

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;28.03.2020
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1340764" id="onLBC-1340764">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6989"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;</span></div><div id="LBC7383"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1340764" id="onLS-1340764">[<b>TSZ:</b><div id="LS3700"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;</span></div><div id="LS3743"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1341093" id="-1341093">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI <br />OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1341094" id="-1341094">QARORI</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1341095" id="-1341095">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARNI TAShISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-1341097" id="-1341097">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-aprelda 1791-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1341098" id="-1341098"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-4778497" id="-4778497">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2020-yil 17-martdagi 19, 113-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-4776255?ONDATE=28.03.2020 00#-4776334">qaroriga </a>(roʻyxat raqami 1791-1, 28.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341099" id="-1341099">Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-86044">Qonuni</a>, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi 315-son <a href="/mact/-245482">qaroriga </a>muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladilar: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341100" id="-1341100">1. “Oʻzbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-1340764#-1341125">nizom </a>ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341108" id="-1341108">2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan vaqtdan oʻn kundan soʻng kuchga kiritilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341110" id="-1341110">3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Gʻ.T. Qodirov va Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmalariga yuklatilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1341111" id="-1341111">Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1341113" id="-1341113">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1341114" id="-1341114">2008-yil 17-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1341116" id="-1341116">4-son</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1341118" id="-1341118">Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1341120" id="-1341120">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1341122" id="-1341122">2008-yil 17-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1341123" id="-1341123">3-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1341125" id="-1341125"></div></div><div class="APPL_BANNER_PORTRAIT_TITLE"><div name="-1341128" id="-1341128">Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2008-yil 17-martdagi 4, 3-son <a href="/mact/-1340764">qarori </a>bilan <br />TASDIQLANGAN </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1341130" id="-1341130">Oʻzbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1341132" id="-1341132"><strong>NIZOM </strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1341133" id="-1341133"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341137" id="-1341137">Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-86044">Qonuni</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi 315-son <a href="/mact/-245482">qaroriga </a>muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat yuritish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni (bundan keyingi oʻrinlarda GPP deb yuritiladi) tashish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1341142" id="-1341142">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341144" id="-1341144">1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida GPPlarning tashish mazkur Nizomda belgilangan tartibda avtomobil, havo va temir yoʻl transporti orqali amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341145" id="-1341145">2. Mazkur Nizom qoidalari ichki ishlar, milliy xavfsizlik xizmati va bojxona organlarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida GPPlardan foydalanishda tatbiq etilmaydi. Ushbu organlar tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan GPPlarni tashish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341150" id="-1341150">3. GPPlarni yuridik shaxslar tomonidan avtomobil, havo va temir yoʻl transportida tashish mazkur Nizomda belgilangan tartibda ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341154" id="-1341154">4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 31-iyuldagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 293-son <a href="/mact/-336233">qarorining </a>3, 4-ilovalarida keltirilgan II, III roʻyxatlariga kiritilmagan murakkab (tarkibida GPPlar mavjud boʻlgan) dori vositalarini tashishda ruxsatnoma rasmiylashtirilishi talab qilinmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1341156" id="-1341156">II. GPPlarni tashish uchun ichki ishlar organlari tomonidan ruxsatnomalarning berilishi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341158" id="-1341158">5. GPPlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashish uchun ruxsatnoma ichki ishlar organlari tomonidan mazkur Nizomning <a href="/mact/-1340764#-1341386">2-ilovasida</a> keltirilgan namuna asosida besh ish kuni ichida beriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341159" id="-1341159">6. GPPlarni kam miqdorlarda tashish maqsadida yillik ruxsatnomani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341161" id="-1341161">GPPlarni kam miqdorlarda tashish huquqini beruvchi yillik ruxsatnomani olish toʻgʻrisida ariza;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341162" id="-1341162">rahbar imzosi va yuridik shaxs muhri bilan tasdiqlangan, yukni tashish uchun masʼul shaxs tayinlanganligi toʻgʻrisida buyruq nusxasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341164" id="-1341164">masʼul shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (pasport).