toggle_night_mode
Hujjat 06.01.2011 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
SUGʻURTALOVCHILAR VA QAYTA SUGʻURTALOVCHILARNING TOʻLOV QOBILIYATI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 12-mayda 1806-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 158-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat qarorlari toʻplami, 1992-yil, 12-son, 37-modda) muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ilova qilinayotgan Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2006-yil 8-fevraldagi 10-sonli “Sugʻurtalovchilarning alohida sugʻurta tavakkalchiliklari boʻyicha majburiyatlari, jami majburiyatlarning yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp hajmi va toʻlov qobiliyati meʼyorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (2006-yil 22-aprel, roʻyxat raqami 1565 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 17-son, 144-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-aprel,
41-son
Moliya vazirining 2008-yil 22-apreldagi 41-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi
Mazkur Nizom “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15 son, 158-modda) muvofiq, sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) toʻlov qobiliyati normativlarini va ularni aniqlash tartibini, sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) aktivlarini joylashtirishga oid, shuningdek, qayta sugʻurta qilish operatsiyalariga oid talablarni belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy shartlar
1. Mazkur Nizom davlat ijtimoiy sugʻurta tashkilotlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
2. Mazkur Nizom maqsadlarida qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar:
sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) aktivlari — sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) nazoratida boʻlgan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyati natijasida olingan iqtisodiy resurslar;
Davsugʻurtanazorat — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi;
Keyingi tahrirga qarang.
qayta sugʻurta qilish shartnomasi — shartnoma boʻlib, unga muvofiq, qayta sugʻurtalovchi qayta sugʻurta qilish shartnomasida kelishilgan toʻlov (qayta sugʻurta mukofoti) evaziga qayta sugʻurta qilish shartnomasi shartlari asosida qayta sugʻurta qildiruvchining sugʻurta shartnomasi boʻyicha aniqlangan sugʻurta tovonini (sugʻurta summasini) toʻlash majburiyati bilan bogʻliq xarajatlarini toʻliq yoki qisman qayta sugʻurta qildiruvchiga (yoki u tomonidan koʻrsatilgan boshqa shaxsga) qoplab berish majburiyatini oladi;
Keyingi tahrirga qarang.
hisoblangan sugʻurta mukofoti — pul mablagʻlari qachon olinganligidan qatʼi nazar, sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasi boʻyicha hisobot davrida hisoblangan sugʻurta mukofoti (qayta sugʻurta mukofoti);
Keyingi tahrirga qarang.
hisoblangan sugʻurta tovoni — pul mablagʻlari qachon toʻlanganligidan qatʼi nazar, sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasi boʻyicha hisobot davrida hisoblangan sugʻurta tovoni;
Keyingi tahrirga qarang.
qayta sugʻurta qilish — sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasi boʻyicha oʻz zimmasiga olgan sugʻurta tovonini yoki sugʻurta pulini toʻlash xavfi uning tomonidan toʻliq yoki qisman boshqa sugʻurtalovchida (sugʻurtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
qayta sugʻurta qildiruvchi — oʻziga qabul qilgan tavakkalchiliklarni qayta sugʻurtaga beruvchi sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi);
qayta sugʻurtalovchi — faqat qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yoxud sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs, oʻzi joylashgan davlat qonunchiligiga muvofiq, qayta sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega chet el sugʻurta tashkiloti;
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) toʻlov qobiliyati — sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) oʻz moliyaviy majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajara olish qobiliyati. Toʻlov qobiliyatining asosi boʻlib, shakllantirilgan ustav kapitali, yetarli sugʻurta zaxiralari, shuningdek qayta sugʻurta qilish tizimining mavjudligi hisoblanadi;
bogʻliq shaxslar — sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) bilan alohida munosabatlarga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslar, yaʼni:
sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) Kuzatuv kengashi yoki boshqa vakolatli organi tarkibidagi har qanday shaxs, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari;
sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) ustav kapitalida 20 foizdan ortiq ulushga ega har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs, yoki ushbu yuridik shaxsning har qanday rahbari yoki yirik aksiyadorlari (taʼsischilari), shuningdek ularning yaqin qarindoshlari;
sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) faoliyatini qonunchilikka muvofiq nazorat qiluvchi yuridik shaxslar va ularning boshqaruvchilari;
sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) ulushi ustav kapitalida 20 foizdan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, ushbu yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari va ularning yaqin qarindoshlari.
Yuqorida koʻrsatilgan shaxslardan biri bilan bogʻliq shaxs ularning har biri bilan bogʻliq shaxs boʻlib hisoblanadi;
oʻzida qoldirilgan ulush — sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan har bir alohida sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasi boʻyicha qabul qilingan, qayta sugʻurtaga oʻtkazish man etilgan sugʻurta majburiyatlari hajmi;
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻurta mukofotlari — soʻm yoki chet el valyutasida toʻlanadigan, hisoblash tartibi va miqdori sugʻurta shartnomasi bilan belgilanadigan, sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurtalovchiga toʻlanadigan badallar;
toʻlov qobiliyati marjasi — sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) aktivlari va u tomonidan qabul qilingan sugʻurta majburiyatlari oʻrtasidagi mutanosiblik;
hisobot davri — 1-yanvardan 31-dekabrgacha boʻlgan kalendar yil. Bunda mazkur Nizomga muvofiq hisob-kitoblar va maʼlumotlar tuziladigan hisobot davri deb, hisobot yilining 1-yanvaridan har bir choragining oxirgi kalendar kunigacha boʻlgan davr qabul qilinadi;
hisobot sanasi — mazkur Nizomga muvofiq hisob-kitoblar va maʼlumotlar tuziladigan hisobot davrining oxirgi kalendar kuni;
alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlar — sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan har bir alohida sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasi boʻyicha qabul qilingan va hisobot sanasida amalda boʻlgan sugʻurta majburiyatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) majburiyatlari jamining miqdori — sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan beshta eng yirik alohida tavakkalchiliklar (sugʻurta shartnomalari) boʻyicha qabul qilingan va hisobot sanasida amalda boʻlgan sugʻurta majburiyatlarining hajmi;
oʻz mablagʻlari manbalarining summasi — hisobot davri oxiriga, sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) balansi passiv qismining birinchi boʻlimi boʻyicha jami;
sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) rahbari — qonunchilik va sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) taʼsis hujjatlariga muvofiq tayinlanishi yoki saylanishi natijasida, tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) yagona ijro etuvchi organi boʻlib hisoblanadigan yoki sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) kollegial ijro etuvchi organi ustidan boshqaradigan jismoniy shaxs.
3. Toʻlov qobiliyati normativlari quyidagilardan iborat:
toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi;
alohida tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) majburiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori;
sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) majburiyatlari jamining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori.
4. Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) toʻlov qobiliyati koʻrsatkichini aniqlash uchun oxirgi hisobot sanasiga sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) buxgalteriya hisobi va hisoboti maʼlumotlari, shuningdek, hisob-kitoblar yoʻli bilan aniqlanadigan maʼlumotlardan foydalaniladi.
5. Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) toʻlov qobiliyatining koʻrsatkichi boʻlib, ular tomonidan mazkur Nizom bilan belgilangan toʻlov qobiliyati normativlariga, sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) aktivlarini joylashtirishga oid, shuningdek, qayta sugʻurta qilish operatsiyalariga oid talablarga rioya qilinishi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi
6. Toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi 1 dan kam boʻlmasligi shart.
7. Toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi toʻlov qobiliyati marjasining haqiqiy miqdorini toʻlov qobiliyati marjasining normativ miqdoriga boʻlgan nisbatiga teng boʻlib, quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
TQMEN = TQMHM ‎‏, bu yerda:
____________________
TQMNM
TQMEN — toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi;
TQMHM — toʻlov qobiliyati marjasining haqiqiy miqdori;
TQMNM — toʻlov qobiliyati marjasining normativ miqdori.
8. Umumiy sugʻurta sohasida yoki faqat qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshiradigan sugʻurtalovchilar uchun toʻlov qobiliyati marjasining normativ miqdori boʻlib, quyidagi uchta miqdorning eng kattasi hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdori;
Keyingi tahrirga qarang.
“mukofotlar usuli” boʻyicha hisoblangan miqdor;
“toʻlovlar usuli” boʻyicha hisoblangan miqdor.
9. “Mukofotlar usuli” boʻyicha miqdor umumiy sugʻurta sohasi uchun tuzatuvchi koeffitsiyentni oʻtgan oʻn ikki oy mobaynida barcha sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta mukofotlari summasidan ushbu davr mobaynida tuzilgan sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalarining bekor qilinishi (shartlari oʻzgarishi) munosabati bilan sugʻurta qildiruvchilarga (qayta sugʻurta qildiruvchilarga) qaytarilgan sugʻurta mukofotlarini chegirib qolib aniqlangan miqdorning 20 foiziga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblanadi. Bunda 11 va 13 klasslarga oid sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta mukofotlari 50 foizga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) birinchi marotaba belgilangan tartibda sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan vaqtdan soʻng hisobot sanasigacha oʻn ikki oydan kam vaqt oʻtgan boʻlsa, hisob-kitobni amalga oshirishda litsenziya olingan vaqtdan hisobot sanasigacha boʻlgan davrni hisob davri sifatida qoʻllaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
10. “Toʻlovlar usuli” boʻyicha miqdor, umumiy sugʻurta sohasi uchun tuzatuvchi koeffitsiyentni quyidagi koʻrsatkichlar summasining 10 foizini tashkil etuvchi miqdorga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblanadi:
oʻtgan oʻttiz olti oy mobaynida sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonlari summasi. Bunda 11 va 13 klasslarga oid sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovonlari 50 foizga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
hisobot sanasiga xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi. Bunda 11 va 13 klasslarga oid sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari boʻyicha xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi 50 foizga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) birinchi marotaba belgilangan tartibda sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan vaqtdan soʻng hisobot sanasigacha oʻttiz olti oydan kam vaqt oʻtgan boʻlsa, hisob-kitobni amalga oshirishda litsenziya olingan vaqtdan hisobot sanasigacha boʻlgan davrni hisob davri sifatida qoʻllaydi.
11. Umumiy sugʻurta sohasi uchun tuzatuvchi koeffitsiyent oʻtgan oʻttiz olti oy mobaynida hisoblangan sugʻurta tovonlaridan qayta sugʻurtalovchilarning ulushlarini chegirib qolingan summani oʻtgan oʻttiz olti oy mobaynida hisoblangan sugʻurta tovonlari summasiga nisbati sifatida hisoblanadi. Umumiy sugʻurta sohasi uchun tuzatuvchi koeffitsiyent 0,5 dan kam boʻlishi mumkin emas. Agar hisob-kitob natijasida aniqlangan kattalik 0,5 dan kam boʻlsa, hisob-kitobni amalga oshirishda umumiy sugʻurta sohasi uchun tuzatuvchi koeffitsiyent sifatida 0,5 qabul qilinadi.
Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) birinchi marotaba belgilangan tartibda sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan vaqtdan soʻng hisobot sanasigacha oʻttiz olti oydan kam vaqt oʻtgan boʻlsa, hisob-kitobni amalga oshirishda umumiy sugʻurta sohasi uchun tuzatuvchi koeffitsiyent sifatida 1,0 qabul qiladi.
12. Hayotni sugʻurta qilish sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshiradigan sugʻurtalovchilar uchun toʻlov qobiliyati marjasining normativ miqdori boʻlib, quyidagi miqdorlarning eng kattasi hisoblanadi:
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdori;
Keyingi tahrirga qarang.
quyidagi ikki miqdorning yigʻindisi:
a) mukofotlar zaxirasining 5 foizini hayotni sugʻurta qilish sohasi uchun tuzatuvchi koeffitsiyentga koʻpaytmasi;
b) umumiy sugʻurta sohasining 1 va 2 klasslari uchun tuzatuvchi koeffitsiyentni (mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq hisoblangan) quyidagi miqdorlarning eng kattasiga koʻpaytmasi:
oʻtgan oʻn ikki oy mobaynida umumiy sugʻurta sohasining 1 va 2 klasslariga oid sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta mukofotlari summasidan ushbu davr mobaynida tuzilgan sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalarining bekor qilinishi (shartlari oʻzgarishi) munosabati bilan sugʻurta qildiruvchilarga (qayta sugʻurta qildiruvchilarga) qaytarilgan sugʻurta mukofotlarini chegirib qolib aniqlangan miqdorning 20 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻtgan oʻttiz olti oy mobaynida umumiy sugʻurta sohasining 1 va 2 klasslariga oid sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonlari va hisobot sanasiga umumiy sugʻurta sohasining 1 va 2 klasslarga oid xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi yigʻindisining 10 foizi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) birinchi marotaba belgilangan tartibda sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan vaqtdan soʻng hisobot sanasigacha mos ravishda oʻn ikki yoki oʻttiz olti oydan kam vaqt oʻtgan boʻlsa, hisob-kitoblarni amalga oshirishda litsenziya olingan vaqtdan hisobot sanasigacha boʻlgan davrni hisob davri sifatida qoʻllaydi.
Ushbu bandning “b” kichik bandi, agar hayotni sugʻurta qilish sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshiradigan sugʻurtalovchi umumiy sugʻurta sohasining 1 va 2 klasslari boʻyicha ham sugʻurta faoliyatini amalga oshiradigan boʻlsa, qoʻllaniladi.
13. Hayotni sugʻurta qilish sohasi uchun tuzatuvchi koeffitsiyent qayta sugʻurtalovchilarning mukofotlar zaxirasidagi ulushi chegirib qolingan mukofotlar zaxirasining mukofotlar zaxirasiga nisbati sifatida hisoblanadi. Hayot sugʻurtasi sohasi uchun tuzatuvchi koeffitsiyent 0,85 dan kam boʻlishi mumkin emas. Agar hisob-kitob natijasida aniqlangan kattalik 0,85 dan kam boʻlsa, hisob-kitobni amalga oshirishda hayotni sugʻurta qilish sohasi uchun tuzatuvchi koeffitsiyent 0,85 sifatida qabul qilinadi.
14. Toʻlov qobiliyati marjasining haqiqiy miqdori sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) oʻz mablagʻlari manbalarining summasidan quyidagi koʻrsatkichlar summasini chegirish orqali aniqlanadi:
nomoddiy aktivlar, sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) aktivlarining 10 foizidan oshmagan miqdordagi sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) asosiy faoliyati uchun xarid qilingan dasturiy taʼminot bundan mustasno (bu holatda dasturiy taʼminot boshlangʻich balans qiymati boʻyicha hisobga olinadi);
taʼsischilarning ustav kapitaliga ulushlar boʻyicha qarzi;
maqsadli tushumlar va kelgusi davr xarajatlari va toʻlovlari uchun zaxiralar;
taʼsischilar (aksiyadorlar) oʻrtasida taqsimlash uchun moʻljallangan taqsimlanmagan foydaning qismi;
taʼsischilarga, aksiyadorlarga va xodimlarga berilgan qarzlar, shuningdek ushbu qarzlar boʻyicha jamgʻarilgan foizlar;
Keyingi tahrirga qarang.
debitor-bogʻliq shaxslarning qarzlari;
sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasida belgilangan toʻlov sanasidan uch oydan koʻp muddat mobaynida sugʻurta qildiruvchilar (qayta sugʻurta qildiruvchilar) tomonidan toʻlanmagan sugʻurta (qayta sugʻurta) mukofotlari;
Keyingi tahrirga qarang.
berilgan kafolatlar;
soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha debitorlik qarzlar.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori va majburiyatlari jamining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori
15. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori sugʻurta zaxiralari va oʻz mablagʻlari manbalari summasining 20 foizidan oshmasligi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi), agarda olingan majburiyatlarning normativdan ortgan qismi mazkur Nizomga muvofiq qayta sugʻurtalangan boʻlsa, alohida tavakkalchiliklar boʻyicha mazkur bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan normativdan ortiq miqdorda majburiyatlarni olishga haqli.
Bosh polis boʻyicha sugʻurta amalga oshirilganda, sugʻurtalovchining alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlari miqdori bosh polisning amal qilish doirasiga kiruvchi har bir sugʻurta polisi boʻyicha hisoblanadi.
16. Umumiy sugʻurta sohasida yoki faqat qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshiradigan sugʻurtalovchilar uchun majburiyatlar jamining miqdori oʻz mablagʻlari manbalari summasining 200 foizidan oshmasligi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi), agarda olingan majburiyatlarning normativdan ortgan qismi mazkur Nizomga muvofiq qayta sugʻurtalangan boʻlsa, majburiyatlar jamining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori boʻyicha mazkur bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan normativdan ortiq miqdorda majburiyatlarni olishga haqli.
IV. Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) aktivlarini joylashtirishga oid talablar
Oldingi tahrirga qarang.
17. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) boshqa yuridik shaxslarning ustav kapitallariga joylashtirgan aktivlarining umumiy summasi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) oʻz mablagʻlari manbalari summasining 50 foizi miqdori bilan chegaralanadi, oldingi moliyaviy yil yakuni boʻyicha xalqaro auditning ijobiy xulosasini olgan tijorat banklarining ustav kapitallarida ishtirok etish bundan mustasno.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 24-dekabrdagi 109-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1806-1, 27.12.2010-y.) tahririda —OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 526-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
18. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) har qanday bitta yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etish ulushi ushbu yuridik shaxsning ustav kapitalining 30 foizidan oshmasligi shart (agar qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa), sugʻurta faoliyati, shuningdek sugʻurta faoliyatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan faoliyatni amalga oshiradigan shuʼba korxonalar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) aktivlari koʻchmas mulk obyektlariga joylashtirilganda, sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) aktivlarining 50 foizidan ortigʻini bitta yer uchastkasi yoki koʻchmas mulkning boshqa obyektiga yoxud bitta obyekt sifatida koʻrilishi mumkin boʻlgan yer uchastkalari va koʻchmas mulk obyektlari majmuiga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
20. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) aktivlarini bank omonatlariga (depozitlariga) joylashtirishda, bitta tijorat bankiga joylashtirilgan omonat sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) aktivlarining 40 foizidan oshmasligi shart.
21. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) aktivlarini kredit tashkilotlarida (tijorat banklaridan tashqari) omonatlarga (depozitlarga) joylashtirishda, omonatlarning (depozitlarning) umumiy summasi sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) aktivlarining 10 foizidan oshmasligi shart.
22. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) aktivlarini bitta yuridik shaxsning ustav kapitaliga joylashtirish yoki bitta yuridik shaxsda ishtirok etish boʻyicha boshqa huquqlari, agar qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) aktivlarining 30 foizidan oshmasligi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) aktivlarini quyidagi yoʻllar bilan joylashtirish taqiqlanadi:
intellektual mulkka qoʻyilmalar (dasturiy taʼminot, maʼlumotlar bazasi, adabiyot, firma nomlari va tovar belgilarini xarid qilish bundan mustasno);
mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollardan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan qarz shartnomasini tuzish (moliyaviy yordam berish).
24. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) oʻz taʼsischilari, aksiyadorlari va xodimlariga, shuningdek u bilan hayot sugʻurtasi shartnomasini tuzgan sugʻurta qildiruvchilarga ushbu shartnomalar bilan kafolatlangan qarzlar berishga haqli. Bunda berilgan qarzlarning umumiy summasi sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) ustav kapitalining 10 foizidan oshmasligi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) oʻz mablagʻlari manbalari summasining 30 foizidan oshgan hajmdagi qarzlarni (moliyaviy yordamni) faqat Davsugʻurtanazoratni xabardor etgandan soʻnggina, olishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) kassa va/yoki hisob (valyuta) va boshqa bank raqamlarida oʻtgan oʻn ikki oy mobaynida hisoblangan sugʻurta tovonlari summasining 3 foizidan kam boʻlmagan miqdorda pul mablagʻlariga ega boʻlishi shart.
27. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan bogʻliq shaxslarga imtiyozli shartlarni taqdim etish taqiqlanadi. Imtiyozli shartlarni taqdim etish quyidagilarni anglatadi:
mohiyati, maqsadi, oʻziga xos xususiyatlari va tavakkalchiligiga koʻra, sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) boshqa shaxslar bilan, agar ular bilan alohida munosabatlar boʻlmagan taqdirda, tuzmaydigan bitimni tuzishi;
sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) foydasiga boshqa mijozlardan talab qilinadigan summalardan kam boʻlgan foizlarni, badallarni undirish, investitsiyalarning taʼminoti sifatida garovga qabul qilish, shuningdek, boshqa toʻlovlarni qabul qilish;
yetarli asoslarsiz investitsiya mablagʻlarining qaytarilishini kechiktirish.
28. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) bogʻliq shaxslar bilan faoliyatining koʻrsatkichlari sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan bitta yoki barcha bogʻliq shaxslarda joylashtirilgan aktivlar summasining sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) ustav kapitaliga nisbati sifatida aniqlanadi:
SK = SA x 100% yoki SK = US x 100% ‎ , bu yerda:
_________________ _______________
UK UK‎
SK — sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) barcha bogʻliq shaxslar bilan faoliyatining koʻrsatkichlari;
SA — sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan bitta bogʻliq shaxsda joylashtirilgan aktivlar;
US — barcha bogʻliq shaxslarda joylashtirilgan aktivlarning umumiy summasi;
UK — ustav kapitali.
29. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan bitta bogʻliq shaxsda joylashtirilgan aktivlarning umumiy summasi, sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) ustav kapitalining 15 foizidan oshmasligi shart, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan barcha bogʻliq shaxslarda joylashtirilgan aktivlarning umumiy summasi sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) ustav kapitalining 100 foizidan oshmasligi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) aktivlarni bogʻliq shaxslarda faqat sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) Kuzatuv kengashi yoki boshqa vakolatli organi ruxsati bilan investitsiya qilinayotgan mablagʻlarning likvidligi, foydaliligi va qaytarilishini, shuningdek mazkur Nizom talablarini hisobga olgan holda tayyorlangan texnik-iqtisodiy asoslanish (biznes-reja) asosida joylashtirishga haqli.
30. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) aktivlarini sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) dastlabki ikki yillik faoliyati davomida bogʻliq shaxslarda joylashtirish taqiqlanadi.
31. Xususiy mulk yoki unga boʻlgan huquq garovga berilganda, kafolat berilganda yoxud balansda aks etmagan boshqa majburiyat qabul qilinganda, sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) 5 kundan kechikmagan muddatda Davsugʻurtanazoratni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Qayta sugʻurta qilish operatsiyalariga oid talablar
Keyingi tahrirga qarang.
32. Sugʻurtalovchilar tavakkalchiliklarni faqat ularda mavjud litsenziyada koʻrsatilgan klasslar boʻyicha qayta sugʻurta qilishga haqli.
33. Qayta sugʻurta qildiruvchi tavakkalchiliklarni faqat tasdiqlangan qayta sugʻurtalovchilarga qayta sugʻurtaga berishga haqli.
Tasdiqlangan qayta sugʻurtalovchilar boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
a) faqat qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega sugʻurtalovchi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega va ustav kapitalining shakllantirilgan qismi faqat qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshiradigan sugʻurtalovchi uchun sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdoridan kam boʻlmagan ustav kapitaliga ega sugʻurtalovchi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) hisobot yili boshiga quyidagi reytinglardan biriga ega chet el sugʻurta tashkiloti:
“Moodyʼs Investors Services” (AQSH) reyting agentligi tasnifi boʻyicha “Vaa3”dan past boʻlmagan;
“Standard & Poorʼs Corporation” (AQSH) reyting agentligi tasnifi boʻyicha “VV+”dan past boʻlmagan;
“Fitch, Inc” (Buyuk Birtaniya) agentligi tasnifi boʻyicha “VV–”dan past boʻlmagan;
“A.M. Best Company, Inc.” (AQSH) reyting agentligi tasnifi boʻyicha “V+”dan past boʻlmagan;
