toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MELIORATSIYA VA BOShQA SUV XOʻJALIGI IShLARINI BAJARIShGA IXTISOSLAShTIRILGAN DAVLAT UNITAR KORXONALARINI TAShKIL ETISh HAMDA ULARNING FAOLIYATINI YOʻLGA QOʻYISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarali foydalanish, melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining mintaqalarda 1-ilovaga muvofiq melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonalarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Davlat unitar korxonasining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar yangidan tashkil etilayotgan, melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonasining asosiy mezonlari etib belgilansin:
ustav fondining eng kam miqdori — 450,0 mln soʻm;
moliyaviy barqarorlik va kamida 200,0 mln. soʻm miqdorida boʻsh aylanma mablagʻlarning mavjud boʻlishi;
bajariladigan ishlar tannarxini zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish hisobiga kamaytirish;
melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi tadbirlarini sifatli va oʻz vaqtida bajarish;
soha boʻyicha oliy maʼlumotga va meliorativ obyektlarni qurish hamda ulardan foydalanishda kamida 5 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan rahbarlik (shu jumladan rahbar) va muhandislik-texnik xodimlar, bosh mutaxassislarga ega boʻlish. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xodimlar korxonadagi muhandislik-texnik xodimlar umumiy sonining kamida 30 foizini tashkil etishi kerak;
zarur miqdordagi meliorativ texnika, mashinalar, mexanizmlar va transportga ega boʻlgan texnika parkining mavjud boʻlishi.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
yangidan tashkil etilayotgan melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonasining ustav fondi 2008-yil oxirigacha shakllantirilishi kerak;
asosiy xoʻjalik faoliyatidan olingan sof foyda belgilangan tartibda korxonaning ustav fondini toʻldirishga va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga hamda tuzilgan shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirishga yoʻnaltiriladi;
(4-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)
yangidan tashkil etilayotgan davlat unitar korxonasi tuzilgan kontraktda nazarda tutilgan ishlar hajmining kamida 60 foizini oʻz kuchi bilan bajarishi kerak.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi davlat unitar korxonalariga ularning muassislari tomonidan 3-ilovadagi* roʻyxatga muvofiq meliorativ texnika, mashina va mexanizmlar hamda boshqa asosiy fondlarning belgilangan tartibda berilishini taʼminlasin.
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
6. Quyidagilar:
2008-yilda “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan xarid qilinadigan va lizing asosida davlat unitar korxonalariga beriladigan meliorativ texnika, mashina-mexanizmlar roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq;
2008-yilda Xitoy Xalq Respublikasining kredit mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Markaziy Fargʻonaning haydaladigan yerlari meliorativ tarmoqlarini yaxshilash” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 14-fevraldagi PQ-794-son qaroriga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-martdagi 155-f-son farmoyishiga binoan davlat unitar korxonalariga beriladigan meliorativ texnika roʻyxati 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 4 va 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari lizing kompaniyalari hamda tijorat banklari bilan birgalikda melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar uchun 6-ilovaga* muvofiq meliorativ texnikaning lizing asosida qoʻshimcha ravishda sotib olinishini taʼminlasinlar.
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan tartibda:
yangidan tashkil etilayotgan davlat unitar korxonalarini binolar va zarur ishlab chiqarish bazalari bilan taʼminlasin;
yangidan tashkil etilayotgan davlat unitar korxonalarining ustavlarini tasdiqlasin;
yangidan tashkil etilgan davlat unitar korxonalarining melioratsiya tadbirlari boʻyicha tanlov (tender) savdolarida qatnashishi yuzasidan doimiy nazorat va monitoringni taʼminlasin;
har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yangidan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etilishini taʼminlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari zimmasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-may,