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341165" id="-1341165">7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida GPPlarni katta partiyada tashish uchun bir martalik ruxsatnoma ichki ishlar organlari tomonidan besh ish kuni ichida (<a href="/mact/-1340764#-1341386">2-ilova</a>) yukning nomi va miqdori, yuk joʻnatilishining toʻliq marshruti, yukni tashishga masʼul shaxs va kuzatuvchi shaxslar (qoʻriqlash tarkibi), tashishga jalb etilgan transport vositasi va ularning haydovchilari haqida maʼlumotlar koʻrsatilgan yuridik shaxs rahbarining arizasi asosida quyidagi hujjatlari ilova qilingan holda beriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341167" id="-1341167">bir martalik ruxsatnoma olish toʻgʻrisida ariza;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341168" id="-1341168">yukning har bir alohida tashishlariga javobgar shaxsni belgilanganligi toʻgʻrisida buyruq nusxasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341170" id="-1341170">GPPlarni olish uchun tuzilgan kontrakt (shartnoma) nusxasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341171" id="-1341171">ajratilgan avtomobilning joriy yil uchun texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi uning amal qilish muddati koʻrsatilgan texnik pasporti va haydovchilarining haydovchilik guvohnomalari nusxalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341173" id="-1341173">GPPlar yuklarni avtomobil transportida tashish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida tashish holatlariga tegishli shartnoma nusxasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341174" id="-1341174">8. GPPlarni tashish huquqini beruvchi bir martalik ruxsatnoma tegishli ichki ishlar organlari tomonidan beriladi, unda tashilayotgan GPPlar turi va miqdori, yuk tashish amalga oshirilishi lozim boʻlgan avtotransportning markasi (markalari) va davlat raqami (davlat raqamlari), shuningdek yuk tashish uchun masʼul shaxsning pasport maʼlumotlari koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341175" id="-1341175">9. Ruxsatnomalar 3 oy muddatgacha beriladigan (GPPlarni aniq partiyasini tashish uchun) bir martalik va 6 oy muddatgacha beriladigan GPPlarni bir necha partiyalarini tashish uchun koʻp martalik boʻlishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341176" id="-1341176">GPPlarning aniq partiyalarini koʻp martalik ruxsatnoma asosida tashish holatlarida yuridik shaxs ushbu partiya uchun umumiy miqdori chegarasida ularni tashish huquqiga ega. Bunda har bir tashish sanasi, GPPlarning turi va miqdori koʻrsatilib ruxsatnomaning orqa tomoni rahbar imzosi va yuridik shaxs muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Bunday ruxsatnoma ichki ishlar organiga topshirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341177" id="-1341177">10. Transport vositasining markasi, davlat raqami, yukni tashish uchun masʼul shaxs oʻzgargan hollarda bir martalik ruxsatnoma uch kunlik muddatda belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirilishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341179" id="-1341179">11. GPPlarni tuman (shahar) hududida tashish ruxsatnomasisiz baza rahbari yoki yuk joʻnatuvchi tomonidan berilgan yoʻl-kuzatuvchi hujjatlari asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1341180" id="-1341180">III. GPPlarni avtomobil transportida tashish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341182" id="-1341182">12. Oʻzbekiston Respublikasi hududida GPPlarni avtomobil transportida tashish avtomobil transportiga ega boʻlgan yuridik shaxslar yoki GPPlarni tashish uchun beriladigan litsenziyaga ega boʻlgan yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchi bilan tuzilgan tashish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan boshqa yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan avtomobil transportida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341183" id="-1341183">Giyohvandlik vositalarining 50 kilogramm (brutto ogʻirlik) va undan koʻprogʻi va psixotrop moddalarning 100 kilogramm (brutto ogʻirlik) va undan koʻprogʻini avtomobil transportida tashish bir martalik ruxsatnoma rasmiylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qoʻriqlash xizmati jalb etilgan holda mazkur Nizomda koʻrsatib oʻtilgan qoidalar asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341185" id="-1341185">Kam miqdordagi GPPlarni (giyohvandlik vositalari 50 kilogrammdan kam (brutto ogʻirlik) va psixotrop moddalari 100 kilogrammdan kam (brutto ogʻirlik) tashish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qoʻriqlash xizmatini jalb etmasdan amalga oshiriladi, bunda bir yillik ruxsatnoma rasmiylashtiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida GPPlarni avtomobil transportida tashish uchun yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchilar masʼuldirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341186" id="-1341186">Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qoʻriqlash xizmati xodimlari kuzatuvisiz tashishga ruxsat etilgan prekursorlarning kam miqdori mazkur Nizomning <a href="/mact/-1340764#-1341371">1-ilovasida</a> keltirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341188" id="-1341188">13. GPPlarni