“Ekspert-RA” (Rossiya Federatsiyasi) reyting agentligi tasnifi boʻyicha “A++”dan past boʻlmagan.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Majburiyatlar chet el sugʻurta tashkilotlarida qayta sugʻurtalanganda, Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga qayta sugʻurtaga berilgan majburiyatlar hajmi sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) har bir alohida sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasi boʻyicha majburiyatlar hajmining 95 foizidan oshmasligi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Majburiyatlar chet el sugʻurta tashkilotlarida qayta sugʻurtalanganda, oʻzida qoldirilgan ulushning eng kam miqdori sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining)toʻlov qobiliyati marjasining haqiqiy miqdorining 5 foizidan ortiq yoki teng boʻlishi shart, eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish va chet elga chiquvchi shaxslarni sugʻurta qilish shartnomalari bundan mustasno.
Bunda oʻzida qoldirilgan ulushning eng kam miqdorini hisoblash uchun sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) oʻtgan chorakdagi toʻlov qobiliyati marjasining haqiqiy miqdori qoʻllaniladi.
VI. Toʻlov qobiliyati normativlari hisob-kitobini va sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) aktivlarini joylashtirishga oid, shuningdek, qayta sugʻurta qilish operatsiyalariga oid talablarga rioya qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish tartibi va muddatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) toʻlov qobiliyati normativlari hisob-kitobini va sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) aktivlarini joylashtirishga oid, shuningdek qayta sugʻurta qilish operatsiyalariga oid talablarga rioya qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorak, chorak oʻtgandan keyingi oyning 25 sanasigacha Davsugʻurtanazoratga taqdim etishadi. Bunda yil yakuni boʻyicha toʻlov qobiliyati normativlari hisob-kitobini va sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) aktivlarini joylashtirishga oid, shuningdek qayta sugʻurta qilish operatsiyalariga oid talablarga rioya qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar tomonidan esa — 25-martidan kechikmagan holda taqdim etiladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 24-dekabrdagi 109-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1806-1, 27.12.2010-y.) tahririda —OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 526-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
37. Umumiy sugʻurta sohasida yoki faqat qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshiradigan sugʻurtalovchining toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi hisob-kitobi mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq keltirilgan shakl boʻyicha taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Hayotni sugʻurta qilish sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshiradigan sugʻurtalovchining toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi hisob-kitobi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq keltirilgan shakl boʻyicha taqdim etiladi.
39. Alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarning yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori va majburiyatlar jamining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdoriga, hamda sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) aktivlarini joylashtirishga oid talablarga rioya qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq keltirilgan shakl boʻyicha taqdim etiladi, sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) har qanday bitta yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etish ulushi hisob-kitobi va sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan bitta bogʻliq shaxs yoki barcha bogʻliq shaxslarga joylashtirilgan aktivlar summasi hisob-kitobi bundan mustasno.
40. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) har qanday bitta yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etish ulushi hisob-kitobi mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq keltirilgan shakl boʻyicha taqdim etiladi.
41. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) bitta bogʻliq shaxs yoki barcha bogʻliq shaxslarda joylashtirilgan aktivlari summasi hisob-kitobi mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq keltirilgan shakl boʻyicha taqdim etiladi.
42. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) qayta sugʻurta qilish operatsiyalariga oid talablarga rioya qilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq keltirilgan shakl boʻyicha taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Toʻlov qobiliyati normativlariga va sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) aktivlarini joylashtirishga oid, shuningdek, qayta sugʻurta qilish operatsiyalariga oid talablarga rioya qilmaslik oqibatlari
Keyingi tahrirga qarang.
43. Hisobot davridagi (chorak, yarim yil, 9 oy, 1 yil) faoliyat yakunlari boʻyicha toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi 1 dan 0,5 gacha kamaygan taqdirda, sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) kamchilik aniqlangan sanadan boshlab oʻn kun ichida moliyaviy ahvolni sogʻlomlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqadi va Davsugʻurtanazoratga kelishish uchun taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Chora-tadbirlar majmuasi kamchilik aniqlangan sanadan boshlab olti oydan koʻp boʻlmagan muddat uchun ishlab chiqiladi va moliyaviy ahvolni barqarorlashtirish tadbirlarini, muddati va ushbu tadbirdan kutilayotgan natijalari koʻrsatilgan holda, oʻz ichiga olishi lozim. Chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish muddatining oxiriga rejalashtirilgan sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) toʻlov qobiliyati koʻrsatkichlari hisob-kitobi chora-tadbirlar majmuasiga ilova qilinadi.
Chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqishda, sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) moliyaviy ahvolini eng qisqa muddatlarda sogʻlomlashtirishga olib keluvchi chora-tadbirlar ustuvor, deb qaralishi lozim.
