toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.2011
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRINING
BUYRUG‘I
YO‘L HARAKATI QOIDALARINI BUZILIShIGA DOIR MA’MURIY IShLARNI KO‘RIB ChIQIShNI TAShKIL ETISh HAQIDAGI YO‘RIQNOMAGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 28-yanvarda 933-3-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 31 maydagi 68-sonli “Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2240, 05.07.2011-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-125-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-oktabrdagi 216-sonli “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 41-42 son, 419-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2000-yil 23-apreldagi 87-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishni tashkil etish haqidagi yo‘riqnoma”ga (2000-yil 9-iyun, ro‘yxat raqami 933) ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Yo‘l harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishni tashkil etish hamda haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2007-yil 27-dekabrdagi 235-sonli buyrug‘i bekor qilinsin.
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-yanvar,
14-son
Ichki ishlar vazirining
2008-yil 15-yanvardagi 14-sonli buyrug‘iga
ILOVA
Yo‘l harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishni tashkil etish haqidagi yo‘riqnomaga kiritiladigan qo‘shimchalar
1. 3.3-banddagi “1281-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlardan keyin “1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
birinchi xatboshisi “1281-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlardan keyin “1282-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshisi “1281” raqamidan keyin “1282,” raqami bilan to‘ldirilsin.
3. 3.5-bandning birinchi xatboshisi “1281-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlardan keyin “1282-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
4. 3.6-bandning birinchi xatboshisi “1281-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlardan keyin “1282-moddasi birinchi qismida,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
5. 3.7-bandning birinchi xatboshisi “125-moddasi to‘rtinchi” so‘zidan keyin “va beshinchi qismlarida,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
6. 3.10-bandning birinchi xatboshisi “va 1281-moddasi 1-qismida” degan so‘zlardan keyin “hamda 1282-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
7. 3.23-bandning uchinchi xatboshisi “1281-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlardan keyin “1282-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
8. 5.4-band “1281” raqamidan keyin “1282” raqami bilan to‘ldirilsin.
9. 8.3.3-bandning ikkinchi xatboshisi “transportda telefondan foydalanish” degan so‘zlardan keyin “va transport vositasini boshqarish paytida transport vositasi salonining old qismiga ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan o‘rnatilgan monitordan (displeydan) tele, videodasturlar tomosha qilish uchun foydalanish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 5-son, 21-modda)