1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.12 (Кучини йукотган) Qimmatli qogʻozlar bozorida boshqa faoliyat turlari]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT QIMMATLI QOGʻOZLARI BILAN REPO BITIMLARINI TUZISH VA IJRO ETISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 18-iyunda 1829-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-726-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
(qarorning muqaddimasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 27-dekabrdagi 30/1-sonli (roʻyxat raqami 1829-1, 16.01.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 18-modda)
1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab bir oydan keyin kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qaror amalga kiritilgan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining quyidagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan REPO bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 1998-yil 22-avgustdagi 14/8-sonli qaror (1998-yil 16-oktabr, roʻyxat raqami 502);
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan REPO bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 1999-yil 20-noyabrdagi 21/11-sonli qaror (2000-yil 22-yanvar, roʻyxat raqami 502-1).
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-mart,
8/8-son
Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 15-martdagi 8/8-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisida
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726-son “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-2, 21.10.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 546-modda)
1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlari faqat Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining (keyingi oʻrinlarda matnda OʻzRVB deb yuritiladi) Savdo tizimi orqali tuziladi va ijro etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-2, 21.10.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 546-modda)
2. REPO bitimlari boʻyicha tomonlar sifatida oʻz nomi va oʻz hisobidan hamda investorlarning hisobi va topshirigʻiga koʻra moliyaviy broker sifatida faoliyat koʻrsatuvchi Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlar bozorining dilerlari (keyingi oʻrinlarda matnda dilerlar deb yuritiladi) ishtirok etishlari mumkin.
davlat qimmatli qogʻozlari (keyingi oʻrinlarda — DQQ) — Oʻzbekiston Respublikasining gʻazna majburiyatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi oʻrinlarda — Markaziy bank) obligatsiyalari.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 27-dekabrdagi 30/1-sonli (roʻyxat raqami 1829-1, 16.01.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 18-modda)
REPO bitimi — bitim shartlari bilan belgilangan muddat va bahoda aynan shu chiqarilishdagi va miqdordagi DQQni qayta sotib olish (sotish) (REPO bitimining ikkinchi qismi) sharti bilan sotish (sotib olish) (REPO bitimining birinchi qismi) boʻyicha ikki tomonlama bitim;
dastlabki sotuvchi — DQQni REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha sotuvchi, shuningdek, REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha sotib oluvchi;
dastlabki sotib oluvchi — DQQni REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha sotib oluvchi, shuningdek, REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha sotuvchi;
kontragent — REPO bitimining tomonlaridan biri;
tizim doirasidagi(avtomatik) REPO bitimlari — kontragent aniq koʻrsatilmagan REPO bitimini tuzish boʻyicha buyurtmalar asosida, OʻzRVBning Savdo tizimida amalga oshiriladigan savdolar natijasida avtomatik tarzda tuzilgan REPO bitimlari;
tizimdan tashqaridagi REPO bitimlari — kontragent aniq koʻrsatilgan REPO bitimini tuzish boʻyicha buyurtmalar asosida tuzilgan REPO bitimlari;
amaldagi REPO bitimi — birinchi qismi ijro etilgan, lekin ikkinchi qismining ijro etish muddati yetib kelmagan REPO bitimi;
taʼminot — REPO bitimi boʻyicha oldi-sotdi predmeti boʻlgan DQQ;
taʼminotni blokirovka qilish — REPO bitimini tuzishda tomonlar oʻrnatishi mumkin boʻlgan, dastlabki sotib oluvchining REPO bitimi taʼminotiga oid huquqlarini chegaralab qoʻyishni nazarda tutuvchi REPO bitimining sharti;
toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimlari — tijorat banki bitimning birinchi qismi boʻyicha DQQ sotuvchisi va ikkinchi qismi boʻyicha sotib oluvchi, Markaziy bank bitimning birinchi qismi boʻyicha DQQni sotib oluvchi va ikkinchi qismi boʻyicha sotuvchi boʻlgan, taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimlari;
taʼminot qiymati — taʼminotdagi DQQning sonini bir dona DQQning, birja maʼlumotlariga muvofiq bozor narxidan kelib chiqib, REPO bitimining tomonlari kelishuvi asosida aniqlangan narxiga koʻpaytirishdan hosil boʻlgan kattalik;
sotib olish qiymati — REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha dastlabki sotib oluvchi DQQni sotib olishi uchun dastlabki sotuvchiga toʻlashi lozim boʻlgan pul mablagʻlari summasi;
REPO stavkasi — REPO bitimi tuzilayotganda oʻrnatiladigan va REPO bitimi boʻyicha jalb qilingan pul mablagʻlari uchun belgilangan yillik foiz stavkasi;
REPO summasi — REPO bitimi boʻyicha jalb qilingan (berilgan) pul mablagʻlarining joriy sana holatidagi summasini aks ettiruvchi kattalik;
REPO muddati — REPO bitimining birinchi va ikkinchi qismlarini ijro etish sanalari oʻrtasidagi kalendar kunlarida ifodalangan vaqt oraligʻi.