Chora-tadbirlar majmuasida ustav kapitali miqdorining oʻzgarishi, qayta sugʻurta qilish operatsiyalarining kengaytirilishi, tarif siyosatining oʻzgartirilishi, debitor va kreditor qarzlarning qisqartirilishi, aktivlar tuzilmasining oʻzgarishi, shuningdek toʻlov qobiliyatini saqlab turuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa usullarning qoʻllanilishi ham nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Zarur hollarda, Davsugʻurtanazorat sugʻurtalovchiga (qayta sugʻurtalovchiga) vujudga kelgan holatning sabablarini oʻrganish va sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqishga koʻmaklashish uchun oʻzining vakilini yuborish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) rahbari tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar majmuasi Davsugʻurtanazoratga ikki nusxada taqdim etiladi. Agar chora-tadbirlar majmuasida ustav kapitalini taʼsischilar (aksiyadorlar) mablagʻlari hisobidan oʻzgartirish nazarda tutilgan boʻlsa, chora-tadbirlar majmuasi taʼsischilar bilan kelishilgan boʻlishi kerak. Bunda chora-tadbirlar majmuasida taʼsischilar (aksiyadorlar) yigʻilishi bayonining raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Taqdim etilgan chora-tadbirlar majmuasi va hisobotlarning tahlili asosida Davsugʻurtanazorat sugʻurtalovchiga (qayta sugʻurtalovchiga) moliyaviy ahvolni yaxshilash boʻyicha maslahatlar beradi, shuningdek chora-tadbirlar majmuasida belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Hisobot davridagi (chorak, yarim yil, 9 oy, 1 yil) faoliyat yakunlari boʻyicha toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi 0,5 dan kamaygan taqdirda, sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) litsenziyasi(lari)ning amal qilishi toʻxtatib turiladi yoki qonun hujjatlarda belgilangan tartibda tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori yoki majburiyatlari jamining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori normativlari, hamda sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) aktivlarini joylashtirishga oid, shuningdek qayta sugʻurta qilish operatsiyalariga oid talablarga rioya qilinmagan taqdirda, Davsugʻurtanazorat sugʻurtalovchiga (qayta sugʻurtalovchiga) yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni eng qisqa, ammo sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) koʻrsatmani olgan sanadan boshlab bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda bartaraf etishi toʻgʻrisida koʻrsatma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilgandan soʻng uch kun ichida, sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) Davsugʻurtanazoratga tegishli hisob-kitoblar va kamchiliklarni bartaraf etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) tomonidan mazkur Nizomda belgilangan normativ va talablarga rioya qilinmagan, moliyaviy ahvolni sogʻlomlashtirish boʻyicha choralar koʻrilmagan, sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlar majmuasida koʻzda tutilgan natijalarga belgilangan muddatda erishilmagan taqdirda, belgilangan muddatda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi Davsugʻurtanazorat koʻrsatmasini bajarmagan taqdirda, sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) litsenziyasining amal qilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
‎________________________________________________________ ning
umumiy sugʻurta sohasida yoki faqat qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshiradigan sugʻurtalovchining toʻliq nomi)
200__ yil “___” ___________ holatiga
‎toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi
‎HISOB-KITOBI
T/r Normativning nomi Miqdor (ming soʻm)
1.‎ Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdori
2.‎ Qayta sugʻurtalovchilarning ulushlarini chegirib qolingan oʻtgan oʻttiz olti oy mobaynida hisoblangan sugʻurta tovonlari summasi
3.‎ Oʻtgan oʻttiz olti oy mobaynida hisoblangan sugʻurta tovonlari summasi
4.‎ Umumiy sugʻurta sohasi uchun tuzatuvchi koeffitsiyent (2-satr miqdorining 3-satr miqdoriga nisbati, 0,5 dan kam boʻlmasligi shart)
5.‎ Oʻtgan oʻn ikki oy mobaynida barcha sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta mukofotlari summasi
6.‎ Oʻtgan oʻn ikki oy mobaynida 11 va 13 klasslarga oid sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta mukofotlari summasining 50 foizi
7.‎ Oʻtgan oʻn ikki oy mobaynida tuzilgan sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalarining bekor qilinishi (shartlari oʻzgarishi) munosabati bilan sugʻurta qildiruvchilarga (qayta sugʻurta qildiruvchilarga) qaytarilgan sugʻurta mukofotlari summasi
8.‎ 5 va 6-satrlar miqdorlarining yigʻindisidan 7-satr miqdorini chegirib qolib aniqlangan natijaning 20 foizi
9.‎ “Mukofotlar usuli” boʻyicha hisoblangan miqdor (4-satr miqdorini 8-satr miqdoriga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblangan miqdor)
10.‎ Oʻtgan oʻttiz olti oy mobaynida 11 va 13 klasslarga oid sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonlari summasining 50 foizi
11.‎ Hisobot sanasiga xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasining miqdori
12.‎ Hisobot sanasiga 11 va 13 klasslarga oid sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari boʻyicha xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi miqdorining 50 foizi
13.‎ 3, 10, 11 va 12-satrlar miqdorlari yigʻindisining 10 foizi
14.‎ “Toʻlovlar usuli” boʻyicha hisoblangan miqdor (4-satr miqdorini 13-satr miqdoriga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblangan miqdor)
15.‎ Toʻlov qobiliyati marjasining normativ miqdori (1, 9 va 14-satrlarning miqdorlaridan eng kattasi)
16.‎ Oʻz mablagʻlari manbalarining summasi (buxgalteriya balansi passiv qismining birinchi boʻlimi boʻyicha jami summasi)
17.‎ Nomoddiy aktivlar summasi, sugʻurtalovchi aktivlarining 10 foizidan oshmagan miqdordagi sugʻurtalovchining asosiy faoliyati uchun xarid qilingan dasturiy taʼminot bundan mustasno
18.‎ Taʼsischilarning ustav kapitaliga ulushlar boʻyicha qarzi summasi
19.‎ Maqsadli tushumlar va kelgusi davr xarajatlari va toʻlovlari uchun zaxiralar summasi
20.‎ Taʼsischilar (aksiyadorlar) oʻrtasida taqsimlash uchun moʻljallangan taqsimlanmagan foyda qismining summasi
21.‎ Taʼsischilarga, aksiyadorlarga va xodimlarga berilgan qarzlar, shuningdek ushbu qarzlar boʻyicha jamgʻarilgan foizlar summasi
22.‎ Debitor — bogʻliq shaxslarning qarzlari summasi;
23.‎ Sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasida belgilangan toʻlov sanasidan uch oydan koʻp muddat mobaynida sugʻurta qildiruvchilar (qayta sugʻurta qildiruvchilar) tomonidan toʻlanmagan sugʻurta (qayta sugʻurta) mukofotlari summasi
24.‎ Soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha debitorlik qarzlar summasi
25.‎ Berilgan kafolatlar summasi
26.‎ 17-dan 25-gacha boʻlgan satrlar miqdorlarining yigʻindisi
27.‎ Toʻlov qobiliyati marjasining haqiqiy miqdori (16-satr miqdoridan 26-satr miqdorining chegirish orqali aniqlanadi)
28.‎ Toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi (27-satr miqdorining 15-satr miqdoriga nisbati)


