toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
YOʻL HARAKATI QOIDALARINI BUZILIShIGA DOIR MAʼMURIY IShLARNI KOʻRIB ChIQIShNI TAShKIL ETISh HAQIDAGI YOʻRIQNOMAGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 18-iyunda 933-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-sonli “Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2240, 05.07.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2000-yil 23-apreldagi 87-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish haqidagi yoʻriqnoma”ga (2000-yil 9-iyun, roʻyxat raqami 933 — Meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-yil, 12-son) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgandan soʻng uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-may,
88-son
Ichki ishlar vazirining
2008-yil 30-maydagi
88-son buyrugʻiga
ILOVA
Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritiladigan qoʻshimchalar
1. 3.3-band “135-moddasida” degan soʻzlardan keyin “1351-moddasida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 3.4-band “135-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “1351-moddasida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 3.5-band “135-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “1351-moddasida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
birinchi xatboshisi “135” raqamidan keyin “1351” raqami bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: kodeksning 1351-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda sugʻurta idoralarining huquqbuzarlik alomati bartaraf etilganligi haqidagi tegishli maʼlumoti taqdim etilgandan soʻng transport vositasini qoʻyib yuborishga ruxsat berilishi mumkin”.
5. 3.23-bandning uchinchi xatboshisi “135-moddasida” degan soʻzlardan keyin “1351-moddasida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 246-modda)