 123-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi va ushbu qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-avgust,
182-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 11-avgustdagi 182-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 025 yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster universitetini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 16-yanvardagi 22-son qarori 5-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Toshkent davlat aviatsiya instituti” soʻzlari “Toshkent davlat texnika universitetining Toshkent shahar, Shahrisabz koʻchasi, 25-uyda joylashgan Aviatsiya fakulteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 33-son, 319-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)