‎Chora-tadbirlar majmuasi ilova qilinadi / qilinmaydi (kerak boʻlmaganini chizib uchiring).

‎Mazkur shaklda berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaymiz. Shuningdek, mazkur shakl sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tuzilganligini tasdiqlaymiz.

Imzolar: ‎‎______________________‎

__________‎

‎‎_____________________

(F.I.Sh.)‎‎

(imzo)‎

(sugʻurtalovchi ijro etuvchi organining rahbari lavozimi)

Bosh hisobchi

‎‎______________________‎

‎‎__________‎

‎‎(F.I.Sh.)‎‎

‎‎(imzo)‎

‎‎M.Oʻ.‎

Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
______________‎_______________________________________________ ning

(hayotni sugʻurta qilish sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshiradigan sugʻurtalovchining toʻliq nomi)

200__ yil “___” ___________ holatiga
‎toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi
‎HISOB-KITOBI

T/r Normativning nomi Miqdor (ming soʻm)
1.‎ Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdori
2.‎ Qayta sugʻurtalovchilarning mukofotlar zaxirasidagi ulushi chegirib qolingan mukofotlar zaxirasi miqdori
3.‎ Mukofotlar zaxirasi miqdori
4.‎ Hayotni sugʻurta qilish sohasi uchun tuzatuvchi koeffitsiyent (2-satr miqdorining 3-satr miqdoriga nisbati, 0,85 dan kam boʻlmasligi shart)
5.‎ 3-satr miqdorini 4-satr miqdoriga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblangan miqdorning 5 foizi
6.‎ Qayta sugʻurtalovchilarning ulushlarini chegirib qolingan oʻtgan oʻttiz olti oy mobaynida umumiy sugʻurta sohasining 1 va 2 klasslariga oid sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonlari summasi
7.‎ Oʻtgan oʻttiz olti oy mobaynida umumiy sugʻurta sohasining 1 va 2 klasslariga oid sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonlari summasi
8.‎ Umumiy sugʻurta sohasining 1 va 2 klasslari uchun tuzatuvchi koeffitsiyent (6-satr miqdorining 7-satr miqdoriga nisbati, 0,5 dan kam boʻlmasligi shart)
9.‎ Oʻtgan oʻn ikki oy mobaynida umumiy sugʻurta sohasining 1 va 2 klasslariga oid sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta mukofotlari summasi
10.‎ Oʻtgan oʻn ikki oy mobaynida umumiy sugʻurta sohasining 1 va 2 klasslariga oid tuzilgan sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomalarining bekor qilinishi (shartlari oʻzgarishi) munosabati bilan sugʻurta qildiruvchilarga (qayta sugʻurta qildiruvchilarga) qaytarilgan sugʻurta mukofotlari summasi
11.‎ 9-satr miqdoridan 10-satr miqdorini chegirib qolib aniqlangan natijaning 20 foizi
12.‎ Hisobot sanasiga umumiy sugʻurta sohasining 1 va 2 klasslariga oid xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasining miqdori
13.‎ 7 va 12-satrlar miqdorlari yigʻindisining 10 foizi
14.‎ 11 va 13-satrlarning miqdorlaridan eng kattasi
15.‎ 8-satr miqdorini 14-satr miqdoriga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblangan miqdor
16.‎ 5 va 15-satrlar miqdorlari yigʻindisi*
17.‎ Toʻlov qobiliyati marjasining normativ miqdori (1 va 16-satrlarning miqdorlaridan eng kattasi)
18.‎ Oʻz mablagʻlari manbalarining summasi (buxgalteriya balansi passiv qismining birinchi boʻlimi boʻyicha jami summasi)
19.‎ Nomoddiy aktivlar summasi, sugʻurtalovchi aktivlarining 10 foizidan oshmagan miqdordagi sugʻurtalovchining asosiy faoliyati uchun xarid qilingan dasturiy taʼminot bundan mustasno
20.‎ Taʼsischilarning ustav kapitaliga ulushlar boʻyicha qarzi summasi
21.‎ Maqsadli tushumlar va kelgusi davr xarajatlari va toʻlovlari uchun zaxiralar summasi
22.‎ Taʼsischilar (aksiyadorlar) oʻrtasida taqsimlash uchun moʻljallangan taqsimlanmagan foyda qismining summasi
23.‎ Taʼsischilarga, aksiyadorlarga va xodimlarga berilgan qarzlar, shuningdek ushbu qarzlar boʻyicha jamgʻarilgan foizlar summasi
24.‎ Debitor-bogʻliq shaxslarning qarzlari summasi;
25.‎ Sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasida belgilangan toʻlov sanasidan uch oydan koʻp muddat mobaynida sugʻurta qildiruvchilar (qayta sugʻurta qildiruvchilar) tomonidan toʻlanmagan sugʻurta (qayta sugʻurta) mukofotlari summasi
26.‎ Soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha debitorlik qarzlar summasi
27.‎ Berilgan kafolatlar summasi
28.‎ 19-dan 27-gacha boʻlgan satrlar miqdorlarining yigʻindisi
29.‎ Toʻlov qobiliyati marjasining haqiqiy miqdori (18-satr miqdoridan 28-satr miqdorining chegirish orqali aniqlanadi)
30.‎ Toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi (29-satr miqdorining 17-satr miqdoriga nisbati)


‎Chora-tadbirlar majmuasi ilova qilinadi / qilinmaydi (kerak boʻlmaganini chizib uchiring).

‎Mazkur shaklda berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaymiz. Shuningdek, mazkur shakl sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tuzilganligini tasdiqlaymiz.

Imzolar: ‎‎______________________‎

__________‎

‎‎_____________________

(F.I.Sh.)‎‎

(imzo)‎

(sugʻurtalovchi ijro etuvchi organining rahbari lavozimi)

Bosh hisobchi

‎‎______________________‎

‎‎__________‎

‎‎(F.I.Sh.)‎‎

‎‎(imzo)‎

‎‎M.Oʻ.

* 5-dan 15-gacha boʻlgan satrlar, faqat hayotni sugʻurta qilish sohasida sugʻurta faoliyatini amalga oshiradigan sugʻurtalovchi umumiy sugʻurta sohasining 1 va 2 klasslari boʻyicha ham sugʻurta faoliyatini amalga oshiradigan boʻlsa, qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
_______________________________________________ ning

(sugʻurtalovchi/qayta sugʻurtalovchining toʻliq nomi)

200__ yil “___” ___________ holatiga
‎alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarning yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori va majburiyatlar jamining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori normativlariga rioya qilganligi hamda sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) aktivlarini joylashtirishga oid talablarga rioya qilinganligi toʻgʻrisida
‎MAʼLUMOTLAR
T/r Normativning nomi Miqdor (ming soʻm)
normativ haqiqatda
1.‎ Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori
2.‎ Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) beshta eng katta alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarining miqdori (majburiyatlar jamining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori)
3.‎ Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) boshqa yuridik shaxslarning ustav kapitallariga joylashtirgan aktivlarining umumiy summasi
4.‎ Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) aktivlarini bitta yer uchastkasi yoki koʻchmas mulkning boshqa obyektiga yoxud bitta obyekt sifatida koʻrilishi mumkin boʻlgan yer uchastkalari va koʻchmas mulk obyektlari majmuiga joylashtirishining eng koʻp miqdori
5.‎ Bitta tijorat bankiga joylashtirilgan eng koʻp omonat (depozit)
6.‎ Kredit tashkilotlariga (tijorat banklaridan tashqari) joylashtirilgan omonatlarning (depozitlarning) umumiy summasi
7.‎ Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) aktivlarini bitta yuridik shaxsning ustav kapitaliga joylashtirish yoki bitta yuridik shaxsda boshqa ishtirok etish huquqi
8.‎ Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) taʼsischilari, aksiyadorlari va xodimlariga berilgan, shuningdek, u bilan hayot sugʻurtasi shartnomasini tuzgan sugʻurta qildiruvchilarga berilgan ushbu shartnomalar bilan kafolatlangan qarzlarning umumiy summasi
9.‎ Jalb etilgan qarzning (moliyaviy yordamning) eng koʻp miqdori
10.‎ Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) kassa va/yoki hisob (valyuta) va boshqa bank raqamlaridagi pul mablagʻlari, shuningdek, ularga tenglashitirilgan mablagʻlar


‎Mazkur shaklda berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaymiz. Shuningdek, mazkur shakl sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tuzilganligini tasdiqlaymiz.