REPO muddati REPO bitimining birinchi qismi ijro etilgan sananing ertasidan REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan kungacha (ikkinchi qism ijro kuni inobatga olinadi) hisoblanadi.
Birinchi va ikkinchi qismi bir kunda ijro etiladigan REPO bitimlari uchun (keyingi oʻrinda matnda kunlik REPO deb yuritiladi) REPO muddati bir kunga teng, deb qabul qilinadi;
majburiyatlar summasi — joriy sanaga REPO bitimi boʻyicha hisoblangan foizlar bilan REPO summasining yigʻindisiga teng boʻlgan kattalik;
diskont — REPO bitimi tuzilayotganda, bitimning sharti sifatida tomonlar oʻrtasida oʻrnatilishi mumkin boʻlgan, sotib olish qiymati bilan taʼminot qiymati orasidagi farqni foizda ifodalovchi kattalik;
qayta sotib olish qiymati — dastlabki sotuvchi tomonidan dastlabki sotib oluvchiga REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha DQQ uchun toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari summasi;
REPO bitimi boʻyicha olingan daromad — qayta sotib olish qiymati bilan sotib olish qiymati orasidagi farq;
qaytarish summasi — REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etish kunida dastlabki sotuvchi tomonidan dastlabki sotib oluvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari summasi, yaʼni majburiyatlar summasi;
qoldiq majburiyatlar — REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilmasligi yoki mazkur Nizomda belgilangan tartibda toʻliq ijro etilmasligi natijasida vujudga keladigan REPO bitimi tomonlarining majburiyatlari;
hisob-kitoblarning T_0 kodi — REPO bitimi tuzish jarayonida foydalaniladigan, REPO bitimining birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kuni amalga oshirilishini bildiruvchi belgi;
hisob-kitoblarning T_n kodi — REPO bitimi tuzish jarayonida foydalaniladigan, REPO bitimining birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kundan boshlab n — ish kunida amalga oshirilishini bildiruvchi belgi;
Savdo tizimi — REPO bitimi boʻyicha elektron savdolar amalga oshiriladigan, uning asosida buyurtmalarni roʻyxatga olish, qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari hisobini yuritish, bitimlarni avtomatik tarzda tuzish, savdo ishtirokchilari tomonidan joriy axborotni bevosita ish oʻrinlarida tezkor koʻrishlarini taʼminlovchi OʻzRVBning avtomatlashtirilgan elektron tizimi.
7. Dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchidan taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha sotib olgan DQQning hisobi, Savdo tizimi tomonidan, dastlabki sotib oluvchining “depo” hisobvaragʻida ochiladigan — “REPO bitimi boʻyicha blokirovka qilingan” boʻlimida yuritiladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1829-2, 21.10.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 546-modda)
REPO bitimi taʼminotidagi “REPO bitimi boʻyicha blokirovka qilingan” boʻlimida hisobi yuritiladigan DQQ, REPO bitimida belgilangan shartlardan farqli shartlarda sotilishi, garovga qoʻyilishi, boshqa turdagi majburiyatlar bilan yuklatilishi yoki egasi oʻzgartirilishi mumkin emas.
8. REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganda REPO summasi sotib olish qiymatiga teng boʻladi.
REPO muddati davomida taʼminot tarkibidagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha dastlabki sotib oluvchi kupon (foiz) daromadini, DQQni chiqarilish shartlariga koʻra emitent tomonidan toʻlanadigan sanada, REPO summasi ushbu toʻlangan kupon (foiz) daromadi miqdoriga kamayadi.
10. REPO bitimlari ularning birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kuni amalga oshiriladigan shart bilan (keyingi oʻrinlarda matnda hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimlari deb yuritiladi) yoki birinchi qismi ijrosi bitim tuzilgan kundan boshlab n — ish kuni amalga oshiriladigan shart bilan (keyingi oʻrinlarda matnda hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimlari deb yuritiladi) tuzilishi mumkin, bu yerda n — ish kunining sonini bildiruvchi raqam.
11. Tizim doirasidagi REPO bitimlari faqat birinchi qismi REPO bitimi tuzilgan vaqtda amalga oshiriladigan shart bilan tuziladi.
Tizim doirasidagi (avtomatik) REPO bitimlarini tuzishda savdo qatnashchilari tomonidan Savdo tizimiga raqobatli va raqobatsiz buyurtmalar kiritiladi.
Dilerning oʻzi tomonidan REPO stavkasi koʻrsatiladigan raqobatli buyurtmalardan farqli ravishda, raqobatsiz buyurtmalar Savdo tizimiga buyurtma berilgan vaqtda avtomatik tarzda hisoblanadigan oʻrtacha tortilgan REPO stavkasi boʻyicha kiritiladi.
