1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.90.00 (Кучини йукотган) Stipendiyalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
QARORI
OLIY TAʼLIM MUASSASALARI TALABALARIGA STIPENDIYALAR TAYINLASh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 13-fevralda 1339-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligining 2020-yil 11-martdagi 8-2020, 11-sonli “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1339-6, 27.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-744 sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda talabalarga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish hamda toʻlov-kontrakt shaklida taʼlim olayotgan talabalarning yuqori reyting koʻrsatkichlari boʻyicha oʻqishga qiziqishlarini oshirish maqsadida qaror qilamiz:
1. 2004-yil 10-martdagi 2-P va 43-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirliklari qarori bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida 16.04.2004-yilda № 1339-son bilan roʻyxatga olingan, Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2004-yil 15-son 184-modda) Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga ilovaga* muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.