avtomobil transportida tuman (shahar) ichida tashishda yukni kuzatib borish uchun masʼul shaxs tayinlanadi. Ushbu funksiyalarni transport vositasining haydovchisiga yuklash taqiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341189" id="-1341189">Kuzatuvchi shaxslarni toʻgʻri tanlash va ularning tayyorgarligi uchun yuk joʻnatuvchi/ yuk qabul qiluvchi tashkilotlar rahbarlari javobgardirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341191" id="-1341191">14. GPPlarni kam miqdorda avtomobil transportida tashishda yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchi tashkilot buyrugʻi asosida yukni tashish va qabul qilib olish uchun masʼul shaxs tayinlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341192" id="-1341192">15. Oʻzbekiston Respublikasi hududida GPPlarni kam miqdorda avtomobil transportida tashishda kuzatuvchi (masʼul shaxs) oʻzi bilan quyidagi hujjatlarni olib yurishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341194" id="-1341194">GPPlarni tashish uchun hududiy ichki ishlar organlari tomonidan berilgan yillik ruxsatnomaning rahbar imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan nusxasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341195" id="-1341195">yuk joʻnatuvchi tashkilot rahbari yoki moddiy-javobgar shaxs imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan tashilayotgan yukning yuk kuzatuv hujjatlari. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341197" id="-1341197">16. GPPlarni tashishda ishtirok etuvchi kuzatuvchi shaxslar hamda haydovchilar tashish qoidalari, yukning tavsifi, ortilishi va tushirilishida texnika xavfsizligiga rioya qilish toʻgʻrisida tanishtirilgan boʻlishlari kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341198" id="-1341198">17. GPPlarni kuzatib borishga masʼul boʻlgan shaxs majburiyatlariga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341199" id="-1341199">yukning toʻgʻri qadoqlanishi va markirovkasi, tamgʻalarining mustahkam saqlanganligini koʻzdan kechirish, yuk ortish va tushirishni kuzatib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341200" id="-1341200">yukni joʻnatilayotgan joydan yuk yetib borish manziligacha saqlanishini tashkil qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341201" id="-1341201">avtotransport vositasining harakat vaqtida va toʻxtab turish joylarida yukni saqlanishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341203" id="-1341203">shaxsiy, ommaviy va ekologik xavfsizlik choralarini tashkillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341204" id="-1341204">yukni yetib borish manziliga topshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341206" id="-1341206">18. Xavfli yuklar toifasiga kiritilgan katta hajmdagi prekursorlarni avtomobil transportida tashishda xavf-xatar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tizimini talablarga mos holda tashkillashtirish tashishni amalga oshirayotgan avtotransport tashkilotiga yuklatiladi. Bunday tashish avtotransport vositasi xavfli yuklarni tashishga guvohnomaga ega boʻlganda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan belgilangan tartibda kelishilgan marshrut boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341208" id="-1341208">19. Katta hajmdagi prekursorlarni avtomobil transportida tashishda aholi yashash punktlarida haydovchilarning dam olish uchun toʻxtab turishlari taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341210" id="-1341210">Avtotransport vositasi toʻxtaganda yoki toʻxtab turganida toʻxtab turish tormozi yoqilgan, qiyalikda esa qoʻshimcha ravishda sirpanib ketishiga qarshi tayanch qoʻyilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341211" id="-1341211">20. GPPlarni kolonna boʻlib (ikkitadan koʻp boʻlgan avtotransport vositalarida) tashish kolonna boshida va oxirida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kuzatuvchilarining ikkita avtomobilida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341214" id="-1341214">Kuzatuvchi avtomobillar uchun toʻlovlar yuk joʻnatuvchi yoki yuk qabul qiluvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341215" id="-1341215">21. Prekursorlarni koʻp miqdorda tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasi haydovchi va kuzatuvchi shaxsning xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tashilayotgan prekursorlarni neytrallash uchun kerakli miqdorda vositalar va individual himoya vositalari bilan jihozlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341220" id="-1341220">22. Katta miqdordagi prekursorlarni tashish uchun moʻljallangan avtomobilda quyidagilar boʻlishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341221" id="-1341221">a) avtotransport vositasini halokat vaqtida taʼmirlash uchun qoʻl asboblari toʻplami;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341223" id="-1341223">b) yongʻinni oʻchirish uchun yongʻin oʻchirgichlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341224" id="-1341224">v) bittadan kam boʻlmagan sirpanib ketishga qarshi tayanch (tayanchning oʻlchami avtotransport vositasining turi va uning gʻildiraklari diametriga mos boʻlishi lozim);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341226" id="-1341226">g) avtonom yonuvchi ikkita oʻchib-yonuvchi (yoki doimiy) zargʻaldoq rangdagi chiroq, ular prekursorlarning alangalanishini keltirib chiqarishi mumkin boʻlmagan holda tuzilgan boʻlishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341228" id="-1341228">d) sutkaning qorongʻi vaqtida yoki yaxshi koʻrinmaslik holatlarda toʻxtab turishda, agar avtotransport vositasining chiroqlari tuzatilmagan boʻlsa, yoʻlda zargʻaldoq rangdagi chiroqlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim: bittasi avtotransport vositasining old tarafiga yetmasdan 10 metr masofada, ikkinchisi avtotransport vositasining orqa tarafiga yetmasdan 10 metr masofada oʻrnatiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341229" id="-1341229">e) dori qutisi va tashilayotgan yuklarni neytrallashtirish vositalari (birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun).</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1341231" id="-1341231">IV. GPPlarni havo transportida tashish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341234" id="-1341234">23. Havo orqali tashish shartnomasidan kelib chiqadigan havo orqali tashuvchining mazkur Nizom qoidalariga tushadigan barcha huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Havo <a href="/mact/-55594">kodeksi </a>va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1341235" id="-1341235">§1. Tashish uchun qabul qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341237" id="-1341237">24. GPPlarni yuk sifatida aviatashish uchun giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bogʻliq faoliyat uchun beriladigan litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslardan qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341238" id="-1341238">25. GPPlarni tashishga qabul qilish va tashish tashuvchi-aviakompaniya tomonidan belgilangan qoidalar va standartlar boʻyicha amalga oshiriladi. Agar tashish uchun qabul qilinayotgan GPPlar xavfli yuklar toifasiga kirsa, ularni tashish uchun qabul qilishda IKAOni xavfli yuklarni havoda xavfsiz tashish uchun texnikaviy qoʻllanmasi hisobga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341240" id="-1341240">26. GPPlar yoʻlovchilar va yuk tashish kemalarida tashilishi mumkin. Doimiy reyslarni bajarayotgan havo kemalarda tashish barcha marshrutlarda tashilayotgan hajmlarni oldindan majburiy bronlashtirilgan shartlarda amalga oshirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341242" id="-1341242">Xavfli yuklar toifasiga kiruvchi prekursorlarni yoʻlovchi tashish havo kemalarida tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341244" id="-1341244">27. GPPlarni tashish uchun qabul qilishda ularni shartli ravishda qimmatbaho yuklar toifasiga (VAL) kiritish lozim va bu toifa yuklarga mos boʻlgan tashish qoidalari va ularni saqlashni taʼminlash reglamenti qoʻllanilishi lozim. Agar tashish uchun qabul qilinayotgan GPPlar xavfli yuklar toifasiga kirsa, unda ham ushbu yuklash toifasi uchun belgilangan tashish qoidalarini qoʻllash lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341245" id="-1341245">28. GPPlarni tashish uchun qabul qilishda ushbu yukni uchish va qoʻnish aeroportda eng kam muddat davomida saqlanilishi va omborga joylashtirilishini taʼminlash maqsadida hamma rasmiyatchiliklarni bajarilishi tartibi yuk joʻnatuvchi bilan oldindan kelishib olinishi lozim. Yukni qabul qilish va berish maxsus xavfsizlik choralari taʼminlangan hollarda rejalashtirilishi va amalga oshirilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341247" id="-1341247">29. Standart xabarlarda yukning aniq nomlanishi (kimyoviy formulasi)dan foydalanish lozim. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1341249" id="-1341249">§ 2. Tashish hujjatlari, qadoqlanishi, markirovkasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341250" id="-1341250">30. GPPlardan iborat yukni qadoqlash quyidagi talablarga ham javob berishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341252" id="-1341252">barcha yuklar oʻramasi ishonchli yopilgan, nuqsonlari boʻlmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341254" id="-1341254">yuk shunday oʻralgan boʻlishi kerakki, ichidagilarni almashtirish yoki aniq koʻrinmaydigan holda ichidan olib boʻlmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341255" id="-1341255">yukning har bir oʻramasi yuk joʻnatuvchi va yuk tashuvchi tomonidan muhrlangan boʻlishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341256" id="-1341256">xar bir oʻrama tortilgan boʻlishi, uning ogʻirligi hujjatlardagi ogʻirlik bilan solishtirilgan va qutiga yopishtiriladigan yorliqlarda koʻrsatilgan boʻlishi zarur. Barcha oʻramalarda nuqsonlar yoʻqligi tekshirilgan boʻlishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341258" id="-1341258">nuqsonlari boʻlgan oʻralgan yuklar tashish uchun qabul qilinmaydi. Transfer yuklarining qutilarida nuqsonlar topilganda transfer punktida (ushbu yoki boshqa yuk tashuvchining boshqa reysiga yukni qayta yuklash) yuk qayta tortib koʻriladi, yukni buzilishi toʻgʻrisida 2 nusxada dalolatnoma tuziladi va zaruriyatga qarab yuk qayta qutilarga qadoqlanadi va yangidan muhrlanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi yuk bilan birga joʻnatiladigan hujjatlarga ilova qilinadi, ikkinchi nusxasi transferning aeroportida qoldiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341260" id="-1341260">31. GPPlarni tashish uchun foydalanilganda konteyner va qulflanadigan qutilarning mustahkamligi tekshirilganda quyidagilar taʼminlanishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341261" id="-1341261">yuklar konteynerning muhrlangan qismidan ajratib olib boʻlmasligi va yuk tashuvchining muhrini buzmasdan yoki koʻrinarli izlar boʻlmagan holda unga qaytadan qoʻyib qoʻyish imkoni boʻlmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341262" id="-1341262">yukni joylashtirish uchun foydalaniladigan konteynerning hamma tomoni nazorat tartibida koʻzdan kechirish uchun qulay boʻlishi kerak, qulflanadigan quti va konteynyerlarda yuklarning qismlari yashirilishi mumkin boʻlgan yashirin joylari boʻlmasligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341264" id="-1341264">32. GPPlardan iborat boʻlgan yukning tashish hujjatlarini rasmiylashtirishda