Tizimdan tashqaridagi REPO bitimlarini tuzish uchun diler oʻz buyurtmasida, REPO bitimining majburiy shartlariga qoʻshimcha ravishda, ushbu bitimni tuzish boʻyicha taklifni qabul qiluvchi dilerning nomi va taʼminotdagi DQQning muomalasini tartibga soluvchi nomativ-huquqiy hujjatga muvofiq kodini koʻrsatishi lozim.
14. DQQni sotib olishga berilgan buyurtma DQQni sotishga berilgan buyurtmaga muqobil hisoblanadi va aksincha.
15. Savdo tizimida REPO bitimi tuzilishi uchun mazkur Nizomning 12-bandi “a”, “b”, “d”, “e”, “j”, “z” kichik bandlarida va 13-bandi “a”, “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan REPO bitimlarining shartlari ikkita muqobil buyurtmalarda mos kelishi shart.
16. Tizimdan tashqaridagi REPO bitimi dastlabki sotuvchining (dastlabki sotib oluvchining) Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgan buyurtmasiga javoban dastlabki sotib oluvchi (dastlabki sotuvchi) tomonidan taqdim etilgan REPO buyurtmasi Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgan paytda tuzilgan hisoblanadi.
17. Tizim doirasidagi REPO bitimining Savdo tizimiga kiritilgan buyurtmasiga mos muqobil buyurtmani aniqlash uchun uning shartlari uzluksiz ravishda boshqa buyurtmalar shartlari bilan solishtirish jarayonidan oʻtadi. Shartlari bir-biriga mos muqobil buyurtmalar mavjud boʻlganda, mazkur buyurtmalarni bergan dilerlarning qoʻshimcha roziligini yoki tasdigʻini talab qilmaydigan tizim doirasidagi REPO bitimi tuziladi.
18. Tizim doirasidagi REPO bitimlari faqat taʼminoti blokirovka qilingan holda tuziladi.
19. Tizimdan tashqaridagi REPO bitimlari taʼminoti blokirovka qilingan yoki taʼminoti blokirovka qilinmagan holda tuzilishi mumkin. Taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimi buyurtmada tegishli shart koʻrsatilgan taqdirdagina tuziladi.
20. Savdo tizimining har bir REPO bitimi boʻyicha dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchidan oladigan vositachilik haqi bitim boʻyicha buyurtmalar roʻyxatga olinayotgan paytda undiriladi.
21. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimini tuzish uchun dastlabki sotib oluvchi va dastlabki sotuvchi buyurtmaning yoʻnalishidan kelib chiqqan holda mos ravishda oʻz pul mablagʻlari (OʻzRVBning vositachilik haqini inobatga olgan holda) va qimmatli qogʻozlarini Savdo tizimiga REPO bitimini tuzish uchun yetarli miqdorda oldindan zaxiralashlari shart.
22. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimini tuzish uchun dilerlarning Savdo tizimidagi pul pozitsiyasida OʻzRVBning vositachilik haqini toʻlash uchun pul mablagʻlari yetarli boʻlishi lozim.
24. Har bir REPO bitimi tuzilgan paytda unga Savdo tizimi tomonidan takrorlanmas roʻyxat raqami beriladi (keyingi oʻrinlarda matnda REPO bitimi raqami deb yuritiladi).
25. Tizim doirasidagi REPO bitimi boʻyicha buyurtma, u qondirilgunga qadar, uni bergan diler tomonidan bekor qilinishi mumkin.
26. Tizimdan tashqaridagi REPO bitimlari boʻyicha berilgan buyurtmani bekor qilinishi uni bergan diler tomonidan, ushbu buyurtmaga javoban berilgan muqobil buyurtma Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgunga qadar, amalga oshirilishi mumkin.
27. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimida dastlabki sotib oluvchining (dastlabki sotuvchining) REPO buyurtmasi bekor qilinganda, Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchi (dastlabki sotuvchi)ga OʻzRVBning vositachilik haqini qaytarib beradi.
IV. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosi
28. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosini amalga oshirish uchun quyidagi yetarlilik shartlari bajarilishi lozim:
a) dastlabki sotuvchining Savdo tizimidagi “depo” pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha DQQning yetarliligi;
b) dastlabki sotib oluvchining Savdo tizimidagi pul pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha DQQni sotib olish va OʻzRVBning vositachilik haqini toʻlash uchun pul mablagʻlarining yetarliligi.
unga kiritilgan buyurtmalarda yetarlilik shartlarini bajarilishini tekshiradi va yetarlilik sharti bajarilmagan dilerning buyurtmasini rad etadi;
dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchining buyurtmalarida mos ravishda yetarlilik shartlari bajarilgan boʻlsa, ushbu buyurtmalarni roʻyxatga oladi;
dastlabki sotib oluvchining Savdo tizimidagi pul pozitsiyasini REPO summasiga va Savdo tizimining vositachilik haqi miqdoriga kamaytiradi;
30. Mazkur Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan operatsiyalarning Savdo tizimi tomonidan toʻliq ijro etilishi hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimi tuzilganligi va uning birinchi qismi ijro etilganligini bildiradi.
31. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimi tuzilganligi va uning birinchi qismi ijro etilganligi toʻgʻrisida OʻzRVB REPO bitimi tomonlariga birja guvohnomasini taqdim etadi.
OʻzRVBning birja guvohnomasi hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimining tuzilganligi va uning birinchi qismi ijro etilganligining tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
32. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimida dastlabki sotuvchining buyurtmasi bekor qilinganda Savdo tizimi bekor qilingan buyurtmaga muvofiq dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun kiritilgan DQQlar miqdoriga oshiradi.
33. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimida dastlabki sotib oluvchining REPO buyurtmasi bekor qilinganda Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini ushbu buyurtmani toʻliq qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari summasiga (Savdo tizimining vositachilik haqini toʻlash uchun kerak boʻlgan mablagʻni qoʻshgan holda) oshiradi.
V. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosi
34. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun dilerlar mos ravishda buyurtmaning yoʻnalishidan kelib chiqib oʻz pul mablagʻlari va DQQni Savdo tizimiga REPO bitimini tuzish uchun yetarli miqdorda oldindan zaxiralashlari shart.
35. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimlarining birinchi qismi ijrosi belgilangan kuni dilerlar bitimning raqami va sanasini, shuningdek bitim tuzilayotgan kunda belgilangan ushbu bitimning barcha majburiy va qoʻshimcha shartlari koʻrsatilgan buyurtma-topshiriqni Savdo tizimiga kiritadilar.
36. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun quyidagi moslik va yetarlilik shartlari bajarilishi shart:
a) buyurtma-topshiriq shartlarining tuzilgan REPO bitimi shartlariga mosligi;
b) dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun pul mablagʻlarining yetarliligi;
v) dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun DQQning yetarliligi.
Bunda Savdo tizimi:
moslik hamda yetarlilik shartlari bajarilmagan dilerning buyurtma-topshirigʻini rad etadi;
dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchining buyurtma-topshiriqlarida mos ravishda moslik hamda yetarlilik shartlari bajarilgan boʻlsa, ushbu buyurtma-topshiriqlarni roʻyxatga oladi hamda:
dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini REPO summasiga kamaytiradi;
dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun zarur boʻlgan DQQ miqdoriga kamaytiradi.
dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasini taʼminotga kiritilgan DQQning miqdoriga oshiradi;
dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini REPO summasiga oshiradi.
Ushbu bandda koʻrsatilgan operatsiyalarning toʻliq amalga oshirilishi hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganligini bildiradi.
38. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganligi toʻgʻrisida OʻzRVB REPO bitimi tomonlariga birja guvohnomasini taqdim etadi.
OʻzRVBning birja guvohnomasi REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
39. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun roʻyxatdan oʻtgan buyurtma-topshirigʻining bekor qilinishi unga mos muqobil buyurtma-topshiriq Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgunga qadar amalga oshirilishi mumkin.
40. Dastlabki sotuvchining buyurtma-topshirigʻi bekor qilinganda, Savdo tizimi bekor qilingan buyurma-topshiriqqa muvofiq dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun kiritilgan DQQlar miqdoriga oshiradi.
41. Dastlabki sotib oluvchining REPO buyurtma-topshirigʻi bekor qilinganda Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini ushbu buyurtmani toʻliq qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari summasiga (Savdo tizimining vositachilik haqini inobatga olgan holda) oshiradi.
42. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagani uchun REPO bitimining birinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagunga qadar Savdo tizimiga buyurtma-topshirigʻini kiritmagan tomon javobgar hisoblanadi.
Agar REPO bitimining birinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagunga qadar ushbu bitim boʻyicha ikkala tomon ham buyurtma-topshirigʻini Savdo tizimiga kiritmagan boʻlsa, hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagani uchun ikkala tomon ham javobgar hisoblanadi.
Savdo tizimida yuzaga kelgan texnik nosozliklar va boshqa sabablarga koʻra OʻzRVBning aybi bilan buyurtma-topshiriqlarning roʻyxatga olinmaslik holatlari bundan mustasno.
43. Savdo tizimi har bir savdo kunining natijalariga koʻra dilerlarga, ular tomonidan ushbu savdo kuni REPO bitimlarining ijro etilmagan birinchi qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlaydi va taqdim etadi.
44. REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagani uchun javobgar deb topilgan tomonlarga nisbatan jarimalar qoʻllanilishi mumkin.