Imzolar:

‎‎___________________

_________

‎‎‎_____________________

(F.I.Sh.)‎‎

(imzo)‎

(sugʻurtalovchi ijro etuvchi organining rahbari lavozimi)

Bosh hisobchi

‎‎___________________

‎‎__________‎

‎‎‎‎(F.I.Sh.)‎

‎‎(imzo)‎ ‎‎‎

‎‎M.Oʻ.‎

Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
_______________________________________________ ning
(sugʻurtalovchi/qayta sugʻurtalovchining toʻliq nomi)
200__ yil “___” ___________ holatiga
‎har qanday bitta yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etish ulushi
‎HISOB-KITOBI
Yuridik shaxsning nomi Yuridik shaxsning ustav kapitali miqdori
‎(ming soʻm)
Ustav kapitalda sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) ishtirok etish miqdori
‎(ming soʻm)
Ustav kapitalda sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) ishtirok etish ulushi (%)
1.‎ ‎‎‎
2.‎ ‎‎‎
3.‎ ‎‎‎
4.‎ ‎‎‎
...‎ ‎‎‎


‎Mazkur shaklda berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaymiz. Shuningdek, mazkur shakl sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tuzilganligini tasdiqlaymiz.

Imzolar: ‎‎____________________

________

‎‎_____________________

(F.I.Sh.)‎‎

(imzo)‎

(sugʻurtalovchi ijro etuvchi
‎organining rahbari lavozimi)

‎‎Bosh hisobchi ‎

‎‎______________________

__________‎

‎‎‎‎(F.I.Sh.)‎‎

‎‎(imzo)‎ ‎

‎‎M.Oʻ.

Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
_______________________________________________ ning

(sugʻurtalovchi/qayta sugʻurtalovchining toʻliq nomi)

200_ yil “___” ___________ holatiga
‎bitta bogʻliq shaxs yoki barcha bogʻliq shaxslarda joylashtirilgan aktivlari summasi
‎HISOB-KITOBI
Bogʻliq shaxs (nomi yoki F.I.Sh.) Joylashtirish turi Qoʻyilmaning daromadliligi (yillik foizlarda) Joylashtirilgan aktivlar summasi Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining)bogʻliq shaxslar bilan faoliyatining koʻrsatkichi (%) Normativ (%)
1.‎

‎‏15

2.‎
3.‎
...‎
Jami‎

100‎


‎Mazkur shaklda berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaymiz. Shuningdek, mazkur shakl sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tuzilganligini tasdiqlaymiz.

Imzolar:

‎‎__________________‎

________ ‎

_____________________

‎‎(F.I.Sh.)‎

(imzo)‎

(sugʻurtalovchi ijro etuvchi organining rahbari lavozimi)

Bosh hisobchi

_________________

_________ ‎

‎‎(F.I.Sh.)‎ ‎‎‎

(imzo)‎ ‎

M.Oʻ.
Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

_______________________________________________ ning

(sugʻurtalovchi/qayta sugʻurtalovchining toʻliq nomi)

200_ yil “___” ___________ holatiga
‎qayta sugʻurta qilish operatsiyalariga oid talablarga rioya qilganligi toʻgʻrisida
‎MAʼLUMOTLAR

‎1-jadval

Koʻrsatkichning nomi Qator raqami Miqdor, ming soʻm, AQSH dollari, boshqa Izoh
Oʻzida qoldirilgan ulushning eng kam miqdori (majburiyatlar chet el sugʻurta tashkilotlarida qayta sugʻurtalanganda), eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish va chet elga chiquvchi shaxslarni sugʻurta qilish shartnomalari bundan mustasno 1‎
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) oʻtgan chorakdagi toʻlov qobiliyati marjasining haqiqiy miqdori 2‎
1-qatorning 2-qatorga nisbati (%) 3‎

%‎

Yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdor 5%

Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga qayta sugʻurtaga berilgan har bir alohida sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasi boʻyicha majburiyatlarning eng koʻp hajmi 4‎

%‎

Yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdor 95%

‎‎2-Jadval

Sugʻurtalovchining/ qayta sugʻurtalovchining nomi (kimga qayta sugʻurta qilishga berilgan)* Moliyaviy barqarorlik reytingi (reyting agentligining nomini koʻrsatgan holda) Sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) mamlakati Qayta sugʻurtaga berilgan sugʻurta majburiyatlari hajmi (ming soʻm, AQSH dollari, boshqa) Qayta sugʻurtaga berilgan shartnomalar boʻyicha sugʻurta mukofotlari hajmi (ming soʻm, AQSH dollari, boshqa) Qayta sugʻurtaga berilgan sugʻurta majburiyatlari umumiy hajmidagi qayta sugʻurtalovchining ulushi (%)
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎
1.‎
2.‎
3.‎
...‎

Jami‎


‎Mazkur shaklda berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaymiz. Shuningdek, mazkur shakl sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tuzilganligini tasdiqlaymiz.

Imzolar:

___________________‎‎‎

_________ ‎

‎‎______________________ ‎

‎‎(F.I.Sh.)‎‎‎‎

(imzo)‎ ‎

(sugʻurtalovchi ijro etuvchi organining rahbari lavozimi)

‎‎Bosh hisobchi

___________________‎‎

_________

‎‎

‎‎‎‎(F.I.Sh.)‎‎‎‎

(imzo)‎

‎‎

M.Oʻ.‎ ‎

* Sugʻurta brokeri orqali qayta sugʻurta qilinganda uning nomi va ulushi koʻrsatiladi, qayta sugʻurtalovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumot ushbu jadvalga, mazkur shaklga muvofiq ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 178-modda; 2010-y., 52-son, 526-modda; 2014-y., 46-son, 554-modda; 2015-y., 52-son, 650-modda; 2017-y., 29-son, 714-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 25.08.2023-y., 10/23/1806-5/0652-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 23.06.2025-y., 10/25/1806-6/0532-son)