1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yig‘imlar;
3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari;
3.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (“ODAM SAVDOSIGA QARShI KURAShISh TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2008 YIL 17 APRELDAGI O‘RQ-154-SON QONUNI)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 17-apreldagi O‘RQ-154-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 2-iyun,
117-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-iyundagi 117-son qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi PQ-2095-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi nizom ikkinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Maktabgacha ta’lim, umumta’lim, davolash muassasalari, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, uy-joy xo‘jaligi organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha komissiyalar, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatuvchi va ularni himoya qiluvchi ixtisoslashtirilgan muassasalar va boshqa muassasalar, shuningdek fuqarolar vasiylik va homiylik organlariga:
ota-onasi yoki farzandlikka oluvchilari bo‘lmagan bolalar to‘g‘risida;
ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bolalar to‘g‘risida;
ota-onasining tarbiyasida bo‘lishi bolalar manfaatlariga zid bo‘lganda, shuningdek ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun bevosita tahdid mavjud bo‘lgan bolalar to‘g‘risida;
ota-onasi 6 oydan ortiq yo‘q bo‘lgan bolalar to‘g‘risida, agar bu bolalarning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa;
ota-onasining kasalligi sababli ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risida;
ota-onasi ularni tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridan va boshqa shunga o‘xshash muassasalardan olishdan bosh tortgan bolalar to‘g‘risida;
odam savdosidan jabrlangan bolalar to‘g‘risida;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan shaxslar to‘g‘risida;
sog‘lig‘i tufayli homiy tayinlanishiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar berishga majburdirlar”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 22-23-son, 204-modda)