1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA OChILADIGAN BANK HISOBVARAQLARI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 31-mayda 1080-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida” (roʻyxat raqami 1948, 27.04.2009-y.) qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 va 51-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2001-yil 6-oktabrdagi 25/4-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga (2001-yil 10-noyabr, roʻyxat raqami 1080) ilovaga* muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.