45. Savdo tizimida roʻyxatga olingan, lekin bajarilmagan REPO bitimlari boʻyicha buyurtma-topshiriqlar savdolar yakunida avtomatik tarzda bekor qilinadi. Bunda Savdo tizimi mazkur Nizom shartlariga muvofiq dilerlarning pozitsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
46. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi qisman bajarilishiga yoki REPO bitimining birinchi qismini uning shartlarida belgilangan sanadan boshqa sanada bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
VI. REPO bitimining shartlariga oʻzgartirishlar kiritish
47. Amaldagi REPO bitimi shartlariga oʻzgartirish kiritish dastlabki sotib oluvchi tomonidan REPO bitimi taʼminotiga kiruvchi qimmatli qogʻozlardan kupon (foiz) daromadi olinganda yoki tomonlarning kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
48. Dastlabki sotib oluvchi REPO bitimi taʼminotiga kiruvchi qimmatli qogʻozlar boʻyicha kupon (foiz) daromadi olganda Savdo tizimi ushbu REPO bitimi boʻyicha REPO summasini, qaytarish summasini, majburiyatlar summasini va qayta sotib olish qiymatini avtomatik ravishda qayta hisoblaydi hamda REPO bitimi shartlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatga oladi.
50. Amaldagi REPO bitimi shartlariga oʻzgartirish kiritish bitimni tuzgan dilerlar tomonidan Savdo tizimiga REPO bitimi shartlariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha buyurtma-topshiriqlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
51. Amaldagi REPO bitimining shartlarini ushbu REPO bitimini tuzgan dilerlarning oʻzgartirish boʻyicha shartlari bir-biriga muvofiq buyurtma-topshiriqlari Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgan vaqtdan boshlab REPO bitimi oʻzgartirilgan hisoblanadi.
52. Amaldagi REPO bitimi shartlarini oʻzgartirish boʻyicha buyurtma-topshiriqlar, mazkur Nizomning 49-bandida belgilangan cheklashlarni inobatga olgan holda, REPO bitimining tuzilgan sanasi va raqami, REPO bitimining amaldagi va kiritilayotgan shartlarini oʻz ichiga olishi lozim.
53. REPO bitimi shartlarini oʻzgartirish boʻyicha Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgan buyurtma-topshiriq diler tomonidan muqobil buyurtma-topshiriq Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgunga qadar bekor qilinishi mumkin.
54. Savdo tizimi REPO bitimiga oʻzgartirishlarni roʻyxatga olganda:
REPO bitimining tomonlariga ushbu bitimga kiritilgan oʻzgartirishlar roʻyxatga olinganligi va REPO bitimiga oʻzgartirishlar kiritilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma joʻnatadi;
REPO bitimi shartlariga oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar REPO bitimining ijrosi bilan bogʻliq xabarnomalar joʻnatilgan boʻlsa, ushbu xabarnomalarni bekor qiladi;
REPO bitimi shartlariga oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar Savdo tizimi tomonidan roʻyxatga olingan, lekin ijro etilmagan REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosiga doir buyurtma-topshiriqlarni bekor qiladi;
REPO bitimi shartlariga kiritilgan oʻzgartirishlardan kelib chiqib, joriy kun davomida REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosiga zaruriyat mavjudligini tekshiradi hamda ushbu tekshiruv natijasiga koʻra, zaruriyat tugʻilganda REPO bitimi boʻyicha tomonlarga, mazkur Nizomning VII-boʻlimi talablariga javob beruvchi xabarnomani yuboradi.
VII. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi
55. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi boʻyicha REPO bitimi tomonlarining majburiyati tomonlarning REPO bitimining birinchi qismi boʻyicha majburiyatlari toʻliq bajarilgandan soʻng yuzaga keladi.
56. Savdo tizimi amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi amalga oshiriladigan sanadan bir kun oldin ushbu bitim tomonlariga amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilishi toʻgʻrisida xabarnoma joʻnatadi.
57. Savdo tizimi kunlik REPO bitimining birinchi qismi ijro etilishida REPO bitimi tomonlari nomidan ishtirok etayotgan dilerlarga REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilishi toʻgʻrisida xabarnoma joʻnatadi.
58. Amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi toʻgʻrisidagi xabarnoma quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Savdo tizimi tomonidan beriladigan xabarnomaning roʻyxat raqami;
REPO bitimining raqami;
REPO bitimi tuzilgan sana;
REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish sanasi;
REPO bitimini tuzgan dilerlarning nomi va taʼminotdagi DQQning muomalasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatga muvofiq kodi;
taʼminot tarkibidagi DQQning donada ifodalangan miqdori;
Dilerlarning pul va “depo” pozitsiyasi.
Xabarnomaning standart shakli OʻzRVBning hujjatlari bilan belgilanadi.
Amaldagi REPO bitimining ikkinchi qismi dilerlar tomonidan xabarnomadagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan buyurtma-topshiriqlarni Savdo tizimiga kiritish yoʻli bilan ijro etiladi.
60. Kunlik REPO bitimining ikkinchi qismi ushbu REPO bitimining birinchi qismi ijro etilgan savdo kuni tugagunga qadar amalga oshiriladi.
61. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi nosavdo kuniga toʻgʻri kelsa, REPO bitimining ikkinchi qismi belgilangan sanadan keyingi birinchi savdo kunida amalga oshiriladi. Bunda qaytarish summasi REPO bitimi shartlarida belgilangan uning ikkinchi qismi amalga oshiriladigan sanadan kelib chiqib hisoblanadi.