quyidagi talablar bajarilishi talab etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341265" id="-1341265">avianakladnoyda yukning maxsus qayta ishlanish kodi “VAL”, va zarur hollarda “Nature and Quantity of Goods” (yukning tavsifi va xususiyati) ustunida xavfli yuklarning qayta ishlanish kodi koʻrsatilgan boʻlishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341268" id="-1341268">yukning nomlanishi va/yoki yukning tovar nomenklaturasi kodi yukni tashish huquqini beruvchi litsenziyada koʻrsatilgan nomlanishiga aniq mos kelishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341269" id="-1341269">yuk kuzatuv hujjatlarida yukning kilogrammning yuzdan bir qismigacha aniqlikda oʻlchangan butun ogʻirligi, hamda har bir oʻralgan qutining oʻlchami koʻrsatilgan boʻlishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341272" id="-1341272">maxsus qayta ishlanish kodi “VAL” va zarur hollarda xavfli yuklarning qayta ishlanish kodlari yuk manifestining “Nature of Goods” (yukning tavsifi) ustunida koʻrsatilgan boʻlishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341273" id="-1341273">GPPlardan iborat boʻlgan yukni tashishda yuk haqidagi maʼlumotni standart blankiga yoki NOTOS (Special Load Notification to Captain — maxsus yuk toʻgʻrisida havo kemasi komandiriga xabarnoma)ga xabar kiritilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1341275" id="-1341275">§ 3. Tashishni tashkillashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341276" id="-1341276">33. GPPlarni joʻnatish, transfer va yetib borish punktlarida qayta ishlash, ortish/ tushirishda haqiqiy qabul qilib olingan yuk miqdori toʻgʻrisida maʼlumot avianakladnoy va yuk manifestida koʻrsatilgan maʼlumot bilan solishtirilishi zarur. Yuk tashuvchi javobgarligiga berilgan vaqtdan boshlab yuk ruxsatsiz tekshiruvlardan himoyalangan boʻlishi kerak. Agar yuk biror-bir sabablarga koʻra qoʻriqlanadigan hududda saqlana olinmasa, maxsus xavfsizlik va saqlash choralari koʻrilgan boʻlishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341278" id="-1341278">34. GPPlardan iborat boʻlgan yukni joʻnatish, transfer, manzil aeroportlarida saqlashda maxsus jurnallarda quyidagi maʼlumotlar qayd qilinishi zarur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341279" id="-1341279">har bir oʻralgan qutining tavsifi (oʻlchami, ogʻirligi, boshqa farq qiladigan tavsiflari);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341281" id="-1341281">yuk qoʻriqlanadigan hududga joylashtirilgan vaqti va sanasi hamda ushbu hududga yukni keltirgan va shu hududga kirishga ruxsati boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341282" id="-1341282">yuk qoʻriqlanadigan hududdan olib ketilgan vaqti va sanasi hamda ushbu hududdan yukni olib ketgan shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341284" id="-1341284">Har bir yozuv mansabdor shaxs imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341285" id="-1341285">35. GPPlardan iborat boʻlgan yukni toʻla yoki qisman yoʻqolishi kuzatilgan boʻlsa yoki ruxsatsiz aralashuv izlari topilganda, ichki ishlar organlari vakillari ishtirokida insidentning rasmiy qayd etilishi uchun darhol zarur tadbirlar koʻrilishi, shuningdek qidiruvni tashkillashtirish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341286" id="-1341286">36. Yukni joʻnatish uchun aeroportga havo kemasi uchishidan 3 soat oldin oʻralgan qutilar muhrlangan holda olib kelinishi va belgilangan tartibda tashuvchining vakolatli shaxslariga topshirilishi, tashuvchi tomonidan tavsiya etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining muntazam boʻlimi, havo transporti xavfsizlik xizmati va qoʻriqlash xizmati ishtirokida toʻplangan va havo kemasi bortiga ortilgan boʻlishi kerak. Zarur hollarda GPPlarni yuk sifatida aviatashishlar vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan kuzatuvchilar ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. Yukni kuzatib boruvchilar yoʻlovchi sifatida boradilar, buning uchun ular aviatsiya qoidalari bilan belgilangan barcha uchish oldi rasmiylashtiruvlardan oʻtgan boʻlishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341288" id="-1341288">37. Havo kemasining yuk-bagaj boʻlimlarida giyohvandlik vositalarini yuk sifatida tashishda kuzatuvchilar yukni havo kemasiga yetkazilishi yoki undan olib ketilishini, yukni ortilishi/tushirilishini kuzatishlari, giyohvandlik vositalari yuklagandan soʻng yuk boʻlinmalari muhrlanganligini tekshirishlari zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341289" id="-1341289">Kuzatuvchilar barcha yoʻlovchilar salonga chiqib boʻlganlaridan va yuklar ortib boʻlinganidan soʻng oxirgi navbatda yoʻlovchilar saloniga kiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341290" id="-1341290">38. Havo kemasining yoʻlovchilar salonida giyohvandlik vositalari partiyasini tashishda, shuningdek psixotrop moddalar va prekursorlar kuzatuvchilar ishtirokida havo yoʻli orqali tashilishi zarur boʻlganda, bunday moddalarni tashiyotgan shaxslar va tashilayotgan moddalar havo kemasiga boshqa yoʻlovchilardan alohida yetkaziladi va yoʻlovchilar saloniga ular uchun ajratilgan joyga yoʻlovchilar kirishidan oldin yoki keyin joylashtiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1341291" id="-1341291">§ 4. Yuk kelgandan soʻng uni saqlash va berish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341292" id="-1341292">39. GPPlardan iborat boʻlgan yukni kelishi toʻgʻrisidagi xabar bilan yuk qabul qiluvchini ogohlantirish manzil aeroportiga yukni yetkazib bergan havo kemasidan yuk tushirib boʻlingandan soʻng 3 soat davomida amalga oshirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341293" id="-1341293">40. Yuk tashuvchi yukni faqatgina avianakladnoyda