92-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 92-son qaroriga
1-ILOVA
Yangidan tashkil etilayotgan, melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonalari roʻyxati
T/r Davlat unitar korxonasi (DUK)ning nomi Davlat unitar korxonasining muassisi Joylashadigan manzili
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1.‎ “Ellikqalʼadavsuvmaxsuspudrat” DUK “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasi Ellikqalʼa tumani
2.‎ “Amudaryodavsuvmaxsuspudrat” DUK Amudaryo tumani
3.‎ “Xoʻjaylidavsuvmaxsuspudrat” DUK Xoʻjayli shahri
4.‎ “Kegaylidavsuvmaxsuspudrat” DUK Kegayli tumani
Andijon viloyati
5.‎ “Andijondavsuvmaxsuspudrat” DUK Norin — Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Andijon shahri
6.‎ “Jalaquduqdavsuvmaxsuspudrat” DUK Jalaquduq tumani
7.‎ “Ulugʻnordavsuvmaxsuspudrat” DUK Ulugʻnor tumani
Buxoro viloyati
8.‎ “Qorakoʻldavsuvmaxsuspudrat” DUK Amu — Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Qorakoʻl tumani
9.‎ “Romitandavsuvmaxsuspudrat” DUK Romitan tumani
10.‎ “Shofirkondavsuvmaxsuspudrat” DUK Shofirkon tumani
11.‎ “Buxorodavsuvmaxsuspudrat” DUK Buxoro shahri
Jizzax viloyati
12.‎ “Jizzaxdavsuvmaxsuspudrat” DUK Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Jizzax shahri
13.‎ “Paxtakordavsuvmaxsuspudrat” DUK Paxtakor tumani
14.‎ “Mirzachoʻldavsuvmaxsuspudrat” DUK Mirzachoʻl tumani
15.‎ “Uchtepadavsuvmaxsuspudrat” DUK Jizzax tumani
Qashqadaryo viloyati
16.‎ “Kosondavsuvmaxsuspudrat” DUK Amu — Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Koson tumani
17.‎ “Yakkabogʻdavsuvmaxsuspudrat” DUK Yakkabogʻ tumani
18.‎ “Kasbidavsuvmaxsuspudrat” DUK Kasbi tumani
19.‎ “Nishondavsuvmaxsuspudrat” DUK Nishon tumani
Navoiy viloyati
20.‎ “Navoiydavsuvmaxsuspudrat” DUK Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Navoiy shahri
21.‎ “Karmanadavsuvmaxsuspudrat” DUK Karmana tumani
Namangan viloyati
22.‎ “Namangandavsuvmaxsuspudrat” DUK Norin — Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Namangan shahri
23.‎ “Mingbuloqdavsuvmaxsuspudrat” DUK Mingbuloq tumani
24.‎ “Norindavsuvmaxsuspudrat” DUK Norin tumani
25.‎ “Popdavsuvmaxsuspudrat” DUK Pop tumani
Samarqand viloyati
26.‎ “Samarqanddavsuvmaxsuspudrat” DUK Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Samarqand shahri
27.‎ “Bulungʻurdavsuvmaxsuspudrat” DUK Bulungʻur tumani
28.‎ “Oqdaryodavsuvmaxsuspudrat” DUK Oqdaryo tumani
29.‎ “Narpaydavsuvmaxsuspudrat” DUK Narpay tumani
Surxondaryo viloyati
30.‎ “Termizdavsuvmaxsuspudrat” DUK Amu — Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Termiz shahri
31.‎ “Sheroboddavsuvmaxsuspudrat” DUK Sherobod tumani
32.‎ “Qiziriqdavsuvmaxsuspudrat” DUK Qiziriq tumani
33.‎ “Uzundavsuvmaxsuspudrat” DUK Uzun tumani
Sirdaryo viloyati
34.‎‎ “Boyovutdavsuvmaxsuspudrat” DUK Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Boyovut tumani
35.‎ “Oqoltindavsuvmaxsuspudrat” DUK Oqoltin tumani
36.‎ “Gulistondavsuvmaxsuspudrat” DUK Guliston shahri
Toshkent viloyati
37.‎ “Yangiyoʻldavsuvmaxsuspudrat” DUK Chirchiq — Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Yangiyoʻl tumani
38.‎ “Yuqorichirchiqdavsuvmaxsuspudrat” DUK Yuqori Chirchiq tumani‎
39.‎ “Boʻkadavsuvmaxsuspudrat” DUK Boʻka tumani‎
40.‎ “Bektemirdavsuvmaxsuspudrat” DUK “Oʻzsuvenergo” ixtisoslashtirilgan birlashmasi Bektemir tumani‎
Fargʻona viloyati
41.‎ “Fargʻonadavsuvmaxsuspudrat” DUK Sirdaryo — Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Fargʻona shahri
42.‎ “Bogʻdoddavsuvmaxsuspudrat” DUK Bogʻdod tumani
43.‎ “Dangʻaradavsuvmaxsuspudrat” DUK Dangʻara tumani
44.‎ “Yaypandavsuvmaxsuspudrat” DUK Beshariq tumani
Xorazm viloyati
45.‎ “Bogʻotdavsuvmaxsuspudrat” DUK “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasi Bogʻot tumani
46.‎ “Xazoraspdavsuvmaxsuspudrat” DUK Xazorasp tumani
47.‎ “Urganchdavsuvmaxsuspudrat” DUK Urganch shahri
48.‎ “Yangibozordavsuvmaxsuspudrat” DUK Yangibozor tumani
49.‎ “Qoʻshkoʻpirdavsuvmaxsuspudrat” DUK Qoʻshkoʻpir tumani
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 92-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat unitar korxonasi boshqaruv apparatining tuzilmasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 19-son, 162-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son)