62. Savdo tizimi dastlabki sotuvchining REPO bitimining ikkinchi qismini ijrosi boʻyicha buyurtma-topshirigʻini olganda, buyurtma-topshiriq shartlarini REPO bitimi shartlariga mosligini hamda dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq ijrosi uchun yetarli darajada mablagʻ borligini tekshiradi.
Tekshirish natijalariga koʻra, buyurtma-topshiriq shartlari REPO bitimi shartlariga mos, shuningdek dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq ijrosi uchun yetarli darajada mablagʻ boʻlgan holda, ushbu buyurtma-topshiriqni roʻyxatga oladi va dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini qaytarish summasiga kamaytiradi.
63. Savdo tizimi dastlabki sotib oluvchining REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi boʻyicha buyurtma-topshirigʻini olganda, buyurtma-topshiriq shartlarini REPO bitimi shartlariga mosligini hamda dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismini toʻliq ijrosi uchun yetarli miqdorda DQQ borligini tekshiradi.
Tekshirish natijalariga koʻra, buyurtma-topshiriq shartlarini REPO bitimi shartlariga mos, shuningdek dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismini toʻliq ijrosi uchun yetarli miqdorda DQQ mavjud boʻlgan holda, ushbu buyurtma-topshiriqni roʻyxatga oladi va dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimi boʻyicha taʼminot tarkibidagi DQQ miqdoriga kamaytiradi.
64. Savdo tizimi REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish uchun, dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini qaytarish summasiga, dastlabki sotuvchi “depo” pozitsiyasini REPO bitimi ikkinchi qismining toʻliq ijrosi uchun zarur boʻlgan DQQ miqdoriga oshiradi. Ushbu holatda REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilgan hisoblanadi.
65. REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi boʻyicha Savdo tizimi tomonidan roʻyxatga olingan buyurtma-topshiriq uni kiritgan diler tomonidan ushbu REPO bitimi boʻyicha ikkala buyurtma-topshiriq roʻyxatga olingunga qadar bekor qilinishi mumkin.
66. REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilmaganda, REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagan vaqtgacha buyurtma-topshirigʻini Savdo tizimiga kiritmagan tomon oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgar hisoblanadi.
Agar REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan sanada savdolar tugagan vaqtgacha bitimdagi ikkala tomon ham buyurtma-topshiriqlarini Savdo tizimiga kiritmagan boʻlsa, u holda REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun ikkala tomon ham javobgar hisoblanadi.
Savdo tizimida yuzaga kelgan texnik nosozliklar va boshqa sabablarga koʻra OʻzRVBning aybi bilan buyurtma-topshiriqlarning roʻyxatga olinmaslik hollari bundan mustasno.
67. Taʼminoti blokirovka qilinmagan REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgar tomonga jarimalar qoʻllaniladi.
68. REPO bitimining ikkinchi qismi bajarilmagan holda, Savdo tizimi tomonidan roʻyxatga olingan REPO bitimi tomonlarining buyurtma-topshiriqlari savdo tugash vaqtida bekor qilinadi. Bunda Savdo tizimi REPO bitimi tomonlarining pul va “depo” pozitsiyalariga bekor qilingan buyurtma-topshiriqlarga muvofiq tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
69. REPO bitimining ikkinchi qismini qisman bajarilishiga, shuningdek REPO bitimi shartida belgilangan sanadan boshqa sanada REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, mazkur Nizomda keltirilgan holatlar bundan mustasno.
VIII. Taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimlarida REPO bitimining ikkinchi qismini majburiy tartibda ijro etilishi
70. Taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimining ikkinchi qismi ushbu bitim shartlarida belgilangan sanada ijro etilmasa, Savdo tizimi REPO bitimi boʻyicha taʼminotdagi DQQlarni dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun sotadi.
71. Taʼminotning sotilishi tegishli REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etish sanasidan keyingi savdo kunidan boshlab Savdo tizimi tomonidan oʻtkaziladigan kunlik auksionlar shaklida amalga oshiriladi.
DQQning auksiondagi sotilish narxi Dastlabki sotuvchi tomonidan belgilanadi.
72. OʻzRVB DQQ bozori dilerlariga auksionni oʻtkazish, auksionda sotiladigan DQQning tarkibi, sotishdan kutilayotgan tushum hajmi va auksionda sotishning minimal narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni auksion oʻtkaziladigan sanadan avvalgi savdo kuni maʼlum qiladi.
73. Auksion natijalari boʻyicha qayta hisoblangan REPO bitimining qaytarish summasi nolga teng boʻlmay, taʼminot esa toʻla hajmda sotilmay qolgan taqdirda navbatdagi auksion oʻtkazilishi eʼlon qilinadi.
75. Dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi majburiyati soʻndirilganidan soʻng taʼminot tarkibidagi sotilmay qolgan DQQ va taʼminot tarkibidagi DQQni sotishdan tushgan tushumning qoldigʻi dastlabki sotuvchiga qaytariladi.
76. Savdo tizimi REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblar yakunlangandan soʻng REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblar yakuniga yetganligi toʻgʻrisida dilerlarga xabarnoma joʻnatadi.
77. Savdo tizimining REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblar yakuniga yetganligi toʻgʻrisidagi xabarnomasi tomonlarning REPO bitimi boʻyicha oʻz majburiyatlarini ijro etganliklari dalili hisoblanadi.
78. Taʼminotni sotish davrida taʼminot tarkibidagi qimmatli qogʻozlar soʻndirilgan boʻlsa, va/yoki ular boʻyicha kupon toʻlovi boʻlgan boʻlsa, REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblarni yakunlash maqsadida, soʻndirish va/yoki kupon toʻlovidan tushgan mablagʻlar taʼminotni sotishdan tushgan tushum sifatida qabul qilinadi.
79. Taʼminotni toʻliq hajmda sotishdan tushgan pul mablagʻlari REPO bitimi boʻyicha hisob-kitoblarni yakunlash uchun yetarli boʻlmasa, Savdo tizimi REPO bitimining tomonlari hisoblangan dilerlarga dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi bajarilmagan majburiyati toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
80. Savdo tizimining bajarilmagan majburiyati miqdori toʻgʻrisidagi xabarnomasi dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchi oldidagi majburiyatining ijrosi toʻgʻrisidagi, shuningdek REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchiga boʻlgan talablarini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Qoldiq majburiyatlar ijro etilmagunga qadar REPO bitimi ijro etilmagan hisoblanadi.
81. Markaziy bank tijorat banklari bilan (keyingi oʻrinlarda banklar deb yuritiladi) ularning likvidligini tartibga solish maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimlarini amalga oshiradi.
82. Markaziy bank tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimlari mazkur Nizomga hamda bank bilan tuziladigan toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimi boʻyicha Kelishuvga (keyingi oʻrinlarda Kelishuv deb yuritiladi) muvofiq amalga oshiriladi.
Kelishuvni tuzish uchun bank Markaziy bankka kelishuv tuzish toʻgʻrisida ariza va bank boshqaruvi raisi yoki tegishli vakolat berilgan bank boshqaruvi raisining oʻrinbosari tomonidan imzolangan Kelishuvning ikki nusxasini taqdim etadi.
85. Buyurtma berish vaqtida quyidagi talablarga javob beradigan bank Markaziy bank bilan toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimini amalga oshirish huquqiga ega:
REPO buyurtmasi mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan REPO bitimining barcha majburiy shartlarini oʻz ichiga olishi lozim.
(87-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 27-dekabrdagi 30/1-sonli (roʻyxat raqami 1829-1, 16.01.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 18-modda)
Banklar soat 11:30 dan keyin Savdo tizimida roʻyxatdan oʻtgan buyurtmasini qaytarib olishi mumkin emas.
88. Bank buyurtmada, REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish sanasi Kelishuvning amal qilish muddatidan oʻtib ketmaydigan REPO muddatini koʻrsatishi lozim.
89. Savdo tizimi yigʻilgan buyurtmalar asosida buyurtmalarning jamlanma reyestrini shakllantiradi. Jamlanma reyestr Savdo tizimi vakili tomonidan imzolanadi va Markaziy bank vakili orqali buyurtmalarni qabul qilish yakunlanganligi haqidagi xabarnoma bilan soat 13:00 gacha Markaziy bankka taqdim etiladi.
Jamlanma reyestrning standart shakli Markaziy bank bilan kelishilgan holda OʻzRVB tomonidan oʻrnatiladi.
90. Markaziy bank soat 15:30 gacha toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimining belgilangan limiti doirasida bitimning minimal stavkasini belgilaydi va OʻzRVBga belgilangan minimal stavkaga teng va undan yuqori stavkalar koʻrsatilgan buyurtmalarni qondirilishi uchun topshiriq beradi.
Bunda, berilgan vaqtidan qatʼi nazar, REPO stavkasi pastroq boʻlgan buyurtmaga nisbatan REPO stavkasi yuqoriroq buyurtma oldin qondiriladi.
REPO bitimi boʻyicha REPO stavkasi bir xil boʻlgan buyurtmalar hajmi toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimi boʻyicha oʻrnatilgan limitdan yuqori boʻlsa, buyurtmalar ushbu limit doirasida, berilgan vaqtiga muvofiq, navbatma-navbat tartibida qondiriladi.
91. Savdo tizimi soat 16:00 gacha Markaziy bank tomonidan qondirilmagan buyurtmalarni bekor qiladi hamda barcha ishtirokchi banklarga toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimi boʻyicha savdo natijalarini maʼlum qiladi.
92. Toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimi boʻyicha buyurtmasi qondirilgan banklar Savdo tizimi vakilidan bitim natijalari boʻyicha hisob-kitob hujjatlarini soat 17:00 gacha oladi. Markaziy bank vakili Savdo tizimi vakilidan toʻliq yoki qisman qondirilgan buyurtmalarni ikki nusxada oladi.
93. Bank va Markaziy bank REPO bitimining birinchi qismi tuzilgan vaqtdan boshlab, oʻz zimmalariga REPO bitimining ikkinchi qismini ijro etish majburiyatlarini oladi.
94. REPO bitimi oʻtkazilgan savdo kunidan keyin keladigan birinchi ish kuni bank vakillari tegishli ishonchnomalarni koʻrsatganlaridan soʻng, Markaziy bankning masʼul xodimi tomonidan imzolangan, savdolarda toʻliq yoki qisman qondirilgan buyurtmalarning bir nusxasini oladi.
95. Bank REPO bitimining ikkinchi qismini muddatidan avval ijro etish huquqiga ega. Ushbu holda bank Markaziy bankka buyurtma beradi.
96. Bitimning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlar bank tomonidan bajarilmagan yoki notoʻgʻri bajarilgan holda, Markaziy bank bitimning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish huquqiga ega. Bunda DQQ Markaziy bank tasarrufida, pul mablagʻlari esa bankda qoladi. Bunday hollarda Markaziy bank zarar qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
97. Markaziy bank, bitimning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni bank tomonidan bajarilmagan yoki notoʻgʻri bajarilganidan soʻng, bitimning birinchi qismi boʻyicha sotib olingan DQQni ikkilamchi bozorda sotishi mumkin.
X. Yakuniy qoidalar
98. REPO bitimi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan dilerga nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllaniladi. Jarima sanksiyalari qoʻllanilishi dilerlarning oʻz majburiyatlarini bajarish boʻyicha javobgarligini bekor qilmaydi.
99. Dilerlar REPO bitimining ikkinchi qismi ijro muddati uning Markaziy bank bilan dilerlik funksiyasini bajarish boʻyicha tuzgan shartnomasi amal qilish muddatidan oʻtadigan REPO bitimlarini tuza olmaydi.
100. Dilerlar amaldagi REPO bitimining shartlariga REPO bitimining ikkinchi qismi ijro muddati uning Markaziy bank bilan dilerlik funksiyasini bajarish boʻyicha tuzgan shartnomasining amal qilish muddatidan oʻtadigan holda oʻzgartirishlarni kiritishi mumkin emas.
101. Markaziy bank bilan dilerlik funksiyalarini bajarish boʻyicha shartnoma bekor qilinganda:
ushbu toʻgʻrisida Savdo tizimi Markaziy bankdan tegishli xabarnoma olgan kundan keyin oʻtkaziladigan birinchi savdo kuni amaldagi REPO bitimlarining ikkinchi qismi bajarilishi shart hisoblanadi.
Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimlari, agar ushbu REPO bitimining birinchi qismi ijro etilmagan boʻlsa, bekor qilinadi.
102. REPO bitimini tuzish va ijro etish hamda REPO bitimi boʻyicha qoldiq majburiyatlarni tartibga solish bilan bogʻliq nizolar belgilangan tartibda hal qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 9-bobi.
103. Markaziy bank dilerlarga va Savdo tizimiga REPO bitimini tuzish va ijro etish bilan bogʻliq qoʻshimcha kiritilgan shartlar va cheklashlarni, ularning amal qilinishidan 7 kun avval joʻnatadi.
104. Markaziy bank qonun hujjatlariga muvofiq Markaziy bank REPO bitimi qatnashchilari roʻyxatiga cheklashlar kiritishi hamda ayrim dilerlarni REPO bitimi tuzishda ishtirok etishini toʻxtatib qoʻyishi mumkin.
105. Tuzilgan REPO bitimlarining birinchi va ikkinchi qismi ijro natijasida pul mablagʻlari va DQQga oid vujudga kelgan dilerlarning majburiyatlari DQQni oldi-sotdi operatsiyalari boʻyicha savdo ishtirokchilarining yakuniy netto-majburiyatlari hisob-kitobiga kiritiladi.
106. REPO bitimi tomonlarining kelishuviga muvofiq taʼminotga kiritilgan DQQning bozor narxi oʻzgarishi munosabati bilan REPO bitimining tomonlari DQQ bilan yoki pul shaklida oldindan toʻlovni amalga oshirishi mumkin.
107. Savdo tizimi tomonidan dilerlarga REPO bitimi tuzilganligi, ijro etilganligi, REPO bitimi shartlariga oʻzgartirishlar kiritilganligi, REPO bitimi boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar tugatilganligi, taʼminoti blokirovka qilingan REPO bitimlari boʻyicha qoldiq majburiyatlarning bajarilishi (bajarilmasligi) toʻgʻrisida beriladigan tegishli hisobot hujjatlari ularning bajarilganligining tasdigʻi hisoblanadi.