koʻrsatilgan yuk qabul qiluvchiga yoxud u tomonidan avinakladnoyda koʻrsatilgan vakolat berilgan shaxsga beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341294" id="-1341294">41. Yuk tashuvchi yukni yuk nakladnoyida koʻrsatilgan hamma shartlar bajarilgandan soʻng yuk qabul qiluvchiga beradi va yuk topshirilganligi faktini yuk qabul qiluvchining yuk avianakladnoyi nusxasida qabul qiluvchi imzosi bilan tasdiqlaydi, bular oxirgi yuk tashuvchida yukni qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tilxat va tashish shartnomasining bajarilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma sifatida qoldiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341295" id="-1341295">42. Yuk qabul qiluvchi boʻlmaganda yoki davlat organi talabiga koʻra yukni berish yuk qabul qiluvchiga berish hisoblanadi, bunda yuk tashuvchi yuk joʻnatuvchi yoki yuk qabul qiluvchiga bunday yuk tashib keltirilganligi toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341296" id="-1341296">43. Agar yuk Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan manzilga yetib kelganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma joʻnatilgandan soʻng yukni qabul qiluvchi talab qilmasa, bosh tortsa yoki yukni qabul qila olmasa yuk tashuvchi yuk joʻnatuvchiga yukni yuk qabul qiluvchiga berish imkoni yoʻqligi toʻgʻrisida xabar berishi va yuk joʻnatuvchi yuk toʻgʻrisida qaror qabul qilguniga qadar yukni yuk joʻnatuvchi hisobidan saqlash uchun oʻzida qoldirishi zarur.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1341297" id="-1341297">V. GPPlarni temir yoʻl transportida tashish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341298" id="-1341298">44. GPPlarni temir yoʻl transportida tashishda quyidagi umumiy talablar belgilanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341299" id="-1341299">GPPlarni tashishga tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341300" id="-1341300">GPPlarni tashish uchun foydalaniladigan idish va qutilarni yaroqliligi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341301" id="-1341301">GPPlarni tashishda nazoratni tashkil etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341302" id="-1341302">GPPlarni tashish uchun quyiladigan talablar yuk joʻnatuvchilari, yuk qabul qiluvchilar, GPPlarni tashish jarayonida ishtirok etadigan, ularni yetkazib borish yoʻlida kuzatib borishni va qoʻriqlashni taʼminlaydigan temir yoʻl transporti xodimlari uchun majburiy hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341303" id="-1341303">GPPlarni temir yoʻl transportida tashish tartibiga GPPlar tashiladigan konteynyerlar, harakatlanuvchi yoʻlovchi va yuk vagonlarini ishlab chiqarish, texnik yordam xizmati va taʼmirlash bilan shugʻullanuvchi, shuningdek, yuk joʻnatuvchi va yuk qabul qiluvchiga transport-ekspeditsiya xizmatini koʻrsatuvchi barcha korxona va tashkilotlar amal qilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341304" id="-1341304">45. GPPlarni yuklash normalari, ularni tashish uchun yoʻlovchi va yuk vagonlar turini tanlash, texnik va tijorat maqsadlarida ularning yaroqliligini aniqlash, yuklarni vagonlarga mahkamlash temir yoʻl ustavi, yuklarni tashish qoidalari, yoʻlovchi va yuk tashish qoidalariga muvofiq boʻlishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1341305" id="-1341305">§ 1. Tashishga qabul qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341306" id="-1341306">46. GPPlarni tashishga qabul qilish va berish yuklarni tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341307" id="-1341307">47. Bunday yuklar tashish uchun umumiy foydalanish joylaridan tashqarida beriladi. Istisno tariqasida umumiy hamda umumiy boʻlmagan foydalanish joylarida amalga oshiriladigan kichik va konteyner joʻnatmalarida qoʻllanilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341308" id="-1341308">48. Aniq yuk faqatgina yuklarni tashish qoidalarida, ushbu mahsulot uchun standart yoki texnik shartlarida koʻrsatilgan tara va qutilarda yuk joʻnatuvchi tomonidan tashishga taqdim etilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341309" id="-1341309">49. GPPlarni tegishli qurilma va ushbu yuklarni ortish va tushirish uchun maxsus qoʻllanmalarga ega boʻlmagan umumiy hamda umumiy boʻlmagan foydalanish joylarida ortish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341310" id="-1341310">50. GPPlarni tashish yoʻlovchi hamda yuk vagonlarida amalga oshirilishi mumkin. Doimiy reyslar bajaradigan temir yoʻl transportida GPPlarni tashish butun yoʻnalish boʻyicha tashilayotgan yuklar uchun joylarni oldindan majburiy bronlashtirish sharti asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341311" id="-1341311">Xavfli yuklar toifasiga kiritilgan prekursorlarni yoʻlovchi tashish poyezdlarida tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341312" id="-1341312">51. GPPlarni tashish masʼul shaxs — GPPlarning xossalarini va ular bilan ishlashni biladigan yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchining vakili kuzatuvida amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341313" id="-1341313">Kuzatuvchi shaxslarni toʻgʻri tanlanishiga va ularni tayyorgarligiga yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchi tashkilot rahbari masʼuldirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341314" id="-1341314">52. Yoʻlovchi tashuvchi poyezdlarda giyohvandlik vositalarini tashishda, shuningdek zarur boʻlganda psixotrop moddalar va prekursorlarni kuzatuvchi va qoʻriqlash xizmati ishtirokida temir yoʻl orqali tashishni amalga oshirishda kuzatuvchilar, qoʻriqlash xizmati va tashiluvchi moddalar boshqa yoʻlovchilardan alohida poyezdga yetkaziladi va mazkur Nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq joylashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341315" id="-1341315">Masʼul shaxs va qoʻriqlovchi shaxslar tashilayotgan moddalarni joʻnatilish joyidan manziligacha kuzatib boradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341316" id="-1341316">Koʻrsatilgan yukni qoʻriqlayotgan shaxslar tashishni davom ettirish uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK tomonidan yukni tashish uchun topshirish vaqtidan boshlab qoʻriqlangan hollardagina yukni qoʻriqlashdan ozod qilinishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341317" id="-1341317">Ushbu yuklarni temir yoʻl stansiyasidan omborlarga avtomobil transportida tashishda qabul qiluvchi yukni qoʻriqlashni taʼminlashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341320" id="-1341320">53. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni koʻp miqdorda tashishda yuk yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchi hisobidan temiryoʻl qurolli qoʻriqlash xizmati bilan majburiy tartibda taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341321" id="-1341321">54. Tashish vaqtida GPPlarni yoʻqolganligi (oʻgʻirlanganligi) aniqlanganda bu haqidagi maʼlumot darhol eng yaqin stansiya navbatchisiga yetkaziladi, poyezd boshligʻi (brigadiri) esa GPPlarni kuzatib boruvchi shaxs bilan birgalikda voqea sodir boʻlgan joyning daxlsizligini taʼminlashi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341324" id="-1341324">55. Yuk tarkibida prekursorlar tashilganda favqulodda vaziyat yoki ularning oqib ketishi holatlari yuz berganda yuk tarkibi mashinisti yoki uning yordamchisi bu haqida tegishli choralar koʻrilishi uchun darhol eng yaqin stansiya navbatchisini xabardor qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341325" id="-1341325">Bunday xabar olgan stansiya boshligʻi transport militsiyasi vakillari bilan birgalikda darhol yukni qoʻriqlashni tashkil qilishi, sababni bartaraf qilish boʻyicha choralar qoʻllashi va yuk qabul qiluvchini xabardor etishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1341326" id="-1341326">§ 2 GPPlarni yuklash va tushirishga boʻlgan talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341327" id="-1341327">56. GPPlarni yuklash, tushirish temir yoʻl ustavi, yuklarni tashish qoidalari va boshqa normativ-texnik hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341328" id="-1341328">57. Yuk joʻnatuvchi ushbu mahsulotning belgilangan standart normalari yoki texnik shartlaridan oshmagan holda GPPlarni vagonlarga, konteynyerlarga yuklashi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341329" id="-1341329">58. GPPlarni vagon va konteynyerlarga, shuningdek ochiq harakatlanuvchi maxsus konteynyerlarga joylashtirish va mahkamlash yuklarni yuklash va mahkamlash texnik shartlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341330" id="-1341330">Yuklarni vagonlar va konteynyerlarga mahkamlash uchun foydalaniladigan material tashilayotgan GPPlarga nisbatan inert boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341331" id="-1341331">Ogʻirligi 1 kilogrammdan va hajmi 1 litrdan ortiq boʻlmagan mayda qadoqlangan GPPlarni tashish yuklarni tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1341332" id="-1341332">VI. GPPlarni qoʻl yuki sifatida tashish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341333" id="-1341333">59. GPPlarni temir yoʻl va havo transportida qoʻl yuki sifatida tashishda yuk joʻnatuvchi boʻlib mazkur Nizom talablari va yukning xossalarini yaxshi biladigan masʼul shaxs tayinlanadi. Uning vazifalariga yoʻnalishda yukni holatini kuzatish va qoʻriqlash, shuningdek zarur xavfsizlik choralarini qoʻllash kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341334" id="-1341334">Tashish davomiyligi 8 soatdan oshsa unga ikkinchi kuzatuvchi tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341335" id="-1341335">Bunday tashishlar uchun tayinlangan shaxslar poyezd joʻnashidan 2 soat oldin kechikmasdan stansiya, vokzal boshligʻi huzuriga yetib kelishi va qoʻl yuki sifatida tashilayotgan yukni koʻrsatishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341336" id="-1341336">Stansiya, vokzal boshligʻi yuk oʻramining tashqi holatini va zarur boʻlganda yukning ogʻirligini (brutto) tekshirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341337" id="-1341337">GPPlarni qoʻl yuki sifatida havo transportida tashish vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan aviatsiya qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341338" id="-1341338">60. GPPlarni temir yoʻl orqali qoʻl yuki sifatida tashuvchi yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchining masʼul shaxsiga barcha joylar uchun toʻlangan alohida kupe, yoʻl hujjati (bilet) mavjud boʻlganda kupening barcha joylari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341339" id="-1341339">Temir yoʻl transportining yoʻlovchi tashish poyezdlarida GPPlar yuridik shaxs vakili tomonidan qoʻl yuki sifatida bir qoʻlda tashishning normalarida belgilangan miqdori tashilishiga ruxsat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341340" id="-1341340">61. Yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchining GPPlarni qoʻl yuki sifatida tashiyotgan yuk tashish uchun masʼul shaxsini xuddi shunday yuk olib oʻtayotgan boshqa yoʻlovchi boʻlmaganda navbatsiz poyezdga oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341341" id="-1341341">GPPlarni qoʻl yuki sifatida tashiyotgan masʼul shaxsni oʻtkazilayotganligi toʻgʻrisida stansiya yoki vokzal boshligʻi poyezd boshligʻi yoki bosh konduktori va transport militsiyasi organlariga xabar berishlari kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341342" id="-1341342">Boshliq bildirgida va poyezd marshrutida bu haqida belgi qoʻyadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341343" id="-1341343">62. Tashilayotgan yukka xavf tugʻilgani aniqlansa, (yongʻin, vagonning buzilishi) bu yukni olib ketayotgan masʼul shaxs talab qilinadigan barcha xavfsizlik choralarini koʻrishi va yukni boshqa vagonga olib oʻtish yoʻli bilan saqlanilishini taʼminlashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341344" id="-1341344">Sodir boʻlgan voqea toʻgʻrisida kuzatuvchi va poyezd boshligʻi ishtirokida dalolatnoma tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341345" id="-1341345">63. Yuk joʻnatuvchi/yuk qabul qiluvchining GPPlarni qoʻl yuki sifatida tashishga masʼul boʻlgan shaxsi tashilayotgan GPPlarning saqlanishiga shaxsan javobgar hisoblanadi va oʻgʻirlangan, yoʻqolgan yoki boshqa shaxsga koʻzda tutilmagan hollarda berilishi holatlari aniqlanganda poyezd boshligʻi yoki bosh konduktorni, shuningdek militsiya xodimlarini belgilangan tartibda darhol xabardor etishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341346" id="-1341346">64. GPPlarni qoʻl yuki sifatida avtomobil transportining jamoat turlarida ularning miqdorlaridan qatʼi nazar, tashilishi qatʼiyan taqiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1341347" id="-1341347">VII. Yakuniy xulosa</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1341348" id="-1341348">65. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Bosh Prokuratura, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzdavavianazorat va Oʻzdavtemiryoʻlnazorat bilan kelishilgan.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1341353" id="-1341353">Milliy Xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1341354" id="-1341354">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1341355" id="-1341355">2008-yil 4-mart</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1341356" id="-1341356">Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1341357" id="-1341357">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1341358" id="-1341358">2008-yil 4-mart </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1341359" id="-1341359">Bosh Prokuror R. QODIROV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1341360" id="-1341360">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1341361" id="-1341361">2008-yil 7-mart</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1341362" id="-1341362">Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1341363" id="-1341363">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1341364" id="-1341364">2008-yil 7-mart</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1341365" id="-1341365">Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻi X. TROBOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1341366" id="-1341366">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1341367" id="-1341367">2008-yil 7-mart</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1341368" id="-1341368">Oʻzbekiston Davlat temir yoʻl nazorat inspeksiyasi boshligʻi R. IKRAMOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1341369" id="-1341369">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1341370" id="-1341370">2008-yil 7-mart</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1341371" id="-1341371"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1341375" id="-1341375">Oʻzbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-1340764#-1341125">nizomga </a><br />1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1341377" id="-1341377">Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari qoʻriqlovisiz tashishga ruxsat etilgan prekursorlarning kam miqdorlari </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1341378" id="-1341378"></div></div><div class="TABLE_STD" id="theDefCssID"><div name="-1341385" id="-1341385" class="tabBox"><table id="theTableID" style="TABLE-LAYOUT: auto; PADDING-RIGHT: 0px; ; PADDING-LEFT: 0px; LEFT: 2px; PADDING-BOTTOM: 0px; WIDTH: 100%; PADDING-TOP: 0px; TOP: 0px" cellspacing="1" cols="3" border="1">
<colgroup>
<col />
<col />
<col /></colgroup>
<tbody>
<tr>
<td style="VERTICAL-ALIGN: middle; TEXT-ALIGN: center"><strong>T/r‎</strong></td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: middle; TEXT-ALIGN: center"><strong>Prekursorlar nomi‎</strong></td>
<td style="VERTICAL-ALIGN: middle; TEXT-ALIGN: center"><strong>Ruxsat etilgan miqdor ‎</strong></td></tr>
<tr>
<td style="TEXT-ALIGN: center">1.‎</td>
<td>Sulfat kislotasi ‎</td>
<td style="TEXT-ALIGN: center">10 tn‎</td></tr>
<tr>
<td style="TEXT-ALIGN: center">2.‎</td>
<td>Xlorid kislotasi ‎</td>
<td style="TEXT-ALIGN: center">10 tn‎</td></tr>
<tr>
<td style="TEXT-ALIGN: center">3.‎</td>
<td>Toluol‎</td>
<td style="TEXT-ALIGN: center">12 kg (l)‎</td></tr>
<tr>
<td style="TEXT-ALIGN: center">4.‎</td>
<td>Etil efiri‎</td>
<td style="TEXT-ALIGN: center">12 kg (l)‎</td></tr>
<tr>
<td style="TEXT-ALIGN: center">5.‎</td>
<td>Atseton‎</td>
<td style="TEXT-ALIGN: center">12 kg (l)‎</td></tr>
<tr>
<td style="TEXT-ALIGN: center">6.‎</td>
<td>Kaliy permanganat‎</td>
<td style="TEXT-ALIGN: center">12 kg (l)‎</td></tr></tbody></table></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1341386" id="-1341386"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1341387" id="-1341387">Oʻzbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-1340764#-1341125">nizomga </a><br />2-ILOVA </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1341429" id="-1341429"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-1341421" id="-1341421"><img src="/files/1341419" /></div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1341096" id="-1341096">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 16-son, 121-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
