1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETIDA KADRLAR TAYYORLASH TARKIBINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Aviatsiya texnikasi ishlab chiqarish va undan foydalanish sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish va uning sifatini oshirish, buning uchun zamonaviy talablarga javob beradigan zarur oʻquv va moddiy-texnik bazani yaratish, umumtexnik va maxsus predmetlar oʻrtasidagi predmetlararo uzviy aloqalarni taʼminlash, boʻlajak mutaxassislarni oʻqitish jarayonini ularning kasb malakalarini egallashi bilan bogʻlanishini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatining Toshkent davlat aviatsiya institutini tugatish va uning negizida Toshkent davlat texnika universitetining Aviatsiya fakultetini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-maydagi PQ-2524-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 188-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-maydagi PQ-2524-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 188-modda)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
4. Toshkent davlat texnika universitetining Aviatsiya fakultetiga 2008/2009 oʻquv yili uchun “Samolyotsozlik”, “Aviatsiya va raketa-kosmik texnikadan foydalanish”, “Uchish apparatlari va aeroportlarning radioelektron asbob-uskunalaridan foydalanish” hamda “Havodagi harakatlarni boshqarish” yoʻnalishlari boʻyicha qabul qilish umumiy kvotasi bakalavrlar tayyorlash boʻyicha 100 kishi, shu jumladan davlat grantlari boʻyicha 40 kishi va pulli-kontrakt asosida 60 kishi etib belgilansin, bunda har bir yoʻnalish boʻyicha umumiy kvotaning 25 kishidan, shu jumladan davlat grantlari boʻyicha 10 kishi va pulli-kontrakt asosida 15 kishi boʻlishi nazarda tutilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda kelgusi yillarda Toshkent davlat texnika universitetining Aviatsiya fakultetiga taʼlimning aniq yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishga qabul qilish kvotasini belgilashda respublika korxonalari va iqtisodiyoti sohalari uchun tayyorlanayotgan mutaxassislarga boʻlgan aniq ehtiyojdan kelib chiqsinlar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi tugatilayotgan Toshkent davlat aviatsiya institutining 2-ilovaga muvofiq binolari va inshootlarini, boshqa mol-mulki hamda aktivlarini Toshkent davlat texnika universiteti balansiga bepul oʻtkazsinlar.
Toshkent davlat texnika universiteti Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2008-yil 20-avgustgacha boʻlgan muddatda 2-ilovaga muvofiq berilgan binolarni, ularga oʻzga tuzilmalarning joylashtirilishiga yoʻl qoʻymasdan, ulardan faqat oʻquv jarayonida foydalanish uchun tayyorlashni taʼminlasin.
6. Toshkent davlat aviatsiya instituti tugatilishi va uning negizida Toshkent davlat texnika universiteti Aviatsiya fakultetining tashkil etilishi bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish uchun 3-ilovaga muvofiq tarkibda Komissiya tuzilsin.
Komissiya (A.P. Parpiyev):
Toshkent davlat aviatsiya institutining tugatilishi bilan bogʻliq chora-tadbirlar kompleksini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsin;
Toshkent davlat aviatsiya instituti va uning tarkibiy boʻlinmalari mol-mulkining saqlanishi, Toshkent davlat texnika universiteti balansiga berilgandan soʻng ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda, tugatilayotgan Toshkent davlat aviatsiya instituti binolari, mol-mulki va aktivlarining Toshkent davlat texnika universiteti balansiga belgilangan tartibda berilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda:
Toshkent davlat texnika universiteti tuzilmasini ushbu qaror bilan tasdiqlangan 1-ilovaga muvofiq tuzilma bilan toʻliq muvofiqlashtirsin;
Toshkent davlat texnika universitetining yangilangan ustavini tasdiqlasin;
tugatilayotgan Toshkent davlat aviatsiya institutining oʻqiyotgan talabalar kontingentini Toshkent davlat texnika universiteti tarkibiga oʻtkazsin;
Toshkent davlat texnika universitetining maʼmuriy-boshqaruv va oʻquv-yordamchi xodimlari sonini qonun hujjatlarida belgilangan normalarga muvofiqlashtirsin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
tugatilayotgan Toshkent davlat aviatsiya institutining professor-oʻqituvchilar tarkibini attestatsiyadan oʻtkazsin va Toshkent davlat texnika universitetining Aviatsiya fakulteti kafedralarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlasin;
Toshkent davlat aviatsiya instituti huzuridagi akademik litseyni Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi 5-son akademik litsey deb qayta nomlasin;
oʻquv, laboratoriya va yordamchi boʻlinmalar tarkibi va tuzilmasini qayta koʻrib chiqsin, bunda universitet faoliyatida, shu jumladan uning binolari va xonalaridan foydalanish masalalarida bir-birini takrorlash va parallelizmga yoʻl qoʻymaslikni nazarda tutsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-maydagi PQ-2524-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 188-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent davlat texnika universitetining 2008-yil uchun xarajatlar smetasiga ushbu qaror qoidalarini hisobga olgan holda zarur oʻzgartirishlar kiritsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Toshkent davlat aviatsiya institutining tugatilishi munosabati bilan boʻshab qoladigan xodimlarni belgilangan tartibda ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-maydagi PQ-2524-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 188-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-iyundagi 134-son qaroriga 2-ILOVA
Toshkent davlat aviatsiya institutining balansidan Toshkent davlat texnika universiteti balansiga bepul oʻtkazilayotgan binolar va inshootlar
ROʻYXATI
Obyektning nomi
Joylashgan joyi
1. Sport kompleksi bilan birgalikda asosiy oʻquv korpusi
Toshkent shahri, Shahrisabz koʻchasi, 25
2. Oʻquv korpusi
Toshkent shahri, Shahrisabz koʻchasi, 42
3. Oʻquv korpusi
Toshkent shahri, Usmon Yusupov koʻchasi, 45
4. Talabalar uyi
Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, 203
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-iyundagi 134-son qaroriga 3-ILOVA
Toshkent davlat aviatsiya institutini tugatish va uning negizida Toshkent davlat texnika universitetining Aviatsiya fakultetini tashkil etish boʻyicha komissiya
TARKIBI
1.
Parpiyev A.P.
—
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri— rais
2.
Gʻulomxoʻjayev A.M.
—
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari — rais oʻrinbosari
3.
Qoʻchqorov B.
—
Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi boshligʻi
4.
Usmonov R.J.
—
Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari
5.
Hoshimova M.T.
—
Davlat mulki qoʻmitasining davlat mulki reyestrini yuritish boshqarmasi boshligʻi
6.
Odilov E.T.
—
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining moliyaviy nazorat boshqarmasi boshligʻi
7.
Suleymanova R.X.
—
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining yuridik maslahatchisi
8.
Shoobidov Sh.Sh.
—
Toshkent davlat texnika universiteti rektori
9.
Saidahmedov R.X.
—
Toshkent davlat aviatsiya instituti rektori vazifasini bajaruvchi
10.
Yoqubov M.M.
—
Toshkent davlat texnika universitetining moliyaviy-iqtisodiy masalalar boʻyicha prorektori
11.
Yoʻldoshev I.S.
—
Toshkent davlat aviatsiya institutining moliyaviy-iqtisodiy masalalar boʻyicha prorektori
12.
Jabborova X.T.
—
Toshkent davlat texnika universitetining bosh buxgalteri
13.
Qurbonaliyev O.
—
Toshkent davlat aviatsiya institutining bosh buxgalteri
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 227-modda; 2016-y., 18-son, 188-modda)